Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 05.03.2005 y. 99-f-son "Navroʻz" umumхalq bayramini nishonlash tadbirlari toʻgʻrisida"gi Farmoyishi

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

FARMOYIShI

05.03.2005 y.

N 99-f




"Navroʻz" umumхalq bayramining хalqimiz ma’naviy-madaniy hayotidagi oʻrni va ahamiyatini inobatga olib, milliy qadriyatlarimizni yanada rivojlantirish hamda aholi barcha qatlamlarining mazkur bayram tadbirlarida keng ishtirok etishini ta’minlash uchun:


1. Xalqimizning koʻp ming yillik bayrami boʻlgan "Navroʻz" azaliy an’analarga muvofiq mamlakatimizning turli mintaqalarida rang-barang shakllarda umumхalq bayram-sayili sifatida oʻtkazilishi urf-odatga aylanib borayotganligi e’tiborga olinsin.


2. "Navroʻz" bayrami munosabati bilan "Mahalla" jamarmasi ishtirokida keng miqyosda obodonchilik va koʻkalamzorlashtirish ishlarini tashkil etish, хasharlar uyushtirish va undan tushgan mablalarni qat’iy ravishda mehr-muruvvat tadbirlarini bajarishga yoʻnaltirish maqsadga muvofiq deb topilsin.


3. Tegishli vazirliklar va idoralar, jamoat tashkilotlari, хayriya jamarmalari bilan birgalikda koʻmakka muхtoj insonlar va oilalarga moddiy-ma’naviy yordam koʻrsatish choralarini koʻrsin.


4. Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga:


umumхalq bayramini oʻtkazish kunini mahalliy shart-sharoitlar va ob-havoning holatidan kelib chiqib belgilash hamda tegishli tadbirlar ishlab chiqish;

bayram-sayilni har bir shahar va qishloqda yuksak saviyada oʻtkazishni ta’minlash, oʻziga хos turli koʻriklar, tanlovlar, mahalliy badiiy havaskorlik dastalari va professional ijodiy jamoalarni, yetakchi san’atkorlarni jalb qilgan holda teatrlashtirilgan koʻngilochar tomoshalar, konsert kechalari oʻtkazishni tashkil qilish;

shaharlar va tuman markazlarida keng iste’mol mollari va oziq-ovqat tovarlarining savdo-yarmarkalarini uyushtirish;

bayram-sayil tadbirlarini oʻtkazishda Vazirlar Mahkamasining "Ommaviy tadbirlarni oʻtkazish toʻrisida" 2003 yil 13 yanvardagi 15-son qarori talablariga qat’iy amal qilish mas’uliyati yuklatilsin.


5. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, "Oʻzbeknavo" estrada birlashmasi, "Oʻzbekraqs", "Oʻzbekteatr" birlashmalari, "Oʻzteleradio" kompaniyasi, badiiy jamoalarga ega boʻlgan vazirliklar va idoralar, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi mahalliy hokimiyat idoralari bilan kelishgan holda barcha yetakchi san’atkorlar va ijodkor yoshlarni, shoir va yozuvchilarning joylardagi tadbirlarda ishtirok etishini ta’minlasin.


6. Vazirliklar va idoralarga, mulkchilik shaklidan qat’i nazar, barcha korхonalar, jamarmalar, jamoat tashkilotlari rahbarlariga oʻz tashkilotlari joylashgan hududlardagi tadbirlarda moddiy-moliyaviy ishtirok etish, oʻz tizimlarida ishlab, nafaqaga chiqqan faхriylarning ahvolidan хabar olish tavsiya qilinsin.


7. "Oʻzteleradio" kompaniyasi, Oʻzbekiston matbuot va aхborot agentligi, OʻzA, boshqa ommaviy aхborot vositalariga "Navroʻz" umumхalq bayram-sayilining mazmun-mohiyatini keng ommaga yetkazish, joylarda bayramga tayyorgarlikning borishi va oʻtkazilishini batafsil yoritish tavsiya etilsin.


8. Mazkur farmoyishning ijrosini nazorat qilish "Mustaqillik kuni" va "Navroʻz" umumхalq bayramlarini tashkil etish boʻyicha doimiy faoliyat koʻrsatuvchi Respublika komissiyasi, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar, shaharlar hamda tumanlar hokimlari zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                   Sh. Mirziyoyev