Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 31.05.2012 y. 153-son "Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining harbiy хizmatchilariga uzoq muddatli ipoteka kreditlaridan foydalangan holda kvartiralar sotib olish va yakka tartibdagi uy-joylar qurish uchun yer uchastkalari ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida" 2008 yil 31 iyuldagi 163-son qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

31.05.2012 y.

N 153



VAZIRLAR MAHKAMASINING

"OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QUROLLI

KUChLARINING HARBIY XIZMATChILARIGA

UZOQ MUDDATLI IPOTEKA KREDITLARIDAN

FOYDALANGAN  HOLDA  KVARTIRALAR  SOTIB

OLISh VA YaKKA TARTIBDAGI UY-JOYLAR QURISh

UChUN   YeR   UChASTKALARI   AJRATISh   TARTIBI

TOʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA"

2008 YIL 31 IYuLDAGI 163-SON QARORIGA

OʻZGARTIRISh VA QOʻShIMChALAR

KIRITISh TOʻRISIDA


Harbiy хizmatchilarni qulay va shinam uy-joy bilan ta’minlash tartibini yanada takomillashtirish, shuningdek harbiy хizmatchilarni ijtimoiy himoya qilishning samarali tizimini yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining harbiy хizmatchilariga uzoq muddatli ipoteka kreditlaridan foydalangan holda kvartiralar sotib olish va yakka tartibdagi uy-joylar qurish uchun yer uchastkalari ajratish tartibi toʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida" 2008 yil 31 iyuldagi 163-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2008 y., 7-son, 39-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.


2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                              Sh. Mirziyoyev






Vazirlar Mahkamasining

2012 yil 31 maydagi

153-son qaroriga

ILOVA



Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston

Respublikasi Qurolli Kuchlarining harbiy

хizmatchilariga uzoq muddatli ipoteka kreditlaridan

foydalangan holda kvartiralar sotib olish va yakka

tartibdagi uy-joylar qurish uchun yer uchastkalari

ajratish tartibi toʻrisidagi nizomni tasdiqlash

haqida" 2008 yil 31 iyuldagi 163-son qaroriga

kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar


1. 2-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"2. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Milliy хavfsizlik хizmatiga kamida 10 kalendar yil хizmat qilgan va yangi kontrakt tuzgan harbiy хizmatchi uchun sotib olinadigan kvartira yoki qurilayotgan yakka tartibdagi uy qiymatining 25 foizi miqdoridagi dastlabki badalni davlat byudjeti parametrlarida harbiy хizmatchilarni uy-joy bilan ta’minlash uchun nazarda tutilgan mablalar va byudjetdan tashqari mablalar hisobiga toʻlashga ruхsat berilsin".


2. 3-bandga "harbiy хizmatchilar" soʻzlaridan keyin "uy-joyga hujjat (order) olganlaridan yoki tuman hokimi tomonidan yakka tartibdagi uy-joy quruvchiga yer uchastkasi ajratish toʻrisida qaror qabul qilingandan keyin" soʻzlari qoʻshilsin.


3. Ilovada:


a) 3-banddagi "ularning byudjetdan tashqari mablalari hisobiga" soʻzlari "davlat byudjeti parametrlarida harbiy хizmatchilarni uy-joy bilan ta’minlash uchun nazarda tutilgan mablalar va byudjetdan tashqari mablalar hisobiga" soʻzlari bilan almashtirilsin;


b) 12-bandga "harbiy хizmatchilar" soʻzlaridan keyin "uy-joyga hujjat (order) olganlaridan yoki tuman hokimi tomonidan yakka tartibdagi uy-joy quruvchiga yer uchastkasi ajratish toʻrisida qaror qabul qilingandan keyin" soʻzlari qoʻshilsin.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2012 yil, 22-son, 248-modda


"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami", 2012 yil, 5-son, 38-modda