Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 18.09.2015 y. PQ-2407-son "Qurbon hayitini nishonlash toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

18.09.2015 y.

N PQ-2407



QURBON HAYITINI

NIShONLASh TOʻRISIDA



Muborak Qurbon hayitining ma’naviy hayotimizdagi oʻrin, mohiyati va ahamiyatini, halqimizga mansub mehr-oqibat, shukronalik va barikenglik ramzi ekanini e’tiborga olib, milliy-diniy qadriyatlarimizni asrash va ululash maqsadida hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Diniy bayram - Qurbon hayitini dam olish kuni deb e’lon qilish haqida"gi 1991 yil 20 iyundagi PF-221-son Farmoniga muvofiq:


1. Oʻzbekiston musulmonlari idorasining joriy yilda Qurbon hayitining birinchi kuni 24 sentyabr payshanba kuniga toʻri kelishi haqidagi murojaatini inobatga olib, 2015 yil 24 sentyabr mamlakatimizda dam olish kuni deb belgilansin va bayram sifatida keng nishonlansin.


2. Respublika "Nuroniy", "Mahalla" jamarmalari va boshqa barcha mutasaddi idoralar, jamoat tashkilotlari Qurbon hayitining joylarda tartibli va yuqori darajada, хalqimizning milliy qadriyatlariga mos ravishda oʻtishi uchun tegishli tadbirlarni amalga oshirsin.


3. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy aхborot agentligi va boshqa ommaviy aхborot vositalariga Qurbon hayitini nishonlash bilan boliq tadbirlarni keng yoritish tavsiya etilsin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                       I. Karimov



"Xalq soʻzi", 2015 yil 19 sentyabr


"Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi",

2015 yil, 9-son, 346-modda