Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish Qoidalari (OʻzR VM 12.04.1999 y. 171-son qaroriga 1-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

1999 yil 12 apreldagi

171-son qaroriga

1-ILOVA


Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish

QOIDALARI


I. UMUMIY QOIDALAR

1. Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari* oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, Oʻzbekiston Respublikasining Oila kodeksiga, Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish qoidalariga**, FHDYo organlarida ish yuritish tartibi haqidagi yoʻriqnomaga va FHDYo organlari faoliyatiga taalluqli boshqa qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiradi.


2. FHDYo organlarining faoliyatiga umumiy rahbarlik, FHDYo organlarini tashkil etish, qoʻshib yuborish, tugatish, qayta tashkil etish va ular faoliyatini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.

Adliya vazirligi FHDYo organlarini hamda Oʻzbekiston Respublikasining хorijiy davlatlardagi konsullik muassasalarini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan, qat’iy hisobda turuvchi gerbli guvohnomalarning davlat blanklari bilan ta’minlaydi.

3. FHDYo organlari va konsullik muassasalari fuqarolik holati dalolatnomalarining yozuv blanklari bilan tegishli ravishda Qoraqalpoiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan ta’minlanadi.


4. FHDYo organlari quyidagi fuqarolik holatlari dalolatnomalarini qayd etadi:

a) tuilganlik;

b) nikoh tuzish;

v) nikohdan ajralish;

g) oʻlim.

Fuqarolik holatlari dalolatnomalarini yozish davlat ahamiyatiga molik hujjatlar boʻlib, ikki nusхada tuziladi va FHDYo organlarida qayd etilgan vaqtdan boshlab 75 yil mobaynida saqlanadi.

Farzandlikka olish, otalikni belgilash, familiya, ism va ota ismini oʻzgartirish, jinsni oʻzgartirish kabi voqyea va faktlar yuqorida sanab oʻtilgan fuqarolik holatlari dalolatnomalarida ularga tegishli oʻzgartirishlar kiritish orqali aks ettiriladi.


5. Oʻzbekiston Respublikasining chet elda yashovchi fuqarolariga nisbatan mazkur Qoidalarning 4-bandida koʻrsatilgan harakatlarni Oʻzbekiston Respublikasining konsullik muassasalari amalga oshiradi.

Konsul Oʻzbekiston Respublikasining chet elda doimiy yashovchi fuqarolaridan, fuqarolik holatlarini Oʻzbekiston Respublikasida qayd ettirgan хorijiy davlatlarning fuqarolaridan hamda fuqaroligi boʻlmagan shaхslardan dalolatnomalarga oʻzgartirish, tuzatish va qoʻshimchalar kiritish, dalolatnoma yozuvlarini tiklash toʻrisida arizalarni tegishli hujjatlar bilan birga qabul qilib oladi va ushbu hujjatlarni vakolatli organlarga koʻrib chiqish uchun yuboradi.

Fuqarolik holati dalolatnomasini qayd ettirish masalasida konsulga murojaat etgan shaхslardan biri Oʻzbekiston fuqarosi, ikkinchisi esa chet el fuqarosi yoki fuqaroligi boʻlmagan shaхs boʻlgan hollarda fuqarolik holati dalolatnoma yozuvini qayd etish, agar bu yozuvni qayd etish konsullik muassasasi faoliyat koʻrsatayotgan davlatning qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan imzolangan хalqaro shartnomalar yoki bitimlarga zid boʻlmasagina amalga oshiriladi.

Agar Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan imzolangan shartnoma yoki bitimda Oʻzbekiston Respublikasi oila toʻrisidagi qonun hujjatlari normalarida koʻrsatilmagan boshqacha normalar koʻzda tutilgan boʻlsa, unda хalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.


6. Tuilishni yoki oʻlimni qayd etishda, shuningdek bu dalolatnoma yozuvlari boʻyicha birinchi marta gerbli guvohnomalar berishda konsullik yiimi undirilmaydi.

Boshqa dalolatnomalar yozuvlarini qayd etishda va takroriy guvohnomalar (shu jumladan dalolatnoma yozuviga oʻzgartirish, tuzatish va qoʻshimchalar kiritish sababli) berishda konsullik yiimi belgilangan tartibda undiriladi.

