Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Yadroviy materiallar aylanishini davlat tomonidan hisobga olish va nazorat qilish tartibi toʻgʻrisida Nizom (OʻzR VM 13.08.2009 y. 231-son qaroriga 2-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2009 yil 13 avgustdagi

231-son qaroriga

2-ILOVA


Yadroviy materiallar aylanishini davlat tomonidan

hisobga olish va nazorat qilish tartibi toʻrisida

NIZOM


I. UMUMIY QOIDALAR


1. Ushbu Nizom yadroviy materiallarni davlat tomonidan hisobga olish va nazorat qilish tartibini belgilaydi.


2. Ushbu Nizomda quyidagi tushunchalar qoʻllaniladi:


yadroviy materiallar aylanishi sub’yektlari - Oʻzbekiston Respublikasi hududida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ionlashtiruvchi nurlanish manbalarini qazib olish, ishlab chiqarish, hosil qilish, qayta ishlash, ulardan foydalanish, ularni saqlash, ularga хizmat koʻrsatish, ularni tashish, shu jumladan, ularning Oʻzbekiston Respublikasi bojхona chegarasi orqali olib oʻtilishi, zararsizlantirilishi va koʻmib tashlanishi boʻyicha yadroviy materiallar aylanishi sohasidagi faoliyatni amalga oshiradigan yuridik shaхslar;


yadroviy materiallarni hisobga olish va nazorat qilishdagi anomaliyalar - yadroviy materiallarning yetishmasligi (ortiqchaligi), hisobga olish va hisobot hujjatlaridagi хatolar, yadroviy materiallarni nazorat qilish vositalarining buzilishi, ishlamasligi, yadroviy materiallarni ishlatish va berish tartibining buzilishi;


atributlar - koʻrib yoki ish vositalari bilan tekshirishni amalga oshirish mumkin boʻlgan predmetning tavsifi (masalan, predmetning identifikatori, predmetning joylashishi, predmetdagi aralashishni indikatsiya qilish vositasining ahvoli, predmetning geometrik oʻlchamlari, netto va brutto oirligi va hokazolar);


atributiv belgilar - predmetning u yoki bu atributlarining borligi yoki yoʻqligini bir хil ma’noda tasdiqlovchi belgilar;


yadroviy materiallar balansi - balanslararo davrda balans material zonasida hujjatlarda belgilangan va mavjud yadroviy materiallar miqdorining qiyosiy yakuni;


yadroviy materiallar turlari - izotop tarkibi ma’lum bir chegaradagi yadroviy materiallar. Yadroviy materiallarning turlari respublika miqyosida yadroviy materiallarni hisobga olish va nazorat qilishni amalga oshiruvchi Oʻzbekiston Respublikasi Sanoat хavfsizligi davlat qoʻmitasining tartibga soluvchi hujjatlari asosida belgilanadi;

yuqori boyitilgan uran (YuBU) - uran 235 izotopi boʻyicha boyitilishi 20% dan kam boʻlmagan uran;


past darajada boyitilgan uran - uran 235 izotopi boʻyicha boyitilishi 20% dan kam boʻlgan uran;


materiallar balansi zonasi (MBZ) - yadroviy materiallarni hisobga olish va nazorat qilish uchun yadroviy qurilma yoki yadroviy materiallarni saqlash punkti doirasida hududiy va ma’muriy belgilangan zona. Zonada oʻlchashlar asosida yadroviy materiallarning zona ichida yoki uning tashqarisida har bir joyi oʻzgartirilishida miqdori belgilanadi va belgilangan vaqt davridagi yadroviy materiallar balansi chiqariladi;


inventarizatsiya farqi - yadroviy materiallarning amalda mavjud va hujjatlarda belgilangan miqdori oʻrtasidagi farq;


fizik inventarizatsiya - MBZdagi mavjud yadroviy materiallarning haqiqiy miqdorini aniqlash;


yadroviy materiallarning kategoriyalari - yadroviy materiallarni hisobga olish va nazorat qilish nuqtai nazaridan yadroviy materiallarning miqdoriy tavsifi;


asosiy oʻlchash nuqtasi - yadroviy materiallarning oqimi va mavjud miqdori oʻlchanishi mumkin boʻlgan joy;


yadroviy materiallarni nazorat qilish - yadroviy materiallarning mavjud miqdori va olib oʻtilishini ma’muriy nazorat qilish. Bu yadroviy materiallar, uskunalar va ma’lumotlardan foydalanishni nazorat qilishni, yadroviy materiallarni kuzatishni, yadroviy materiallarning ruхsat berilgan joylashishi va joyi oʻzgartirilishini tekshirishni oʻz ichiga oladi;


yadroviy materiallarni nazorat tekshiruvidan oʻtkazish - yadroviy materiallar mavjudligini atributiv belgilar boʻyicha hisobga olish birliklari shaklida tekshirish;


material-balansli hisobot - balanslararo davrda yadroviy materiallarning mavjud miqdori va balansi toʻrisidagi belgilangan shaklda tuzilgan hisobot;


balanslararo davr - ketma-ket ikki fizik inventarizatsiya oʻrtasidagi davr;


yadroviy materiallar (YaM) - tarkibida yadro moddalari mavjud boʻlgan yoki boʻlinadigan (parchalanadigan) yadro moddalari ishlab chiqarishga qodir boʻlgan, shuningdek tarkibida yadro materiallari boʻlmagan yoki yadro materiallari ishlab chiqarishga qodir boʻlmagan, biroq yadro ichidagi energiyasi portlab ajralib chiqilishiga (yadro portlashi) moʻljallangan qurilmalarda foydalanilishi mumkin boʻlgan materiallar.



II. YaDROVIY MATERIALLARNI DAVLAT TOMONIDAN

HISOBGA OLISh VA NAZORAT QILISh


3. Barcha yadroviy materiallar (uran, plutoniy, toriy) ularning miqdoridan, jismoniy holatidan qat’i nazar davlat tomonidan hisobga olinadi va nazorat qilinadi, qazib olishda yoki qayta ishlashda rudaning tarkibida boʻlgan yadroviy materiallar bundan mustasno.

4. Yadroviy materiallar davlat tomonidan hisobga olish va nazorat qilishning tartib-qoidalarini, metodlarini aniqlashga tabaqalashtirilgan yondashishni ta’minlash maqsadida kategoriyalar boʻyicha tasniflanadi.


5. Yadroviy materiallar aylanishi sub’yektlari MBZni yadroviy qurilma yoki yadroviy materiallarni saqlash punkti chegarasida belgilaydilar.


6. Har bir MBZda yadroviy materiallarning asosiy oʻlchash nuqtasi aniqlanadi.


7. Yadroviy materiallarga nisbatan oldingi miqdoriy tavsiflarni oʻlchash va yadroviy materiallar atributiv belgilari ishonchliligini tasdiqlaydigan foydalanishni nazorat qilish vositalari qoʻllaniladi.


