Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining 07.04.1992 y. 174-son "Oʻzbekiston Respublikasidagi suv omborlari va boshqa suv havzalari, daryolar, magistral kanallar va kollektorlarning, shuningdek ichimlik suvi va maishiy suv ta’minotining, davolash va madaniy-sogʻlomlashtirishda ishlatiladigan suv manbalarining suvni muhofaza qilish zonalari haqidagi nizomni tasdiqlash toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTI HUZURIDAGI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

07.04.1992 y.

N 174




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDAGI SUV

OMBORLARI VA BOShQA SUV HAVZALARI, DARYoLAR,

MAGISTRAL KANALLAR VA KOLLEKTORLARNING,

ShUNINGDEK IChIMLIK SUVI VA MAIShIY SUV

TA’MINOTINING, DAVOLASh VA MADANIY-

SOLOMLAShTIRIShDA IShLATILADIGAN

SUV MANBALARINING SUVNI MUHOFAZA

QILISh ZONALARI HAQIDAGI NIZOMNI

TASDIQLASh TOʻRISIDA


Daryolar, suv omborlari suv havzalari va cuv ta’minoti barcha manbalarini sanoat qurilish, transport, qishloq хoʻjaligi va boshqa ob’yektlarning zararli ta’siridan muhofaza qilishni kuchaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasidagi suv omborlari va boshqa suv havzalari, daryolar, magistral kanallar va kollektorlarning, shuningdek ichimlik suvi va maishiy suv ta’minotining, davolash va madaniy-solomlashtirishda ishlatiladigan suv manbalarining suvni muhofaza qilish zonalari haqidagi ilova qilinayotgan Nizom tasdiqlansin.


2. Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Melioratsiya va suv хoʻjaligi vazirligi, Qishloq хoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda 1992-1993 yillarda respublika hududi chegarasida suvni muhofaza qilish zonalarini va qiroq boʻyi mintaqalarni belgilashni ta’minlasinlar, bir vaqtning oʻzida, 1993 yildan boshlab, davlat boshqaruv organlari, хoʻjaliklar, korхonalar va tashkilotlarning mahalliy byudjetlarida koʻrsatib oʻtilgan Nizomda belgilangan chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun mabla ajratish nazarda tutilsin.


3. Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1982 yil 16 apreldagi 269-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblasin.


4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish oʻrtoq I. Joʻrabekov zimmasiga yuklatilsin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                               A. Mutalov