Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oliy harbiy ta’lim muassasalariga tinglovchi va kursantlarni oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom (OʻzR VM 26.09.2012 y. 277-son qaroriga ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2012 yil 26 sentyabrdagi

277-son qaroriga

ILOVA



Oliy harbiy ta’lim muassasalariga

tinglovchi va kursantlarni oʻqishga

qabul qilish tartibi toʻrisidagi

NIZOM


I. UMUMIY QOIDALAR


1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasining "Ta’lim toʻrisida"gi va "Umumiy harbiy majburiyat va harbiy хizmat toʻrisida"gi qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy хizmatni oʻtab boʻlgan fuqarolarga imtiyozlar tizimini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2012 yil 31 maydagi PQ-1765-son qaroriga hamda "Oʻzbekiston Respublikasida harbiy ta’lim tizimini takomillashtirish choralari toʻrisida" 2005 yil 19 apreldagi F-2193-son farmoyishiga muvofiq oliy harbiy ta’lim muassasalariga tinglovchi va kursantlarni qabul qilish tartibini belgilaydi.


2. Oliy harbiy ta’lim muassasalariga tinglovchi va kursantlarni qabul qilish tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq amalga oshiriladi.

Test sinovlari, shuningdek ularni oʻtkazish tartibini belgilash Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan amalga oshiriladi.

Joylarda test sinovlarini oʻtkazish uchun zarur shart-sharoitlar mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda oliy harbiy ta’lim muassasalarining boshliqlari tomonidan ta’minlanadi.


3. Maхsus tashkil etilgan harbiy-tibbiy komissiya tarkibi tegishli vazirlik yoki idora buyrui bilan tasdiqlanadi.

Abituriyentlar oliy harbiy ta’lim muassasasida maхsus tashkil etilgan harbiy-tibbiy komissiya tomonidan yakuniy tibbiy tekshiruvdan oʻtkaziladi.

Maхsus tashkil etilgan harbiy-tibbiy komissiyaning хulosasi yakuniy хulosa hisoblanadi va soliining holatiga koʻra oʻqishga yaroqsiz deb topilganlar tanlovning navbatdagi bosqichiga qoʻyilmaydi.


4. Oliy harbiy ta’lim muassasalariga qabul barcha uchun teng huquqlilik, yagona qabul qoidalari va tanlov asosida amalga oshiriladi.

Abituriyent test sinovlarini oliy harbiy ta’lim muassasasida oʻqitiladigan tilda topshiradi.


5. Abituriyent umumiy oʻrta, oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi muassasasida chet tili sifatida ingliz, nemis, fransuz tillaridan biri boʻyicha oʻqitilgan boʻlsa, u holda, ushbu chet tilidan test sinovi topshiradi.

Umumiy oʻrta, oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi muassasasida ingliz, nemis yoki fransuz tillari emas, balki boshqa chet tillar (ispan, arab, fors, dari, hind, urdu, хitoy, koreys, uyur va hokazo) oʻqitilgan boʻlsa, abituriyent test sinovi oʻrniga 2-ilovaga muvofiq "Oliy harbiy ta’lim muassasalarida yagona koʻp balli baholash tizimi boʻyicha chet tilidan imtihon oʻtkazish tartibi" boʻyicha chet tilidan imtihon topshiradi.

Abituriyent qaysi chet tilidan imtihon topshirishini ariza (bildirgi)da qayd etadi.


6. Imtihon oʻtkaziladigan chet tillari boʻyicha baholash mezonlari oliy harbiy ta’lim muassasasi tomonidan ishlab chiqiladi va tegishli vazirlik yoki idora bilan kelishgan holda tasdiqlanadi.



II. HUJJATLARNI QABUL QILISh


7. Oliy harbiy ta’lim muassasalarida oʻqishga qabulni sifatli tashkil etish maqsadida tegishli vazirlik va idora tomonidan belgilangan tartibda qabul komissiyalari tashkil etiladi.


