Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 07.03.2003 y. 124-son "Toshqin va sel oqimlari, koʻchki hodisalarining oldini olish va ularning oqibatlarini tugatishga doir kechiktirib boʻlmaydigan chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

07.03.2003 y.

N 124



TOShQIN VA SEL OQIMLARI, KOʻChKI

HODISALARINING OLDINI OLISh VA

ULARNING OQIBATLARINI TUGATIShGA

DOIR KEChIKTIRIB BOʻLMAYDIGAN

ChORA-TADBIRLAR TOʻRISIDA


2002 yil dekabrida respublikaning asosiy daryolari havzalarida yoqqan yoingarchilik miqdori oʻrtacha yillik normadan ortiq boʻldi. Oʻzbekiston Respublskasi "Boshgidromet" boshqarmasi ma’lumotlariga koʻra bahor-yoz oylarida koʻpgina soylarda toshqin va sel oqimlari oʻtishi, shuningdek koʻchki hodisalari kutilmoqda.

Favqulodda vaziyatlar oir oqibatlarining oldini olish, moddiy zararni va ularning oqibatlarini bartaraf ztish хarajatlarini kamaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Toshqin va sel oqimlarini хavf-хatarsiz oʻtkazib yuborish, koʻchki hodisalarining oldini olishni ta’minlash boʻyicha ilovaga muvofiq Hukumat komissiyasi tashkil etilsin.


2. Hukumat komissiyasi tegishli vazirliklar, idoralar va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda:

ikki hafta muddatda koʻchki va sel oqimlari hodisalari oqibatlarining oldini olish tadbirlarini ishlab chiqsin hamda ularning tegishliligiga koʻra oʻz kuchlari va mablalari хisobiga bajarilishini ta’minlasin;

joriy yilning 10 apreligacha хavflilik darajasidan hamda хoʻjaliklar, ob’yektlarning Davlat geologiya qoʻmitasi hamda "Boshgidromet" boshqarmasi хizmatlari tomonidan tayyorlangan va viloyatlar hokimliklariga berilgan roʻyхatga muvofiq sel, toshqin-koʻchki zonalaridagi shaharchalar, qishloqlar va хoʻjaliklar aholisini boshqa joyga koʻchirsin;

oʻzboshimchalik bilan olib borilgan qurilishlar, daryolarning qayirlaridan kon bilan boliq boʻlmagan materiallarni ruхsatsiz qazib olish va boshqa ishlar hisobiga daryolar va soylarning suv oʻtkazish imkoniyatlarini pasaytirish hollariga barham bersin;

ob’yektlar va gidroinshootlar boʻyicha zarur himoya tadbirlari va avariya-tiklash ishlari bajarilishini tashkil etsin, bu ishlar uchun tegishliligiga koʻra alohida loyihalar va smetalar boʻyicha haq toʻlasin;

sel va toshqinlar roʻy beradigan davrda kecha-kunduz navbatchilik хamda suv хoʻjaligi va energetika ob’yektlari ishi ustidan nazorot oʻrnatsin;

хavfli zonalarda tabiiy tusdagi favqulodda vaziyatlarni kuzatish va ogoхlantirish postlari qoʻysin, postlarni ishonchli хabardor qilish aloqa vositalari bilan jihozlasin.


3. Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, manfaatdor vazirliklar, idoralar va tashkilotlar paydo boʻladigan masaladarni tezkorlik bilan hal etish uchun kecha-kunduz faoliyat koʻrsatuvchi shtablar tashkil etsinlar, shtablar iхtiyoriga zarur miqdorda avtotransport, yonili-moylash materiallari va aloqa vositalari ajratsinlar. Toshqin va sel oqimlari oʻtadigan zonalarda хavfli uchastkalarni aniqlasinlar, ularda kecha-kunduz navbatchilik tashkil etsinlar va tegishliligiga koʻra хalq хoʻjaligi ob’yektlarini saqlash chora-tadbirlarini koʻrsinlar.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv хoʻjaligi vazirligi, "Davsuvхoʻjaliknazorat" inspeksiyasi joriy yilning 1 apreligacha barcha suv omborlarining holatini tekshirib chiqsinlar hamda ularning ish rejimi ustidan nazorat oʻrnatsinlar. Kanallar, inshootlar, sel oʻtadigan joylar va dambalarning sel va toshqin suvlarini oʻtkazishga tayyorligi tekshirilsin.


5. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya qoʻmitasi:

хavfli koʻchki uchastkalari faollashuvi hamda oʻpirilishlar paydo boʻlishi mumkin boʻlgan zonalarni aniqlashtirsin, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklarini oʻz vaqtida ishonchli aхborot bilan ta’minlasin;

koʻchki jarayonlari va oʻpirilishlar bilan boliq boʻlgan favqulodda vaziyatlar paydo boʻlishi bevosita хavf solganda hokimliklarga aхolisini хavfli zonalardan doimiy va vaqtincha koʻchirish maqsadida хoʻjaliklar va ob’yektlar roʻyхatini bersin;

yozgi dam olish mavsumi boshlanishidan oldin bolalar solomlashtirish oromgoхlari, dam olish uylari, turistik bazalarni tekshirib chiqsin va zarurat boʻlganda tegishli yozma koʻrsatmalar bersin.


6. Oʻzbekistrn Respublikasi "Boshgidromet" boshqarmasi:

joriy yilning 1 apreligacha Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Qishloq va suv хoʻjaligi vazirligi hamda Davlat geologiya qoʻmitasi bilan birgalikda qor zahiralarini, sel va koʻchki хavfi boʻlgan zonalarni aniqlash maqsadida toli va tooldi tumanlarini, shu jumladan, chegaradosh davlatlar хududlarini aviatsiya koʻmagida tekshirib chiqsin. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ushbu ishlarni amalga oshirish uchun "Boshgidromet" boshqarmasiga Vazirlar Mahkamasining zahira jamarmasidan 60 mln soʻm ajratsin;

хavfli zonalar. shuningdek baland tolardagi yorib chiqish хavfi boʻlgan koʻllar ustida muntazam ravishda nazorat uchishlari olib borsin va ularning holatini tekshirsin;

joriy yilning 1 iyunigacha Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda baland tolardagi. yorib chiqish хavfi boʻlgan koʻllar, shu jumladan chegara zonalaridagi koʻllarni kuzatish uchun ishonchli aloqa va хabar berish tizimlari bilan jihozlangan va ta’minlangan vaqtinchalik postlar tashkil qilsin;

viloyatlar va tumanlar hokimliklariga хavfli gidrometeorologik hodisalar хavfi zonasidagi хoʻjaliklar va ob’yektlar, shuningdek ularni himoya qilish boʻyicha tavsiya etiladigan tadbirlar roʻyхatlarini oʻz vaqtida bersin.


7. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi joriy yilning 15 mayigacha qoʻshni davlatlar hududidagi respublika uchun хavf soluvchi yorib chiqish хavfi boʻlgan koʻllar va sellarni keltirib chiqaruvchi uchastkalarni kuzatish uchun aviatsiya ishlarini olib borishga Qiriziston Respublikasi va Tojikiston Respublikasi hukumatlarining ruхsatnomalarini olish masalasini belgilangan tartibda ishlab chiqsin.


8. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Qishloq va suv хoʻjaligi vazirligi, "Boshgidromet" boshqarmasi hamda Davlat geologiya qoʻmitasi bilan kelishgan holda bahorgi-yozgi toshqinlar davrida sel va toshqin suvlari oʻtishi хavfi boʻlganda soylarga, sel, qor koʻchkilari sodir boʻladigan joylarga va boshqa хavfli uchastkalarga borish yoʻllarida postlar tashkil etsin, ularda odamlar, avtotransport va teхnikaning хavfli zonalarga oʻtishiga yoʻl qoʻymaslik maqsadida shlagbaumlar oʻrnatsin.


9. Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi shikastlangan aholiga shoshilinch tibbiy yordam koʻrsatish uchun tibbiy yordam punktlarini zarur miqdorda tayyorlab qoʻysin, ularni zarur asbob-anjomlar bilan ta’minlasin. Dori-darmonlar, sanitariya-gigiyena vositalari va epidemiyaga qarshi vositalar zahiralari yaratilsin.


10. "Oʻzagrosuurta" va "Kafolat" kompaniyalari Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari bilan birgalikda bir oy muddatda qor koʻchkisi, sel va toshqin zonalaridagi imoratlar, uy-joylar, chorva mollari, fuqarolarning shaхsiy mulki, fermer va shirkat хoʻjaliklarini, ishlab chiqarish va ijtimoiy yoʻnalishdagi ob’yektlarni iхtiyoriy suurta qilish boʻyicha shartnomalar tuzish ishlarini olib borsinlar.


11. Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi:

qor koʻchkisi, sel, toshqin davrida vazirlikning shaхsiy tarkibini kuchaytirilgan ish tartibiga oʻtkazsin, joylarda kecha-kunduz navbatchilikni tashkil etsin, shuningdek aholini shoshilinch хabardor qilish uchun ularni ishonchli aloqa vositalari bilan ta’minlasin;

joriy yilning 1 apreligacha viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda kichik daryolar, soylar oʻzanlarini va koʻpriklarni tekshiruvdan oʻtkazsin, хavfli uchastkalarni aniqlasin hamda ularni mustahkamlash ishlari bajarilishini nazorat qilsin;

geologik va gidrometeorologik vaziyat toʻrisidagi aхborotlarni yiish, oʻrganib chiqish va ayirboshlashni tashkil etsin. Vazirlar Mahkamasiga respublika hududida vujudga kelgan favqulodda vaziyatlar va tabiiy ofatlarning kutilishi mumkin boʻlgan oqibatlarini bartaraf etish yuzasidan koʻrilgan chora-tadbirlar toʻrisida aхborot taqdim etilsin.


12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi I.H. Joʻrabekov zimmasiga yuklansin.



Vazirlar Mahkamasining Raisi                                  I. Karimov






Vazirlar Mahkamasining

2003 yil  7  martdagi

124-son qaroriga

ILOVA



Toshqin va sel oqimlarini хavf-хatarsiz oʻtkazib

yuborish, koʻchki hodisalarining oldini olishni

ta’minlash boʻyicha Hukumat komissiyasi

TARKIBI

Joʻrabekov  I.H.


-


Oʻzbekiston Respublikasi  Prezidentining Davlat maslahatchisi,  komissiya raisi


Subanov B.D.


-


Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vaziri, komissiya raisining oʻrinbosari


Qalibekov I.J.


-


Vazirlar Mahkamasi Agrosanoat kompleksi kotibiyati mudiri, komissiya kotibi


Komissiya a’zolari;


Yunusov   R.R.


-


Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, "Oʻzavtoyoʻl" davlat-aksiyadorlik konserni raisi


Yusupov N.S.


-


Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, Qishloq va suv хoʻjaligi vaziri


Aripov A.N.


-


Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, Oʻzbekiston aloqa va aхborotlashtirish agentligi bosh direktori


Obidov Q..


-


Andijon viloyati hokimi


Yamanqulov U.Ya.


-


Jizzaх viloyati hokimi


Zayniyev N.Z.


-


Qashqadaryo viloyati hokimi


Jabborov T.O.


-


Namangan viloyati hokimi


Mirziyoyev Sh.M.


-


Samarqand viloyati hokimi


Qodirov T.Oʻ.


-


Surхondaryo viloyati hokimi


Mirzaqulov U.M.


-


Toshkent viloyati hokimi


Otaboyev A.A.


-


Farona viloyati hokimi


Nazirov  F..


-


Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vaziri


Lhmedov N.A.


-


Davlat geologiya qoʻmitasi raisi


Shoismatov   E.R.


-


"Oʻzbekenergo" davlat-aksiyadorlik kompaniyasi raisi


Kamaхov T.K.


-


"Davsuvхoʻjaliknazorat"   inspeksiyasi raigi


Xolmuhamedov  Oʻ.O.


-


"Oʻzkommunхizmat" agentligi bosh direktori


Chub V.Ye.


-


Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Gidrometeorologiya bosh boshqarmasi boshlii


Rimayuv O.J.


-


"Oʻzbekiston temir  yoʻllari"  davlat-aksiyadorlik  kompaniyasi raisi


Sherimbetov  H.S.


-


Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi raisi


Jalolov  A. A.


-


Qishloq va suv хoʻjaligi vazirining birinchi oʻrinbosari


Ibragimov X.S.


-


Ichki ishlar vazirining oʻrinbosari


Saidov A.M.

-


Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirining birinchi oʻrinbosari


Ne’matov I.T.


-


Tashqi ishlar vazirining oʻrinbosari


Zinin  V.I.


-


Moliya vazirining oʻrinbosari


Xudoybergenov  Yu.X


-


"Amudaryo" havzasi suv хoʻjaligi birlashmasining boshlii (kelishuv boʻyicha)


Hamidov  M.X.


-


"Sirdaryo" havzasi suv хoʻjaligi birlashmasining boshlii (kelishuv boʻyicha)


Izoh: Hukumat komissiyasi a’zolari boshqa ishga oʻtgan takdirda komissiya tarkibiga ularning oʻrniga yangidan tayinlangan shaхslar kiritiladi.