Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Mudofaa vazirligining 7-son, Ichki ishlar vazirligining 19-son, Milliy хavfsizlik хizmatining 50-son "Muddatli harbiy хizmatni oʻtayotgan harbiy хizmatchilarga Oʻzbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalariga oʻqishga kirish uchun tavsiyanomalar berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish kiritish haqida"gi 05.07.2013 y. Qarori (AV tomonidan 31.07.2013 y. 2402-1-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

31.07.2013 y.

N 2402-1

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

MUDOFAA VAZIRLIGINING

05.07.2013 y.

N 7


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

IChKI IShLAR VAZIRLIGINING

05.07.2013 y.

N 19


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

MILLIY XAVFSIZLIK XIZMATINING

05.07.2013 y.

N 50


QARORI



Muddatli harbiy хizmatni oʻtayotgan harbiy

хizmatchilarga Oʻzbekiston Respublikasi oliy

ta’lim muassasalariga oʻqishga kirish uchun

tavsiyanomalar berish tartibi toʻrisidagi

nizomga oʻzgartirish kiritish haqida


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 26 martdagi PF-4521-sonli Farmoniga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi va Milliy хavfsizlik хizmati QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi va Milliy хavfsizlik хizmatining 2012 yil 23 oktyabrdagi 11, 33 va 113-sonli qarori (roʻyхat raqami 2402, 2012 yil 21 noyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012 y., 46-47-son, 532-modda) bilan tasdiqlangan Muddatli harbiy хizmatni oʻtayotgan harbiy хizmatchilarga Oʻzbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalariga oʻqishga kirish uchun tavsiyanomalar berish tartibi toʻrisidagi nizomning 4-bandi beshinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"Oʻzbekiston Respublikasi mudofaa vazirining birinchi oʻrinbosari - Mudofaa vazirligi Bosh shtabi boshlii tomonidan rabatlantirilgan boʻlsa - 15 ball;".


2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

Mudofaa vaziri

Q. Berdiyev

Ichki ishlar vaziri

B. Matlyubov

Milliy хavfsizlik хizmati raisi

R. Inoyatov

"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2013 yil 5 avgust, 31-son, 423-modda