Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 25.08.2011 y. PQ-1605-son "Ramazon hayitini nishonlash toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

25.08.2011 y.

N PQ-1605



RAMAZON HAYITINI

NIShONLASh TOʻRISIDA



Muborak Ramazon hayitini хalqimiz ma’naviy hayotidagi oʻrni va ahamiyatini e’tiborga olib, milliy-diniy qadriyatlarimizni saqlash va ululash hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Roʻza hayitni dam olish kuni deb e’lon qilish toʻrisida” 1992 yil 27 martdagi PF-368-son Farmoniga muvofiq:


1. 2011 yilda Ramazon hayitining birinchi kuni 31 avgustga toʻri kelishi haqida Oʻzbekiston musulmonlari idorasining murojaatini inobatga olib, 2011 yil 31 avgust dam olish kuni deb belgilansin va mamlakatimizda bayram sifatida keng nishonlansin.


2. Respublika “Nuroniy”, “Mahalla” jamarmalari, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati va boshqa barcha mutasaddi idora va jamoat tashkilotlari Ramazon hayitining joylarda tartibli va yuqori darajada, хalqimizning milliy qadriyatlariga mos ravishda oʻtishi uchun tegishli tadbirlarni amalga oshirsin.


3. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy aхborot agentligi va boshqa ommaviy aхborot vositalariga Ramazon hayitini nishonlash bilan boliq tadbirlarni keng yoritish tavsiya etilsin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                         I. Karimov