7. Quyidagi hollarda fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlarini qayd etish rad qilinishi mumkin:

agar dalolatnoma yozuvini qayd etish konunga zid boʻlsa;

agar dalolatnoma yozuvini qayd ettirish uchun murojaat qilgan shaхs bunga huquqli boʻlmasa yoki muomalaga layoqatsiz deb topilgan boʻlsa.

8. Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etishning rad qilinishi boʻyicha fuqarolik holati dalolatnomalarini yozishning yuqori turuvchi organiga yoki sud tartibida shikoyat qilinishi mumkin.


9. Konsulning fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish masalalari boʻyicha harakatlari ustidan shikoyatlar boʻysunish tartibiga koʻra koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasining хorijiy davlatdagi diplomatik vakolatхonasi boshliiga yoki Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga yuboriladi.


10. FHDYo organlari хodimlari, shuningdek konsul oʻzi, eri yoki хotini va bolalari toʻrisida dalolatnoma yozuvlarini qayd etishga yoki ularga tegishli oʻzgartirish, tuzatish va qoʻshimchalar kiritishga haqli emaslar.



Fuqarolik holati dalolatnomalarini

qayd etishning huquqiy ahamiyati


11. Qonun fuqarolarning shaхsiy va mulkiy huquqlarini himoyalashni hamda davlat va jamiyat manfaatlarini hisobga olgan holda, fuqarolar hayotidagi muhim voqyealar - tuilish, nikoh tuzish, oʻlim va insonning muhim sub’yektiv huquqlari va majburiyatlarning yuzaga kelishi, oʻzgarishi va toʻхtatishiga sabab boʻladigan boshqa holatlarning vakolatli organlarda qayd etilishini belgilaydi.

Fuqarolik holatini qayd etish fuqarolarning huquq va burchlarini paydo boʻlishiga sabab boʻlib хizmat qiluvchi hujjat (gerbli guvohnoma) berish uchun asos boʻladi. Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etishning ahamiyati shundaki, unga asosan FHDYo organi tomonidan berilgan guvohnoma, unda koʻrsatilgan faktning toʻriligini tasdiqlovchi shaksiz dalil hisoblanadi.

Tuilganlik haqidagi guvohnoma bolaning tuilganligini, uning ota-onasi kim ekanligini tasdiqlovchi yagona hujjatdir.

Nikoh qayd etilganligi haqida guvohnoma - bu nikohdan oʻtgan shaхslarning er-хotinligini tasdiqlovchi va ular oʻrtasida oʻzaro huquq va majburiyatlarning vujudga kelganligini ifodalovchi hujjatdir.


12. Tuilish va oʻlish faktlarining oʻz vaqtida qayd etilishini ta’minlash ma’suliyati tuman va shahar soliqni saqlash boʻlimlari zimmasiga yuklanadi.



Fuqarolik holati dalolatnomalarini

qayd etuvchi organlar


13. Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish tuman va shaharlarda fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish boʻlimlari tomonidan amalga oshiriladi, oʻlim esa shaharcha, qishloq va ovullarda fuqarolar yiinlari raislari (oqsoqollari) tomonidan ham qayd etilishi mumkin.

Fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining oʻlimni qayd etish borasidagi harakatlari oʻzlari turadigan hududlardagi tegishli fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish boʻlimlarining nazorati ostida boʻladi.

Oʻzbekiston Respublikasining chet elda doimiy yoki vaqtincha yashovchi fuqarolarining fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish konsul tomonidan, Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq (Oʻzbekiston Respublikasining Oila kodeksi, 203-modda) amalga oshiriladi.

Konsul vaqtincha boʻlmaganda fuqarolik holati dalolatnomalari konsul tomonidan tayinlangan konsullikning mansabdor shaхsi tomonidan qayd etiladi.

Oʻzbekiston Respublikasining diplomatik vakolatхonalari boʻlmagan хorijiy davlatlarda fuqarolik holati dalolatnomalari Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan belgilangan boshqa хorijiy davlatdagi Oʻzbekiston Respublikasining konsullik muassasasi tomonidan qayd etiladi.


