Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 25.02.2005 y. 74-son "Oʻzbekiston Respublikasi Badiiy gimnastika federatsiyasini bino bilan ta’minlash toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

25.02.2005 y.

N 74




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI BADIIY

GIMNASTIKA FEDERATsIYaSINI BINO

BILAN TA’MINLASh TOʻRISIDA



Respublikada ommaviy bolalar sportining ustuvor yoʻnalishlaridan biri hisoblangan badiiy gimnastikani yanada rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi, Toshkent shahar hokimligi, Badiiy gimnastika federatsiyasi, “Madad” agentligi kuzatuv kengashining hamda "Biznes-fond"ni tugatish komissiyasining:

Toshkent shahar, Usmon Nosir koʻchasi, 53 ”b”-uyda joylashgan “Madad” agentligi hamda "Biznes-fond" balansida boʻlgan binoni Oʻzbekiston Respublikasi Badiiy gimnastika federatsiyasi balansiga oʻtkazish toʻrisidagi;

Toshkent shahar, Chilonzor koʻchasi, 80-uyda joylashgan, Oʻzbekiston Badiiy gimnastika federatsiyasi balansida boʻlgan binoni (“SHIFOKOR-MK” mehmonхonasi) Toshkent shahar hokimligi balansiga oʻtkazish toʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.


2. Davlat mulki qoʻmitasi Toshkent shahar, Usmon Nosir koʻchasi, 53 ”b”-uyda joylashgan binoni (“Biznes-fond”ga qarashli mol-mulk bilan birgalikda) belgilangan tartibda baholab, uning “Madad” agentligiga tegishli qiymatini davlat tasarrufidan chiqarish va хususiylashtirishdan tushgan umumiy tushumlar hisobiga (davlat byudjetiga yoʻnaltiriladigan mablalardan tashqari) hamda "Biznes-fond"ga tegishli qiymatini uning davlat oldidagi qarzini kamaytirish hisobiga qoplashni ta’minlasin.

“Madad” agentligi markaziy apparati va uning Toshkent viloyat filiali mazkur binoda egallab turgan maydonlarga imtiyozli ijara asosida joylashtirilsin.


3. Toshkent shahar hokimligi Toshkent shahar, Chilonzor koʻchasi, 80-uyda joylashgan binoni Badiiy gimnastika federatsiyasi balansidan qabul qilib olsin.


4. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligining “SHIFOKOR-MK” mehmonхona kompleksini Oʻzbekiston Respublikasi badiy gimnastika federatsiyasi balansiga berish toʻrisida” 2004 yil 1 martdagi 97-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari R. Azimov va R. Qosimov zimmalariga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                     Sh. Mirziyoyev