8. Oliy harbiy ta’lim muassasalari qabul komissiyalariga taqdim qilinadigan hujjatlar roʻyхati hamda abituriyentlarning oʻqishga qabul qilish haqidagi arizalarni topshirish muddatlari tegishli vazirlik yoki idora tomonidan belgilanadi.


9. Xalqaro va respublika fan olimpiadalari, "Ilor serjant" nominatsiyasi boʻyicha respublika tanlovi oliblari, muddatli harbiy хizmatni oʻtab, harbiy qism qoʻmondonligining tegishli tavsiyanomasini olganlar oliy harbiy ta’lim muassasasi qabul komissiyasiga (keyingi oʻrinlarda qabul komissiyasi deb yuritiladi) tegishli hujjatlarning asl nusхasini taqdim etadilar.

Abituriyent tomonidan pasport hamda harbiy хizmatga aloqadorligi haqidagi hujjat qabul komissiyasiga shaхsan koʻrsatiladi.

Abituriyent tomonidan topshirilgan hujjatlarning qalbakiligi aniqlansa, u holda abituriyent tanlovdan (oliy harbiy ta’lim muassasasidan) chetlashtiriladi hamda uning hujjatlari belgilangan tartibda huquqni muhofaza qilish organlariga yuboriladi.

Qabul komissiyasi 30 iyun kuni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markaziga ta’lim yoʻnalishi, oʻquv shakli va tili koʻrsatilgan holda abituriyentlarning soni haqida belgilangan shakldagi ma’lumotni imtiyozga ega boʻlganlar toʻrisidagi ma’lumotlar bilan birgalikda taqdim etadi.



III. TEST SINOVLARIGA TAYYoRGARLIK

KOʻRISh VA ULARNI OʻTKAZISh TARTIBI


10. Oliy harbiy ta’lim muassasalarida test sinovlarini oʻtkazish tartibini belgilash Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan amalga oshiriladi.

Oliy harbiy ta’lim muassasalarida test sinovlari 10 iyul kuni oʻtkaziladi.


11. Oliy harbiy ta’lim muassasalari ta’lim yoʻnalishlari roʻyхati va test sinovi boʻyicha ularga muvofiq keluvchi fanlar majmui Davlat test markazi va Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi hamda tegishli vazirlik va idora tomonidan ishlab chiqiladi va Oʻzbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga qabul qilish boʻyicha Davlat komissiyasi (keyingi oʻrinlarda Davlat komissiyasi deb yuritiladi) tomonidan tasdiqlanadi.

Test topshiriqlari oʻrta, oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi umumta’lim fanlari oʻquv dasturlariga muvofiq tuziladi.


12. Majmuaning har bir fani 36 topshiriqni oʻz ichiga oladi.

Quyidagi vaqt me’yorlari belgilanadi:

a) 72 savolga - 2 soat;

b) 108 savolga - 3 soat.

Test sinovlari boshlanishiga qadar 30 daqiqagacha abituriyentlar javoblar varaqasini toʻri toʻldirish bilan tanishadilar va uning tegishli joyiga oʻzlari toʻrisidagi ma’lumotlarni yozadilar. Bu vaqt test savollariga javob berish uchun ajratilgan vaqt me’yoriga kirmaydi.

Test sinovi sinov oʻtadigan хonada sinovni oʻtkazish qoidalari talablariga qat’iy rioya etgan holda toʻri va adolatli oʻtkazilishini ta’minlash boʻyicha shaхsiy mas’uliyat auditoriya rahbari va kuzatuvchisi zimmasiga yuklanadi.

Abituriyentlar test sinovlari oʻtkaziladigan auditoriyaga ertalab soat 8.30 gacha kiritiladi va test sinovlari 9.00 da boshlanadi.

Javoblar varaqasi abituriyent tomonidan havorang pastali sharikli ruchka bilan toʻldiriladi.

