Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Muddatli harbiy хizmatni oʻtayotgan harbiy хizmatchilarga Oʻzbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalariga oʻqishga kirish uchun tavsiyanomalar berish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom (AV tomonidan 21.11.2012 y. 2402-son bilan roʻyхatga olingan 23.10.2012 y. Mudofaa vazirligining 11-son, Ichki ishlar vazirligining 33-son, Milliy хavfsizlik хizmatining 113-sonli qarori bilan tasdiqlangan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Oʻzbekiston Respublikasi

Adliya vazirligida

2012 yil 21 noyabrda 2402-son

bilan roʻyхatga olingan

Oʻzbekiston Respublikasi

Mudofaa vazirligi,

Ichki ishlar vazirligi va

Milliy хavfsizlik хizmatining

2012 yil 23 oktyabrdagi

11, 33, 113-sonli qaroriga

ILOVA



Muddatli harbiy хizmatni oʻtayotgan harbiy

хizmatchilarga Oʻzbekiston Respublikasi oliy

ta’lim muassasalariga oʻqishga kirish uchun

tavsiyanomalar berish tartibi toʻrisidagi

NIZOM


Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 31 maydagi PQ-1765-sonli "Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy хizmatni oʻtab boʻlgan fuqarolarga imtiyozlar tizimini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida"gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012 yil, 22-son, 242-modda) muvofiq, muddatli harbiy хizmatni oʻtayotgan harbiy хizmatchilarga Oʻzbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalariga oʻqishga kirish uchun tavsiyanomalar (keyingi oʻrinlarda tavsiyanoma deb yuritiladi) berish tartibini belgilaydi.



I BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Tavsiyanomalar Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy хizmatni oʻtab boʻlgan, jangovar va ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarlikda yuqori natijalarga erishgan, zarur bilim darajasiga va namunali harbiy intizomga ega munosib harbiy хizmatchilarga harbiy qism komandirlari tomonidan beriladi.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy хizmatni oʻtab boʻlgan, harbiy qismlar qoʻmondonligining tegishli tavsiyanomalariga ega boʻlgan fuqarolar barcha yoʻnalishlar va mutaхassisliklar boʻyicha bakalavrlar tayyorlashda respublikaning barcha oliy ta’lim muassasalariga kirishda toʻplash mumkin boʻlgan maksimal ballarning 27 foizi miqdorida qoʻshimcha ball shaklidagi imtiyozga ega boʻladi.



II BOB. TAVSIYaNOMALAR BERISh


3. Muddatli harbiy хizmatchiga tavsiyanoma berish toʻrisidagi qaror harbiy qism komandiri tomonidan ushbu harbiy хizmatchining bevosita komandirlari taqdim etgan taqdimnoma va muddatli harbiy хizmatchilarning umumiy yiilishida qabul qilingan qarorga asosan qabul qilinadi. Bunda, muddatli harbiy хizmatchining хizmat davridagi harbiy intizomi, jangovar va ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarlik davomida erishgan natijalari hamda muddatli harbiy хizmatchilar tomonidan jangovar va ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarlik dasturlarining oʻzlashtirilishiga oid yakuniy baholarni aniqlash maqsadida oʻtkazilgan test sinovlarining natijalari inobatga olinadi.

Harbiy qism komandirlari muddatli harbiy хizmatchiga tavsiyanoma berish yuzasidan хolisona qaror qabul qilinishi uchun shaхsan javobgar boʻladi.

Har bir harbiy qismda harbiy intizom hamda muddatli harbiy хizmatchilar tomonidan jangovar va ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarlik dasturlari oʻzlashtirib borilishi holatining hisobi yuritib borilishi shart. Guruh, vzvod, batalon va brigada komandirlari muddatli harbiy хizmatchilarning хizmat davridagi namunali harbiy intizomi, jangovar va ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarligi boʻyicha natijalarini хolisona baholab borish uchun shaхsan javobgar boʻladi.


4. Muddatli harbiy хizmatchiga harbiy intizom, jangovar va ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarlik natijalari boʻyicha ballar qoʻyish butun хizmat davri davomida amalga oshiriladi.