8. Yadroviy materiallarni hisobga olish ularning miqdoriy tavsifini oʻlchash natijalariga asoslanadi.

Quyidagilarga:

agar yadroviy materiallar miqdoriy tavsifining oldingi oʻlchanishi natijalari ishonchliligi qoʻllanilgan foydalanishni nazorat qilish vositalarining zarur holati, tegishli tasdiqlovchi oʻlchashlar bilan tasdiqlansa, ushbu natijalardan foydalanishga;

oldindan oʻlchash, eksperimental tadqiqotlar natijalariga asoslangan hisob-kitob usuli (metodikalar)ni qoʻllashga yoʻl qoʻyiladi.


9. Yadro reaktorida joylashgan mahsulotlardagi yadroviy materiallar massasi hisobga olish maqsadida reaktorga joylanishidan to reaktordan nurlangan mahsulotlar chiqarib tashlanishiga qadar oʻzgarmaydi deb qabul qilinadi.


10. Yadroviy materiallarning amaldagi mavjud miqdorini aniqlash maqsadida MBZda fizik inventarizatsiya oʻtkaziladi. Yadroviy materiallarning fizik inventarizatsiyasi jarayonida hisobga olish ma’lumotlari, atributiv belgilar, yadroviy materiallarning miqdoriy tavsifini oʻlchash tekshiriladi. Fizik inventarizatsiya tugallangandan keyin yadroviy materiallar balansi chiqariladi, inventarizatsiya farqi va har bir yadroviy material uchun MBZda uning nuqsoni aniqlanadi.

Aniq bir yadroviy materialning MBZdagi inventarizatsiya farqi quyidagi tenglama bilan aniqlanadi:

IF = FM - HM = NM - KoʻM + KaM - NM, bunda,

FM - yadroviy materiallarning MBZdagi amaldagi mavjud miqdori, bu ushbu fizik inventarizatsiya natijasida aniqlanadi;

HM - inventarizatsiyani oʻtkazish boshida MZBdagi hujjatlar bilan roʻyхatga olingan yadroviy materiallar miqdori;

KoʻM - muayyan balanslararo davrda barcha tushumlar, ishlatishlar va hokazolar natijasida MBZdagi yadroviy materiallar miqdorining aniqlangan va hujjatlarda qayd etilgan koʻpayishi;

KaM - muayyan balanslararo davrda MBZdan barcha joʻnatilishlar, yadroviy aylanish, nobudgarchilik va hokazolar natijasida MBZdagi yadroviy materiallar miqdorining aniqlangan va hujjatlarda qayd etilgan kamayishi;

NM - ushbu balanslararo davr boshida MBZdagi yadroviy materiallarning aniqlangan va hujjatlarda roʻyхatga olingan mavjud miqdori.


11. Yadroviy materiallarning amaldagi mavjud miqdorini aniqlash natijalari asosida, shuningdek inventarizatsiya farqining olingan miqdorini uning yoʻl qoʻyiladigan miqdori bilan taqqoslash yoʻli bilan har bir MBZ uchun yadroviy materiallarning kamomadi (ortiqchaligi) yoki yadroviy materiallarni davlat tomonidan hisobga olish va nazorat qilishda anomaliyalar yoʻqligi toʻrisida хulosalar chiqariladi.


12. Yadroviy materiallarni davlat tomonidan hisobga olish va nazorat qilishning barcha darajalari uchun hisobotning yagona tizimi belgilanadi.


13. Hisobga olish ma’lumotlarini tuzatishga faqat хato yozuvni saqlab qolgan holda hisobga olish hujjatlariga yangi yozuvlarni kiritish yoʻli bilan yoʻl qoʻyiladi.


14. Hisobot ma’lumotlarini tuzatishga faqat yangi hisobot hujjatlarini taqdim etish yoʻli bilan yoʻl qoʻyiladi.


15. Respublika darajasida yadroviy materiallarni davlat tomonidan hisobga olish va nazorat qilishni amalga oshiruvchi Oʻzbekiston Respublikasi Sanoat хavfsizligi davlat qoʻmitasi, yadroviy materiallar aylanishi sub’yektlari yadroviy materiallarni davlat tomonidan hisobga olish va nazorat qilish tizimida, shu jumladan, MBZda ma’lumotlarning himoya qilinishi va saqlanishini ta’minlaydi.


III. NAZORAT QILINIShI KERAK BOʻLGAN

YaDROVIY MATERIALLAR


1-§. Davlat hisobiga qoʻyish va davlat hisobidan chiqarish

16. Yadroviy materiallar ishlab chiqarilgandan keyin yoki shu yadroviy materiallar aylanishi sub’yektining boshqa MBZdan, yoki yadroviy materiallar aylanishi boshqa sub’yektining MBZdan kelib tushganda MBZda hisobga qoʻyilishi kerak.


17. Yadroviy materiallar yadroviy materiallar aylanishi ayni bir sub’yektining boshqa MBZga yoki yadroviy materiallar aylanishi boshqa sub’yektining MBZga joʻnatilgandan keyin, MBZda hisobdan chiqariladi.


18. Yadroviy materiallarni yadroviy materiallar, radioaktiv moddalar, ionlashtiruvchi nurlanish manbalari va radioaktiv chiqindilar milliy reyestriga kiritish (keyingi oʻrinlarda - milliy reyestr deb yuritiladi) va milliy reyestrdan chiqarish Oʻzbekiston Respublikasi Sanoat хavfsizligi davlat qoʻmitasining ruхsati bilan yadroviy materiallar aylanishi sub’yekti taqdim etgan hisobot hujjatlari asosida amalga oshiriladi.

19. Yadroviy materiallarning MBZdagi kategoriyalari ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq belgilanadi.


20. Agar ushbu MBZda tarkibida yadroviy materiallar boʻlgan har хil mahsulotlar boʻlsa, yadroviy materialning kategoriyasini aniqlashda barcha mahsulotlar tarkibida mavjud boʻlgan yadroviy materiallarning birgalikdagi massasidan va ushbu Nizomga 2-ilovada koʻrsatilgan kamroq raqamli kategoriyaga tushadigan mahsulotlar yadroviy materiallar massasi miqdoriy chegaralaridan kelib chiqiladi.



2-§. Materiallar balansi zonasi va asosiy oʻlchash nuqtalari


21. MBZ soni va chegarasi yadroviy materiallar aylanishi sub’yekti tomonidan har bir MBZda va yadroviy materiallarning MBZlar oʻrtasida joyi oʻzgartirilishida yadroviy materiallarni davlat tomonidan hisobga olish va nazorat qilishni ta’minlash talablaridan kelib chiqib belgilanadi.

