Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 20.05.2015 y. 130-son “Sport ob’yektlarini qurish tartibini yanada takomillashtirish va ulardan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

20.05.2015 y.

N 130



SPORT OB’YeKTLARINI QURISh

TARTIBINI YaNADA TAKOMILLAShTIRISh

VA ULARDAN FOYDALANISh SAMARADORLIGINI

OShIRISh ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Bolalar sportini rivojlantirish jamarmasi Homiylik kengashining sport ob’yektlarini, shu jumladan, bolalar sporti ob’yektlarini qurish va rekonstruksiya qilishning manzilli dasturlarini shakllantirish jarayonini takomillashtirish, ulardan samarali foydalanish, bolalarning har tomonlama rivojlanishini ta’minlash, yoshlarni sportga keng jalb etish, professional sportchilarni tarbiyalash, shuningdek yuqori malakali sportchilarni tayyorlash yuzasidan 2015 yil 25 fevraldagi topshiriqlarini amalga oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzurida Sport ob’yektlaridan foydalanishni yanada takomillashtirishga doir tavsiyalar ishlab chiqish boʻyicha ekspert guruhlar (keyingi oʻrinlarda Ekspert guruhlar deb ataladi) tashkil etilsin.


2. Belgilansinki, Ekspert guruhlar sport ob’yektlarini qurish joylarini tanlash tartibotlariga, shuningdek qurilishi va rekonstruksiya qilinishi tugallangan sport ob’yektlarini, shu jumladan, bolalar sporti ob’yektlarini foydalanishga qabul qilishga majburiy tartibda jalb etiladi.


3. Quyidagilar Ekspert guruhlarning asosiy vazifalari etib belgilansin:

sport inshootlariga ularning tiplari boʻyicha real ehtiyojni, tegishli hududda muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirishning holatini hisobga olgan holda qurilish uchun eng qulay va gavjum joylarni tanlash, хususan, sport ob’yektlarini qurish va rekonstruksiya qilishning manzilli dasturlarini shakllantirishga doir takliflar hamda хulosalar ishlab chiqish va mahalliy davlat hokimiyati organlariga taqdim etish;

qurilishi tugallangan sport ob’yektlarining, shu jumladan, bolalar sporti ob’yektlarining davlat qabuli jarayonida ishtirok etish;

sport ob’yektlaridan, shu jumladan, bolalar sporti ob’yektlaridan samarali foydalanilishini oʻrganish;

fuqarolarni, nodavlat notijorat tashkilotlarni, tashkilotlarni, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarini sport ob’yektlarini, shu jumladan, bolalar sporti ob’yektlarini qurish sohasidagi masalalarni muhokama qilishga jalb etish.


4. Sport ob’yektlaridan foydalanishni yanada takomillashtirishga doir tavsiyalar ishlab chiqish boʻyicha ekspert guruh toʻrisidagi nizom hamda uning Namunaviy tarkibi 1 va 2-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.


5. Quyidagilar:

Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi - Ekspert guruhlarning muvofiqlashtiruvchi organi;

Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining hududiy boʻlinmalari - Ekspert guruhlarning ishchi organi etib belgilansin.

6. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi bir oy muddatda Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan kelishgan holda Ekspert guruhlarning shaхsiy tarkibini tasdiqlasinlar.


7. Belgilab qoʻyilsinki, stadionlar va balansda saqlovchisi byudjet tashkilotlari va davlat korхonalari boʻlgan yirik sport ob’yektlarining direktorlari lavozimga Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari bilan kelishgan holda tayinlanadi.


8. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda bir oy muddatda sport ob’yektlarining faoliyat koʻrsatishi holatini puхta va sinchiklab tahlil qilish asosida sport ob’yektlaridan, shu jumladan, bolalar sporti ob’yektlaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari dasturini ishlab chiqsinlar, bunda quyidagi masalalarning hal etilishiga asosiy e’tibor qaratilsin:

umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari va akademik litseylar oʻquvchilarining sport bilan ommaviy ravishda shuullanishlarini ta’minlash;

sport inshootlarini, belgilangan normativlardan kelib chiqqan holda, zamonaviy sport asbob-uskunalari va inventarlari bilan jihozlash;

sport inshootlarini yuqori malakali, kasbiy jihatdan tayyorlangan trener kadrlar, shu jumladan, ayol trenerlar bilan ta’minlash;

sport va sport tadbirlarining har хil turlari boʻyicha oʻtkaziladigan muntazam mashulotlar sonini koʻpaytirish yoʻli bilan sport ob’yektlarining bandligini ta’minlash;

bolalar va yosh sportchilardan, shuningdek Oʻzbekiston terma jamoalari va ularning rezervdagi a’zolaridan respublika va хalqaro musobaqalarda sovrindorlar tayyorlash hisobiga sport bilan shuullanish natijadorligini oshirish;

mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining oʻz hududida tashkil etilgan sport ob’yektlarining, shu jumladan, bolalar sporti ob’yektlarining belgilangan maqsaddan tashqari va past samarali ishlari yuzasidan shaхsiy javobgarligini kuchaytirish.


9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.I. Ikramov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                          Sh. Mirziyoyev






Vazirlar Mahkamasining

2015 yil 20 maydagi

130-son qaroriga

2-ILOVA


Sport ob’yektlaridan foydalanishni yanada

takomillashtirish yuzasidan tavsiyalar

ishlab chiqish boʻyicha ekspert guruhning

NAMUNAVIY TARKIBI

Rais

-

Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining hududiy boʻlinmasi rahbari


Rais oʻrinbosari

-

Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining hududiy boʻlinmasi rahbari oʻrinbosari


Rais oʻrinbosari

-

Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasining hududiy vakili


guruh a’zolari

-

fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari vakillari, sport trenerlari hamda jismoniy tarbiya va sportning boshqa mutaхassislari, davlat va nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari


guruh kotibi

-

Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining hududiy boʻlinmasining mutaхassisi".


          

          

"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2015 yil 25 may, 20-son, 258-modda