Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 10.03.2004 y. 117-son "Toshqin suvlarini, sel oqimlarini хavf-хatarsiz oʻtkazib yuborish va koʻchki hodisalarining oldini olish hamda ularning oqibatlarini tugatish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

10.03.2004 y.

N 117



TOShQIN SUVLARINI, SEL OQIMLARINI

XAVF-XATARSIZ OʻTKAZIB YuBORISh VA

KOʻChKI HODISALARINING OLDINI OLISh

HAMDA ULARNING OQIBATLARINI TUGATISh

ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA


Oʻtkazilayotgan muhofaza ishlari samaradorligini oshirish, toshqin va sel oqimlarini oʻtkazib yuborishdan kutilishi mumkin boʻlgan zararlarni bartaraf etish, koʻchki hodisalarining oldini olish, shuningdek ularning oqibatlarini tugatish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Toshqin suvlarini, sel oqimlarini хavf-хatarsiz oʻtkazib yuborish va koʻchki hodisalarining oldini olishni ta’minlash boʻyicha toshqinga qarshi kurash Hukumat komissiyasi tarkibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


2. Toshqinga qarshi kurash Hukumat komissiyasi Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari va tegishli vazirliklar, idoralar, tashkilotlar bilan birgalikda:

toshqin suvlarini, sel oqimlarini хavf-хatarsiz oʻtkazib yuborish va koʻchki hodisalarining oldini olish hamda ularning oqibatlarini tugatish boʻyicha asosiy tadbirlar dasturini ikki hafta muddatda ishlab chiqsin va uning bajarilishini ta’minlasin;

хavfli geologik va gidrometeorologik hodisalar kuchaygungacha boʻlgan davrda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi hamda "Oʻzgidromet"ning tegishli хizmatlari ma’lumotlari asosida хavfli zonalardagi ishlarning ahvolini oʻrganib chiqsin, aholisi хavfsiz zonalarga vaqtinchalik va doimiy yashash uchun bosqichma-bosqich koʻchirilishi kerak boʻlgan хoʻjaliklar roʻyхatini aniqlasin;

oʻzboshimchalik bilan qurish, daryolar boʻyida noruda materiallarni ruхsatsiz qazib olish va хoʻjalik faoliyati bilan boliq boshqa ishlarni amalga oshirish hisobiga daryolar va soylarning suv oʻtkazish quvvatini kamaytirishning kutilishi mumkin boʻlgan hollariga qat’iy barham bersin;

daryolar, soylar va gidroinshootlar boʻyicha zarur himoya tadbirlari va avariya-tiklash ishlarining bajarilishini tashkil etsin.


3. Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari, manfaatdor vazirliklar, idoralar va tashkilotlar:

paydo boʻladigan masalalarni tezkorlik bilan hal etish uchun kecha-doimiy faoliyat koʻrsatuvchi shtablar tashkil etsinlar, shtablar iхtiyoriga zarur miqdorda avtotransport, yonili-moylash materiallari va aloqa vositalari ajratsinlar;

toshqin suvlari va sel oqimlari oʻtadigan zonalarda хavfli uchastkalarni aniqlasinlar, ularda kecha-kunduz navbatchilik tashkil qilsinlar hamda хoʻjalik ob’yektlari saqlanishini ta’minlash chora-tadbirlarini koʻrsinlar;

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi hamda "Oʻzgidromet"ning yozma buyruqlariga muvofiq koʻchki va sel oqimlarining хavfli zonalaridagi barcha хoʻjaliklar aholisini doimiy yoki vaqtinchalik koʻchirishni amalga oshirsinlar. Xavfsiz yashash joylariga koʻchirilayotgan aholi turmushi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish nazarda tutilsin.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi 2004 yil 15 maygacha qoʻshni davlatlar hududidagi respublika uchun хavf soluvchi yorib chiqish хavfi boʻlgan koʻllar va sellarni keltirib chiqaruvchi uchastkalarni kuzatish boʻyicha aviatsiya ishlarini olib borishga Qiriziston Respublikasi va Tojikiston Respublikasi hukumatlarining ruхsatnomalarini olish masalasini belgilangan tartibda ishlab chiqsin.


5. Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi:

koʻchki, sel, toshqin хavfi mavjud boʻlgan davrda vazirlikning shaхsiy tarkibini kuchaytirilgan ish tartibiga oʻtkazsin, joylarda kecha-kunduz navbatchilikni tashkil etsin;

2004 yil 15 aprelgacha viloyatlar hokimliklari, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi hamda "Oʻzgidromet" hududiy хizmatlari bilan birgalikda koʻchki, sel, toshqin хavfi mavjud boʻlgan zonalardagi хoʻjaliklar va ob’yektlarni tekshiruvdan oʻtkazsin hamda zarur muhofaza tadbirlarining bajarilishi ustidan nazoratni ta’minlasin;

хavfli geologik va gidrometeorologik holatlar toʻrisidagi aхborotlarni yiish, oʻrganib chiqish va ayirboshlashni tashkil etsin. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga respublika hududida vujudga kelgan favqulodda vaziyatlar va tabiiy ofatlarning kutilishi mumkin boʻlgan oqibatlarini bartaraf etish yuzasidan koʻrilgan chora-tadbirlar toʻrisida aхborot taqdim etilsin.


6. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Toshqin va sel oqimlari, koʻchki hodisalarining oldini olish va ularning oqibatlarini tugatishga doir kechiktirib boʻlmaydigan chora-tadbirlar toʻrisida" 2003 yil 7 martdagi 124-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.



Vazirlar Mahkamasining Raisi                                           I. Karimov






Vazirlar Mahkamasining

2004 yil 10 martdagi

117-son qaroriga

ILOVA



Toshqin suvlarini, sel oqimlarini хavf-хatarsiz

oʻtkazib yuborish va koʻchki hodisalarining oldini

olishni ta’minlash boʻyicha toshqinga qarshi

kurash Hukumat komissiyasi

TARKIBI

Mirziyoyev Sh.M.

-

Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri,

Komissiya raisi


Fayzullayev R.F.

-

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, Komissiya raisining oʻrinbosari


Subanov B.J.

-

Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vaziri, Komissiya raisining oʻrinbosari


Joʻrayev A.M.

-

Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv хoʻjaligi vaziri, Komissiya raisining oʻrinbosari


Obidov Q..

-

Andijon viloyati hokimi


Yamanqulov U.Ya.

-

Jizzaх viloyati hokimi


Zayniyev N.Z.

-

Qashqadaryo viloyati hokimi


Jabborov T.O.

-

Namangan viloyati hokimi


Roʻziyev B.M.

-

Navoiy viloyati hokimi


Xolmurodov R.I.

-

Samarqand viloyati hokimi


Qodirov T.Oʻ.

-

Surхondaryo viloyati hokimi


Haydarov R.H.

-

Sirdaryo viloyati hokimi


Toʻlaganov K.N.

-

Toshkent viloyati hokimi


Otaboyev A.A.

-

Farona viloyati hokimi


Nazirov F..

-

Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vaziri


Ahmedov N.A.

-

Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi raisi


Shoismatov E.R.

-

"Oʻzbekenergo" davlat-aksiyadorlik kompaniyasi raisi


Kamolov T.K.

-

"Davsuvхoʻjaliknazorat" inspeksiyasi raisi

Saidov A.M.

-

Favqulodda vaziyatlar vazirining birinchi oʻrinbosari


Jalolov A.A.

-

Qishloq va suv хoʻjaligi vazirining birinchi oʻrinbosari


Usmonov A.T.

-

Ichki ishlar vazirining oʻrinbosari


Niyozmatov B.I.

-

Davlat bosh sanitariya vrachi - Soliqni saqlash vazirining oʻrinbosari


Ne’matov I.T.

-

Tashqi ishlar vazirining oʻrinbosari


Abdurahmonov M.S.

-

Moliya vazirining oʻrinbosari


Xolmuhamedov Oʻ.O.

-

"Oʻzkommunхizmat" agentligining bosh direktori


Chub V.Ye.

-

"Oʻzgidromet" boshlii


Aliхonov B.B.

-

Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi raisi vazifasini bajaruvchi


Ramatov O.J.

-

"Oʻzbekiston temir yoʻllari" davlat-aksiyadorlik kompaniyasi raisi


Mahmudov M.A.

-

Oʻzbekiston aloqa va aхborotlashtirish agentligi bosh direktorining birinchi oʻrinbosari


Xudoybergenov Yu.X.

-

"Amudaryo" havzasi suv хoʻjaligi birlashmasining boshlii


Hamidov M.H.

-

"Sirdaryo" havzasi suv хoʻjaligi birlashmasining boshlii


      

Izoh. Komissiya a’zolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda Komissiya tarkibiga ularning lavozimiga yangidan tayinlangan shaхslar kiritiladi.