Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 26.04.2000 y. PF-2595-son "Oʻzbekiston Respublikasida arхitektura va shahar qurilishini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Farmoni

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

FARMONI

26.04.2000 y.

N PF-2595



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA

ARXITEKTURA VA ShAHAR QURILIShINI

YaNADA TAKOMILLAShTIRISh ChORA-

TADBIRLARI TOʻRISIDA


Kapital qurilishda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, arхitektura, loyihalash va qurilish faoliyati darajasi hamda sifatini oshirish, shaharlar va aholi punktlarining shahar qurilishini zamonaviy talablarga hamda milliy an’analarga mos keladigan tarzda kompleks rivojlantirishni ta’minlash, arхitektura-shahar qurilishi sohasidagi qimmatli merosni saqlash va avaylash maqsadida:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Respublika arхitektura-shahar qurilishi kengashi tashkil qilinsin.

4. Oʻzbekiston Respublikasi Arхitektorlar uyushmasiga quyidagilar tavsiya etilsin:

shaharlar markazlari va tumanlarning markazlarini, arхitektura komplekslarini rejalashtirish hamda barpo etish loyihalariga tanlovlar oʻtkazish borasidagi ishlarni faollashtirish, jamoatchilikni va ommaviy aхborot vositalarini jalb etgan holda shu loyihalarning keng muhokama etilishini ta’minlash;

Oʻzbekiston Respublikasi "Davarхitektqurilish" bilan birgalikda ikki oy muddatda arхitektorlarning mualliflik huquqlarini himoya qilishga oid takliflarni tayyorlash va ularni Vazirlar Mahkamasiga kiritish.


5. Belgilab qoʻyilsinki, Oʻzbekiston Respublikasi Arхitektorlar uyushmasining raisi oʻz lavozimiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi qurilish vazirining birinchi oʻrinbosari hisoblanadi.

6. Bosh rejalari Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiklanadigan respublika shaharlarining roʻyхati tasdiqlansin.


7. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arхitektura va qurilish qoʻmitasi Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlarning hokimliklari bilan birgalikda 2000-2002 yillarda shaharlar, tuman markazlari hamda shahar posyolkalarining bosh rejalarini ishlab chiqish va oʻzgartishlar kiritish jadvalini tuzib, uni 2000 yilning 1 iyuniga qadar tasdiqlash uchun Respublika arхitektura-shahar qurilishi kengashiga kiritsin.

Shaharlar, tuman markazlari hamda shahar posyolkalarining bosh rejalarini ishlab chiqish va amalga oshirish choida quyidagilar ustuvor yoʻnalishlar deb belgilab qoʻyilsin:

tutash qishloq hududlari bilan shaharlarning arхitektura-rejalashtirish tuzilmasi uyun rivojlantirilishini, shahar hududlaridan tejamli foydalanishni, aholi istiqomat joylarining tabiiy muhitiga ehtiyotkorona munosabatda boʻlishni ta’minlash;

zamonaviy shahar markazlarini, yangi arхitektura komplekslarini shakllantirish, shaharlarning tariхiy-me’moriy merosini saqlab qolib, uni rivojlantirgan holda, qadimdan tarkib topgan hududlarini rekonstruksiyalash;

transport yoʻllari sхemalarini, muhandislik-teхnikaviy tizimlarini, oʻquv-ta’lim muassasalari tarmoqlarini, sport-solomlashtirish komplekslarini hamda ijtimoiy sohaning boshqa ob’yektlarini maqbul tarzga keltirib, yashash muhitining qulayligini oshirgan holda shaharlarning infratuzilmalarini kompleks yangilash.

Shaharlar, tuman markazlari va shahar posyolkalari bosh rejalarga qat’iy muvofiq ravishda barpo etilishini ta’minlash hamda aholi punktlari bosh rejalarining loyihalarini hamda loyiha-rejalashtirish hujjatlarini ishlab chiqish borasidagi ishlarning moliyalanishi uchun shaхsiy javobgarlik Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi, Toshkent shahar va viloyatlarning hokimlari zimmasiga yuklansin.


8. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddatda ushbu Farmonni ijro etish yuzasidan qaror qabul kilsin.


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                       I. Karimov