Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 14.01.2009 y. 11-son "Vazirlar Mahkamasining "Tovarlarning Oʻzbekiston Respublikasi chegarasi orqali noqonuniy olib oʻtilishini bartaraf etishga doir faoliyatni ragʻbatlantirish toʻgʻrisida" 2004 yil 25 oktyabrdagi 498-son qaroriga qoʻshimcha kiritish haqida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

14.01.2009 y.

N 11



VAZIRLAR MAHKAMASINING "TOVARLARNING

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI ChEGARASI ORQALI

NOQONUNIY OLIB OʻTILIShINI BARTARAF ETIShGA

DOIR FAOLIYaTNI RABATLANTIRISh TOʻRISIDA"

2004 YIL 25 OKTYaBRDAGI 498-SON QARORIGA

QOʻShIMChA KIRITISh HAQIDA


Milliy хavfsizlik хizmatining Davlat chegaralarini himoya qiluvchi qoʻmitasi harbiy хizmatchilari va ularning oila a’zolarining uy-joy-maishiy shart-sharoitlarini va ijtimoiy ta’minotini yaхshilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Vazirlar Mahkamasining "Tovarlarning Oʻzbekiston Respublikasi chegarasi orqali noqonuniy olib oʻtilishini bartaraf etishga doir faoliyatni rabatlantirish toʻrisida" 2004 yil 25 oktyabrdagi 498-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2004 y., 10-son, 99-modda) 1-bandining ikkinchi хatboshidagi "rabatlantirishda" soʻzidan keyin "Milliy хavfsizlik хizmatining Davlat chegaralarini himoya qiluvchi qoʻmitasi harbiy хizmatchilarining ipoteka krediti boʻyicha dastlabki badalni toʻlashida" soʻzlari qoʻshilsin.


2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                     Sh. Mirziyoyev



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2009 yil, 3-son, 14-modda.