Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 13.08.2015 y. PQ-2388-son "Oʻzbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy faoliyatini yanada tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

13.08.2015 y.

N PQ-2388



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING TAShQI

IQTISODIY FAOLIYaTINI YaNADA TARTIBGA

SOLISh ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA


Tashqi savdo faoliyatini хalqaro amaliyotda umume’tirof etilgan bojхona-tarif jihatdan boshqarish usullarini qoʻllash asosida ichki va tashqi bozorlarda raqobatbardosh yuqori sifatli tayyor mahsulotni mamlakatimizda ishlab chiqarishni barqaror rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlarni tashkil etish maqsadida:


1. Ayrim turdagi tovarlar uchun 2015 yilning 1 sentyabridan boshlab:

import boji stavkalari 1-ilovaga* muvofiq;

Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kelinadigan, aksiz solii olinadigan tovarlarga aksiz solii stavkalari 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.


2. 2015 yilning 1 sentyabridan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ba’zi qarorlariga 3-ilovaga muvofiq oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin.


3. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R. Azimov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                       I. Karimov



*) 1 - 2-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2015 yil 24 avgust, 33-son, 440-modda





Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2015 yil 13 avgustdagi

PQ-2388-sonli qaroriga

3-ILOVA



Mazkur  Ilova  rus  tilida  tasdiqlangan.

Hujjatning    matni   "Norma"   aхborot-qidiruv    tizimi

ekspertlari   tomonidan  oʻzbek  tiliga  tarjima  qilingan

va   aхborot   tusiga   ega.  Noaniqliklar   kelib chiqqanida

me’yoriy-huquqiy hujjatning rus tilidagi matniga qarang.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining

ayrim hujjatlariga kiritiladigan

oʻzgartishlar va qoʻshimchalar


[Koʻchirma]


2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014 yil 4 dekabrdagi PQ-2270-son "Oʻzbekiston Respublikasining 2015 yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari toʻrisida"gi qaroriga 13-2-son ilovada:


1) 07-tovar guruhida:

ikkinchi satr quyidagi tahrirda bayon etilsin:

           


piyoz, shalot piyozi, koʻk piyoz va boshqa piyozboshlilar ildizlari, yangi uzilganlari yoki sovutilganlari

0703

30

        

2) 08-tovar guruhida:

birinchi satr oldidan quyidagi tahrirdagi satr bilan toʻldirilsin:

         


achchiq boʻlmagan yangi yoki quritilgan, poʻchoidan tozalangan bodom; yangi va quritilgan, poʻchoidan tozalangan oʻrmon yonoi, yangi yoki quritilgan pista; yangi yoki quritilgan boshqa yonoqlar

0802 12 900 0,

0802 22 000 0,

0802 51 000 0,

0802 52 000 0,

0802 90 850 0

50

             

birinchi-oʻninchi satrlar tegishincha ikkinchi-oʻn birinchi satrlar deb hisoblansin;


3) 15-tovar guruhida:

ikkinchi satr quyidagi tahrirda bayon etilsin:

          


Palma yoi va uning fraksiyalari, tozalanmagan yoki tozalangan, lekin kimyoviy tarkibi oʻzgartirilmagan holda

1511

20, biroq 1 kg uchun 0,32 AQSh dollaridan kam emas


      

4) 21-tovar guruhida:

birinchi satr quyidagi tahrirda bayon etilsin:

        


Turli oziq-ovqat mahsulotlari, bolalar ovqatidan tashqari


21 (2102, 2103,

2104 20 001 0,

2105 00,

2106 90 980 1

dan tashqari)

50

        

birinchi satrdan keyin quyidagi tahrirdagi satr bilan toʻldirilsin:

        


Xamirturush (faol yoki faol emas); boshqa jonsiz bir hujayrali mikroorganizmlar (3002-tovar pozitsiyadagi vaksinalardan tashqari); novvoylikning tayyor kukunlari


2102

70

      

ikkinchi-toʻrtinchi satrlarni tegishincha uchinchi-beshinchi satrlar deb hisoblansin;


5) 39-tovar guruhida:

quyidagi tahrirdagi birinchi satr bilan toʻldirilsin:


salmoi 0,94 dan kam boʻlgan boshqa polietilenlar


3901 10 900 0

10

       

6) 94-tovar guruhida:

quyidagi tahrirdagi uchinchi va toʻrtinchi satrlar bilan toʻldirilsin:

           


tashqi yoritish uchun elektr lampalar va chiroqlar

9405 40 990 9

10


qora metallardan yima qurilish konstruksiyalari

9406 00 380 9

10

                   

7) **** belgili izoh quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"**** Qozoiston Respublikasi, Rossiya Federatsiyasi va Ukrainada ishlab chiqariladigan va u yerdan olib kelinadigan yangi transport vositalari bundan mustasno".