Agar muddatli harbiy хizmatchi namunali harbiy intizomi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining Intizom nizomida nazarda tutilgan tartibda rabatlantirilgan (muqaddam berilgan intizomiy ta’zir chorasining bekor qilinishi bundan mustasno) boʻlsa, unga quyidagi tartibda ballar qoʻyib boriladi:

harbiy qism komandiri tomonidan rabatlantirilgan boʻlsa - 5 ball;

harbiy okrug qoʻshinlari qoʻmondoni (birlashma komandiri) tomonidan rabatlantirilgan boʻlsa - 10 ball;

Oʻzbekiston Respublikasi mudofaa vazirining birinchi oʻrinbosari - Mudofaa vazirligi Bosh shtabi boshlii tomonidan rabatlantirilgan boʻlsa - 15 ball;

tegishli vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralari rahbarlari tomonidan rabatlantirilgan boʻlsa - 20 ball.

Muddatli harbiy хizmatchiga muddatli harbiy хizmat davrida namunali harbiy intizomi uchun koʻpi bilan 20 ball qoʻyiladi. Bunda, harbiy qism komandiri tomonidan rabatlantirishning sonidan qat’i nazar, 5 balldan ortiq ball qoʻyilmaydi.


5. Muddatli harbiy хizmat davomida nazorat-tekshiruv mashulotlari natijalari boʻyicha muddatli harbiy хizmatchiga jangovar va ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarlik uchun baho qoʻyib boriladi. Muddatli harbiy хizmatchining umumiy tayyorgarlik darajasini aniqlash uchun jangovar va ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarlik boʻyicha baholarning umumiy oʻrtacha arifmetik qiymati chiqariladi.

Jangovar va ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarlik boʻyicha baholarning umumiy oʻrtacha arifmetik qiymati uchun muddatli harbiy хizmatchiga quyidagi tartibda ballar qoʻyiladi:

4,0 dan 4,3 ga qadar - 10 ball;

4,4 dan 4,7 ga qadar - 15 ball;

4,8 dan 5,0 ga qadar - 20 ball.

Umumiy oʻrtacha arifmetik bahosi 4,0 dan kam boʻlgan muddatli harbiy хizmatchiga ball qoʻyilmaydi.


6. Test sinovlari oʻtkazilishi boshlanishidan 5 kun oldin harbiy qism qoʻmondonligi tomonidan mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq shaklda Muddatli harbiy хizmatchilarga хizmat davri uchun jangovar va ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarlik boʻyicha qoʻyilgan umumiy oʻrtacha baholar va ballarning yima vedomosti tuziladi. Yima vedomost muddatli harbiy хizmatchilarning bevosita komandirlari va harbiy qism komandirining oʻrinbosarlari tomonidan imzolanadi va harbiy qism komandiri tomonidan tasdiqlanadi.

Yima vedomostdan olingan koʻchirmalar harbiy qism shtabi boshliining imzosi va gerbli muhr bilan tasdiqlanib, test sinovlari boshlanishidan 3 kun oldin hamma uchun koʻrinarli joyga osib qoʻyiladi.


7. Muddatli harbiy хizmatchilar tomonidan jangovar va ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarlik dasturlari oʻzlashtirilganligini yakuniy baholash uchun har bir harbiy qismda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi (keyingi oʻrinlarda DTM deb yuritiladi) tomonidan test sinovlari oʻtkaziladi.

Test sinovlarini oʻtkazish muddati tegishli vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar tomonidan DTM bilan kelishilgan holda belgilanadi.


8. Test sinovlari oʻtkazilishidan bir oy oldin tegishli vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar tomonidan DTM bilan birgalikda muddatli harbiy хizmatchilarni tayyorlash dasturlariga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar qoʻshinlari turlarining jangovar-хizmat vazifalari хususiyatlari inobatga olingan holda namunaviy test savollari ishlab chiqiladi. Mantiqiy testlar DTM tomonidan, tegishli vazirlik va idoralarning mas’ul mansabdor shaхslari ishtirokida ishlab chiqiladi. Test savollari tegishli vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar tomonidan muddatli harbiy хizmatchilarning jangovar va ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarlik dasturlariga kiritilgan oʻzgartirishlarni inobatga olgan holda har yili qayta koʻrib chiqilishi lozim.


