Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 23.07.2014 y. PQ-2216-son "Ramazon hayitini nishonlash toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

23.07.2014 y.

N PQ-2216



RAMAZON HAYITINI

NIShONLASh TOʻRISIDA



Muborak Ramazon hayitining хalqimiz ma’naviy hayotidagi oʻrni va ahamiyatini e’tiborga olib, milliy-diniy qadriyatlarimizni saqlash va ululash hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Roʻza hayitini dam olish kuni deb e’lon qilish toʻrisida"gi 1992 yil 27 martdagi PF-368-son Farmoniga muvofiq:


1. Oʻzbekiston musulmonlari idorasining 2014 yilda Ramazon hayitining birinchi kuni 28 iyul dushanba kuniga toʻri kelishi haqida qabul qilgan qarorini inobatga olib, 2014 yil 28 iyul kuni dam olish kuni deb belgilansin va mamlakatimizda bayram sifatida keng nishonlansin.


2. Respublika "Nuroniy", "Mahalla" jamarmalari, "Kamolot" yoshlar ijtimoiy harakati va boshqa barcha mutasaddi idora, jamoat tashkilotlari Ramazon hayitining joylarda tartibli va yuqori darajada, хalqimizning milliy qadriyatlariga mos ravishda oʻtishi uchun tegishli tadbirlarni amalga oshirsin.


3. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy aхborot agentligi va boshqa ommaviy aхborot vositalarida Ramazon hayitini nishonlash bilan boliq tadbirlarni keng yoritish tavsiya etilsin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                               I. Karimov



"Xalq soʻzi", 2014 yil 24 iyul


"Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi",

2014 yil, 7-son, 189-modda