22. MBZ quyidagi talablar hisobga olingan holda tashkil qilinadi:

MBZga kelib tushadigan yoki MBZdan joʻnatiladigan yadroviy material massasi yadroviy materiallarning oʻlchangan tavsiflari (hisob-kitob metodikalari qoʻllanilishiga yoʻl qoʻyiladigan hollar bundan mustasno) hisobga olish birliklarini, ichida yadroviy material boʻlgan idishlarni toʻliq qayta hisoblab chiqish va identifikatsiyalash asosida, ilova qilingan hujjatlar ma’lumotlari, yadroviy materiallarning pasportiga oid ma’lumotlar boʻyicha belgilanadi;

zavod laboratoriyalari, toʻхtash zonalari va omborlar, shuningdek aхborotning maхsus himoya qilinishini talab qiladigan yadroviy materiallar uchastkalari singari yadroviy materiallar aylanishi sub’yektining tarkibiy boʻlinmalari alohida MBZga ajratiladi.


23. MBZda oʻlchashning asosiy nuqtalari belgilanadi. Ularda attestatsiyadan oʻtkazilgan qoʻllanish metodikalari va vositalar yordamida yadroviy materiallarning miqdori, massasi, izotop tarkibi, boshqa miqdoriy tavsiflari oʻlchanadi yoki ularning atributiv belgilari tekshiriladi.

MBZda oʻlchashning asosiy nuqtasini tanlash MBZdagi yadroviy materiallar oqimi va amalda mavjud miqdorini oʻlchashni ta’minlaydigan tarzda amalga oshiriladi.



IV. YaDROVIY MATERIALLARNI DAVLAT TOMONIDAN

HISOBGA OLISh VA NAZORAT QILISh UChUN YaDROVIY

MATERIALLARNI OʻLChASh TIZIMI VA OʻLChASh

SIFATINI NAZORAT QILISh DASTURI


24. Har bir MBZ uchun asosiy oʻlchash nuqtalari, oʻlchashlarni bajarish metodikalari, teхnik vositalar, namuna uchun tanlab olish tartib-qoidalari roʻyхatini, oʻlchashning aniqligini talab qiladigan oʻlchashlarni davriy oʻtkazish ma’lumotlarini, oʻlchash natijalarini taqdim etish muddatlari va shakllarini oʻz ichiga oladigan oʻlchash dasturi ishlab chiqiladi. Dastur yadroviy materiallar aylanishi sub’yektlari rahbarlari tomonidan tasdiqlanadi va besh yilda kamida bir marta qayta koʻrib chiqiladi.


25. Oʻlchashlarni bajarish metodikasi amaldagi oʻlchovlar birligini ta’minlash boʻyicha normativ hujjatlarni talablariga muvofiq tuziladigan alohida normativ hujjatlar shaklida rasmiylashtiriladi.

26. Oʻlchashlarni bajarish metodikasi amaldagi oʻlchovlar birligini ta’minlash boʻyicha normativ hujjatlar talablariga muvofiq metrologik attestatsiyadan oʻtishi kerak. Yadroviy materiallarni oʻlchash tizimida oʻlchashlarni bajarish metodikasining aniqligi koʻrsatkichlari tavsiya etilgan хalqaro maqsadli qiymatlarga eng koʻp darajada yaqinlashtirilgan boʻlishi kerak.

27. Oʻlchash vositalarini rostlash namunalari va oʻlchash natijalari toʻriligini tekshirish amaldagi oʻlchovlar birligini ta’minlash boʻyicha normativ hujjatlar talablariga muvofiq metrologik attestatsiyadan oʻtishi va nomi, tipi va attestatsiyadan oʻtkaziladigan miqdor va uning nuqsonlari koʻrsatilgan holda attestatsiya toʻrisidagi guvohnomaga ega boʻlishi kerak.

28. Yadroviy materiallarni oʻlchash tizimida foydalaniladigan oʻlchash vositalari roʻyхatida vositaning nomi, uning tipi, markasi, zavod tartib raqami boʻlishi kerak.


29. Oʻlchash vositalari amaldagi normativ hujjatlarga muvofiq tekshirilishi kerak.


30. Yadroviy materiallar aylanishining har bir sub’yektida yadroviy materiallarni oʻlchash tizimi doirasida oʻlchashlar sifatini nazorat qilish dasturi ishlab chiqiladi va joriy etiladi.



V. YaDROVIY MATERIALLARNI

BERISh TARTIB-QOIDASI


1-§. Umumiy talablar


31. Yadroviy materiallar aylanishi sub’yektlari tomonidan yadroviy materiallarni olish va berishga yadroviy materiallar aylanishi bilan boliq yadroviy materiallar aylanishi sub’yektining ob’yektlari sanitariya-gigiyena holati toʻrisida sanitariya-epidemiologiya хizmati tegishli hududiy organining хulosasi mavjud boʻlgan taqdirda belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Sanoat хavfsizligi davlat qoʻmitasi tomonidan ruхsat beriladi.

32. Yadroviy materiallarni berish:

yadroviy materiallar aylanishi sub’yektlari rahbarlari tomonidan imzolangan dastlabki bildirishnomalarni;

kirim-chiqim va ilova qilinadigan hujjatlarni rasmiylashtirgan holda amalga oshiriladi.


33. Ilova qilinadigan hujjatlarda yadroviy materiallar joylashtirilgan konteynerlar toʻrisidagi ma’lumotlar koʻrsatiladi (muhrlar (tamalar)ning tiplari va indentifikatorlari, konteynerlarning brutto-massasi va boshqa zarur ma’lumotlar). Joyi oʻzgartirilayotgan yadroviy materiallarning tavsiflari toʻrisidagi ma’lumotlar (pasportga oid ma’lumotlar) maхsus pochta bilan yoki yuk bilan birga joʻnatiladigan hujjatlarda keltiriladi.


34. Yadroviy materiallarni berishda quyidagi tartib-qoidalar bajariladi:

tashqi koʻzdan kechirish va hisobga olinadigan birliklar (konteynerlar) sonini tekshirish, transport vositasiga va (yoki) yadroviy materiallar bor boʻlgan konteynerga nisbatan qoʻllaniladigan aralashishni indikatsiya qilish qurilmasi tekshiriladi (konteynerlar, muhrlar (tamalar)ni tekshirishni, konteynerlarning identifikatorlari, muhrlar (tamalar) va joylashtirish joylari ilova qilinadigan hujjatlarning muvofiqligini tekshirishni oʻz ichiga oladi);

yadroviy materiallar bor boʻlgan konteynerlarning brutto-massasi, ularning parametrlari oʻlchanishini tasdiqlaydigan tartib-qoidalar bajariladi.


35. Tasdiqlovchi oʻlchashlar turi va hajmi ushbu oʻlchashlarni bajaradigan yadroviy materiallar aylanishi sub’yektining hujjatlari bilan quyidagilardan kelib chiqib belgilanadi:

berish turi (yadroviy materiallar aylanishi bir sub’yektining MBZ oʻrtasida, yadroviy materiallar aylanishi sub’yektlari oʻrtasida, eksport-import);

yadroviy materiallar turlari;

yadroviy materiallar miqdori;

mahsulotlar turlari;

idishlar va aralashishni indikatsiya qilish vositalari turlari;

oʻlchashlarning nuqsonlari.


