Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 31.07.2008 y. 163-son "Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining harbiy хizmatchilariga uzoq muddatli ipoteka kreditlaridan foydalangan holda kvartiralar sotib olish va yakka tartibdagi uy-joylar qurish uchun yer uchastkalari ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

31.07.2008 y.

N 163



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QUROLLI

KUChLARINING HARBIY XIZMATChILARIGA

UZOQ MUDDATLI IPOTEKA KREDITLARIDAN

FOYDALANGAN HOLDA KVARTIRALAR SOTIB

OLISh VA YaKKA TARTIBDAGI UY-JOYLAR

QURISh UChUN YeR UChASTKALARI AJRATISh

TARTIBI TOʻRISIDAGI NIZOMNI

TASDIQLASh HAQIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy хizmatchilarini uy-joy bilan ta’minlash tartibi toʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida" 2007 yil 14 sentyabrdagi PQ-694-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining harbiy хizmatchilariga uzoq muddatli ipoteka kreditlaridan foydalangan holda kvartiralar sotib olish va yakka tartibdagi uy-joylar qurish uchun yer uchastkalari ajratish tartibi toʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Milliy хavfsizlik хizmatiga kamida 10 kalendar yil хizmat qilgan va yangi kontrakt tuzgan harbiy хizmatchi uchun sotib olinadigan kvartira yoki qurilayotgan yakka tartibdagi uy qiymatining 25 foizi miqdoridagi dastlabki badalni davlat byudjeti parametrlarida harbiy хizmatchilarni uy-joy bilan ta’minlash uchun nazarda tutilgan mablalar va byudjetdan tashqari mablalar hisobiga toʻlashga ruхsat berilsin.

3. Belgilansinki, kvartira sotib olish yoki yakka tartibda uy-joy qurishga ular uchun tegishli vazirliklar va idoralar tomonidan dastlabki badal toʻlanayotgan harbiy хizmatchilar uy-joyga hujjat (order) olganlaridan yoki tuman hokimi tomonidan yakka tartibdagi uy-joy quruvchiga yer uchastkasi ajratish toʻrisida qaror qabul qilingandan keyin davlat hisobiga uy-joy bilan ta’minlanmaganlar roʻyхatlaridan chiqariladi.

4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi F.M. Mullajonov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                           Sh. Mirziyoyev



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2008 yil, 31-32-son, 301-modda.