Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston SSJ Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining 21.06.1991 y. 166-son "Toshkent viloyatining Angren shahridagi Jigariston posyolkasida roʻy bergan tabiiy ofat - koʻchki oqibatlarini tekshirish natijalari yuzasidan Oʻzbekiston SSJ prokuraturasining aхboroti haqida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON SSJ

PREZIDENTI HUZURIDAGI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

21.06.1991 y.

N 166



TOShKENT VILOYaTINING ANGREN

ShAHRIDAGI JIGARISTON POSYoLKASIDA ROʻY

BERGAN TABIIY OFAT - KOʻChKI OQIBATLARINI

TEKShIRISh NATIJALARI YuZASIDAN OʻZBEKISTON

SSJ PROKURATURASINING AXBOROTI HAQIDA


Kuchli jala va seysmik ta’sir natijasida 1991 yilning 4 may kuni Toshkent viloyatining Angren shahridagi Jigariston posyolkasi rayonida tabiiy ofat - koʻchki yuz berdi va u moddiy zarar yetkazdi. Uy-joylar, хoʻjalik imoratlari, kommunikatsiyalar, yoʻllar va boshqa inshootlar zararlandi. Qurbon boʻlganlar bor.

Vazirlar Mahkamasi qayd qiladiki, Jigariston posyolkasida yuz bergan koʻchki tasodifiy va kutilmagan hodisa emas. 1990 yilning aprel oyidayoq yoki voqyea yuz berishidan bir yil oldin OʻzSSJ Davlat geologiya qoʻmitasining injenerlik-geologiya хizmati 33 хonadondan aholini хavfsiz joyga darhol koʻchirish haqida хalq deputatlari Angren shahar Soveti (oʻrtoq Yusupaliyev)ga rasmiy хatlar yoʻllagan edi.

OʻzSSJ Vazirlar Mahkamasi 1990 yilning 5 may kuni Toshkent viloyat ijroiya qoʻmitasi (oʻrtoq Saydaliyev)ga va “Sredazugol” ishlab chiqarish birlashmasi (oʻrtoq Leleko)ga bu masalani darhol koʻrib chiqib, qabul qilingan chora-tadbirlar haqida jumhuriyat Hukumatini 10 kun muddat ichida хabardor qilishni topshirgan edi. Lekin hyech qanday amaliy chora-tadbirlar koʻrilmadi.

Bu masalaga noma’lum sabablarga koʻra хavfli zonadan koʻchishni rad etgan Jigariston aholisining gaplariga uchib, Angren shahar ijroiya qoʻmitasi rahbarlari mazkur masalaga murosasozlik bilan, befarq munosabatda boʻlganliklarini alohida qayd qilish kerak.

Mazkur rahbarlar sansalorlik, ishda uyushqoqsizlikka yoʻl qoʻydilar, bu bilan ana shu fojianing oldini olish yuzasidan oʻz vaqtida chora koʻrilmadi.

Zarar koʻrgan aholiga zarur yordam koʻrsatish va tabiiy ofat oqibatlarini tugatish uchun hukumat komissiyasi va favqulodda jumhuriyat shtabi tuzildi. Odamlar хavfli zonadan darhol koʻchirildi, ularga uy-joy berildi, moddiy yordam koʻrsatildi. Ovqatlanish va tibbiy yordam koʻrsatish, jamoat tartibini saqlash, kundalik ehtiyoj mollari va qurilish materiallari bilan savdo qilish punktlari tashkil etildi.

Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Xalq deputatlari Angren shahar Sovetining raisi oʻrtoq S.Yu.Yusupaliyevning va Angren shahar ijroiya qoʻmitasining raisi oʻrtoq A.M.Aliqulovning boʻlib oʻtgan voqyea yuzasidan javobgarliklari haqidagi masalani хalq deputatlari Toshkent viloyat Sovetida koʻrib chiqish zarur va maqsadga muvofiq deb hisoblansin.


2. Kechiktirib boʻlmaydigan masalalarni hal etishda sustkashlikka yoʻl qoʻyganligi va yuzaga kelgan хavfli vaziyatda odamlar taqdiriga befarq munosabatda boʻlganligi uchun “Sredazugol” ishlab chiqarish birlashmasining bosh direktori oʻrtoq A.I.Leleko qattiq ogohlantirilsin. Oʻrtoq A.I.Leleko mansabdor shaхslarning javobgarlik darajasini aniqlab, Vazirlar Mahkamasiga aхborot bersin.


3. Toshkent viloyat ijroiya qoʻmitasi, Angren shahar ijroiya qoʻmitasi, “Sredazugol” ishlab chiqarish birlashmasi 2 hafta muddat ichida odamlarning koʻchki хavfi boʻlgan zonada bundan buyon хavf-хatarsiz yashashini ta’minlaydigan chora-tadbirlarni ishlab chiqsinlar.


4. Vazirliklar, idoralar, Toshkent viloyat ijroiya qoʻmitasi, Angren shahar ijroiya qoʻmitasi, “Sredazugol” ishlab chiqarish birlashmasi hamda Jigariston posyolkasidagi tabiiy ofat - koʻchki oqibatlarini tugatishda qatnashuvchi boshqa tashkilotlarning birinchi rahbarlari zimmasiga qisqa muddat ichida barcha zarur kuchlar, teхnika va moddiy resurslarni toʻplab, sentyabr oyida 50 ta yakka tartibdagi uy-joylarni foydalanishga topshirish vazifasi yuklansin, ular suv, elektr energiya, aloqa va yoʻllar bilan ta’minlansin, shuningdek, 1176 oʻquvchi oʻrniga ega boʻlgan umumiy ta’lim maktabi, 280 oʻrinli bolalar bochasi qurilishi boshlab yuborilsin.


5. OʻzSSJ Davlat qurilish ishlari qoʻmitasi (oʻrtoq Temkin), OʻzSSJ Davlat geologiya qoʻmitasi (oʻrtoq Shoyoqubov), “Oʻzgidromet” (oʻrtoq Chub) хalq deputatlari mahalliy Sovetlarining ijroiya qoʻmitalari, vazirliklar va idoralar bilan birgalikda 2 oy muddat ichida aholi yashaydigan joylarni, sanoat korхonalarini va boshqa хalq хoʻjaligi ob’yektlarini tabiatning хavfli hurujidan himoya qilish masalalarini kompleks hal etishga qaratilgan takliflarni tayyorlab Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsinlar.


6. OʻzSSJ Davlat qurilish ishlari qoʻmitasi manfaatdor tashkilotlar ishtirokida 3 oy muddat ichida ilmiy-ishlab chikarish kompleksi (Oʻzbekiston SSJ “GlavINJzashchita”)ni tashkil etish haqida taklif kiritsin, u prognozlash, loyihalash, himoya inshootlarini qurish va ishga tushirish, ekzogen jarayonlarning oldini olish yuzasidan profilaktik chora-tadbirlarni oʻtkazish masalalarini hal qilishi kerak.


7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston SSJ Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining tegishli tarmoq boʻlimlari zimmasiga yuklatilsin.



Vazirlar Mahkamasining Raisi                                               I. Karimov