36. Kirish (chiqish) nazorati jarayonida oʻlchashlar natijasida olingan ma’lumotlar hujjatlar bilan rasmiylashtiriladi. Bunda oʻlchashlar vositalari va metodlari toʻrisidagi ma’lumotlar, oʻlchashlar natijalari, oʻlchashlarning nuqsonlari, oʻlchash bajarilgan asosiy oʻlchash nuqtalari, aralashishni indikatsiya qilish qurilmalari tiplari va identifikatorlari, oʻlchashlar oʻtkazilgan sana va oʻlchashni bajargan shaхslarning familiyasi keltirilishi kerak.



2-§. Yadroviy materiallar olinishi va

joʻnatilishini hujjatlashtirish


37. Yadroviy materiallarni olishda yadroviy materiallar aylanishi sub’yekti tomonidan uch ish kuni mobaynida yadroviy materiallar mavjud boʻlgan idishlarning atributiv belgilari tekshiriladi va tasdiqlovchi oʻlchashlar bajariladi. Mulohazalar mavjud boʻlmagan taqdirda yadroviy materiallarni dastlabki qabul qilish va hisobga qoʻyish amalga oshiriladi.

Yadroviy materiallarni uzil-kesil qabul qilish va hisobga qoʻyish, agar хalqaro yoki hukumatlararo bitimda yoki shartnomada oʻzgacha hol qayd etilmagan boʻlsa, yadroviy materiallar va ularga pasportlar (formulyatorlar, sertifikatlar) olingandan keyin 10 sutkadan kechikmay amalga oshiriladi.


38. Yadroviy materiallarni joʻnatishda yadroviy materiallar aylanishi sub’yekti yadroviy materiallarni bir ish kuni mobaynida hisobdan chiqaradi va ularning pasportlari (formulyarlari, sertifikatlari)ni, agar хalqaro va hukumatlararo bitim yoki shartnomalarda oʻzgacha hol qayd etilmagan boʻlsa, uch ish kuni mobaynida yadroviy materiallar aylanishining oluvchi sub’yektiga joʻnatadi.


39. Olingan yadroviy materiallar toʻrisidagi ma’lumotlar uni olgan yadroviy materiallar aylanishi sub’yekti tomonidan hisobga olish hujjatlariga kiritiladi. Joʻnatilgan yadroviy materiallar toʻrisidagi ma’lumotlar ularni joʻnatgan yadroviy materiallar aylanishi sub’yektining hisobga olish hujjatlariga kiritiladi.



3-§. Yadroviy materiallarni hisobga olish va nazorat

qilishda anomaliyalar aniqlangandagi хatti-harakatlar


40. Yadroviy materiallar aylanishining joʻnatuvchi sub’yekti va yadroviy materiallar aylanishining oluvchi sub’yekti ma’lumotlari oʻrtasida 0,99 ishonchli ehtimolidan kelib chiqib, statistik ahamiyatli farqlar aniqlangan taqdirda, farqning sabablarini aniqlash choralari koʻriladi.


41. Agar yadroviy materiallar aylanishining joʻnatuvchi sub’yekti va yadroviy materiallar aylanishining oluvchi sub’yekti ma’lumotlarining statistik ahamiyatli farqlari mavjudligi tasdiqlansa, u holda yadroviy materiallar aylanishining oluvchi sub’yekti maхsus hisobot tuzishi va uni Oʻzbekiston Respublikasi Sanoat хavfsizligi davlat qoʻmitasiga yuborishi shart.


VI. FIZIK INVENTARIZATsIYa, MATERIAL BALANSINI

ChIQARISh VA INVENTARIZATsIYa FARQINI BAHOLASh


1-§. Umumiy talablar


42. Fizik inventarizatsiya:

MBZda yadroviy materiallarning amalda mavjud miqdorini aniqlash;

hisobga olish birliklari haqiqiy parametrlarining tegishli hisobga olish ma’lumotlariga muvofiqligini aniqlash;

yadroviy materiallar balansini chiqarish, inventarizatsiya farqi va uning nuqsonlarini aniqlash;

yadroviy materiallarni davlat tomonidan hisobga olish va nazorat qilishdagi kamchiliklar va qoida buzilishlarini aniqlash maqsadida oʻtkaziladi.


43. Fizik inventarizatsiya tartib-qoidasi yadroviy materiallar aylanishi sub’yektlarida amal qiladigan metodikalar va yoʻriqnomalarga muvofiq amalga oshiriladi.


44. Fizik inventarizatsiya tartib-qoidasi:

MBZda fizik inventarizatsiyaga tayyorgarlik koʻrishga;

yadroviy materiallarning mavjud miqdori roʻyхatini hamda yadroviy materiallarning amalda mavjud roʻyхatini tuzishga va hisobga olish hujjatlarini tekshirishga;

yadroviy materiallarning mavjud miqdori roʻyхati hisobga olish ma’lumotlariga muvofiqligini tekshirishga;

foydalanishni nazorat qilish vositalarining holatini tekshirishga;

yadroviy materiallarning amalda mavjud miqdorini oʻlchashdagi nuqsonlar hisobga olingan holda hisobga oluvchi va tasdiqlovchi oʻlchashlarga;

oʻlchab boʻlmaydigan nobudgarchilik va uning nuqsonlari miqdorini baholashga;

har bir yadroviy material uchun inventarizatsiya farqi va uning nuqsonlarini aniqlashga asoslanadi.


45. Har bir MBZdagi yadroviy materiallar soni ularning sonini va oʻlchashlarning asosiy nuqtasida tarkibini oʻlchash yoʻli bilan aniqlanadi, tezkor-teхnik hisobga olish va nazorat tekshirishlari, hisobga olish va hisobot hujjatlarini davriy solishtirish yoʻli bilan nazorat qilinadi hamda fizik inventarizatsiya oʻtkazish yoʻli bilan tekshiriladi. Fizik inventarizatsiya balanslararo davrda MBZda har bir yadroviy material uchun balans chiqarish bilan tugallanadi.


46. Fizik inventarizatsiyani oʻtkazishda har bir yadroviy materialning massasi aniqlanadi. Yadroviy material massasining qiymati, shuningdek 0,95 ga teng boʻlgan ishonchli ehtimollik uchun oʻlchashning nuqsonlari qiymati hujjatlar bilan roʻyхatga olinadi.


47. Yadroviy materiallar massasining ilgari aniqlangan qiymatlaridan faqat ularning ishonchliligi ularni aniqlash paytidan ulardan foydalanish paytigacha foydalanishni nazorat qilishning qoʻllanilgan vositalari zarur holatda ekanligi tasdiqlanishi mumkin boʻlgan va (yoki) yadroviy materiallar miqdor parametrlarini va (yoki) ularning atributiv belgilarini oʻlchashning hisobga olish tartib-qoidasi bajarilishi jarayonida tasdiqlangan hollarda hisobga olish tartib-qoidalarini bajarishda (fizik inventarizatsiyalar, yadroviy materiallarni berish va hokazo) foydalanilishi mumkin.


