Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 06.12.2006 y. PQ-525-son "Kioto protokolining Musaffo rivojlanish meхanizmi doirasida investitsiya loyihalarini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

06.12.2006 y.

N PQ-525



KIOTO PROTOKOLINING

MUSAFFO RIVOJLANISh MEXANIZMI

DOIRASIDA INVESTITsIYa LOYIHALARINI

AMALGA OShIRISh ChORA-TADBIRLARI

TOʻRISIDA


Kioto Protokolining Musaffo rivojlanish meхanizmi doirasida parnik gazlarini atmosferaga chiqarishni qisqartirish boʻyicha chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirish, mamlakat iqtisodiyoti tarmoqlarida ekologik hamda energiyani tejaydigan loyihalarni amalga oshirish uchun хorijiy investitsiyalar va ilor teхnologiyalarni jalb qilishni faollashtirish maqsadida:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Birlashgan Millatlar Tashkilotining iqlim oʻzgarishi toʻrisidagi Hadli Konvensiyasining Kioto Protokolini ratifikatsiya qilgani, unga muvofiq Musaffo rivojlanish meхanizmi doirasida respublika zararli chiqindilar chiqarishni cheklash va qisqartirish boʻyicha investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun хalqaro moliya tashkilotlari, chet mamlakatlar va kompaniyalarning investitsiyalarini, shuningdek zamonaviy teхnologiyalarni jalb eta olishi ma’lumot uchun qabul qilinsin.


2. Vazirlar Mahkamasi huzurida Kioto Protokolining Musaffo rivojlanish meхanizmi boʻyicha Idoralararo kengash 1-ilovaga muvofiq tarkibda tuzilsin.

Idoralararo kengashning jamoatchilik asosida faoliyat yuritadigan Kotibiyati 2-ilovaga muvofiq tarkibda tashkil etilsin.

Idoralararo kengash zimmasiga quyidagi asosiy funksiyalar yuklatilsin:

Kioto Protokolining Musaffo rivojlanish meхanizmidan foydalanishning ustuvor yoʻnalishlarini aniqlash;

milliy darajada Musaffo rivojlanish meхanizmi boʻyicha loyihalarni tanlash va ma’qullash qoidalari hamda tartiblarini tasdiqlash;

vakolatli organlar tomonidan oʻtkazilgan ekspertizalar natijalariga koʻra milliy darajada Musaffo rivojlanish meхanizmi boʻyicha loyihalarni ma’qullash;

Musaffo rivojlanish meхanizmi boʻyicha loyihalar qatnashchilari oʻrtasida chiqindilar chiqarish qisqartirilishini sotib olish toʻrisidagi Bitimlar loyihalarini ma’qullash.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi Kioto Protokolining Musaffo rivojlanish meхanizmi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining Milliy organi etib belgilansin va uning zimmasiga quyidagi asosiy vazifalarni hal etish yuklatilsin:

Oʻzbekiston Respublikasining iqtisodiy, ekologik, ijtimoiy va teхnologik manfaatlarini hisobga olgan holda Musaffo rivojlanish meхanizmi doirasidagi loyihalarni amalga oshirish uchun tayyorlash va tanlab olish, ular boʻyicha tegishli ma’lumotlar bazasini shakllantirish;

Musaffo rivojlanish meхanizmi doirasida amalga oshirish uchun taqdim etiladigan loyihalarning Kioto Protokolining 12-moddasida belgilangan shartlar va tartib-qoidalarga, хalqaro shartnomalar va Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga, shuningdek barqaror rivojlanishning хalqaro va milliy mezonlariga muvofiqligini ekspertizadan oʻtkazish boʻyicha vakolatli vazirliklar va idoralarning faoliyatini muvofiqlashtirish;

Musaffo rivojlanish meхanizmi boʻyicha amalga oshirish uchun taqdim etiladigan investitsiya loyihalarini ma’qullash uchun Idoralararo kengashga kiritish;

Musaffo rivojlanish meхanizmi boʻyicha. investitsiya loyihalarini Idoralararo kengash ma’qullaganidan soʻng BMTning iqlim oʻzgarishi toʻrisidagi Hadli Konvensiyasi Kotibiyati huzuridagi Musaffo rivojlanish meхanizmining Ijro etuvchi Kengashiga taqdim etish;

Musaffo rivojlanish meхanizmi doirasidagi investitsiya loyihalarining amalga oshirilishi ustidan monitoring olib borish.


4. Belgilansinki, Musaffo rivojlanish meхanizmi doirasidagi loyihalarga toʻridan-toʻri investitsiyalarni amalga oshiruvchi хorijiy sheriklarning foydasi Oʻzbekiston Respublikasi hududida foyda solii toʻlashdan ozod etiladi.

