Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 31.10.2011 y. PQ-1632-son "Qurbon hayitini nishonlash toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

31.10.2011 y.

N PQ-1632



QURBON HAYITINI

NIShONLASh TOʻRISIDA



Muborak Qurbon hayitining хalqimiz ma’naviy hayotidagi oʻrni va ahamiyatini e’tiborga olib, milliy-diniy qadriyatlarimizni saqlash va ululash, fuqarolarning hamjihatligi va mehr-oqibatini mustahkamlash, yosh avlodning ruhiy va ma’naviy olamini boyitish, ularning qalbida Vatanga muhabbat va sadoqat tuyusini yanada yuksaltirish maqsadida hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Diniy bayram “Qurbon hayit”ni dam olish kuni deb e’lon qilish haqida” 1991 yil 20 iyundagi PF-221-son Farmoniga muvofiq:


1. 2011 yilda Qurbon hayitining birinchi kuni 6 noyabrga toʻri kelishi haqida Oʻzbekiston musulmonlari idorasining murojaatini inobatga olib, ushbu kun mamlakatimizda bayram sifatida keng nishonlansin.


2. Respublika “Nuroniy”, “Mahalla” jamarmalari, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati va boshqa barcha mutasaddi davlat va jamoat tashkilotlari Qurbon hayitining joylarda tartibli va yuqori darajada, хalqimizning milliy qadriyatlariga mos ravishda oʻtishi uchun tegishli tadbirlarni amalga oshirsin.


3. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy aхborot agentligi va boshqa ommaviy aхborot vositalariga bayram tadbirlarini keng yoritish tavsiya etilsin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                             I. Karimov



“Xalq soʻzi”, 2011 yil 1 noyabr