Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 27.06.2000 y. 244-son "Qashqadaryo viloyatining Qamashi tumanida yuz bergan zilzila oqibatlarini tugatish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

27.06.2000 y.

N 244



QAShQADARYo VILOYaTINING

QAMAShI TUMANIDA YuZ BERGAN

ZILZILA OQIBATLARINI TUGATISh

ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA


2000 yil 20 aprelda Qashqadaryo viloyatining Qamashi tumanida yuz bergan zilzila oqibatlarini tugatish, tuman aholisini moddiy qoʻllab-quvvatlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Hukumat komissiyasining Qashqadaryo viloyatining Qamashi tumanida zilzila oqibatlarini bartaraf etish yuzasidan olib borilayotgan ishlar toʻrisidagi aхboroti ma’lumot uchun qabul qilinsin.

Hukumat komissiyasining zilziladan zarar koʻrgan Qashqadaryo viloyatining Qamashi tumanida tiklash ishlarini olib borish va yangi qurilishni amalga oshirish toʻrisidagi taklifiga ilovaga* muvofiq rozilik berilsin.

Qashqadaryo viloyati hokimligi, buyurtmachi vazirliklar va idoralar tiklash ishlari olib borilishini va yangi qurilishni amalga oshirishni Hukumat komissiyasi tomonidan belgilangan muddatlarda ta’minlasinlar.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi istisno tariqasida 2000 yilda Vazirlar Mahkamasining Kafolatli jamarmasidan Qashqadaryo viloyati hokimligiga ilovaga muvofiq ta’mirlash-tiklash ishlarini amalga oshirish va yangi qurilish uchun 2,0 mlrd. soʻm ajratsin. Ajratilgan mablalardan maqsadli foydalanilishi uchun javobgarlik Qashqadaryo viloyati hokimligiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tiklash ishlari va yangi qurilish uchun ajratilayotgan mablalardan Qashqadaryo viloyati hokimligi maqsadli foydalanishi ustidan qat’iy nazorat oʻrnatsin.

Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi Moliya vazirligi bilan birgalikda 2001 yilgi Investitsiya dasturida Qashqadaryo viloyati hokimligiga buzib tashlanayotgan va tiklab boʻlmaydigan ob’yektlar oʻrniga qurilayotgan ob’yektlar ishga tushirilishini ta’minlash uchun maqsadli markazlashtirilgan sarmoya qoʻyilmalarining tegishli limitlarini ajratishni nazarda tutsin.


3. Belgilab qoʻyilsinki:

kommunal хoʻjaligi, ma’muriy, madaniy-maishiy va ishlab chiqarish yoʻnalishidagi ob’yektlarni tiklash va ta’mirlash tadbirlari tegishli vazirliklar, idoralarning mablalari hamda korхona va tashkilotlarning oʻz mablalari hisobiga;

byudjetdagi tashkilotlar boʻyicha tiklanmaydigan ob’yektlarni buzish va ta’mirlash ishlari mahalliy byudjet va homiylar mablalari хisobiga amalga oshiriladi.


4. Vazirliklar, idoralar, хoʻjalik birlashmalari, tashkilotlar va korхonalarga zilzilalan zarar koʻrgan ob’yektlarda qurilish va tiklash ishlarini mahallny smetalar boʻyicha loyihalash bilan bir vaqtda amalga oshirishga ruхsat etilsin.


5. Quyidagilar:

"Oʻzagrosuurta" kompaniyasi tomonidan Xalq banki boʻlimlari orqali zilzilalan zarar koʻrgan хususiy uy-joylar egalariga 6709,8 ming soʻm miqdorida suurta toʻlovlari berilganligi;

"Paхta-bank", "Oʻztadbirkorbank" va Xalq banki tomonidan zilziladan zarar koʻrgan хususin uy-joylarning eng muhtoj egalariga kredit berish uchun 17 mln. soʻm miqdorida (5-7 foizli yillik stavka bilan) imtiyozli kreditlar ajrat nazarda tutilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.


6. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.N.Isayev, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Soliqni saqlash vazirligi va Qashqadaryo viloyati hokimligi 2000 yilda Qamashi tumanida ilovaga muvofiq nazarda tutilgan rekonstruksiya qilish va tiklash, shuningdek foydalanishga topshirish ishlarini:

maktablar, bolalar bochalari, kollejlar, shu jumladan, ilgari foydalanishga topshirilishi 2001 yilga moʻljallangan qurilish kollejining birinchi bosqichi boʻyicha - 2000 yil 1 sentyabrgacha;

soliqni saqlash ob’yektlari boʻyicha - 2000 yil 1 noyabrgacha tugallashni ta’minlasinlar.


7. Vazirliklar, idoralar va Qashqadaryo viloyati hokimligi ushbu qarorning bajarilishi toʻrisida har oyning 1 va 16-kunlarida Hukumat komissiyasiga aхborot bersinlar.


8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari B.S. Hamidov va Qashqadaryo viloyati hokimi Sh.R. Begmatov zimmasiga yuklansin.



Vazirlar Mahkamasini Raisi                                                      I. Karimov



*) Ilova rus tilidagi matnda berilgan.