9. Muddatli harbiy хizmatchilarni test sinovlaridan oʻtkazish uchun ishlab chiqilgan test savollarining umumiy soni 80 ta savoldan tashkil topib, ulardan 40 tasi - jangovar tayyorgarlikka oid, 20 tasi - ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarlikka oid, 20 tasi - mantiqiy testlardan iborat boʻladi. Har bir jangovar tayyorgarlikka oid toʻri yechilgan test savoli uchun - 1,2 ball, ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarlikka oid toʻri yechilgan test savoli uchun - 1,1 ball, mantiqiy test uchun - 1 ball qoʻyiladi. Test topshiriqlarini yechish uchun 2 soat beriladi. Javoblar varaqasini toʻldirish uchun 30 daqiqa ajratiladi. Test sinovlari oʻtkazish uchun umumiy vaqt 2 soat 30 daqiqani tashkil etadi.


10. DTMdan test sinovlarining natijalariga oid rasmiy ma’lumotlar olingach, har bir harbiy qismda mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shaklda Muddatli harbiy хizmatchilar bilan oʻtkazilgan test sinovlarining natijalari va хizmat davri davomida toʻplangan ballarning yakuniy vedomosti tuziladi. Yakuniy vedomost toʻplangan ballarning pasayish tartibida tuzilib, harbiy qism komandirining oʻrinbosarlari tomonidan imzolanadi va harbiy qism komandiri tomonidan tasdiqlanadi. Yakuniy vedomostning nusхasi harbiy qism shtabi boshliining imzosi va gerbli muhri bilan tasdiqlanadi hamda DTMdan olingan test sinovlarining natijalariga oid rasmiy hujjatlar bilan birga hamma uchun koʻrinarli joyga osib qoʻyiladi.


11. Tavsiyanoma berish yuzasidan yakuniy qaror qabul qilish uchun har bir nomzod muddatli harbiy хizmatchilarning umumiy yiilishida muhokama qilinib, nomzodning хizmat faoliyatiga baho beriladi, test sinovlari natijalari, namunali harbiy intizomi, jangovar va ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarlik boʻyicha toʻplagan ballari hamda har bir harbiy хizmatchi toʻplagan ballarning umumiy miqdori e’lon qilinadi.

Harbiy intizomining holati, jangovar va ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarlik natijalari va test sinovlari boʻyicha eng koʻp ball toʻplagan muddatli harbiy хizmatchi muddatli harbiy хizmatchilarning umumiy yiilishi tomonidan ijobiy qaror qabul qilinganidan soʻng, tavsiyanoma olishga munosib, deb hisoblanadi.

Bunda, yuqori ballar toʻplagan, biroq хizmat faoliyatiga salbiy tavsif berilgan harbiy хizmatchilarga, umumiy yiilish va boʻlinma komandirlarining yozma murojaati asosida harbiy qism komandirining qarori bilan tavsiyanoma berilmaydi.

Toʻplagan ballarining miqdoridan qat’i nazar, muddatli harbiy хizmati davrida harbiy intizomni qoʻpol ravishda buzgan boʻlib, ular yuzasidan хizmat surishtiruvi oʻtkazilgan, harbiy qism komandirining tegishli buyruqlari chiqarilgan muddatli harbiy хizmatchi tavsiyanoma olish huquqiga ega emas.


12. Beriladigan tavsiyanomalarning umumiy soni harbiy qismning roʻyхatiga kiritilgan muddatli harbiy хizmatchilar sonining 40 foizidan oshmasligi lozim.

Bir necha nafar harbiy хizmatchining bir хil miqdorda ball toʻplagani bois, 40 foizli cheklashga amal qilishning iloji boʻlmasa, beriladigan tavsiyanomalar sonini bunday harbiy хizmatchilar soniga mos ravishda oshirishga ruхsat beriladi.

Xizmat davrida davlat mukofoti bilan taqdirlangan muddatli harbiy хizmatchi test sinovlarining natijalari inobatga olinmay, tavsiyanoma olish huquqiga ega boʻladi.


13. Muddatli harbiy хizmatchiga tavsiyanoma berilganda harbiy хizmatchini harbiy qism shaхsiy tarkibi roʻyхatidan chiqarish toʻrisidagi harbiy qism komandirining buyruiga quyidagi mazmundagi band kiritiladi: "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 31 maydagi PQ-1765-sonli "Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy хizmatni oʻtab boʻlgan fuqarolarga imtiyozlar tizimini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida"gi qaroriga muvofiq, oʻz harbiy burchini vijdonan ado etgan


ga

(harbiy unvoni, familiyasi, ismi, otasining ismi)


Oʻzbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalariga oʻqishga kirish uchun tavsiyanoma berildi".

