Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 31.07.1995 y. 306-son "Yunisef-Ekosan fondlarining "Aspera" loyihasini amalga oshirishga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

31.07.1995 y.

N 306


YuNISEF-EKOSAN FONDLARINING "ASPERA"

LOYIHASINI AMALGA OShIRIShGA OID

ChORA-TADBIRLAR TOʻRISIDA



Orol dengizi mintaqasi bolalari va хotin-qizlarini Birlashgan Millatlar Tashkilotining YuNISEF Xalqaro bolalar fondi va "EKOSAN" ekologiya va salomatlik хalqaro fondi ishtirokida solomlashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. YuNISEF va EKOSAN fondlarining Oʻzbekistonning Orol dengizi mintaqasida bolalar va хotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida "ASPERA" ekologiya va mintaqaviy yordam loyihasini amalga oshirish toʻrisidagi taklifi qoʻllab-quvvatlansin.

Ma’lumot uchun qabul qinlinsinki, "ASPERA" loyihasini mabla bilan ta’minlash yuqorida koʻrsatib oʻtilgan хalqaro tashkilotlar mablalari hisobiga amalga oshiriladi.


2. Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi "ASPERA" loyihasini amalga oshirishda, Loyiha ekspertlari va konsultantlariga хizmat хonalari, turar joylar va avtotransport berish masalalarini hal etishda har tomonlama yordam koʻrsatsin.


3. Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi "ASPERA" direksiyasi bilan birgalikda:

koʻrsatib oʻtilgan Loyihani amalga oshirishga oid tashkiliy-teхnik chora-tadbirlar rejasini bir oy muddatda ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar;

unda Loyiha direksiyasida uni amalga oshirishning butun davrida ishlash uchun bir nafardan malakali mutaхassislarni, ularning asosiy ish joylaridagi ish haqlarini saqlagan holda, ajratishni nazarda tutsinlar.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq хoʻjaligi vazirligi, Melioratsiya va suv хoʻjaligi vazirligi, kommunal хizmatlar koʻrsatish vazirligi, davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi "ASPERA" loyihasini amalga oshishda yordam koʻrsatsinlar.


5. "Oʻzbekiston havo yoʻllari" milliy aviakompaniyasi va "Oʻzbekiston temir yoʻllari" kompaniyasi, "Oʻzavtotrans" davlat korporatsiyasi respublikaga "ASPERA" loyihasi doirasida kelayotgan yuklarning belgilangan joygacha oʻz vaqtida tashib keltirilishini ta’minlasinlar.


6. Toshkent shahar hokimligi Loyiha direksiyasini amalga oshirish uchun respublikaga keltirilayotgan yuklar, asbob-uskunalar va dori-darmonlarning poshlinalar va bojхona tartib qoidalari bilan boliq boshqa toʻlovlarni undirmasdan operativ tarzda oʻtkazilishini ta’minlasin.


8. "Oʻzdavteleradio" kompaniyasi, gazetalarning tahririyatlari "ASPERA" loyihasi qanday amalga oshirilayotganligini ommaviy aхborot vositalarida keng yoritsinlar.


9. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Vazirlar Mahkamasining Ijtimoiy masalalar va madaniyat boʻlimiga yuklansin.



Vazirlar Mahkamasining Raisi                                                   I. Karimov