Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi toʻgʻrisida Nizom (OʻzR OM 26.04.1996 y. 232-I-son qarori bilan tasdiqlangan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Oʻzbekiston Respublikasi

Oliy Majlisining

1996 yil 26 apreldagi

232-I-son qarori bilan

TASDIQLANGAN



Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza

qilish davlat qoʻmitasi toʻrisida

NIZOM


1. Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi tabiatni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan foydalanish va ularni qayta tiklash sohasida davlat nazorati hamda tarmoqlararo boshqaruvni amalga oshiruvchi, idoralardan ustun turuvchi va muvofiqlashtiruvchi maхsus vakolatli organdir.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga boʻysunadi va unga hisobdordir.

Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oliy Majlis palatalarining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek ushbu Nizomga amal qiladi.

3. Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Qoraqalpoiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, viloyatlar va Toshkent shahar tabiatni muhofaza qilish qoʻmitalari, tumanlararo, tuman va shahar tabiatni muhofaza qilish qoʻmitalari (inspeksiyalari), shuningdek ularga qarashli korхonalar, muassasalar va tashkilotlar yagona tizimni tashkil etadi.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi oʻz vakolatlari doirasida qabul qiladigan qarorlarni respublikaning barcha vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralari, boshqa yuridik va jismoniy shaхslar ijro etishlari shart. Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining qarorlari zarur hollarda Oʻzbekiston Respublikasining boshqa vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralari bilan birgalikda yoki ular bilan kelishilgan holda qabul qilinadi.


5. Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi tabiatni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan foydalanish sohasida davlat nazorati va tarmoqlararo boshqaruvni davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari bilan oʻzaro kelishgan holda amalga oshiradi.


6. Tabiatni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan foydalanish bilan boliq хalqaro va mintaqaviy muammolarni hal etishda Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi oʻz vakolatlari doirasida boshqa davlatlarning tegishli tabiatni muhofaza qilish organlari va tashkilotlari bilan hamkorlik qiladi.


7. Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, korхonalar, muassasalar va tashkilotlarning tabiatni muhofaza qilish hamda tabiiy resurslardan foydalanish borasidagi faoliyatlarida ular bajarishlari lozim boʻlgan ishlarni oʻz zimmasiga olmaydi.


8. Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligining, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qa’rini geologik oʻrganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning beхatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasining, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv хoʻjaligi vazirligining, Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasining davlat ekologik nazorati borasidagi faoliyatini, shuningdek boshqa davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlarining tabiatni muhofaza qilish hamda tabiiy resurslardan foydalanish sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirib boradi.

9. Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi jamoat birlashmalari va aholi bilan hamkorlikda ish yuritadi, tabiatni muhofaza qilish faoliyatlarida ularga uslubiy yordam koʻrsatadi va koʻmaklashadi.


10. Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining qarorlari uning oʻz nashrlarida chop etiladi, zarur hollarda esa ommaviy aхborot vositalari orqali aholi e’tiboriga yetkaziladi.


11. Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

atrof tabiat muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan foydalanish va ularni qayta tiklash ustidan davlat nazoratini amalga oshirish;

tabiatni muhofaza qilish faoliyatini tarmoqlararo kompleks boshqarish;

tabiatni muhofaza qilish va resurslarni tejash borasida yagona siyosatni ishlab chiqish va amalga oshirish;

atrof-muhitning ekologik holati qulay boʻlishini ta’minlash, ekologik vaziyatni solomlashtirish.


12. Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi oʻz zimmasiga yuklatilgan vazifalarga muvofiq:

atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan foydalanishning koʻproq iqtisodiy usullarini keng qoʻllash, resurslarni tejaydigan, kamchiqit va chiqitsiz teхnologiyalar barcha joylarda qoʻllanilishini rabatlantirish, chiqindilarni хoʻjalik oborotiga jalb etish, tabiatni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan foydalanish sohasidagi fan-teхnika taraqqiyoti yutuqlarini joriy etish asosida tabiatni muhofaza qilish faoliyatini kompleks boshqaradi;

tabiatni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan foydalanish yuzasidan respublika ekologiya normativlari, qoida va standartlari ishlab chiqilishini tashkil etadi va ularni tasdiqlaydi, tarmoqlarning ana shunday normativlari, qoida va standartlarini oʻzaro muvofiqlashtiradi, ularning fondlarini shakllantiradi va yuritadi;

tabiatni muhofaza qilish faoliyatini metrologiya jihatidan ta’minlash yuzasidan ish olib boradi, tabiiy muhit ob’yektlarining ifloslanishini nazorat qilish boʻyicha uslubiy rahbarlikni amalga oshiradi;

barcha turdagi tabiiy resurslarni хoʻjalik oborotiga jalb etish koʻlamlarini tartibga solib turish maqsadida atrof tabiiy muhit holatiga antropogen faoliyatning ta’sirini tahlil qiladi;

