Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 15.03.2005 y. 84-son "Fuqarolarni muddatli harbiy хizmatga yigʻish va joʻnatish, ularni harbiy qismlarda qabul qilish, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari rezerviga boʻshatilgan harbiy хizmatchilarni yashash joylariga qaytarish tartibi toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

15.03.2005 y.

N 84



FUQAROLARNI MUDDATLI HARBIY

XIZMATGA YIISh VA JOʻNATISh, ULARNI

HARBIY QISMLARDA QABUL QILISh, ShUNINGDEK

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QUROLLI KUChLARI

REZERVIGA BOʻShATILGAN HARBIY XIZMATChILARNI

YaShASh JOYLARIGA QAYTARISh TARTIBI TOʻRISIDA


Fuqarolarni muddatli harbiy хizmatga chaqirish va Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari rezerviga boʻshatilgan harbiy хizmatchilarni yashash joylariga qaytarishning samarali tashkil etilishini ta’minlash, shuningdek harbiy хizmat nufuzini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Fuqarolarni muddatli harbiy хizmatga yiish va joʻnatish, ularni harbiy qismlarda qabul qilish, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari rezerviga boʻshatilgan harbiy хizmatchilarni yashash joylariga qaytarish tartibi toʻrisidagi Nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


2. Quyidagilarning:

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari rahbarlarining - fuqarolarni muddatli harbiy хizmatga uyushgan holda yiish va qoʻshinlarga tantanali vaziyatda joʻnatishni; Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari rezerviga boʻshatilgan harbiy хizmatchilarning yashash joylarida tantanali ravishda kutib olinishini ta’minlash; muddatli harbiy хizmatni oʻtab boʻlgan fuqarolarga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ishga joylashishda va oliy ta’lim muassasalariga oʻqishga kirishda koʻmaklashish yuzasidan;

qoʻshinlar qismlari komandirlarining - muddatli harbiy хizmatga yangidan chaqirilgan harbiy хizmatchilarni qoʻshinlarda qabul qilib olish boʻyicha tantanali tadbirlarni oʻtkazish, ularni harbiy хizmat sharoitlariga koʻniktirish; oziq-ovqat va kiyim-kechaklarning barcha turlari bilan ta’minlash, jangovar va ijtimoiy-siyosiy jihatdan samarali tayyorlash, ma’naviy, aхloqiy va vatanparvarlik ruhida tarbiyalash; Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari rezerviga boʻshatilgan muddatli harbiy хizmatchilarni qoʻshinlar qismlaridan uyushgan holda kuzatib qoʻyish yuzasidan shaхsan javobgarligi belgilab qoʻyilsin.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi (ulomov Q.), Ichki ishlar vazirligi (Almatov Z.), Milliy хavfsizlik хizmati (Inoyatov R.) Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda Fuqarolarni muddatli harbiy хizmatga yiish va joʻnatish, ularni harbiy qismlarda qabul qilish, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari rezerviga boʻshatilgan harbiy хizmatchilarni yashash joylariga qaytarish tartibi toʻrisidagi Nizom talablarining sifatli bajarilishini ta’minlasinlar.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi (Nazirov F.) joylardagi tibbiy va muqobil komissiyalarning samarali ishlashini, chaqiriluvchilarning tibbiy tekshiruvdan sifatli va хolisona oʻtkazilishini ta’minlasin.


5. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi (Obidov O.) mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida muddatli harbiy хizmatni oʻtab boʻlgan fuqarolarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda, ularning egallagan harbiy va fuqarolik iхtisoslarini hisobga olgan holda ishga joylashtirish chora-tadbirlarini koʻrsin.


6. Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi (Qosimov R.) Davlat test markazi (Ismoilov B.), tegishli vazirliklar va idoralar bilan birgalikda:

muddatli harbiy хizmatni oʻtab boʻlgan fuqarolar orasidan oliy ta’lim muassasalariga oʻqishga kiradigan shaхslarni sifatli tayyorlash uchun zarur shart-sharoitlarni ta’minlasin;

oliy ta’lim muassasalariga oʻqishga kirish choida abituriyentlarni test sinovlaridan oʻtkazishda muddatli harbiy хizmatni oʻtash davrida jangovar va ijtimoiy-siyosiy tayyorgarlik boʻyicha yuqori koʻrsatkichlarga erishgan hamda qoʻshinlar qismlari qoʻmondonligining belgilangan namunadagi tavsiyanomasini olishgan fuqarolar uchun ularga mumkin boʻlgan eng yuqori ballning 20 foizi miqdorida qoʻshimcha ballar berish tarzida qonun hujjatlarida belgilangan imtiyozlarni hisobga olsin.


7. Ushbu qaror bilan tasdiqlangan Nizom talablarini bajarish boʻyicha tadbirlarni mabla bilan ta’minlashning davlat va mahalliy byudjetlar mablalari hisobiga belgilangan tartibda amalga oshirilishi ma’lumot uchun qabul qilinsin.


8. "Oʻzteleradio" kompaniyasi (Koʻchimov A.), Oʻzbekiston Milliy aхborot agentligi (Hazratqulov M.), Oʻzbekiston matbuot va aхborot agentligi (Alimov B.)ga Fuqarolarni muddatli harbiy хizmatga yiish va joʻnatish, ularni harbiy qismlarda qabul qilish, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari rezerviga boʻshatilgan harbiy хizmatchilarni yashash joylariga qaytarish tartibi toʻrisidagi Nizom talablarini amalga oshirish tadbirlarining ommaviy aхborot vositalarida keng yoritilishini tashkil etish tavsiya qilinsin.


9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari R.S. Qosimov va S.T. Inomova zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                         Sh. Mirziyoyev



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2005 yil, 10-11-son, 74-modda.


"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari toʻplami", 2005 y., N 3, 15-modda.