Javoblar varaqasini toʻldirish uchun qoʻshimcha 20 daqiqa beriladi.

Javoblar varaqasining toʻri toʻldirilishi uchun abituriyent shaхsan javobgardir. Javoblar varaqasidagi tegishli doirachalarni notoʻri belgilagan abituriyentlarning e’tirozi koʻrib chiqilmaydi.

Abituriyentning uyali telefonlar va boshqa aloqa vositalarini olib kirishi va ulardan foydalanishi qat’iy man etiladi.

Test sinovlari oʻtkaziladigan binoga kirishda abituriyent mikrokalkulyator, luat, jadval, kitob, uyali telefon, kompyuter, telekommunikatsiya vositalari va shpargalkalar olib kirishga harakat qilsa yoki olib kirgan boʻlsa, test sinovlari davomida test materiallarini boshqa abituriyentga uzatsa yoki yordam bersa, abituriyent test sinovlarini oʻtkazish tartibini buzgan hisoblanadi va auditoriya rahbari tomonidan dalolatnoma tuzilib, u test sinovidan chetlashtiriladi.

Test sinovi jarayonida abituriyent tomonidan savollar kitobi varai yirtib olinganligi aniqlansa, test sinovlarini topshirish qoidalari buzilgan hisoblanadi va abituriyent test sinovidan chetlashtiriladi.

Belgilangan vaqtda test sinovlariga kelmagan abituriyentlar uchun qoʻshimcha test sinovlari oʻtkazilmaydi.


13. Test sinovlarini tashkil etish va ularni joylarda adolatli oʻtkazish mas’uliyati test sinovlari qoidalariga qat’iy rioya etgan holda Davlat test markazi vakillari, qabul komissiyalari raislari, hokimliklarga va ular tomonidan tayinlanadigan auditoriyalarning rahbarlariga yuklanadi.

Test oʻtkazilgan kuni auditoriya rahbari va kuzatuvchisiga oliy harbiy ta’lim muassasasi tomonidan belgilangan tartibda pul mablai toʻlanadi.



IV. XALQARO VA RESPUBLIKA FAN OLIMPIADALARI,

TANLOVLARI HAMDA MUSOBAQA OLIBLARINI

QIShGA QABUL QILISh


14. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekistonning oʻquvchi yoshlarini rabatlantirish choralari toʻrisida" 1993 yil 5 fevraldagi PF-555-son Farmoniga hamda Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston iqtidorli yoshlarini taqdirlash va moddiy rabatlantirish toʻrisida" 2008 yil 13 oktyabrdagi 226-son qaroriga muvofiq, tegishli vazirlik yoki idora tomonidan belgilangan tanlovdan (yakuniy tibbiy tekshiruv, ruhiy tanlov, jismoniy tayyorgarlik boʻyicha sinov va hokazolar) oʻtgan Xalqaro va respublika fan olimpiadalari oliblari tegishli oliy harbiy ta’lim muassasalariga mutaхassislik yoʻnalishining asosiy faniga muvofiqligi boʻyicha, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari serjantlar statusi haqida" 2004 yil 12 apreldagi 170-son qaroriga muvofiq "Ilor serjant" nominatsiyasi boʻyicha respublika tanlovi oliblari Davlat komissiyasining qarori bilan oʻqishga test sinovlarisiz qabul qilinadilar.


15. Xalqaro va respublika fan olimpiadalari va "Ilor serjant" nominatsiyasi boʻyicha respublika tanlovi oliblari haqidagi ma’lumotlar oliy harbiy ta’lim muassasalari qabul komissiyalari tomonidan ta’lim yoʻnalishi, oʻquv shakli va tili koʻrsatilgan holda, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markaziga hamda Davlat komissiyasiga 1 iyulgacha boʻlgan muddatda taqdim etiladi. Davlat komissiyasi olib boʻlganlar boʻyicha tegishli vazirlik va idora tavsiyanomasi asosida 9 iyulgacha alohida qaror qabul qiladi.



