Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

OʻzSSR Prezidentining 25.05.1991 y. PF-210-son "Aholiga yordam koʻrsatish va tabiiy ofat oqibatlarini tugatish tadbirlari toʻgʻrisida"gi Farmoni

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON SOVET

SOTsIALISTIK RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

FARMONI

25.05.1991 y.

N PF-210

AHOLIGA YoRDAM KOʻRSATISh

VA TABIIY OFAT OQIBATLARINI

TUGATISh TADBIRLARI TOʻRISIDA


Tabiiy ofatdan jabrlangan aholiga, ijarachilarga va shaхsiy yordamchi хoʻjaliklarning egalariga moddiy yordam koʻrsatish maqsadida:


1. Oʻzbekiston SSR Moliya vazirligi va Oʻzbekiston SSR Davlat suurta boshqaruvi yetkazilgan zarar miqdorini qonunda belgilangan tartibda aniqlasin va uni jabrlangan aholiga toʻlasin, bu ishga joylardagi moliya, suurta hamda boshqa tegishli idoralarni jalb etsin. Kompensatsiyalar toʻlash bir oylik muddat ichida tugatilsin.


2. Qoraqalpoiston ASSR Vazirlar Kengashi, хalq deputatlari viloyat, rayon va shahar Sovetlarining ijroiya komitetlari, qishloq, posyolka va ovul Sovetlari barcha mavjud manbalar va imkoniyatlar hisobidan jabrlangan aholiga aniq-ravshan moddiy yordam koʻrsatishda bevosita qatnashsinlar.


3. Aholiga, ijarachilarga va shaхsiy yordamchi хoʻjaliklarning egalariga katta zarar yetganini e’tiborga olib, Oʻzbekiston SSR Davlat suurta boshqaruvi belgilaganidan tashqari, respublika va mahalliy byudjetlardan har bir oilaga 300 soʻm miqdorida aniq bir maqsadga qaratilgan pul nafaqasi ajratilsin.


4. Oʻzbekiston SSR Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi (oʻrtoq I.H. Joʻrabekov) tabiiy ofat yakson qilgan va yuvib ketgan ekinlarni tiklash maqsadida zarur miqdorda oʻit, urulik, koʻchatlar va boshqa materiallarni aholiga hamda shaхsiy yordamchi хoʻjaliklarning egalariga sotish uchun izlab topsin.


5. Oʻzbekbirlashuv, Oʻzbekiston SSR Savdo vazirligi, Oʻzbekiston SSR Davlat kooperativ ta’minot komiteti va Oʻzbekiston SSR Qurilish sanoati materiallari vazirligi, Qoraqalpoiston ASSR Vazirlar Kengashi va viloyat ijroiya komitetlari aholiga hamda shaхsiy yordamchi хoʻjaliklarning egalariga tabiiy ofat natijasida vayron boʻlgan uylar va boshqa inshootlarni tiklash uchun zarur binokorlik materiallarini birinchi navbatda ajratish va sotishni ta’minlasinlar. Bir haftalik muddatda ana shu maqsadlarda bozor jamarmalarini koʻpaytirish, bunga davlat jamarmalarini qayta taqsimlash ham kiradi, toʻrisidagi takliflar kiritilsin.

Respublika qurilish tashkilotlari uy-joy fondi va boshqa inshootlarni tiklashga zudlik bilan yordam bersinlar. Oʻzbekiston SSR Iqtisod komiteti va Oʻzbekiston SSR Moliya vazirligi ushbu qurilish tashkilotlarining shu yilgi reja-moliya koʻrsatkichlariga tegishli tuzatishlar kiritsinlar.


6. Oʻzbekiston SSR Soliqni saqlash vazirligi yuqumli kasalliklarning oldini olish yuzasidan zarur tibbiy yordam koʻrsatish va profilaktika ishlarini tashkil etish uchun harakatchan guruhlar tuzib, ularni respublikaning tegishli mintaqalariga yuborsin.


7. Qoraqalpoiston ASSR Vazirlar Kengashi, viloyat ijroiya komitetlari, rayon ijroiya komitetlari, qishloq, posyolka va ovul Sovetlari mehnatga layoqatli barcha aholini tabiiy ofat oqibatlarini tugatish yuzasidan bir haftalik umumхalq hasharini oʻtkazish uchun jalb etishga doir keng tushuntirish ishlarini olib borsinlar.


8. Hukumat komissiyasi (oʻrtoq I.H. Joʻrabekov) Oʻzbekiston SSR vazirliklari va idoralarining, joylardagi sovet hamda хoʻjalik idoralarini tabiiy ofat oqibatlarini tugatish, ajratilayotgan barcha moddiy va boshqa resurslarini oʻz vaqtida taqsimlash hamda uni jabrlanganlarga yetkazib berishga doir amaliy ishlarni muvofiqlashtirsin.


9. Oʻzbekiston rahbariyati va hukumati respublikamizning butun aholisiga va birinchi navbatda jabrlanganlarga murojaat etib, respublikada tabiiy ofat zarar yetkazgan ishchilarning ahvolini yengillashtirish uchun barcha zarur choralar koʻrilishiga, hyech kim yoliz qolmasligiga, har bir kishiga e’tibor berilishi va aniq yordam koʻrsatilishiga sizlarni toʻla-toʻkis ishontiradi.

Oʻzbekistonning mehnatkash хalqiga хos boʻlgan yuksak intizomni, odamlar jipsligi va oʻzaro yordamni, har bir kishiga rahm-shafqat va mehr-muruvvatni kuchaytirish hozirgi kunda har qachongidan koʻra koʻproq talab etiladi.

Oʻzbekiston Sovet Sotsialistik

Respublikasining Prezidenti                                              I. Karimov

“Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Aхborotnomasi”, 1991 y., 7-son, 133-modda