Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 07.03.1992 y. PF-359-son "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining huzurida Din ishlari boʻyicha komitet tashkil qilish toʻgʻrisida"gi Farmoni

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

FARMONI

07.03.1992 y.

N PF-359



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING HUZURIDA

DIN IShLARI BOʻYIChA KOMITET

TAShKIL QILISh TOʻRISIDA



"Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuniga asoslanib, fuqarolarning din erkinligi va diniy ehtiyojlarini hurmat qilib, shuningdek diniy tashkilotlar bilan aloqalarni mustahkamlash va uzviy hamkorlikni ta’minlash maqsadida:


1. Oʻzbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasi huzurida Din ishlari boʻyicha komitet tashkil qilinsin.


2. Belgilab qoʻyilsinki, komitet oʻz faoliyatini "Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar toʻrisida"gi Qonun, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining boshqa tegishli qonun hujjatlari talablariga qat’iy amal qilgan holda olib boradi.


3. Oʻzbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha komitet zimmasiga quyidagi asosiy vazifalarni hal qilish yuklatilsin:

- davlat organlarining respublika hududida joylashgan diniy tashkilotlar bilan bahamjihat harakati va hamkorlikni oʻrnatish:

- diniy masalalarni hal qilishda viloyatlar, shaharlar va rayonlarning hokimlari bilan birgalikda yagona siyosatni oʻtkazish:

- qonunda belgilangan tartibda roʻyхatga olingan respublikadagi diniy tashkilotlarning manfaatlarini davlat siyosatida ifoda etish.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi ushbu Farmonga asoslanib bir hafta muddat ichida Din ishlari boʻyicha komitet toʻrisidagi tegishli qarorni qabul qilsin va uning Nizomini tasdiqlasin.


Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti                            I. Karimov



"Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Aхborotnomasi", 1992 y., 5-son, 219-modda