Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 01.04.1993 y. 167-son "Oʻzbekiston Respublikasi kichik hajmli kemalar boʻyicha davlat inspeksiyasining Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasiga boʻysunishi toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

01.04.1993 y.

N 167


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI KIChIK

HAJMLI KEMALAR BOʻYIChA DAVLAT

INSPEKSIYaSINING OʻZBEKISTON

RESPUBLIKASI DAVLAT TABIATNI

MUHOFAZA QILISh QOʻMITASIGA

BOʻYSUNIShI TOʻRISIDA


Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi kichik hajmli kemalar boʻyicha davlat inspeksiyasi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat jismoniy tarbiya va sport qoʻmitasi huzuridagi Respublika koʻp iхtisosli tez harakat qilish markazidan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi boʻysunishiga berilsin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi kichik hajmli kemalar buyicha davlat inspeksiyasi mustaqil inspeksiya huquqi bilan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi huzuridagi Respublika hayvonot va oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanish davlat inspeksiyasi (Davlat biologiya nazorati) tarkibiga kiritilsin.


3. Oʻzbekiston Respublikasi kichik hajmli kemalar boʻyicha davlat inspeksiyasi toʻrisidagi ilova kilinayotgan Nizom tasdiqlansin.


4. Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1984 yil 8 iyundagi 303-son (OʻzSSR QT, 6-son, 28-modda) va 1990 yil apreldagi 172-son qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                               A. Mutalov