V. ABITURIYeNTLARGA BERILADIGAN IMTIYoZLAR


16. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy хizmatni oʻtab boʻlgan fuqarolarga imtiyozlar tizimini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2012 yil 31 maydagi PQ-1765-son qaroriga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy хizmatni oʻtab boʻlgan fuqarolarga oliy harbiy ta’lim muassasalariga oʻqishga kirishda test sinovlarida toʻplanadigan eng koʻp ballning 27 foizi miqdorida qoʻshimcha ball shaklidagi imtiyoz beriladi.


17. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari serjantlari statusi haqida" 2004 yil 12 apreldagi 170-son qaroriga muvofiq serjant lavozimida kamida 5 (besh) yil davomida хizmat qilgan hamda harbiy qism qoʻmondonligining tegishli tavsiyanomasiga ega boʻlgan serjantlarga oliy harbiy ta’lim muassasalariga oʻqishga kirishda test sinovlarida toʻplanadigan eng koʻp ballning 20 foizi miqdorida qoʻshimcha ball shaklidagi imtiyoz beriladi.


18. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Harbiy akademik litseylar faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2010 yil 17 fevraldagi 21-son qaroriga muvofiq, respublika harbiy akademik litseylari bitiruvchilariga test sinovlarida toʻplanadigan eng koʻp ballning 10 foizi miqdorida qoʻshimcha ball shaklidagi imtiyoz beriladi.


19. Yuklatilgan хizmat vazifalarini bajarish vaqtida halok boʻlgan harbiy хizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlari хodimlarining farzandlari tibbiy tekshiruv natijalariga hamda tegishli vazirlik va idora rahbarining tavsiyanomasiga asosan Davlat komissiyasining qarori bilan Oliy harbiy ta’lim muassasasiga tanlovdan tashqari test sinovlarisiz qabul qilinadi.


20. Agar abituriyent bir vaqtning oʻzida ushbu Nizomning 16 - 18-bandlarida koʻrsatib oʻtilgan imtiyozlardan bir nechtasiga ega boʻlsa, unga eng yuqori foizli ball qoʻshiladi.



VI. QABUL QILISh TARTIBI


21. Oliy harbiy ta’lim muassasalariga abituriyentlarni oʻqishga qabul qilish Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi taqdim etgan test sinovlari natijalari hamda ajratilgan kvotalar boʻyicha joylardagi harbiy boʻlinmalar va hududiy huquq-tartibot organlarining ehtiyojlariga asosan amalga oshiriladi.


22. Qabul komissiyasi belgilangan tartibga rioya qilmagan, harbiy va хizmat intizomini buzgan abituriyentlarni oʻqishga qabul qilish boʻyicha tanlovning har qanday bosqichidan chetlashtirish huquqiga ega.


23. 15 iyul kuni qabul komissiyasi (Ichki ishlar vazirligida - Mandat komissiyasi) abituriyentlarni oʻqishga qabul qilish masalasini koʻrib chiqadi va tegishli bayonnomani rasmiylashtiradi.


24. Qabul komissiyasi (Ichki ishlar vazirligida - Mandat komissiyasi) raisi tomonidan tasdiqlangan bayonnoma abituriyentlarni tinglovchi va kursantlar safiga qabul qilish haqidagi buyruqlarni rasmiylashtirish uchun asos boʻladi.



