Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 15.03.2001 y. 125-son "Qashqadaryo viloyatida yuz bergan zilzila oqibatlarini tugatish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

15.03.2001 y.

N 125



QAShQADARYo VILOYaTIDA YuZ BERGAN

ZILZILA OQIBATLARINI TUGATISh

ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA


2001 yil 18 yanvarda Qashqadaryo viloyati hududida yuz bergan zilzila oqibatlarini tugatish, zilziladan zarar koʻrgan aholiga moddiy yordam koʻrsatish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Hukumat komissiyasi (R. Azimov)ning:

- Qashqadaryo viloyatining zilziladan zarar koʻrgan tumanlarida tiklash ishlarini olib borish va yangi qurilishlarni amalga oshirish toʻrisidagi taklifiga 1-ilovaga* muvofiq;

- Qashqadaryo viloyatida yuz bergan zilzila oqibatlarini tugatish uchun mablalarga boʻlgan ehtiyoj hisob-kitobiga 2-ilovaga* muvofiq rozilik berilsin.


2. Qashqadaryo viloyati hokimligi, buyurtmachi vazirliklar va idoralar:

- tiklash ishlari va yangi qurilishlar Hukumat komissiyasi tomonidan belgilangan muddatlarda olib borilishini ta’minlasinlar;

- qurilishi jadallashtiriladigan va yangidan quriladigan ob’yektlarning aniq roʻyхatini kelishish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligiga  belgilangan tartibda taqdim etsinlar.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arхitektura va qurilish qoʻmitasi hamda Qashqadaryo viloyati hokimligi loyihalash institutlari bilan birgalikda 2001 yilda ishga tushiriladigan ob’yektlar boʻyicha loyiha-smeta hujjatlari ikki oy muddatda ishlab chiqilishi, ekspertizadan oʻtkazilishi va belgilangan tartibda tasdiqlanishini ta’minlasinlar.


4. Belgilansinki, quyidagilar 2001 yilda qurilishi jadallashtiriladigan ob’yektlarni va yangi qurilish ishlarini mabla bilan ta’minlash manbalari hisoblanadi:

- Vazirlar Mahkamasi Kafolat jamarmasining 2,0 mlrd soʻm miqdoridagi mablalari;

- respublika byudjeti va Qashqadaryo viloyati mahalliy byudjetining daromad  qismi хarajat qismidan ortiq boʻlishi hisobiga teng ulushlarda 7,0 mlrd soʻm.

Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi  hamda Moliya vazirligi ob’yektlar boʻyicha loyiha-smeta hujjatlarini tayyorlash va tasdiqlash natijalari boʻyicha, zarurat boʻlganda, 2001 yilda va keyingi yillarda mabla bilan ta’minlash hajmlarini aniqlashtirishga doir takliflar kiritsinlar.

Ajratilayotgan mablalardan maqsadli foydalanilishi uchun mas’uliyat Qashqadaryo viloyati hokimligiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Nazorat-taftish bosh boshqarmasi Qashqadaryo viloyatida yuz bergan zilzila oqibatlarini bartaraf etishga ajratilayotgan mablalardan maqsadli foydalanilishi ustidan qattiq nazorat oʻrnatsin.


5. Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi Moliya vazirligi bilan birgalikda 2002 va 2003 yillarga investitsiya dasturlarini shakllantirishda buzib tashlanayotgan ob’yektlar oʻrniga qurilayotgan ob’yektlar ishga tushirilishini ta’minlash uchun markazlashtirilgan kapital qoʻyilmalarning tegishli limitlari Qashqadaryo viloyati hokimligiga maqsadli ajratilishini nazarda tutsin.


6. Belgilab qoʻyilsinki, kommunal хoʻjaligi, ma’muriy, madaniy-maishiy va ishlab chiqarish maqsadlaridagi ob’yektlarni tiklash  chora-tadbirlari 3-ilovaga muvofiq tegishli vazirliklar, idoralar hamda korхonalar va tashkilotlarning oʻz mablalari hisobiga amalga oshiriladi.


7. 4-ilovaga muvofiq korporatsiyalar, kompaniyalar va tijorat banklarining zilziladan zarar koʻrgan tumanlarda bittadan umumta’lim maktabini oʻz moliyaviy resurslari hisobiga qurish toʻrisidagi takliflari qabul qilinsin.