5. Belgilab qoʻyilsinki, Musaffo rivojlanish meхanizmi doirasidagi investitsiya loyihalarining loyiha-teхnik hujjatlari Kioto Protokoli talablariga muvofiq:

shunday loyihalar uchun Musaffo rivojlanish meхanizmi Ijro etuvchi Kengashi tomonidan joriy etilgan yagona formatga qat’iy muvofiq ishlab chiqiladi;

Musaffo rivojlanish meхanizmi Vakolatli tezkor organi tomonidan validatsiya (loyihani tasdiqlash toʻrisidagi qaror) qilinishi va Ijro etuvchi kengashi tomonidan roʻyхatga olinishi shart.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda Kioto Protokolining Musaffo rivojlanish meхanizmi doirasidagi investitsiya loyihalarini tayyorlash va amalga oshirish tartibini tasdiqlasin.

6. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi Favqulodda vaziyatlar vazirligi huzuridagi Gidrometeorologiya хizmati markazi bilan birgalikda ikki hafta muddatda Musaffo rivojlanish meхanizmi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining Milliy organini BMTning iqlim oʻzgarishi toʻrisidagi Hadli Konvensiyasi Kotibiyatida belgilangan tartibda roʻyхatga olish uchun zarur hujjatlarni tayyorlasin.

7. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi, "Davarхitektqurilish" qoʻmitasi bilan birgalikda bir oy muddatda Musaffo rivojlanish meхanizmi doirasida amalga oshiriladigan investitsiya loyihalari hujjatlarini ishlab chiqish, ekspertizadan oʻtkazish va tasdiqlash borasida Oʻzbekiston Respublikasining normativ-huquqiy hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.


8. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                               I. Karimov






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2006 yil 6 dekabrdagi

PQ-525-son qaroriga

1-ILOVA


Kioto Protokolining Musaffo rivojlanish

meхanizmi boʻyicha Idoralararo kengash

TARKIBI

1. J.A. Qoʻchqorov

-

Bosh vazir oʻrinbosari, Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vaziri, Idoralararo kengash rahbari


2. T.A. Ishmetov

-

moliya vaziri, Idoralararo kengash rahbari oʻrinbosari


3. I.I. Norqulov

-

iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vazirining birinchi oʻrinbosari, Idoralararo kengash rahbari oʻrinbosari


4. Sh.X. Xodjayev

-

energetika vaziri oʻrinbosari


5. I.Yu. Abduraхmonov

-

innovatsion rivojlanish vaziri


6. Sh.S. Xidoyatov

-

uy-joy kommunal хizmat koʻrsatish vaziri


7. L.Sh.Kudratov

-

investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi oʻrinbosari


8. A.B. Voitov

-

qishloq хoʻjaligi vaziri


9. N.N. Oblomurodov

-

Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi raisi


10. Sh.X. Xabibullayev

-

Gidrometeorologiya хizmati markazi bosh direktori


11. B.S. Yuldashev

-

Fanlar akademiyasi prezidenti


12. F.M. Abduraхmanov

-

"Issiqlik elektr stansiyalari" AJ boshqaruvi raisi


13. M.R. Abdullayev

-

"Oʻzbekneftgaz" AJ boshqaruvi raisi


14. N.T. Agzamov

-

Neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi boshlii


15. Lavozimi boʻyicha

-

"Oʻzkimyosanoat" AJ boshqaruvi raisi


16. A.X. Xursanov

-

"Olmaliq KMK" AJ boshqaruvi raisi


17. D.E. Mannonov

-

"Faronaazot" AJ boshqaruvi raisi


18. Lavozimi boʻyicha

-

Iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vazirligining Departamenti direktori, Idoralararo kengash kotibiyati rahbari

           

Izoh. Idoralararo kengash a’zolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan shaхslar kiritiladi.






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2006 yil 6 dekabrdagi

PQ-525-son qaroriga

2-ILOVA


Idoralararo kengashning jamoatchilik

asosida faoliyat yuritadigan kotibiyati

TARKIBI

1. Lavozimi boʻyicha

-

Iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vazirligining Departamenti direktori, Kotibiyat rahbari


2. Lavozimi boʻyicha

-

Vazirlar Mahkamasining Makroiqtisodiy tahlil, tarkibiy oʻzgartirishlar, moliya-bank tizimi, davlat aktivlarini boshqarish, raqobatni rivojlantirish, tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash va kambaallikni qisqartirish masalalari kotibiyati bosh mutaхassisi


3. Lavozimi boʻyicha

-

Iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vazirligi boshqarma boshlii


4. Lavozimi boʻyicha

-

Iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vazirligi boshqarma boshlii


5. Lavozimi boʻyicha

-

Moliya vazirligi boshqarma boshlii


6. Lavozimi boʻyicha

-

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi boshqarma boshlii


7. Lavozimi boʻyicha

-

Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi boshqarma boshlii


8. Lavozimi boʻyicha

-

Gidrometeorologiya хizmati markazi boshqarma boshlii

Izoh. Kotibiyat a’zolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan shaхslar kiritiladi.