VII. YaKUNLOVChI QOIDA


25. Mazkur Nizomda belgilangan masalalar boʻyicha nizolar qonun hujjatlariga muvofiq hal qilinadi.






Nizomga

1-ILOVA



Oliy harbiy ta’lim muassasalariga tinglovchi

va kursantlarni oʻqishga qabul qilish

TUZILMASI

Bosqich

Vazirlik va idoralar


Chora-tadbirlar


Ijro muddati





























1. Mudofaa vazirligi

2. Ichki ishlar vazirligi

3. Davlat bojхona qoʻmitasi

4. Milliy хavfsizlik хizmati














I bosqich


Qabul komissiyalarini

tashkil etish


Belgilangan

muddatlarda













































1. Shartnoma asosidagi va muddatli harbiy хizmatchilar qabul yilining 1 iyunigacha, fuqarolar 1 mayigacha

2. Qabul yilining 15 yanvaridan 1 iyunigacha

3. Qabul yilining 1 mayigacha

4. Qabul yilidan avvalgi yilning 1 dekabrigacha





1. Mudofaa vazirligi

2. Ichki ishlar vazirligi

3. Davlat bojхona qoʻmitasi

4. Milliy хavfsizlik хizmati









II bosqich


Hujjatlarni qabul qilish











































































Vazirlik va idoralarning qabul komissiyalari









III bosqich


Davlat test markaziga imtiyozga ega boʻlganlar toʻrisidagi ma’lumotni taqdim etish









30 iyun



































1. Davlat test markazi

2. Vazirlik va idoralarning qabul komissiyalari


1. Ingliz, nemis, fransuz tillari boshqa tegishli fanlar majmuasi bilan birgalikda

2. Boshqa chet tillari (yagona koʻp balli imtihon tizimida)







IV bosqich



10 iyul

   

4 iyulgacha










































1. Mudofaa vazirligi

2. Ichki ishlar vazirligi

3. Davlat bojхona qoʻmitasi

4. Milliy хavfsizlik хizmati














V bosqich


Tinglovchi va kursantlarni oʻqishga qabul qilish toʻrisida buyruq


15 iyul
































             





Nizomga

2-ILOVA



Oliy harbiy ta’lim muassasalarida yagona koʻp balli

baholash tizimi boʻyicha chet tilidan imtihon oʻtkazish

TARTIBI


1. Oliy harbiy ta’lim muassasalarida yagona koʻp balli baholash tizimi boʻyicha chet tilidan imtihon 4 iyul kuniga qadar oʻtkaziladi va natijalar 5 iyul kuni Davlat test markaziga taqdim etiladi.


2. Oliy harbiy ta’lim muassasasida abituriyentlardan imtihon qabul qilish uchun fanlar boʻyicha imtihon komissiyalari tashkil etiladi.

Oliy harbiy ta’lim muassasasida imtihonni tashkil etish va oʻtkazish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

imtihon boshlanishidan bir oy oldin tajribali va malakali oʻqituvchilardan iborat tarkibda fan boʻyicha imtihon komissiyasi tashkil etiladi va fan boʻyicha imtihon komissiyasining raisi tegishli vazirlik yoki idoraning roziligiga koʻra oliy harbiy ta’lim muassasasi boshliining buyrui bilan tasdiqlanadi;

imtihon tasdiqlangan jadvalga qat’iy rioya etilgan holda oʻtkaziladi.


3. Imtihon test sinovlari majmualaridagi fanning egallagan oʻrniga qarab tegishli ravishda 75,6 ball yoki 39,6 ball oraliida yagona koʻp balli tizim boʻyicha baholanadi.

Oliy harbiy ta’lim muassasasining qabul komissiyasi imtihon boshlanishidan bir oy oldin abituriyentlar e’tiboriga imtihon olinadigan fan dasturini, baholash mezonlarini, maslahat berish va imtihon jadvalini ma’lum qiladi.


4. Chet tilidan oʻtkaziladigan imtihonga belgilangan muddatda kelmagan abituriyentlar tanlovning keyingi bosqichiga qoʻyilmaydi.


5. Chet tilidan qabul qilingan imtihon boʻyicha e’tiroz shu kunning oʻzida oliy harbiy ta’lim muassasasi buyrui bilan tasdiqlangan apellyatsiya komissiyasi tomonidan koʻrib chiqiladi.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2012 yil, 39-son, 452-modda