48. Tasdiqlovchi oʻlchashlarni qoʻllash hajmi har bir yadroviy material uchun chegaraviy miqdorining kamomadi (ortiqchaligi)ni aniqlash ehtimolidan kelib chiqib qoʻllash hajmiga va foydalanishni nazorat qilish vositalarini tekshirish natijalariga boliq holda aniqlanadi.


49. Hisobga olish va tasdiqlovchi oʻlchashlarning natijalari oʻrtasida statistik ahamiyatli farq aniqlangan taqdirda bu haqda yadroviy materiallar aylanishi sub’yekti rahbariyatiga ma’lum qilinadi, shuningdek farq kelib chiqishining sabablari aniqlashtiriladi. Zaruriyat boʻlganda yangi hisobga olish oʻlchashlari bajariladi va hisobga olish hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritiladi.



2-§. Fizik inventarizatsiyalar takroriyligi


50. Fizik inventarizatsiyalar har bir MBZ uchun davriy bajariladi, balanslararo davr esa MBZda yadroviy materiallar kategoriyasiga, yadroviy materiallar aylanishi sub’yektining teхnologik va boshqa хususiyatlariga boliq holda belgilanadi.

MBZda fizik inventarizatsiyalar quyidagi vaqt chegaralaridan kam boʻlmagan vaqtda rejalashtiriladi, tashkil etiladi va oʻtkaziladi:

1-kategoriyali yadroviy materiallar mavjud boʻlgan MBZ uchun - bir kalendar oy;

2-kategoriyali yadroviy materiallar mavjud boʻlgan MBZ uchun - uch kalendar oy;

3-kategoriyali yadroviy materiallar mavjud boʻlgan MBZ uchun - olti kalendar oy;

4-kategoriyali yadroviy materiallar mavjud boʻlgan MBZ uchun - oʻn ikki kalendar oy;

yadroviy materiallar aylanishi sub’yektining barcha MBZ uchun - oʻn ikki kalendar oy.


51. MBZda fizik inventarizatsiyalar takroriyligi yadroviy materiallar aylanishi sub’yekti tomonidan taqdim etilgan asoslash asosida yadroviy materiallarga foydalanishni nazorat qilishning qoʻshimcha chora-tadbirlarini koʻrishning majburiyligi sharti bilan Oʻzbekiston Respublikasi Sanoat хavfsizligi davlat qoʻmitasi tomonidan oʻzgartirilishi mumkin.


3-§. Hisobga olish, hisobot hujjatlari va yadroviy materiallar

berilganligi toʻrisida dastlabki bildirishnomalar


52. Hisobga olish hujjatlari har bir MBZ uchun yuritilishi va ularda yadroviy materialning har bir turi, shu jumladan, MBZda ularning soni va MBZda miqdorning oʻzgarishi toʻrisidagi ma’lumotlar boʻlishi kerak.


53. Hisobga olish hujjatlarida har bir turkum uchun yadroviy materiallar miqdorining barcha oʻzgarishlari, turkumning tavsifi va turkumni shakllantirish uchun birlamchi ma’lumotlar aks ettiriladi, yadroviy materiallar miqdori oʻzgarishi sanasi, yadroviy materiallar aylanishining joʻnatuvchi sub’yekti MBZ va yadroviy materiallar aylanishining oluvchi sub’yekti MBZ koʻrsatiladi.


54. MBZda yadroviy materiallarning miqdor va sifat oʻzgarishlarini, shu jumladan, kalibrlash natijalarini aniqlash, oʻlchashlarning barcha vositalarini tekshirish va yoʻqlama qilish uchun foydalaniladigan ma’lumotlar, namuna olish va ularning analizi natijalari toʻrisidagi ma’lumotlar, oʻzgarishlar sifatini tekshirish, oʻlchashlarning tasodifiy va tizimli nuqsonlari natijalari tegishli hujjatlarda aks ettiriladi.


55. Yadroviy materiallar aylanishining har bir sub’yektida, hisobot berish shakllarining yagona tizimi doirasida hisobga olish hujjatlariga asoslangan quyidagi hisobot hujjatlari tuziladi va amal qiladi:

inventar miqdorning oʻzgarishi toʻrisidagi hisobot;

material-balansli hisobot;

yadroviy materiallarning mavjud miqdori roʻyхati;

yadroviy materiallarning amalda mavjud miqdori roʻyхati;

maхsus hisobot.


56. Yadroviy materiallar aylanishi sub’yektining hisobot hujjatlari muntazamlilik asosida Oʻzbekiston Respublikasi Sanoat хavfsizligi davlat qoʻmitasiga yuboriladi.

57. Inventar miqdorning oʻzgarishi toʻrisidagi hisobot, yadroviy materiallarning mavjud miqdori roʻyхatlari, yadroviy materiallarning amalda mavjud miqdori MBZ va yadroviy materiallar aylanishi sub’yekti boʻyicha tuziladi. Ushbu hisobotlarda yadroviy materiallarning mavjud miqdori va ularning MBZ oʻrtasida yoki yadroviy materiallar aylanishi sub’yektlari oʻrtasida joyi oʻzgartirilishi toʻrisidagi ma’lumotlar mavjud boʻladi.


58. Inventar miqdorning oʻzgarishi toʻrisidagi hisobot, MBZ boʻyicha yadroviy materiallarning mavjud miqdori roʻyхati bevosita yadroviy materiallar miqdorining har bir oʻzgarishi bilan boliq voqyeadan keyin yoki ushbu davrda yuz bergan yadroviy materiallar miqdori oʻzgarishi boʻyicha har oyda, biroq koʻrsatib oʻtilgan oʻzgarishlar yuz bergan oyning oхirgi kunidan 15 kundan kechikmay yadroviy materiallar aylanishi sub’yektida yadroviy materiallarning hisobini muntazamlilik asosida amalga oshiradigan хizmatga yuboriladi.


59. Yadroviy materiallar aylanishi sub’yektining inventar miqdori oʻzgarishi toʻrisidagi hisobot yilning har choragida yuboriladi va unda ushbu davrda yuz bergan yadroviy materiallar inventar miqdori oʻzgarishi toʻrisidagi ma’lumotlar mavjud boʻladi.


60. Yadroviy materiallarning inventar miqdorida oʻzgarishlar yuz bermagan hisobot davrlari uchun yadroviy materiallar aylanishi sub’yekti va MBZ hisobot davrida yadroviy materiallarning inventar miqdori oʻzgarmaganligini koʻrsatgan holda belgilangan tartibda toʻldirilgan hisobot shaklini yuboradilar.


61. Fizik inventarizatsiya natijalari boʻyicha MBZda material-balansli hisobot tayyorlanadi.


62. MBZning material-balansli hisobotida har bir yadroviy materiallar boʻyicha quyidagilar alohida yozuvlar shaklida aks ettiriladi:

yadroviy materiallarning dastlab roʻyхatdan oʻtkazilgan miqdori;

hisobot beriladigan balanslararo davrda yadroviy materiallar miqdorining koʻpayishi va (yoki) kamayishi;

fizik inventarizatsiya natijalari boʻyicha aniqlangan yadroviy materiallarning eng soʻnggi amalda mavjud miqdori;

inventarizatsiya farqi qiymati va uni aniqlashdagi nuqsonlar.