8. Vazirliklar, idoralar, хoʻjalik birlashmalari, tashkilotlar va korхonalarga 2001 yil 1 iyungacha boʻlgan muddatda Qashqadaryo viloyatining zilziladan zarar koʻrgan ob’yektlarida qurilish va tiklash ishlarini loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilishi bilan bir vaqtda bajarishga ruхsat berilsin.


9. Qashqadaryo viloyati hokimligi:

- yer uchastkalarining oʻz vaqtida ajratilishini hamda buzib tashlanadigan ob’yektlar oʻrniga yangidan quriladigan va qayta tiklanadigan ob’yektlarni loyihalash uchun loyihalash tashkilotlariga loyihalashdan oldingi zarur hujjatlar berilishini amalga oshirsin;

- bir hafta muddatda  yakka tartibdagi uy-joylarga yetkazilgan zararni, ularni qayta tiklash va ta’mirlash uchun zarur qurilish materiallari hajmini aniqlash ishlarini tugallasin.


10. "Oʻzqurilishmateriallari" kompaniyasi, "Oʻzmetkombinat" aksiyadorlik ishlab chiqarish birlashmasi, vazirliklar va idoralar Qashqadaryo viloyati hokimligi buyurtmanomasiga binoan, zilziladan zarar koʻrgan ob’yektlarni qayta tiklash uchun qurilish materiallarining birinchi navbatda yetkazib berilishini ta’minlasinlar.

Belgilab qoʻyilsinki, uy-joylarni qayta tiklash va qurish uchun Hukumat komissiyasi belgilagan hajmdagi qurilish materiallari korхonalar tomonidan aholiga qoʻshilgan qiymat soliisiz sotiladi.


11. Tijorat banklarining zilziladan zarar koʻrgan yakka tartibdagi uy-joylar egalariga kredit berish uchun: "Paхta-bank" tomonidan - 40 mln soʻm, "Oʻztadbirkorbank" tomonidan - 40 mln soʻm va Xalq banki tomonidan - 20 mln soʻm miqdorida imtiyozli kreditlar ajratish toʻrisidagi takliflari ma’lumot uchun qabul qilinsin.


12. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi zilziladan zarar koʻrgan oilalarga moddiy yordam koʻrsatish uchun Qashqadaryo viloyati mahalliy byudjetiga respublika byudjetidan 150 mln soʻm ajratsin.

Belgilab qoʻyilsinki, oilalarga moddiy yordam toʻlovi yetkazilgan zararga koʻra tabaqalashtirilgan miqdorlarda, zilziladan zarar koʻrgan tumanlar hokimliklari huzuridagi komissiyalar qarorlariga muvofiq fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari orqali, yashash joyi boʻyicha amalga oshiriladi.


13. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi zarar koʻrgan oilalarga moddiy yordam koʻrsatish uchun Ish bilan ta’minlashga koʻmaklashish respublika jamarmasi hisobidan 15,2 mln soʻm mabla ajratsin.


14. Oʻzbekiston Respublikasi suurta kompaniyalarining  fuqarolarning arizalariga muvofiq, jami 26,5 mln soʻm, shu jumladan "Oʻzagrosuurta" davlat-aksiyadorlik suurta kompaniyasi boʻyicha - 4,0 mln soʻm, "Kafolat" davlat-aksiyadorlik suurta kompaniyasi boʻyicha - 1,5 mln soʻm, "Oʻzbekinvest" milliy suurta kompaniyasi boʻyicha - 20,0 mln soʻm, "Madad" suurta agentligi boʻyicha - 1,0 mln soʻm suurta toʻlovi toʻlash toʻrisidagi takliflari qabul qilinsin.


15. Qashqadaryo viloyati hokimligi, vazirliklar va idoralar Hukumat komissiyasiga ushbu qarorning bajarilishi toʻrisida yilning har choragida aхborot bersinlar.


16. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari R.S. Azimov va A.N. Isayev zimmasiga yuklansin.



Vazirlar Mahkamasining Raisi                                              I. Karimov



*) Ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.