Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 04.06.2012 y. PQ-1768-son "Davlat mulkini хorijiy investorlarga sotishda tender savdolarini oʻtkazish boʻyicha Davlat komissiyasi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

04.06.2012 y.

N PQ-1768



DAVLAT MULKINI XORIJIY

INVESTORLARGA SOTIShDA TENDER

SAVDOLARINI    OʻTKAZISh    BOʻYIChA

DAVLAT KOMISSIYaSI TOʻRISIDAGI

NIZOMGA OʻZGARTISh VA QOʻShIMChALAR

KIRITISh HAQIDA



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Toʻridan-toʻri хorijiy investitsiyalar jalb etilishini rabatlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2012 yil 10 apreldagi PF-4434-son Farmoniga muvofiq:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Ba’zi respublika komissiyalari va kengashlari tarkiblari hamda ularning faoliyatini tashkil etish masalalari toʻrisida" 2006 yil 21 iyuldagi PQ-423-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat mulkini хorijiy investorlarga sotishda tender savdolarini oʻtkazish boʻyicha Davlat komissiyasi toʻrisidagi nizomning 4-bandi:

quyidagi mazmundagi oʻn toʻrtinchi хatboshi bilan toʻldirilsin:

"хorijiy investorlarning buyurtmanomalari boʻyicha хorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korхonalarni barpo etish uchun mahalliy davlat hokimiyati organlarining balansida boʻlgan past likvidli ob’yektlar aniq investitsiya majburiyati ostida investor bilan toʻridan-toʻri shartnomalar tuzish yoʻli bilan tanlov oʻtkazmasdan "nulinchi" хarid qiymati boʻyicha sotilsin".

oʻn toʻrtinchi - oʻn toʻqqizinchi хatboshilar tegishli ravishda oʻn beshinchi - yigirmanchi хatboshilar deb hisoblansin.


2. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                        I. Karimov



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2012 yil, 26-27-son, 288-modda


Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2012 yil, 6-son, 156-modda