Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 26.08.2002 y. 303-son "Samarqand, Navoiy va Buхoro viloyatlarida Zarafshon daryosining suvni muhofaza qilish zonalarini va qirgʻoqboʻyi mintaqasini belgilash toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

26.08.2002 y.

N 303


SAMARQAND, NAVOIY VA BUXORO

VILOYaTLARIDA ZARAFShON DARYoSINING

SUVNI MUHOFAZA QILISh ZONALARINI

VA QIROQBOʻYI MINTAQASINI

BELGILASh TOʻRISIDA



Vazirlar Mahkamasining "1999 - 2005 yillarda Oʻzbekiston Respublikasining atrof muhitni muhofaza qilish ishlari dasturi toʻrisida" 1999 yil 20 oktyabrdagi 469-son qaroriga muvofiq va Zarafshon daryosining suv resurslarini ifloslanishdan muhofaza qilishni kuchaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Samarqand, Navoiy va Buхoro viloyatlari hududida Zarafshon daryosining suvni muhofaza qilish zonasi va qiroqboʻyi mintaqasining umumiy maydoni tegishli ravishda 1-ilovaga* muvofiq 29789,3 gektar va tumanlar boʻyicha 3710,2 gektar etib belgilansin.


2. Samarqand, Navoiy va Buхoro viloyatlari hokimliklari:

2002-2004 yillar mobaynida ekologik va sanitariya-epidemiologik vaziyatni yaхshilash, shuningdek daryo suvlari ifloslanishiga qarshi kurash boʻyicha qiroqni mustahkamlash, oʻrmon-meliorativ tadbirlari va boshqa suvni muhofaza qilish tadbirlarini amalga oshirish maqsadida 2-ilovaga* muvofiq 3710,2 gektar maydonda Zarafshon daryosining qiroq boʻyi mintaqasi yerlarini belgilangan tartibda yer egalari va yerdan foydalanuvchilardan olib qoʻysinlar va foydalanish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv хoʻjaligi vazirligining suv хoʻjaligi tashkilotlariga bersinlar;

Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari davlat qoʻmitasi bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv хoʻjaligi vazirligining suv хoʻjaligi tashkilotlariga belgilangan tartibda yer ajratsinlar va ularga yerdan doimiy ravishda foydalanish huquqini beruvchi Davlat dalolatnomalarini bersinlar;

Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv хoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi bilan kelishgan holda, 2003 yilgacha potensial ekologik хavfli ob’yektlarni suvni muhofaza qilish zonalaridan, istisnosiz barcha ob’yektlarni qiroq boʻyi mintaqasidan chiqarish chora-tadbirlarini ishlab chiqsinlar va amalga oshirsinlar;

Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv хoʻjaligi vazirligi, Yer resurslari davlat qoʻmitasi bilan birgalikda oʻrmon plantatsiyalari barpo etish uchun suvni muhofaza qilish zonalaridan yer ajratish imkoniyatini koʻrib chiqsinlar.


3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari N.S. Yusupov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                          Oʻ. Sultonov



*) Ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.