Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekistan Respublikasi Prezidentining 14.07.2015 y. PQ-2369-son "Ramazon hayitini nishonlash toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTAN RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

14.07.2015 y.

N PQ-2369



RAMAZON HAYITINI

NIShONLASh TOʻRISIDA



Ezgulik, shukronalik, mehr-oqibat ayyomi boʻlmish muborak Ramazon hayitining ma’naviy hayotimizdagi oʻrni va ahamiyatini inobatga olib, milliy-diniy qadriyatlarimizni asrab-avaylash va ululash hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Roʻza hayitini dam olish kuni deb e’lon qilish toʻrisida"gi 1992 yil 27 martdagi PF-368-son Farmoniga muvofiq:


1. Oʻzbekiston musulmonlari idorasining 2015 yilda Ramazon hayitining birinchi kuni 18 iyul shanba kuniga toʻri kelishi haqida qabul qilgan qarorini e’tiborga olib, 2015 yil 18 iyul dam olish kuni deb belgilansin va mamlakatimizda bayram sifatida keng nishonlansin.


2. Respublika "Nuroniy", "Mahalla" jamarmalari va boshqa mutasaddi idoralar, jamoat tashkilotlari Ramazon hayitini joylarda tartibli va yuqori darajada, хalqimizning milliy qadriyatlariga mos ravishda oʻtkazish uchun tegishli tadbirlarni amalga oshirsin.


3. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy aхborot agentligi va boshqa ommaviy aхborot vositalariga Ramazon hayitini nishonlash bilan boliq tadbirlarni keng yoritish tavsiya etilsin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                           I. Karimov



"Xalq soʻzi", 2015 yil 15 iyul


"Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi",

2015 yil, 7-son, 289-modda