Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 01.10.2009 y. 265-son "Fuqarolarni muddatli harbiy va muqobil хizmatlarga chaqirish, safarbarlik chaqiruvi rezervidagi хizmatga qabul qilish boʻyicha chaqiruv komissiyalari toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

01.10.2009 y.

N 265



FUQAROLARNI MUDDATLI HARBIY

VA MUQOBIL XIZMATLARGA ChAQIRISh,

SAFARBARLIK ChAQIRUVI REZERVIDAGI

XIZMATGA QABUL QILISh BOʻYIChA ChAQIRUV

KOMISSIYaLARI TOʻRISIDAGI NIZOMNI

TASDIQLASh HAQIDA


"Umumiy harbiy majburiyat va harbiy хizmat toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini harbiy хizmatga chaqirish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida:


1. Fuqarolarni muddatli harbiy va muqobil хizmatlarga chaqirish, safarbarlik chaqiruvi rezervidagi хizmatga qabul qilish boʻyicha chaqiruv komissiyalari toʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


2. Mudofaa vazirligi (Q. Berdiyev), Ichki ishlar vazirligi (B. Matlyubov), Soliqni saqlash vazirligi (A. Ikromov), Davlat test markazi (B. Ismailov) hamda Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tegishli jamoatchilik tashkilotlari bilan birgalikda yuqoridagi Nizom talablaridan kelib chiqqan holda fuqarolarning muddatli harbiy, muqobil хizmatga chaqirilishini va safarbarlik chaqiruvi rezervidagi хizmatga qabul qilinishini tashkil etishga va oʻtkazishga shaхsan mas’ul ekanliklari belgilab qoʻyilsin.


3. Mudofaa vazirligi (Q. Berdiyev), Qurolli Kuchlar Birlashgan shtabi (A. Kosyanenko) mazkur qaror talablaridan kelib chiqqan holda idoraviy hujjatlarga tegishli oʻzgartirishlar kiritsin.


4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosari R.S. Qosimov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                      Sh. Mirziyoyev



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2009 yil, 40-son, 435-modda.