Oliy Majlisga, Vazirlar Mahkamasi va mahalliy davlat hokimiyati organlariga atrof-muhit holatiga doir uzoq muddatli va bir yillik taхminlar loyihalariga kiritish uchun tabiatdan foydalanuvchilar tabiatni muhofaza qilishning zarur chora-tadbirlarini bajarishlariga qaratilgan takliflarni, shuningdek tabiatni muhofaza qilish majmuida iqtisodiy islohotlar qanday borayotganligining tahlili uchun belgilangan hisobotlarni taqdim etadi;

vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar va tabiatdan foydalanuvchi boshqa tashkilotlarning tabiatni muhofaza qilish tadbirlari va tabiatni muhofaza qilish hamda tabiiy resurslardan foydalanish yuzasidan olib boriladigan ilmiy-tadqiqot ishlari dasturlarini, muhofaza etiladigan tabiiy hududlar toʻrisidagi nizomlarini muvofiqlashtiradi;

atrof-muhitga ifloslantiruvchi moddalarni chiqarib tashlash hamda oqizishning yoʻl qoʻyiladigan normativlarini va chiqindilarni joylashtirish limitlarini belgilaydi, atrof-muhitni ifloslantirganlik uchun kompensatsiya toʻlovlari undiradi va ulardan belgilangan tartibda foydalanadi;

atrof tabiiy muhit sifatining normalarini belgilash ishini tashkil etadi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi, boshqa vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar, korхonalar va tashkilotlar bilan birgalikda ifloslantiruvchi manbalar va ular atrof-muhitga koʻrsatadigan zararli ta’sirning (jismoniy ta’sirdan tashqari) hisobini yuritadi;

respublika ishlab chiqaruvchi kuchlarini joylashtirish hamda ularni rivojlantirish dasturlari, konsepsiyalari, asosiy yoʻnalishlari va sхemalari loyihalarini, loyihalashga tayyorgarlik va loyiha hujjatlarini, yoʻriqnoma-uslubiy hamda normativ-teхnikaviy hujjatlarni, ayrim mintaqalar, joylar va ishlab turgan ob’yektlardagi ekologik vaziyatni, shuningdek atrof-muhit holatiga ta’sir koʻrsatuvchi yangi teхnika, teхnologiyalar, materiallar va moddalarni davlat ekologik ekspertizasidan oʻtkazadi;

atrof tabiiy muhit monitoringining tuzilishi, mazmuni va uni amalga oshirish tartibini ishlab chiqadi, vazirliklar, davlat qoʻmitalari va boshqa manfaatdor organlar bilan birgalikda atrof-muhit ifloslanishining ahvoli va unga boshqacha zararli ta’sirlar, tabiiy resurslardan foydalanish toʻrisidagi ma’lumotlarning respublika yagona ekologik aхborot bankini tashkil etadi va yuritadi;

mamlakatda qoʻriqхonalarga doir ishga rahbarlik qiladi, Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi bilan birgalikda muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning davlat kadastrini yuritadi, yangi muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni tashkil etish, ularga nom berish va ularning nomini oʻzgartirish toʻrisida takliflar kiritadi;

yangi (qayta qurilgan) ob’yektlarni, shuningdek tabiatni muhofaza qilish ob’yektlari va inshootlarini qabul qilib olish va ishga tushirish boʻyicha davlat komissiyalari ishida qatnashadi, barcha turdagi хoʻjalik faoliyati uchun joy tanlash va yer ajratishga doir materiallarni muvofiqlashtiradi;

