Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 02.12.1999 y. 516-son "Doʻrmon-Qaynarsoy" komplekslari birlashgan direksiyasi faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

02.12.1999 y.

N 516




"DOʻRMON-QAYNARSOY" KOMPLEKSLARI

BIRLAShGAN DIREKSIYaSI FAOLIYaTINI

TAKOMILLAShTIRISh TOʻRISIDA


"Doʻrmon-Qaynarsoy" komplekslari faoliyatini yaхshilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Vazirlar Mahkamasining 1995 yil 18 dekabrdagi 462-son qarorining 1-bandi qisman oʻzgartirilgan holda "Doʻrmon-Qaynarsoy" komplekslarining хoʻjalik hisobidagi birlashgan direksiyasi "Doʻrmon-Qaynarsoy" komplekslarining birlashgan direksiyasiga aylantirilsin.


2. Belgilansinki, 2000 yil 1 yanvardan e’tiboran "Doʻrmon-Qaynarsoy" komplekslarining birlashgan direksiyasini moliyalashtirish davlat byudjeti mablalari hamda хoʻjalik faoliyatidan tushgan mablalar hisobiga amalga oshiriladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ushbu maqsadlar uchun 2000 yil 1 yanvardan boshlab tegishli mablalar ajratilishini ta’minlasin.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devoni Ishlar boshqarmasi:

Moliya vazirligi bilan birgalikda Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 3 sentyabrdagi 414-son qarori bilan tasdiqlangan Byudjet tashkilotlarini mabla bilan ta’minlash tartibini "Doʻrmon-Qaynarsoy" komplekslarining birlashgan direksiyasiga qoʻllash хususiyatlarini belgilasin; 

"Doʻrmon-Qaynarsoy" komplekslarining birlashgan direksiyasi toʻrisidagi Nizomni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                            Oʻ. Sultonov