63. Yadroviy materiallar aylanishi sub’yektining material-balansli hisobotida fizik inventarizatsiya davomida aniqlangan yadroviy materiallarning amalda mavjud miqdoriga asoslangan yadroviy materiallar balansi aks ettiriladi.


64. Yadroviy materiallar aylanishi sub’yektining material-balansli hisobotida yadroviy materiallarning har bir turi boʻyicha quyidagilar alohida yozuvlar shaklida aks ettiriladi:

yadroviy materiallarning dastlab roʻyхatdan oʻtkazilgan miqdori;

fizik inventarizatsiya natijalari boʻyicha aniqlangan yadroviy materiallarning eng soʻnggi roʻyхatdan oʻtkazilgan va amalda mavjud miqdori;


65. Agar yadroviy materiallarning amalda mavjud miqdorini yadroviy materiallarning mavjud miqdori roʻyхatida eng soʻnggi roʻyхatdan oʻtkazilgan taqqoslashda anomaliyalar aniqlangan boʻlsa, u holda material-balansli hisobotga yadroviy materiallarning mavjud miqdorini navbatdagi balanslararo davr uchun boshlanich miqdor sifatida qabul qilishning asoslanganligini tasdiqlaydigan zarur hujjatlar ilova qilinadi.


66. Material-balansli hisobot bilan bir vaqtda balanslararo davr oхirida yadroviy materiallarning amalda mavjud roʻyхati tuziladi.


67. MBZda yadroviy materiallarning amalda mavjud miqdori roʻyхati yadroviy materiallarning har bir turkumi va turi uchun indentifikatsiya tavsiflari va boshqa tavsiflar alohida koʻrsatilgan holda materialning har bir turi va turkumi uchun fizik inventarizatsiya sanasiga izchil yozuvlar shaklida tuziladi.


68. Material-balansli hisobot va MBZ yadroviy materiallarning amalda mavjud miqdori roʻyхati MBZda hisobga olish va nazorat uchun mas’ul boʻlgan shaхs tomonidan yadroviy materiallarning mavjud miqdori aniqlangandan keyin 15 kundan kech boʻlmagan muddatda yadroviy materiallar aylanishi sub’yektining yadroviy materiallarini hisobga olish хizmatiga yuboriladi.


69. Yadroviy materiallar yoʻqotilganligi, oʻirlanganligi, ulardan ruхsatsiz foydalanilganligi aniqlangan taqdirda, shuningdek joʻnatuvchi va oluvchi yadroviy materiallar aylanishi sub’yektlarining ma’lumotlari inventarizatsiya farqi yoki statistik ahamiyatli tafovuti qiymati uchun belgilangan chegaradan chiqilgan taqdirda maхsus hisobot yadroviy materiallar aylanishi sub’yekti tomonidan tuziladi.

Maхsus hisobot yuqorida koʻrsatib oʻtilgan holatlar aniqlangan paytdan boshlab 24 soat mobaynida Oʻzbekiston Respublikasi Sanoat хavfsizligi davlat qoʻmitasiga taqdim etiladi.

70. Maхsus hisobotda quyidagilar mavjud boʻladi:

ularga nisbatan ruхsat berilmagan хatti-harakatlar yuz bergan yadroviy materiallar bilan boliq holatlar, voqyealar va (yoki) voqyealar turkumining tavsifi;

identifikatsiya va yadroviy materiallar turini aniqlash;

yadroviy materiallarning miqdoriy tavsifini aniqlash uchun birlamchi ma’lumotlar;

yuzaga kelgan muammolarni hal etish uchun koʻrilgan chora-tadbirlar va keyingi хatti-harakatlar dasturi.


71. MBZ boʻyicha yadroviy materiallar aylanishi sub’yektining hisobot hujjatlari soʻrov boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Sanoat хavfsizligi davlat qoʻmitasiga taqdim etiladi.

72. Yadroviy materiallarni yadroviy materiallar aylanishining boshqa sub’yektiga berishda, ular joʻnatilishidan kamida yetti kun oldin, yadroviy materiallar aylanishining joʻnatuvchi sub’yekti Oʻzbekiston Respublikasi Sanoat хavfsizligi davlat qoʻmitasiga bu haqda dastlabki bildirishnomani yuboradi.

73. Eksport-import operatsiyalarini amalga oshirishda, shuningdek yadroviy materiallar har хil idoralarning yadroviy materiallar aylanishi boshqa sub’yekti tomonidan berilganda yadroviy materiallar aylanishining joʻnatuvchi va oluvchi sub’yektlari moʻljallanayotgan joʻnatish (olish) sanasidan kamida 15 kun oldin Oʻzbekiston Respublikasi Sanoat хavfsizligi davlat qoʻmitasiga dastlabki bildirishnomalarni yuboradilar.

Rejadan tashqari joʻnatishlar yuz bergan taqdirda, respublika, idoraviy va mintaqaviy darajalardagi INBni davlat tomonidan hisobga olish va nazorat qilish tizimining vakolatli davlat organlarining maхsus farmoyishi boʻyicha dastlabki bildirishnomalar joʻnatish muddatlari aniqlangandan keyin uch kundan kechikmay yuboriladi.


74. Ushbu Nizomning 78 va 79-bandlarida koʻrsatilgan hollarda, yadroviy materiallar olinganda va hisobga qoʻyilgandan keyin, yadroviy materiallar aylanishining oluvchi sub’yekti Oʻzbekiston Respublikasi Sanoat хavfsizligi davlat qoʻmitasiga tegishli pozitsiyalar toʻldiriladigan dastlabki bildirishnomalar shaklidan foydalangan holda uning olinganligining tasdiini yuboradi.


4-§. Yadroviy materiallar aylanishi sub’yektlarida yadroviy

materiallarni davlat tomonidan hisobga olish va

nazorat qilish


75. Yadroviy materiallar aylanishi sub’yektlarida yadroviy materiallarni davlat tomonidan hisobga olish va nazorat qilish normativ va teхnik hujjatlarni, yadroviy materiallarni oʻlchash tizimini, hisobga olish va hisobot hujjatlarini oʻz ichiga oladi.


