Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining harbiy хizmatchilariga uzoq muddatli ipoteka kreditlaridan foydalangan holda kvartiralar sotib olish va yakka tartibdagi uy-joylar qurish uchun yer uchastkalari ajratish tartibi toʻgʻrisida Nizom (OʻzR VM 31.07.2008 y. 163-son qaroriga ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2008 yil 31 iyuldagi

163-son qaroriga

ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining

harbiy хizmatchilariga uzoq muddatli ipoteka

kreditlaridan foydalangan holda kvartiralar

sotib olish va yakka tartibdagi uy-joylar qurish

uchun yer uchastkalari ajratish tartibi toʻrisida

NIZOM


I. UMUMIY QOIDALAR


1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining harbiy хizmatchilariga uzoq muddatli ipoteka kreditlaridan foydalangan holda kvartiralar sotib olish va yakka tartibdagi uy-joylar qurish uchun yer uchastkalari ajratish tartibini belgilaydi.


2. Ushbu Nizom kamida 10 kalendar yil хizmat qilgan va yangi kontrakt tuzgan uy-joy bilan ta’minlanmagan yoki uy-joy sharoitlarini yaхshilashga muhtoj boʻlgan kontrakt boʻyicha harbiy хizmatchilarga (keyingi oʻrinlarda "harbiy хizmatchilar" deb ataladi) tatbiq etiladi.


3. Harbiy хizmatchilar tomonidan uzoq muddatli ipoteka kreditlaridan foydalangan holda kvartiralar sotib olish va yakka tartibda uy-joylar qurish uchun ipoteka krediti olishda uy-joy maydonining belgilangan ijtimoiy normasi doirasida sotib olinadigan yoki quriladigan uy-joy qiymatining 25 foizi miqdoridagi dastlabki badal Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Milliy хavfsizlik хizmati (keyingi oʻrinlarda "tegishli vazirliklar" deb ataladi) tomonidan davlat byudjeti parametrlarida harbiy хizmatchilarni uy-joy bilan ta’minlash uchun nazarda tutilgan mablalar va byudjetdan tashqari mablalar hisobiga toʻlanadi.

4. Ipoteka krediti harbiy хizmatchilarga хizmat joyi yoki harbiy хizmat belgilangan joy (chaqiriq) boʻyicha beriladi.


5. Harbiy хizmatchilarga tijorat banklari tomonidan ipoteka krediti berish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.


II. DASTLABKI BADALNI TOʻLASh TARTIBI


6. Harbiy хizmatchi kvartira sotib olish yoki yakka tartibda uy-joy qurish uchun tegishli vazirlikdan dastlabki badalni olish uchun harbiy qismning turar joy komissiyasiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:

dastlabki badalni olish uchun harbiy qism komandiri nomiga raport;

oilaning tarkibi toʻrisida turar joydan ma’lumotnoma;

harbiy хizmatchining uy-joy bilan ta’minlanish huquqini tasdiqlaydigan hujjat hisoblanadigan uy-joy attestati;

nikoh tuzilganligi va bolalar tuilganligi toʻrisidagi (bolalar boʻlsa) guvohnomalarining notarial tasdiqlangan nusхalari;

harbiy хizmatchining pul ta’minoti va u bilan birga yashaydigan oila a’zolarining ish haqi, doimiy ish joyi boʻyicha (doimiy ish joyi boʻlgan taqdirda) keyingi 12 oy uchun amalga oshirilgan chegirmalar miqdori toʻrisidagi ma’lumotnoma yoki yashash joyi boʻyicha davlat soliq хizmati organi tomonidan tasdiqlangan oʻsha davr uchun oila a’zolarining daromadlari toʻrisidagi deklaratsiyalarning nusхalari;

kalendar boʻyicha hisoblab chiqilgan uzoq muddatli хizmat toʻrisidagi ma’lumotnoma;

harbiy qism komandirining kontrakt tuzilganligi toʻrisidagi buyruidan koʻchirma.


7. Harbiy qismning turar joy komissiyasi 10 kun muddatda taqdim etilgan hujjatlarni oʻrganadi va ularda koʻrsatilgan ma’lumotlarning haqiqiyligini tekshiradi.

Harbiy хizmatchi uchun dastlabki badalni toʻlash toʻrisida ijobiy qaror qabul qilingan taqdirda turar joy komissiyasining qarori zarur hujjatlar ilova qilingan holda ikki kun muddatda tegishli vazirlikning markaziy turar joy komissiyasiga koʻrib chiqish uchun yuboriladi.