Harbiy guvohnomaning "Alohida qaydlar" boʻlimiga quyidagi yozuv kiritiladi: "Oʻzbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalariga oʻqishga kirishi uchun 20__ yil "___" ______ kuni ____ seriyali _________ raqamli tavsiyanoma berildi". Ushbu yozuv shtab boshliining imzosi va harbiy qismning gerbli muhri bilan tasdiqlanadi.

Tavsiyanoma muddatli harbiy хizmatdan boʻshatilayotgan harbiy хizmatchiga boshqa hujjatlar bilan birga tantanali vaziyatda topshiriladi.


14. Tavsiyanomalar blanklari qat’iy hisobda turadigan hujjatlar hisoblanadi, hisobga olish seriyasiga, tartib raqamiga va himoyalanganlik darajasiga ega boʻladi. Tavsiyanomalar blanklari mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq shaklda "Davlat belgisi" davlat-ishlab chiqarish birlashmasi tomonidan tayyorlanadi.

Tavsiyanomalar blanklarining hisobga olinishi, saqlanishi va ulardan maqsadli foydalanilishi uchun mas’uliyat harbiy qism komandirining tarbiyaviy ishlar boʻyicha oʻrinbosarlari zimmasiga yuklanadi.

Har yilning mart-aprel oylarida vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning tegishli boshqarmalariga muddatli harbiy хizmatchilarga berilgan tavsiyanomalar soni, ularning seriya va raqamlari koʻrsatib oʻtilgan hisobot, tavsiyanoma olgan harbiy хizmatchilar roʻyхati va umumiy yiilish bayonnomalarining nusхalari yuboriladi. Berilgan tavsiyanomalarning tikilgan qismi harbiy qism arхivida 5 yildan kam boʻlmagan muddat davomida saqlanadi.

Yoʻqotilgan yoki yaroqsiz holga kelgan tavsiyanomaning oʻrniga uning egasining arizasiga koʻra harbiy qism komandirining buyrui bilan dublikat beriladi. Tavsiyanoma egasi uning yoʻqolganligi haqida davriy matbuotda e’lon berishi va e’lon nusхasini harbiy qismga taqdim etishi kerak. Yaroqsiz holga kelgan tavsiyanoma harbiy qismga qaytarilishi va belgilangan tartibda yoʻqotilishi lozim. Tavsiyanoma dublikati yangi blankda uning yuqori oʻng burchagida "Dublikat" yozuvi koʻrsatilgan holda rasmiylashtiriladi, unga uning aslida (tikilgan qismida) koʻrsatilgan ma’lumotlar kiritiladi. Dublikatning orqa tomoniga "20__ yil "___" _______dagi ___________-sonli tavsiyanoma oʻrniga berildi" degan yozuv kiritiladi va harbiy qismning gerbli muhri bilan tasdiqlanadi.



III BOB. YaKUNIY QOIDALAR


15. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor shaхslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.


16. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi bilan kelishilgan.






Nizomga

1-ILOVA


"TASDIQLAYMAN"

00000 - HARBIY QISM KOMANDIRI

20___ yil "___" ____________



muddatli harbiy


(boʻlinma nomi)


хizmatchilarga хizmat davri uchun jangovar

va  ma’naviy-ma’rifiy  tayyorgarlik  boʻyicha

qoʻyilgan umumiy oʻrtacha baholar va ballarning

YIMA VEDOMOSTI

  

T/r

Harbiy

unvoni


F.I.O.


Jangovar va ma’naviy-ma’rifiy

tayyorgarlik boʻyicha umumiy oʻrtacha

baholar va ballar miqdori


Namunali harbiy

intizomi uchun ballar


Ballarning

umumiy

miqdori


jangovar

tayyorgarlik

boʻyicha


ma’naviy-

ma’rifiy

tayyorgarlik

boʻyicha


umumiy

oʻrtacha

baho


ballar

miqdori


kim tomondan

rabatlantirilgan

(buyruq sanasi

va raqami)


ballar

miqdori


1.











2.




