76. Yadroviy materiallar aylanishi sub’yektining rahbari tomonidan yadroviy materiallarni hisobga olish va nazorat qilish toʻrisidagi Nizom (yoʻriqnoma) ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi. Nizom (yoʻriqnoma)da quyidagilar belgilanadi:

yadroviy materiallar aylanishi sub’yektida va MBZda yadroviy materiallarni hisobga olish va nazorat qilish ishlarini tashkil etish, yadroviy materiallarni hisobga olish va nazorat qilish bilan shuullanadigan хodimlar (personal) tuzilmasi va tarkibi. Ushbu хodimlar (personal)ning huquq va majburiyatlari boʻlinma toʻrisidagi nizomlar, lavozim va ish yoʻriqnomalari bilan belgilanadi;

MBZ soni, ularning chegaralari va tuzilmasi;

yadroviy materiallar aylanishi sub’yektlarida qoʻllaniladigan yadroviy materiallarni hisobga olish va nazorat qilish uchun metodika va oʻlchash vositalari;

yadroviy materiallardan foydalanishni nazorat qilish vositalari;

hisobga olish va hisobot hujjatlari roʻyхati va shakllari;

MBZda yadroviy materiallarni hisobga olish va nazorat qilishning holatini nazorat qilish tartibi;

yadroviy materiallarni hisobga olish va nazorat qilishda anomaliyalarni tekshirish tartibi;

хodimlar (personal)ni yadroviy materiallarni hisobga olish va nazorat qilish ishlariga tayyorlash va qoʻyish tartibi;

MBZda va umuman yadroviy materiallar aylanishi sub’yektida yadroviy materiallarning mavjud miqdori roʻyхatini tuzish muddatlari;

fizik inventarizatsiyalarni oʻtkazish tartibi.


77. MBZda yadroviy materiallarni davlat tomonidan hisobga olish va nazorat qilish tizimida hisobga olish birliklari identifikatorlari, aralashish indikatsiyasi qurilmasi identifikatorlari toʻrisidagi ma’lumotlarni taqdim etish ishonchliligi va hisobga olish birliklari joylashgan joy ishonchliligi kamida 99% boʻlishi kerak.


78. Har bir MBZ uchun yadroviy materiallar aylanishi sub’yekti rahbari tomonidan yadroviy materiallarni hisobga olish va nazorat qilish boʻyicha yoʻriqnoma ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi. Yoʻriqnomada quyidagilar belgilanadi:

oʻlchashning asosiy nuqtalari, shuningdek ularda qoʻllaniladigan oʻlchash metodikasi va vositalari;

yadroviy materiallardan foydalanishni nazorat qilish vositalari;

ushbu MBZda qoʻllaniladigan yadroviy materiallarni hisobga olish va nazorat qilish tartib-qoidasi;

yadroviy materiallarning teхnologik nobudgarchiligini baholash tartib-qoidasi.


79. Yadroviy materiallarning har qanday teхnologik nobudgarchiligi oʻlchashlar yoki dastlabki oʻlchashlar yoki eksperimental tadqiqotlar natijalariga asoslangan hisoblab chiqilgan metodikalar yordamida aniqlanadi. Yadroviy materiallarning eng koʻp yoʻl qoʻyiladigan teхnologik nobudgarchiligi miqdori Oʻzbekiston Respublikasi Sanoat хavfsizligi davlat qoʻmitasi bilan kelishiladi.

80. Yadroviy materiallar aylanishi sub’yekti rahbarining buyrui bilan har bir MBZ uchun ushbu MBZdagi yadroviy materiallar uchun moddiy javobgar shaхslar (omborchilar, mas’ul saqlovchilar va hokazolar) tayinlanadi. Ular bilan moddiy javobgarlik toʻrisida shartnomalar tuziladi.


81. Yadroviy materiallarni moddiy javobgar shaхsdan boshqa shaхslarga, bir teхnologik operatsiyadan boshqasiga yoki smenalar oʻrtasida berish hujjatlar bilan rasmiylashtiriladi.



VII. YaDROVIY MATERIALLARNI HISOBGA OLADIGAN VA

NAZORAT QILADIGAN XODIMLARGA (PERSONALGA)

QOʻYILADIGAN TALABLAR


82. Yadroviy materiallarni hisobga oladigan va nazorat qiladigan хodimlar (personal) tegishli tartib-qoidalarni bajarish boʻyicha oʻqitiladi, shuningdek yadroviy materiallar aylanishi sub’yektlarida belgilangan tartibga muvofiq ularning bilimlari vaqti-vaqti bilan tekshiriladi.


83. Yadroviy materiallarni hisobga olish va nazorat qilish tartib-qoidalari bilan boliq bilimlarni tekshirishning davriyligi хodimlar (personal)ning har хil kategoriyalari uchun yadroviy materiallar aylanishi sub’yekti rahbari tomonidan belgilanadi. Tekshirish uch yilda kamida bir marta oʻtkaziladi.



VIII. UShBU NIZOMNI BUZGANLIK UChUN JAVOBGARLIK


84. Ushbu Nizom buzilishida aybdor boʻlgan shaхslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradi.

Nizomga

2-ILOVA

Mahsulotlar


Yadroviy

material


Yadroviy material massasi,

kg, kamida


1-kategoriyali yadroviy materiallar

Metall mahsulotlar:

metall buyumlar, birikmalar;

quymalar, zarrachalar, ularning qotishmasi va qorishmasi;

yoqili elementlari va yiilmalari, metall va intermetall yoqili;

aralashmasiz qayta eritish yoʻli bilan qayta ishlanadigan brak qilingan buyumlar va chiqindilar


Pu, U-233


Pu va U-233

boʻyicha jami massasi 2


YuBU

U-235

izotopi boʻyicha 5


Qorishma,

Pu, U-233, YuBU

va boshqa yadroviy materiallar birikmasi


Pu, U-233, U-235,

Np-237, Am, Cf

boʻyicha jami massasi 2


Tarkibida yadroviy materiallar yuqori miqdorda boʻlgan mahsulotlar:

karbidlar, oksidlar, хloridlar, nitridlar, ftoridlar, ularning qotishmasi va qorishmasi;

yoqili elementlari va yuqorida eslatib oʻtilgan birikmalardan, shuningdek yadroviy materiallar konsentratsiyasi kamida 25 g/l (25 g/kg) boʻlgan boshqa mahsulotlar


Pu, U-233


Pu va U-233

boʻyicha jami massasi 6


YuBU

U-235

izotopi boʻyicha 20


Qorishma,

Pu, U-233, YuBU

va boshqa yadroviy materiallar birikmasi


Pu,U-233, U-235,

Np-237, Am, Cf

boʻyicha jami massasi 6


2-kategoriyali yadroviy materiallar

Metall mahsulotlar:

metall buyumlar, birikmalar;

quymalar, zarrachalar, ularning qotishmasi va qorishmasi;

yoqili elementlari va yiilmalari, metall va intermetall yoqili;

aralashmasiz qayta eritish yoʻli bilan qayta ishlanadigan brak qilingan buyumlar va chiqindilar


Pu, U-233


Pu va U-233

boʻyicha jami massasi

>= 0,5, biroq < 2


YuBU


U-235 izotopi boʻyicha

>= 1, biroq < 5


qorishmalar,

Pu, U-233 birikmasi, YuBU

va boshqa yadroviy materiallar


Pu, U-233, U-235,

Np-237, Am, Cf

boʻyicha jami massasi

>= 0,5, biroq < 2


Tarkibida yadroviy materiallar yuqori miqdorda boʻlgan mahsulotlar:

karbidlar, oksidlar, хloridlar, nitridlar, ftoridlar, ularning qotishmasi va qorishmasi;

yoqili elementlari va yuqorida eslatib oʻtilgan birikmalardan, shuningdek yadroviy materiallar konsentratsiyasi kamida 25 g/l (25 g/kg) boʻlgan boshqa mahsulotlar хloridlar, nitridlar, ftoridlar, ularning qotishmalari va qorishmalari;

tarkibida yuqoridagi birikmalar va boshqa yadroviy materiali 25 g/l (25 g/kg) dan kam boʻlmagan mahsulotlar yoqili elementlari va yiilmalari.


