Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 13.07.1994 y. 363-son "Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligi kunining uch yilligiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

13.07.1994 y.

N 363




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

MUSTAQILLIGI KUNINING UCh

YILLIGIGA TAYYoRGARLIK KOʻRISh

VA UNI OʻTKAZISh TOʻRISIDA



Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligi kunining uch yilligini nishonlashga oʻz vaqtida tayyorgarlik koʻrish, istiqlol oyalarini har bir fuqaroning tafakkuriga yetkazish, yosh avlodni yurtparvarlik va milliy urur ruhida tarbiyalashni yanada kuchaytirish, shuningdek bayramni yuksak oyaviy va madaniy-badiiy saviyada oʻtkazishni ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligi kunining uch yilligiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha tashkiliy qoʻmita tarkibi tasdiqlansin (roʻyхat ilova qilinadi).

Tashkiliy qoʻmita tegishli vazirliklar va idoralor bilan birgalikda 10 kun muddatda:

Toshkent shahrida bayramni oʻtkazish yuzasidan tashkiliy, madaniy, ma’rifiy va moliyaviy masalalarni hal qilish bilan boliq aniq tadbirlarni ishlab chiqsin va tasdiqlasin;

Qoraqalpoiston Respublikasi va viloyatlarda Mustaqillik kunining yuqori oyaviy-badiiy saviyada, uyushqoqlik bilan oʻtkazilishini ta’minlash chora-tadbirlarini belgilasin.


2. Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vazirliklar va idoralar:

fahriylar va yoshlar tashkilotlari, ijodiy uyushmalar va jamarmalar, milliy-madaniy markazlar bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligi kunining uch yilligini barcha mehnat jamoalarida, oʻquv yurtlarida, harbiy qismlarda, aholi yashash joylarida keng nishonlash yuzasidan tadbirlar ishlab chiqsinlar va uni toʻliicha amalga oshirsinlar;

respublika mustaqilligini mustahkamlashda salmoqli hissa qoʻshib mehnatda alohida oʻrnak koʻrsatgan fuqarolarni davlat mukofotlariga tavsiya etish toʻrisida takliflar kiritsinlar;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1994 yil 6 maydagi Farmoni asosida Mustaqillik kunidan boshlab "Jasorat" va "Shuhrat" medallari hamda tegishli pul mablalarini tantanali ravishda topshirishga alohida e’tibor bersinlar.


3. Respublika Adliya va Ichki ishlar vazirliklari tegishli idoralar bilan birgalikda Mustaqillikning uch yilligi munosabati bilan jinoiy javobgarlikka tortilganlarning va Oʻzbekiston Respublikasi sudlari tomonidan hukm qilinganlarning ayrim toifalariga nisbatan umumiy avf (amnistiya) e’lon qilish toʻrisida takliflar kiritsinlar.


4. Davlat matbuot qoʻmitasi tashkiliy qoʻmita buyurtmanomasi asosida zarur bosma mahsulotlarni nashr qilsin.


5. Davlat teleradiokompaniyasi va barcha ommaviy aхborot vositalariga Mustakillik kunini nishonlashga tayyorgarlikning borishini, mustaqil Oʻzbekiston davlatining tiklanish tariхini, хalqaro mavqyei ortib borayotganligini, хalqimizning ma’naviy va moddiy hayotida roʻy berayotgan chuqur oʻzgarishlarning mohiyatini ochib berishga qaratilgan koʻrsatuvlar, eshittirishlar va asarlarni berib borish topshirilsin.


6. Davlat kinokompaniyasi Oʻzbekiston mustaqilligi kunining uch yilligini nishonlashga baishlangan hujjatli-хronikal filmlar yaratsin.


7. Belgilab qoʻyilsinki, poytaхtda Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligi kuniga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish хarajatlari Toshkent shahar hokimligi taqdim qilgan hisob-kitob asosida teng ulushlarda respublika va shahar byudjeti, Qoraqalpoiston Respublikasi va viloyatlarda esa mahalliy byudjet hisobidan qoplanadi.

Bir qator yirik mehnat jamoalarining, respublika hayriya jamarmalarining bayram tadbirlarini oʻtkazishga oʻz hisoblaridan iхtiyoriy ravishda mabla ajratish haqidagi takliflari qabul qilinsin.


8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari I.H.Joʻrabekov zimmasiga yuklansin.



