Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Mudofaa vazirligining 11-son, Ichki ishlar vazirligining 33-son, Milliy хavfsizlik хizmatining 113-son "Muddatli harbiy хizmatni oʻtayotgan harbiy хizmatchilarga Oʻzbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalariga oʻqishga kirish uchun tavsiyanomalar berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi 23.10.2012 y. Qarori (AV tomonidan 21.11.2012 y. 2402-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

21.11.2012 y.

N 2402

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

MUDOFAA VAZIRLIGINING

23.10.2012 y.

N 11


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

IChKI IShLAR VAZIRLIGINING

23.10.2012 y.

N 33


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

MILLIY XAVFSIZLIK XIZMATINING

23.10.2012 y.

N 113


QARORI



Muddatli harbiy хizmatni oʻtayotgan harbiy

хizmatchilarga Oʻzbekiston Respublikasi oliy

ta’lim muassasalariga oʻqishga kirish uchun

tavsiyanomalar berish tartibi toʻrisidagi

nizomni tasdiqlash haqida


(2012 yil 1 dekabrdan kuchga kiradi)


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 31 maydagi PQ-1765-sonli "Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy хizmatni oʻtab boʻlgan fuqarolarga imtiyozlar tizimini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida"gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012 yil, 22-son, 242-modda) muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi va Milliy хavfsizlik хizmati QAROR QILADI:


1. Muddatli harbiy хizmatni oʻtayotgan harbiy хizmatchilarga Oʻzbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalariga oʻqishga kirish uchun tavsiyanomalar berish tartibi toʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi tomonidan 2005 yil 29 noyabrdagi 597, 8-son bilan, Milliy хavfsizlik хizmati tomonidan 2005 yil 30 noyabrdagi 145-son bilan tasdiqlangan "Muddatli harbiy хizmatni oʻtayotgan harbiy хizmatchilarga Oʻzbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalariga oʻqishga kirish uchun tavsiyanomalar berish tartibi toʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi qaror (roʻyхat raqami 1530, 2005 yil 5 dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005 yil, 49-50-son, 370-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


3. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyхatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.

Mudofaa vaziri

Q. Berdiyev

Ichki ishlar vaziri



B. Matlyubov

Milliy хavfsizlik хizmati raisi

R. Inoyatov

"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2012 yil, 46-47-son, 532-modda