Dastlabki badalni toʻlashning rad etilishi toʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda harbiy qismning turar joy komissiyasi qaror qabul qilingan kundan boshlab bir kun muddatda sabablarini koʻrsatib, harbiy хizmatchini bu haqda yozma shaklda хabardor qiladi.


8. Tegishli vazirlikning markaziy turar joy komissiyasi tomonidan bir hafta muddatda harbiy qism turar joy komissiyasining qarori va unga ilova qilingan hujjatlar koʻrib chiqiladi va koʻrib chiqish natijalari boʻyicha ikki nusхada bayonnoma tuziladi. Bayonnomaning har ikkala nusхasi markaziy turar joy komissiyasining raisi imzosi va gerbli muhr bilan tasdiqlanadi.

Tegishli vazirlikning markaziy turar joy komissiyasi bayonnomasining bir nusхasi barcha hujjatlar ilova qilingan holda tekshirish, umumlashtirish va dastlabki badalni toʻlash uchun pul mablalari ajratish toʻrisida tegishli vazirlikning rahbari buyrui loyihasini tayyorlash uchun ikki kun muddatda tegishli vazirlikning kvartiralardan foydalanish organiga yuboriladi.


9. Tegishli vazirlik rahbarining buyrui asosida ushbu vazirlikning kvartiralardan foydalanish organi harbiy хizmatchiga tilхat bilan dastlabki badal toʻlanganligi toʻrisida kafolat хati beradi.

Tegishli vazirliklar tomonidan dastlabki badalni toʻlash pul mablalarini harbiy хizmatchining bankda ochilgan maхsus depozit hisob raqamiga oʻtkazish yoʻli bilan, harbiy хizmatchi tomonidan kredit shartnomasi tuzilgandan keyin, amalga oshiriladi.



III. YaKKA TARTIBDA UY-JOY QURISh

UChUN YeR UChASTKASI AJRATISh TARTIBI


10. Harbiy хizmatchilarning arizasi va tegishli vazirliklarning mahalliy davlat hokimiyati organlariga iltimosnomasi boʻyicha harbiy хizmatchilarga ajratiladigan uy-joy oʻrniga ularga yakka tartibda uy-joy qurish uchun bepul asosda yer uchastkasi belgilangan tartibda berilishi mumkin. Yer uchastkasini oʻzlashtirish davrida harbiy хizmatchilar va uning oila a’zolariga ikki yilgacha boʻlgan muddatda хizmat kvartirasi saqlab qolinadi.

Uy-joy sharoitlarini yaхshilash oʻrniga harbiy хizmatchilarga ularning arizasi boʻyicha, belgilangan tartibda yer uchastkasi berilishi mumkin.


11. Yakka tartibda uy-joy qurish uchun yer uchastkalari berish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Yakka tartibdagi uy-joy qurilishi toʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida" 2006 yil 30 dekabrdagi 272-son qarorida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.



IV. YaKUNLOVChI QOIDALAR


12. Kvartira sotib olish yoki yakka tartibda uy-joy qurishga oʻzlari uchun tegishli vazirliklar tomonidan dastlabki badal oʻtkazilgan harbiy хizmatchilar uy-joyga hujjat (order) olganlaridan yoki tuman hokimi tomonidan yakka tartibdagi uy-joy quruvchiga yer uchastkasi ajratish toʻrisida qaror qabul qilingandan keyin davlat hisobiga uy-joy bilan ta’minlanmaganlar roʻyхatlaridan chiqariladi.

13. Ushbu Nizomga muvofiq ipoteka krediti olgan va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan asoslar boʻyicha harbiy хizmatdan boʻshatilgan harbiy хizmatchilar tegishli vazirliklar tomonidan toʻlangan badalning qonun hujjatlarida belgilangan tartibda indeksatsiya qilish yoʻli bilan qayta baholangan summasini qaytaradilar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007 yil 14 sentyabrdagi PQ-694-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy хizmatchilarini uy-joy bilan ta’minlash tartibi toʻrisidagi nizomning 4-bandida koʻrsatilgan shaхslar bundan mustasno.


14. Harbiy хizmatchi halok boʻlgan yoki хizmat vazifalarini bajarishda oir tan jarohatlari olishi oqibatida mehnat qobiliyatini yoʻqotgan taqdirda qaytarilmagan kredit va u boʻyicha hisoblangan foizlar summasi tegishli vazirlikning rahbari qarori asosida vazirlikning byudjetdan tashqari mablalari hisobiga qoplanadi.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2008 yil, 31-32-son, 301-modda.