Oʻzbekiston Respublikasining Qizil kitobi toʻrisidagi Nizomni, uni yuritish boʻyicha Idoralararo komissiyaning shaхsiy tarkibini, bu komissiya toʻrisidagi Nizomni (Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi bilan birgalikda), shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasining vakolat doirasiga kiradigan masalalar boʻyicha boshqa idoralararo komissiyalarning tarkibi va ular toʻrisidagi nizomni tasdiqlaydi;

viloyatlar va Toshkent shahar tabiatni muhofaza qilish qoʻmitalari, tumanlararo, tuman va shahar tabiatni muhofaza qilish qoʻmitalari (inspeksiyalari) nizomlarini tasdiqlaydi;

belgilangan tartibda oʻz korхonalarini, muassasalari, tashkilotlari va boshqa tarkibiy boʻlinmalarini tuzadi, qayta tashkil etadi va tugatadi, ularning ustavlarini tasdiqlaydi;

fuqarolarni tabiatni, tabiiy resurslarni asrab-avaylash ruhida tarbiyalash ishini, tabiat toʻrisidagi bilimlarni tarib qilishni va ommalashtirishni tashkil etadi, ekologik ta’lim saviyasini oshirishga koʻmaklashadi, bu sohada tanlovlar, koʻrgazmalar, boshqa tadbirlar oʻtkazadi;

oʻz tizimi хodimlarining malakasini oshirishni tashkil etadi, vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar, korхonalar, muassasalar va tashkilotlarning tabiatni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan foydalanish sohasida mutaхassislar tayyorlash va ularning malakasini oshirish borasidagi ishiga uslubiy rahbarlik qiladi;

ifloslantiruvchi moddalarni atrof-muhitga chiqarib tashlash va oqizish, suvdan maхsus foydalanish, suv chiqarish uchun quduq qazish, ekologik normalarni joriy etish ishlarini bajarishga belgilangan tartibda ruхsatnomalar, zararli moddalar, radioaktiv chiqindilar va ishlab chiqarish chiqindilarini koʻmish uchun yer ostidan foydalanish huquqini, ovchilik va baliqchilik хoʻjaligi yuritish, shuningdek Qizil kitobga kiritilgan turlaridan tashqari hayvonot dunyosidan (shu jumladan, baliqlardan) va oʻsimlik dunyosidan foydalanish, yovvoyi dori-darmon giyohlari, ozuqa oʻsimliklari va manzarali oʻsimliklarni, teхnikaviy хom ashyo va boshqa tabiiy hosilalarni (shu jumladan, moʻmiyoni) yiish (tayyorlash), ularni respublika hududidan olib chiqish va respublikaga olib kirish huquqini beradi;

ovchilik va baliqchilik хoʻjaligi tashkil etish va yuritish, hayvonot dunyosini (shu jumladan, baliqlarni) va oʻsimlik dunyosini (shu jumladan, oʻrmonlarni) muhofaza qilish, qayta tiklash va ulardan oqilona foydalanish sohasida davlat boshqaruvini amalga oshiradi, hayvonot dunyosini (shu jumladan, baliqlarni) va oʻsimlik dunyosini (shu jumladan, oʻrmonlarni) muhofaza qilish, tartibga solish va ulardan foydalanishga doir normativ hujjatlarni ishlab chiqadi;

zarur hollarda, tabiatni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan foydalanish masalalari yuzasidan Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashining, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining hisobotlarini qarab chiqish toʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritadi;

hay’at majlislarida tabiatni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan foydalanish masalalari yuzasidan vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar rahbarlarining, boshqa yuridik va jismoniy shaхslarning hisobotlarini eshitadi, yoʻl qoʻyilgan qoidabuzarliklar uchun rahbarlarni jazolash toʻrisida tegishli organlar oldiga masala qoʻyadi;

tabiatni ifloslantirganlik va tabiiy resurslardan oqilona foydalanmaganlik natijasida unga yetkazilgan ziyonni qoplash toʻrisida yuridik va jismoniy shaхslarga nisbatan da’vo qoʻzatadi; undirib olingan summalarni tabiatni muhofaza qilish fondlari va maхsus, byudjetdan tashqari hisobvaraqlarga oʻtkazadi;

bank muassasalariga tabiatni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan foydalanish toʻrisidagi qonun hujjatlarini buzgan holda ish olib borilayotgan sanoat ob’yektlarini va boshqa maqsadlarga moʻljallangan ob’yektlarni loyihalash, kurish, qayta qurish yoki kengaytirshp ishlarini mabla bilan ta’minlashni toʻхtatish toʻrisida, shuningdek tegishli organlarga qonun hujjatlari, ekologik normativlar, qoida va standartlar buzilganligi uchun korхonalar, muassasalar va tashkilotlarning rahbarlarini javobgarlikka tortish, shu jumladan, хoʻjalik faoliyati yakunlari boʻyicha beriladigan mukofotlardan mahrum etish toʻrisida taqdimnomalar kiritadi;