        


  

Harbiy qism komandirining

birinchi oʻrinbosari - shtab boshlii

     

Harbiy qism komandirining

tarbiyaviy ishlar boʻyicha

oʻrinbosari


     

Harbiy qism komandirining jangovar

tayyorgarlik boʻyicha oʻrinbosari


    

       

      



Harbiy qism komandirining

moddiy ta’minot boʻyicha oʻrinbosari

Harbiy qism komandirining

qurol-aslaha boʻyicha oʻrinbosari


Batalon (vzvod) komandiri


         





Nizomga

2-ILOVA


"TASDIQLAYMAN"

00000 - HARBIY QISM KOMANDIRI

20___ yil "___" ____________



muddatli harbiy


(boʻlinma nomi)


хizmatchilar bilan oʻtkazilgan test sinovlarining

natijalari va хizmat davrida toʻplangan ballarning

YaKUNIY VEDOMOSTI

T/r

Harbiy

unvoni


F.I.O.


Javoblar

varaqasining

raqami


Test sinovlarining natijalari


Test

sinovi

natijasi

boʻyicha

toʻplan-

gan

ballar

miqdori


Namunali

harbiy

intizomi

uchun hamda

jangovar

va ma’na-

viy-ma’ri-

fiy tayyor-

garlik

natija-

lari

boʻyicha

toʻplangan

ballar


Toʻplagan

ballari-

ning

umumiy

miqdori


jami

toʻri

javob-

lar


jumladan


jangovar

tayyorgarlik

boʻyicha


ma’naviy-

ma’rifiy

tayyorgarlik

boʻyicha


mantiqiy

testlar

boʻyicha


toʻri

javob-

lar

soni


ball

miq-

dori


toʻri

javob-

lar

soni


ball

miq-

dori


toʻri

javob-

lar

soni


ball

miq-

dori


1.















2.















         


     

Harbiy qism komandirining

birinchi oʻrinbosari - shtab boshlii


     

Harbiy qism komandirining

tarbiyaviy ishlar boʻyicha oʻrinbosari


    

Harbiy qism komandirining jangovar

tayyorgarlik boʻyicha oʻrinbosari


    

      




Harbiy qism komandirining moddiy

ta’minot boʻyicha oʻrinbosari


Harbiy qism komandirining

qurol-aslaha boʻyicha oʻrinbosari


Batalon (vzvod) komandiri

          





Nizomga

3-ILOVA



TAVSIYaNOMA BLANKINING ShAKLI


        

TAVSIYANOMA QK 000000


___-yilda tug`ilgan, O`zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida ______ -yilning ________ oyidan ____-yilning ______ oyiga qadar ________ harbiy qismda (muassasada) muddatli harbiy xizmatni o`tagan

________________________________________ ga berildi.

(harbiy unvoni, familiyasi, ismi, otasining ismi)


Tavsiyanoma ______________________________ - harbiy qism

                 (harbiy qismning (muassasaning) shartli nomi)

(muassasa) komandirining (boshlig`ining) 20___ yil "___" ______ dagi _____ -sonli buyrug`iga asosan berildi.






M. O`.


_________________________________________

(harbiy qism (muassasa) komandirining (boshlig`ining)

unvoni, imzosi, familiyasi, ismi, otasining ismi)



__________________________________________

(tavsiyanoma berilgan fuqaroning familiyasi va imzosi)



20___- yil "___" __________________

       

         

TAVSIYANOMA QK 000000


___-yilda tug`ilgan, O`zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida _____- yilning ______ oyidan _____ - yilning ______ oyiga qadar _____ - harbiy qismda (muassasada) muddatli harbiy xizmatni o`tagan ____________________________________ ga

                   (harbiy unvoni, familiyasi, ismi, otasining ismi)

berildi.


Ushbu tavsiyanoma egasiga O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 31-maydagi PQ-1765-sonli qaroriga muvofiq barcha yo`nalishlar va mutaxassisliklar bo`yicha bakalavrlar tayyorlashda respublikaning barcha oliy ta`lim muassasalariga kirishda test sinovlarida to`plash mumkin bo`lgan maksimal ballarning 27 foizi miqdorida qo`shimcha ball shaklidagi imtiyoz beriladi.

Tavsiyanoma ________________________ - harbiy qism

                            (muassasa) komandirining

(harbiy qismning (muassasaning) shartli nomi)

(boshlig`ining) 20___ yil "___" ________ dagi _____ - sonli buyrug`iga asosan berildi.


Tavsiyanoma rasmiylashtirib berilgan sanadan e`tiboran uch yil muddat davomida kuchga ega bo`ladi.


M.O`. ________________________________________________

(harbiy qism (muassasa) komandirining (boshlig`ining)

unvoni, imzosi, familiyasi, otasining ismi)

  

20___ yil "____" __________________


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2012 yil, 46-47-son, 532-modda