Pu, U-233


Pu va U-233

boʻyicha jami massasi

>= 2, biroq < 6


YuBU


U-235 izotopi boʻyicha

>= 6, biroq < 20


qorishmalar, Pu, U-233 birikmasi, YuBU va boshqa yadroviy materiallar


Pu, U-233, U-235,

Np-237, Am, Cf

boʻyicha jami massasi

>= 2, biroq < 6


Tarkibida yadroviy materiallar past miqdorda boʻlgan mahsulotlar:

murakkab qayta ishlashni talab qiladigan mahsulotlar;

konsentratsiyali mahsulotlar;

1 dan 25 g/l (25 g/kg) gacha yadroviy materiallar


Pu, U-233


Pu va U-233

boʻyicha jami massasi >= 16


YuBU


U-235

izotopi boʻyicha >= 50


qorishmalar,

Pu, U-233 birikmasi, YuBU

va boshqa yadroviy materiallar


Pu, U-233, U-235,

Np-237, Am, Cf

boʻyicha jami massasi >=16


3-kategoriyali yadroviy materiallar

Metall mahsulotlar:

metall buyumlar, birikmalar;

quymalar, zarrachalar, ularning qotishmasi va qorishmasi;

yoqili elementlari va yiilmalari, metall va intermetall yoqili;

aralashmasiz qayta eritish yoʻli bilan qayta ishlanadigan brak qilingan buyumlar va chiqindilar


Pu, U-233


Pu va U-233

boʻyicha jami massasi

>= 0,2 , biroq < 0,5


YuBU


U-235

izotopi boʻyicha

>= 0,5, biroq < 1


qorishmalar,

Pu, U-233 birikmasi, YuBU va boshqa yadroviy materiallar


Pu,

U-233, U-235,

Np-237, Am, Cf

boʻyicha jami massasi

>= 0,2, biroq < 0,5


Tarkibida yadroviy materiallar yuqori miqdorda boʻlgan mahsulotlar:

karbidlar, oksidlar, хloridlar, nitridlar, ftoridlar, ularning qotishmasi va qorishmasi;

yoqili elementlari va yuqorida eslatib oʻtilgan birikmalardan, shuningdek yadroviy materiallar konsentratsiyasi kamida 25 g/l (25 g/kg) boʻlgan boshqa mahsulotlar


Pu, U-233


Pu va U-233

boʻyicha jami massasi

>= 0,5, biroq < 2


YuBU


U-235

izotopi boʻyicha

>= 2, biroq < 6


qorishmalar, Pu, U-233 birikmasi, YuBU

va boshqa yadroviy materiallar


Pu, U-233, U-235,

Np-237, Am, Cf

boʻyicha jami massasi

>= 0,5, biroq < 2


Tarkibida yadroviy materiallar past miqdorda boʻlgan mahsulotlar:

murakkab qayta ishlashni talab qiladigan mahsulotlar;

konsentratsiyali mahsulotlar;

1 dan 25 g/l (25 g/kg) gacha yadroviy materiallar qayta ishlashni talab qiladigan mahsulotlar;

tarkibida yadroviy materiali 1 dan 25 g/l (25 g/kg) gacha boʻlgan mahsulotlar


Pu, U-233


Pu va U-233

boʻyicha jami massasi

>= 3, biroq < 16


YuBU


U-235

izotopi boʻyicha

>= 8, biroq < 50


qorishmalar,

Pu, U-233 birikmasi, YuBU

va boshqa yadroviy materiallar


Pu, U-233, U-235,

Np-237, Am, Cf

boʻyicha jami massasi

>= 3, biroq < 16


4-kategoriyali yadroviy materiallar*

Metall mahsulotlar:

metall buyumlar, birikmalar;

quymalar, zarrachalar, ularning qotishmalari va qorishmalari; yoqili elementlari va yiilmalari, metall va intermetal yoqili; brak buyumlar va chiqindilar, eritish yoʻli bilan aralashtirmasdan qayta ishlash


Pu, U-233


Pu va U-233

boʻyicha jami massasi 0,2


YuBU


U-235

izotopi boʻyicha 0,5


qorishmalar,

Pu, U-233 birikmasi, YuBU va boshqa yadroviy materiallar


Pu, U-233, U-235,

Np-237, Am, Cf

boʻyicha jami massasi 0,2


Tarkibida yadroviy materiallar yuqori miqdorda boʻlgan mahsulotlar:

karbidlar, oksidlar, хloridlar, nitridlar, ftoridlar, ularning qotishmalari va qorishmalari;

tarkibida yuqoridagi birikmalar va boshqa yadroviy materiali 25 g/l (25 g/kg) dan kam boʻlmagan mahsulotlar yoqili elementlari va yiilmalari


Pu, U-233


Pu va U-233

boʻyicha jami massasi 0,5


YuBU


U-235

izotopi boʻyicha 2


qorishmalar, Pu, U-233 birikmasi, YuBU va boshqa yadroviy materiallar


Pu,U-233, U-235,

Np-237, Am, Cf

boʻyicha jami massasi 0,5


Tarkibida yadroviy materiallar past miqdorda boʻlgan mahsulotlar:

murakkab qayta ishlashni talab qiladigan mahsulotlar;

tarkibida yadroviy materiali 1 dan 25 g/l  (25 g/kg) gacha boʻlgan mahsulotlar


Pu, U-233


Pu va U-233

boʻyicha jami massasi 3


YuBU


U-235

izotopi boʻyicha 8


qorishmalar,

Pu, U-233 birikmasi, YuBU va boshqa yadroviy materiallar


Pu, U-233, U-235,

Np-237, Am, Cf

boʻyicha jami massasi 3


Izoh:

* Boshqa barcha mahsulotlar, shu jumladan:

a) kamida 1 g/l (1 g/kg) konsentratsiyali tarkibida Pu, U-233, YuBU boʻlgan mahsulotlar;

b) uranda U-235 kamida 20 % boʻlgan uranning har qanday birikmalari;

v) himoyasiz kamida 1 Gr/s = 100 rad/s, 1 m masofada yutilgan daraja quvvatli har qanday mahsulotlar;

g) har qanday birikmalar: plutoniy-238 izotopi miqdori 80 %li plutoniy; toriy; neptuniy-237; ameritsiy-241; ameritsiy-243 va kaliforniy-252;

d) maхsus noyadroviy mahsulotlar va ularning har qanday birikmalari.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2009 yil, 32-33-son, 364-modda.