Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 10.07.2014 y. 187-son "Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi tizimiga kiruvchi tashkilotlarning moddiy-teхnika bazasini mustahkamlash toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

10.07.2014 y.

N 187




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MADANIYaT

VA SPORT IShLARI VAZIRLIGI TIZIMIGA KIRUVChI

TAShKILOTLARNING MODDIY-TEXNIKA BAZASINI

MUSTAHKAMLASh TOʻRISIDA


Davlat mulkidan maqsadli va samarali foydalanish hamda Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi tizimiga kiruvchi tashkilotlarning moddiy-teхnika bazasini mustahkamlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi hamda Oʻzbekiston Badiiy akademiyasining:

Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutiga biriktirilgan Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani, Sh. Rustaveli koʻchasi, 25-uy manzilidagi binoni (keyingi oʻrinlarda - bino deb ataladi) Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi tizimiga kiruvchi Oʻzbekiston badiiy jamoalari ijodiy birlashmasiga operativ boshqarish huquqi asosida bepul berish;

binoning bir qismiga Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi tizimiga kiruvchi "Sharq taronalari" хalqaro musiqa festivali direksiyasini bepul foydalanish huquqi asosida joylashtirish toʻrisidagi takliflari ma’qullansin.


2. Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti bir hafta muddatda binoni belgilangan tartibda topshirsin, Oʻzbekiston badiiy jamoalari ijodiy birlashmasi qabul qilib olsin hamda undan maqsadli va samarali foydalanilishini ta’minlasin.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasining 2014 yilgi Davlat byudjeti parametrlarida "Madaniyat" sohasiga nazarda tutilgan mablalar doirasida binoni saqlash bilan boliq хarajatlar uchun mablalarni Oʻzbekiston davlat filarmoniyasiga ajratsin, 2015 yildan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti parametrlarida ularni nazarda tutsin.

4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti hamda Oliy va oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limini rivojlantirish markaziga binolar ajratish toʻrisida" 2007 yil 1 oktyabrdagi 207-son qarorining 1-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.I. Ikramov zimmasiga yuklatilsin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                   Sh. Mirziyoyev



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2014 yil 14 iyul, 28-son, 345-modda