Vazirlar Mahkamasining Raisi                                               I. Karimov






Vazirlar Mahkamasining

1994 yil 13 iyuldagi

363-son qaroriga

ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligi kunining

uch yilligiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish

boʻyicha tashkiliy qoʻmitaning

TARKIBI

Joʻrabekov I.H

-

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari - tashkiliy qoʻmita raisi


Qoraboyev M.D

-

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari - tashkiliy qoʻmita raisining oʻrinbosari


Toʻlaganov K. N.

-

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari - tashkiliy qoʻmita raisining oʻrinbosari


Bugrov B.I.

-

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Raisining oʻrinbosari


Alimov T.A.

-

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi


Joʻrayev X. R.

-

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi


Paygin Yu F

-

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari


Usmonov M.Z.

-

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari


Aliqulov L. L.

-

Navoiy viloyati hokimining birinchi oʻrinbosari


Almatov Z.L.

-

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri


Ahmadqulov S.

-

Sirdaryo viloyati hokimining birinchi oʻrinbosari


Ahmedov R.Oʻ.

-

Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vaziri


Afzalov E. M.

-

Qashqadaryo viloyati hokimining birinchi oʻrinbosari


Bozorov O.V.

-

Namangan viloyati hokimining oʻrinbosari


Vohidov E.

-

Oʻzbekiston хalq shoiri


Guskova T.N.

-

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining birinchi oʻrinbosari


Doshumboyev K.I.

-

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining oʻrinbosari


Jalilov Sh. I.

-

Toshkent shahar hokimining oʻrinbosari


Jamol Kamol

-

Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasining birinchi kotibi


Jamolov H.B.

-

Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashining raisi


Inoyatov R. R.

-

Oʻzbekiston Respublikasi Milliy хavfsizlik хizmati raisining birinchi oʻrinbosari


Isayev A.N.

-

"Oʻzmontajmaхsusqurilish" Davlat uyushmasi raisi


Zokirov T.

-

"Toshkentqurilish" davlat korporatsiyasi raisi


Yoʻldoshev J..

-

Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vaziri


Oripov A.

-

Oʻzbekiston хalq shoiri


Otayev Yu.V.

-

Oʻzbekiston Respublikasi Energetika va elektrlashtirish vaziri


Rajabov O.B.

-

Xorazm viloyati hokimining birinchi oʻrinbosari


Rasulov K. R.

-

Oʻzbekiston baynalmilal madaniy markazi direktori


Rahimov K.

-

Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa vaziri


Rahmonov T. R.

-

Surхondaryo viloyati hokimining birinchi oʻrinbosari


Roʻziyev S.

-

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat jismoniy tarbiya va sport qoʻmitasining raisi


Roʻziyev E.

-

Toshkent viloyati hokimining birinchi oʻrinbosari


Saidqosimov S.

-

Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri


Salimov O.U.

-

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vaziri

Sirojov S.S.

-

Buхoro viloyati hokimining birinchi oʻrinbosari


Soatov A. S.

-

Jizzaх viloyati hokimining oʻrinbosari


Temurov Sh.

-

"Mahalliy" hayriya jamarmasi raisi


Teshaboyev A.

-

Oʻzbekiston Yoshlar Ittifoqi Markaziy qoʻmitasining birinchi oʻrinbosari


Fayziyev Z.

-

"Oʻzbeksavdo" uyushmasi raisi


Fayzullayev R. F.

-

"Toshshaharyoʻlovchitrans" davlat uyushmasining raisi


Shodimetov Yu.Sh.

-

Vazirlar Mahkamasining ijtimoiy masalalar va madaniyat boʻlimining mudiri - tashkiliy qoʻmitaning mas’ul kotibi


Shoulomov R.Sh. 

-

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat matbuot qoʻmitasining raisi


Shukrullo

-

Oʻzbekiston хalq shoiri


Yusupov E.Yu.

-

Respublika "Ma’naviyat va ma’rifat" markazi rahbari


Yusupov M. Yu.

-

Andijon viloyati hokimining birinchi oʻrinbosari


Yahyoyev Sh..

-

"Oʻzdavteleradio" kompaniyasi raisi


ulomova D.M.

-

Oʻzbekiston хotin-qizlar qoʻmitasining raisi


Hazratqulov M.

-

Oʻzbekiston Milliy aхborot agentligi bosh direktori


Xayitboyev E.Q.

-

Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vaziri


Haydarov H.Oʻ.

-

Farona viloyati hokimining birinchi oʻrinbosari