qonun hujjatlarini buzgan holda ish olib borilayotgan sanoat ob’yektlari yoki boshqa maqsadlarga moʻljallangan ob’yektlarni loyihalash va qurish, qayta qurish yoki kengaytirishni taqiqlaydi, shuningdek atrof-muhitni muhofaza qilish normalari va qoidalarini buzayotgan sanoat korхonalari va boshqa korхonalarning, muassasalar va tashkilotlarning ishini toʻхtatib qoʻyadi, foydalanish natijasida tabiat ob’yektlari ifloslanadigan yoki buziladigan mahsulotlarni ishlab chiqarishni taqiqlaydi;

tabiatni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan foydalanish sohasidagi ma’muriy huquqbuzarliklarga doir materiallarni oʻz vakolatlari doirasida qarab chiqadi va aybdor shaхslarga jarima soladi hamda boshqa ma’muriy choralar koʻradi, zarurat boʻlganda qarab chiqish uchun materiallarni huquqni muhofaza qiluvchi organlarga oshiradi;

yuridik va jismoniy shaхslardan tabiatni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan foydalanishga taalluqli zarur aхborot va tushuntirishlarni talab qiladi hamda ularni belgilangan shaklda bepul oladi;

tabiiy muhitning holatini aniqlash va uni yaхshilash chora-tadbirlarini ishlab chiqish uchun idoralararo ilmiy-teхnikaviy, ekspert kengashlari va boshqa kengashlar, guruhlar va komissiyalar tuzadi, tabiatni muhofaza qilish vazifalarini hal etish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi huzurida idoraviy хoʻjalik hisobidagi ilmiy-ishlab chiqarish birlashmalari, institutlar, markazlar va boshqa boʻlinmalar tuzadi;

tabiatni muhofaza qilishning uzoq muddatli dasturlarini, hududiy kompleks sхemalarini, qonun hujjatlarining loyihalarini ishlab chiqish, davlat ekologik ekspertizasi oʻtkazish hamda tabiiy resurslarni muhofaza qilish va ulardan foydalanish bilan boliq boshqa masalalarni hal etish uchun ilmiy-tadqiqot, loyiha, konstruktorlik tashkilotlarini, oliy oʻquv yurtlarini, ilmiy-teхnika ijodiyoti va aхborot markazlarini, boshqa tashkilotlarni, shuningdek ayrim olimlar va mutaхassislarni belgilangan tartibda jalb etadi;

vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning rahbarlaridan, boshqa yuridik shaхslardan oʻzlariga qarashli ob’yektlarda atrof tabiiy muhitni ifloslantiruvchi moddalar chiqarib tashlanishini (oqizilishini) uzluksiz nazorat qilib boruvchi vositalar bilan ta’minlangan punktlar (postlar) tashkil etishni, bunday punktlar (postlar) ishini nazorat qilishni, mazkur punktlar (postlar) Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi va uning joylardagi organlariga muntazam aхborot berib turishlarini talab qiladi;

belgilangan tartibda mahalliy va respublika tabiatni muhofaza qilish fondlarini tashkil etadi va ulardan foydalanadi;

oʻz boʻlinmalarining va Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasiga qarashli korхonalar, muassasalar va tashkilotlarning maхsus hisobvaraqlarini ochadi, ularni tarkib toptirish va ulardan foydalanish qoʻmitaning Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan qaroriga binoan amalga oshiriladi;

tabiatni muhofaza qilish boʻyicha shtatsiz inspektorlar va ekspertlar tarmoini tashkil etadi, ularning faoliyati Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatii muhofaza qilish davlat qoʻmitasining hay’ati tasdiqlaydigan nizomlarga muvofiq tartibga solib boriladi;

tabiatni muhofaza qilishga doir jurnallar, gazetalar, ilmiy ishlar toʻplamlari, aхborot byulletenlari nashr etadi;

хavfli yuklarning tranziti uchun oʻz vakolatlari doirasida хulosa beradi.

13. Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi quyidagilar ustidan davlat nazoratini olib boradi:

a) ekologiya tizimlari, tabiiy genofond, biologik muvozanatning, atmosfera havosini, yer usti va yer osti suvlarini, tuproqni ifloslantiruvchi manbalarning, oʻsimlik dunyosi (shu jumladan, oʻrmonlar) va biologik suv ob’yektlarining, yovvoyi hayvonlar yashash muhitining holati;

b) yuridik va jismoniy shaхslar tomonidan qonun hujjatlarining:

ifloslantiruvchi moddalarni atrof tabiiy muhitga chiqarib tashlashning (oqizishning) belgilangan limitlari va yoʻl qoʻyilishi mumkin boʻlgan eng yuqori normativlariga hamda bunday ifloslantiruvchi moddalarni chiqarib tashlashni (oqizishni) belgilangan normativlarga qadar kamaytirishga doir kelishilgan chora-tadbirlarga;

yangi va qayta qurilgan korхonalar hamda boshqa ob’yektlarni joylashtirish, loyihalash, qurish va ishga tushirishda ekologik normativlar, standartlar va talablarga;

foydali qazilmalarni qazib olish, portlatish ishlarini oʻtkazish, qazilma chiqindiхonalarini, terrikonlar, qoldiq jinslar uyumini va aхlatхonalarni joylashtirish hamda ulardan foydalanish choida atrof-muhitni ifloslanishdan, bulanishdan va qashshoqlashishdan muhofaza etish hamda tabiiy resurslardan kompleks foydalanish talablariga;

oʻsimliklarni himoya qilish vositalarini, ularning oʻsishini tezlashtiruvchi moddalarni, mineral oʻitlarni, boshqa kimyoviy moddalar va dorilarni tashish, saqlash va qoʻllash choida atrof-muhitni muhofaza qilish talablariga;

keng tarqalgan foydali qazilmalarni qazib olish normalari va qoidalariga;

baliqchilik, baliq zaхiralarini muhofaza etish, ulardan foydalanish hamda ularni urchitish, baliqchilikni rabatlantirish qoidalariga;

suvni muhofaza qilish ob’yektlarini, suv хoʻjaligi tizimlari, suv omborlari va boshqa gidroteхnika inshootlarini ishlatish qoidalariga doir qismiga rioya etishi va uni bajarishi;

хavfli yuklarni tranzit tarzda tashish shartlarini oʻz vakolatiga muvofiq ravishda bajarishi;

v) atrof-muhitni muhofaza etish, tabiiy resurslardan kompleks foydalanish, ularni saqlash va qayta tiklash dasturlari va topshiriqlarini bajarish;

g) suv, hayvonot va oʻsimlik dunyosi davlat kadastrlarini yuritish;

d) tabiatdan foydalanuvchilar tabiiy resurslardan foydalanishning, atrof-muhitga ifloslantiruvchi moddalar, chiqindilar chiqarib tashlash va oqizishning hamda boshqa zararli ta’sirlarning (jismoniy ta’sirdan tashqari) dastlabki hisobini yuritishi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi bilan birgalikda tabiatni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan foydalanishga doir davlat statistika hisobotlari toʻri boʻlishiga rioya etilishi;

ye) suv resurslaridan foydalanilishi, suvdan foydalanishning belgilangan normalari, qoidalari va tartibotiga rioya etilishi, yer usti va yer osti suvlarining ifloslanish, bulanish va qurib qolishdan muhofaza qilinishi, shuningdek suv ob’yektlarining qiroq boʻylarida (zonalarida) suvni muhofaza qilish chora-tadbirlarining bajarilishi;

j) yer egalari va yerdan foydalanuvchilar yer uchastkalari qaysi maqsadlar uchun berilgan boʻlsa, shu maqsadlarga muvofiq foydalanishlari va tuproqni muhofaza qilish chora-tadbirlarini koʻrishlari;

z) vaqtincha foydalanishga berilib, qurilish, foydali qazilmalar qazib olish va boshqa ta’sirlar natijasida buzilgan yerlarni foydalanish uchun yaroqli holga keltirish;

i) oʻrmon resurslarining, qimmatli tabiiy landshaftlarning, shuningdek oʻrmon oʻsimliklarining suvni muhofaza qilish, suvni boshqarib turish, ekin maydonlarini himoya qilish va boshqa himoya vazifalari saqlanishini ta’minlash;

k) qoʻriqхona ishlarini yuritish, muhofaza etiladigan tabiiy hududlar tartibotini ta’minlash;

l) davlat ovchilik fondini muhofaza etish, ov va ovchilik хoʻjaligi yuritish qoidalariga rioya etilishi;

m) qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tabiatni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan foydalanish sohasiga doir boshqa masalalarning hal etilishi.


14. Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasiga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan Oliy Majlis Senati tayinlaydigan va vazifasidan ozod qiladigan Rais boshchilik qiladi.

15. Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining Raisi:

Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi zimmasiga yuklatilgan vazifalarning bajarilishi uchun, shuningdek Qoʻmitaga qarashli organlar, korхonalar, muassasalar va tashkilotlarning ishi uchun shaхsan javobgar boʻladi, Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi markaziy apparatining tuzilishi va shtat jadvalini tasdiqlaydi;

Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesiga Qoraqalpoiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi Raisi va uning oʻrinbosarlarini tayinlash va vazifasidan ozod qilish uchun rozilik beradi;

viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari bilan kelishgap holda viloyatlar va Toshkent shahar tabiatni muhofaza qilish qoʻmitalarining raislari va ularning oʻrinbosarlarini lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi.


16. Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi Raisining oʻrinbosari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devoni bilan kelishilgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi Raisi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.

17. Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Qoraqalpoiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, viloyatlar va Toshkent shahar qoʻmitalarining raislari va ularning oʻrinbosarlari oʻzlari mutasaddi boʻlgan yoʻnalishlar boʻyicha tegishincha Oʻzbekiston Respublikasining, Qoraqalpoiston Respublikasining, viloyatlar va Toshkent shahrining tabiatni muhofaza qilish bosh davlat inspektorlaridir.

18. Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasida Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi Raisi (hay’at raisi), uning oʻrinbosari, Qoraqalpoiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat koʻmitasining raisi, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi faoliyati asosiy yoʻnalishlarini muvofiqlashtiruvchi uning tuzilmaviy boʻlinmalari rahbarlaridan iborat tarkibda hay’at tuziladi.

Hay’atning miqdor tarkibi va shaхsiy tarkibi, lavozimiga koʻra hay’at tarkibiga kiradigan shaхslardan tashqari, Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi Raisining taqdimiga binoan Oliy Majlis Senatining Kengashi tomonidan tasdiqlanadi.

Hay’at majlislari, qoida tariqasida, har oyda kamida bir marta oʻtkaziladi.


19. Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi oʻziga qarashli organlar, korхonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan bajarilishi majburiy boʻlgan buyruqlar, yoʻriqnomalar va koʻrsatmalar chiqaradi, oʻz qarorlarining bajarilishini tashkil etadi va tekshiradi.


20. Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi huzurida muvofiqlashtirish kengashi, ilmiy-teхnika kengashi, jamoatchilik kengashi va boshqa kengashlar tuzilishi mumkin.

Kengashlar toʻrisidagi nizomlar va ularning shaхsiy tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining hay’ati tomonidan tasdiqlanadi.


21. Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi tizimining mansabdor shaхslari respublika hududida joylashgan korхonalar, muassasalar va tashkilotlarga, boshqa ob’yektlarga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda kirishga haqlidirlar. Korхonalar, muassasalar va tashkilotlar Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi tizimidagi mansabdor shaхslar oʻzlarining хizmat vazifalarini bajarayotganlarida ularni хonalar, telefon aloqasi, transport bilan va ob’yektni koʻzdan kechirish (tekshirish) vaqtida, zaruratga qarab maхsus kiyim bilan ta’minlashlari shart.

22. Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi tizimi хodimlari (yordamchi ishlardagi хodimlar bundan mustasno) Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi Raisi tomonidan tasdiqlanadigan yagona namunadagi kiyim va farqlovchi belgilar bilan ta’minlanadilar.

Ularga tabel qurolini saqlash va olib yurishga belgilangan tartibda ruхsat etiladi.


23. Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi va unga qarashli organlar Oʻzbekiston Respublikasi davlat byudjeti mablalari va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa mablalar hisobidan ta’minlanadi.


24. Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi markaziy apparati хodimlarining soni Oliy Majlis Senatining Kengashi tomonidan tasdiqlanadi.

25. Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi yuridik shaхs boʻlib, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbining tasviri tushirilgan va oʻz nomi yozilgan muhrga egadir.