Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 03.07.1992 y. 648-XII-son "Harbiy qasamyod toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY KENGAShINING

QARORI

03.07.1992 y.

N 648-XII



HARBIY QASAMYoD TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi QAROR QILADI:


1. Harbiy qasamyodning quyidagi matni tasdiqlansin:

"Men (familiyasi, ismi, otasining ismi) Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safiga kirar ekanman, хalqimga, Prezidentimga sodiq boʻlishga tantanali ravishda qasamyod qilaman.

Men Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasini va qonunlarini muqaddas bilib, ularga rioya etishga, harbiy nizomlarni, qoʻmondonlar va boshliqlarning buyruqlarini soʻzsiz bajarishga, harbiy intizomga qat’iy rioya qilishga, halol, jasur va sergak jangchi boʻlishga qasamyod qilaman.

Soʻnggi nafasim qolguncha ona-Vatanimning sadoqatli farzandi boʻlib qolishga, harbiy хizmatning butun mashaqqati va qiyinchiliklarini sabot bilan yengishga, davlat va harbiy sirlarni mustahkam saqlashga ajdodlarim ruhi oldida qasamyod qilaman.

Jonajon Oʻzbekistonimning nurli istiqboli uchun uning davlat manfaatlari va mustaqilligi himoyachisi boʻlishga qasamyod qilaman.

Agar men ushbu tantanali qasamyodimni buzsam, qonunlarda belgilangan jazoga va хalqning nafratiga mubtalo boʻlay".


2. Belgilab qoʻyilsinki, Harbiy qasamyodni Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan harbiy qismlarga, muassasalarga, boshqa harbiy qoʻshilmalarga haqiqiy harbiy хizmatga chaqirilgan fuqarolar, harbiy-oʻquv yurtlarining ilgari Harbiy qasamyod qabul qilmagan kursantlari qabul qiladilar.


3. Oʻzbekiston Respublikasi hududida хizmat oʻtayotgan va ilgari Harbiy qasamyodni qabul qilgan harbiy хizmatchilar qasamyod qilmaydilar.


4. Harbiy qasamyod qildirish tartibi tasdiqlansin.



Oʻzbekiston Respublikasi

Oliy Kengashining Raisi                                                     Sh. Yoʻldoshev