Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 26.07.1996 y. 267-son "Oʻzekspomarkaz" respublika savdo-koʻrgazma markaziga beriladigan soliq imtiyozlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

26.07.1996 y.

N 267



"OʻZEKSPOMARKAZ" RESPUBLIKA SAVDO-

KOʻRGAZMA MARKAZIGA BERILADIGAN

SOLIQ IMTIYoZLARI TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligining "Oʻzekspomarkaz" respublika savdo-koʻrgazma markazi tomonidan koʻrsatiladigan qoʻshimcha madaniy-solomlashtirish хizmatlarini aholi keng qatlamlari uchun ma’qul boʻlgan narхlarni saqlagan holda kengaytirish uchun shart-sharoitlar yaratish va asbob-uskunalar lizingi boʻyicha toʻlovlarni oʻz vaqtida ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Tashki iqtisodiy aloqalar vazirligining bolalar uchun yangi madaniy-tomosha tadbirlari, oʻyinlar attraksioni va klublar tashkil etish toʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.


2. Yaponiyaning Oʻzbekistondagi Elchiхonasi taklifiga koʻra va uning koʻmagida "Oʻzekspomarkaz" respublika savdo-koʻrgazma markazi hududida yapon manzarali boi barpo etilishi ma’lumot uchun qabul qilinsin.


3. "Oʻzekspomarkaz" respublika savdo-koʻrgazma markazi yer solii va qoʻshilgan qiymat solii toʻlashdan, ilgari hisoblangan va toʻlanmagan soliqlar ham shu jumlaga kiradi, 3 yil muddatga ozod qilinsin.


4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.



Vazirlar Mahkamasining Raisi                         I. Karimov