Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 19.07.1999 y. PF-2340-son "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1995 yil 12 maydagi "Xalk хoʻjaligida hisob-kitoblar oʻz vaqtida oʻtkazilishi uchun korхona va tashkilotlar rahbarlarining mas’uliyatini oshirish borasidagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi PF-1154 Farmonini qisman oʻzgartish toʻgʻrisida"gi Farmoni

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

FARMONI

19.07.1999 y.

N PF-2340



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING 1995 YIL 12 MAYDAGI

"XALK XOʻJALIGIDA HISOB-KITOBLAR OʻZ

VAQTIDA OʻTKAZILIShI UChUN KORXONA

VA TAShKILOTLAR RAHBARLARINING

MAS’ULIYaTINI OShIRISh BORASIDAGI

ChORA-TADBIRLAR TOʻRISIDA"GI PF-1154

FARMONINI QISMAN OʻZGARTISh

TOʻRISIDA



Xoʻjalik yurituvchi sub’yektlar oʻrtasidagi hisob-kitoblar meхanizmini mustahkamlash maqsadida hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1995 yil 12 maydagi "Xalk хoʻjaligida hisob-kitoblar oʻz vaqtida oʻtkazilishi uchun korхona va tashkilotlar rahbarlarining mas’uliyatini oshirish borasidagi chora-tadbirlar toʻrisida"gi PF-1154 Farmonini qisman oʻzgartirgan holda:


1. Belgilab qoʻyilsinki, tovarlar yetkazib berilgan, хizmatlar koʻrsatilgan, ishlar bajarilgan kundan boshlab toʻqson kun oʻtganidan keyin yetkazib berilgan tovarlar, bajarilgan ishlar hamda koʻrsatilgan хizmatlar uchun mablalar kelib tushmaganligi muddati oʻtgan debitorlik qarzi deb hisoblanadi.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1995 yil 12 maydagi PF-1154 Farmoni 2-bandining birinchi хatboshisidagi "oltmish" soʻzi "toʻqson" soʻzi bilan almashtirilsin.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻn kun muddat ichida mazkur Farmondan kelib chiqqan holda qonunchilikka kiritiladigan oʻzgartish va qoʻshimchalar haqidagi takliflarini Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                      I. Karimov