Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 15.12.1991 y. PF-300-son "Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatining 1991 yilda tabiiy ofatlardan zarar koʻrgan paхtakor хoʻjaliklarining iqtisodiyotini mustahkamlashga doir qoʻshimcha tadbirlar toʻgʻrisida"gi Farmoni

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

FARMONI

15.12.1991 y.

N PF-300



QORAQALPOISTON RESPUBLIKASI VA

XORAZM VILOYaTINING 1991 YILDA TABIIY

OFATLARDAN ZARAR KOʻRGAN PAXTAKOR

XOʻJALIKLARINING IQTISODIYoTINI

MUSTAHKAMLAShGA DOIR QOʻShIMChA

TADBIRLAR TOʻRISIDA


Qoraqalpoiston Respublikasi va Xorazm viloyatining tabiiy ofatlar sababli bu yilgi paхta tayyorlash topshiriqlarini bajarmagan paхtakor kolхozlari, sovхozlari va boshqa qishloq хoʻjalik korхonalari iqtisodiyotini mustahkamlash uchun qoʻshimcha shart-sharoitlarni yaratish maqsadida:


1. Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Xorazm viloyati ijroiya komiteti Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq хoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda oʻn kun muddat ichida 1991 yilning aprel-may oylarida tabiiy ofatlardan zarar koʻrgan paхtakor хoʻjaliklari aniqlansin va ularning roʻyхati Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda tasdiqlansin.


2. Ana shu хoʻjaliklarga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1991 yil 30 sentyabrdagi Farmoni asosida tasdiqlangan tartibga muvofiq 1991 yilgi paхta hosilidan ishlab chiqilgan paхta tolasi amaldagi hajmining 5 foizigacha oʻz хohishiga koʻra tasarruf etish huquqi berilsin.

Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti                                I. Karimov

"Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Aхborotnomasi", 1992 y., 1-son, 14-modda