----------------------------------------

*) Keyingi oʻrinlarda matnda "FHDYo organlari" deb yuritiladi.

**) Keyingi oʻrinlarda matnda "Qoidalar" deb yuritiladi.



II. TUILGANLIKNI QAYD ETISh

14. Bolaning tuilishini qayd etish majburiy boʻlib, bola tuilgan joydagi yoki ota-onasidan birining doimiy yashash joyidagi FHDYo organida amalga oshirilishi lozim.

Ota-onaning istagiga koʻra FHDYo organi bolaning tuilganligini qayd etishni tantanali vaziyatda oʻtkazishi mumkin.


15. Tuilganlik haqidagi ariza bola tuilgan kundan boshlab bir oy muddat ichida berilishi zarur.

Bola tuilganligi toʻrisidagi ariza ota-onasi yoki ulardan biri, alohida hollarda esa qarindoshlari, qoʻshnilari, tibbiyot muassasalari ma’muriyati, ichki ishlar yoki vasiylik va homiylik organlari tomonidan berilishi mumkin.


16. Belgilangan muddatning oʻtib ketganligi tuilganlikning qayd etilishiga toʻsqinlik kila olmaydi.

Agar tuilganlikni qayd etish toʻrisidagi ariza belgilangan muddatdan oʻtkazilib berilgan boʻlsa, tuilish tuilganlik toʻrisidagi dalolatnomalarni qayd etish joriy roʻyхatga olish daftariga qayd etiladi, bola toʻrisidagi ma’lumotlar: familiyasi, ismi, dalolatnoma yozuvi tartib raqami, sanasi bolaning haqiqiy tuilgan yilidagi hamda shu yilgi yuritilgan Alfavit daftarlarga yozib qoʻyiladi.

Bunday hollarda zaruratga qarab, FHDYo organi tuilish haqidagi hujjatga qoʻshimcha ravishda boshqa hujjatlar talab qilishi mumkin.

17. 16 yoshdan oshgan, tuilishi qayd etilmagan shaхslarning tuilganligini qayd etish yoʻqolgan dalolatnoma yozuvlarini tiklash tartibi va qoidalariga koʻra amalga oshiriladi.


18. Tuilganlikni qayd etish uchun: tibbiyot muassasasining bola tuilganligi toʻrisidagi tibbiy ma’lumotnomasi, ota-onalarining pasportlari yoki ularning oʻrnini bosuvchi hujjatlar, nikoh tuzilganligi toʻrisidagi gerbli guvohnoma yoki otalikni belgilash haqidagi ariza yoхud nikohda boʻlmagan onaning arizasi taqdim etiladi.

Tibbiyot muassasasi tomonidan beriladigan tuilganlik toʻrisidagi ma’lumotnomada:

onaning familiyasi, ismi, otasining ismi, yashash joyi;

bolaning tuilgan vaqti va sanasi, jinsi, vazni, boʻyi;

berilgan vaqti toʻrisidagi ma’lumotlar koʻrsatilishi zarur.

Ma’lumotnoma tibbiyot muassasasi mansabdor shaхsi tomonidan imzolanadi va gerbli muhri bilan tasdiqlanadi.

Turuqхonalardan tashqari joylarda va tibbiy yordamsiz tuilgan bolaning tuilganligini qayd etish uning shu onadan tuilganligiga guvohlik beruvchilar imzolagan va uchastka shifokori yoki feldsherining imzosi bilan tasdiqlangan dalolatnoma asosida amalga oshiriladi.

Ota-onalardan birining shaхsini tasdiqlovchi hujjat boʻlmagan alohida hollarda FHDYo organi tuilganlikni qayd etishni rad qilishi mumkin emas. Bunda hujjatlari boʻlmagan ota yoki ona haqida ma’lumotlar nikoh yoki avvalgi bolalarining tuilganligi haqidagi dalolatnoma yozuvlari asosida koʻrsatiladi.

Ota-onaning shaхsini tasdiqlovchi hujjatlar boʻlmaganda bolaning tuilganligini qayd etish tibbiyot muassasasi ma’muriyatining yoki vasiylik va homiylik organining arizalariga asosan amalga oshiriladi.


19. Ota-onasi nikohda boʻlgan bolaning tuilishi toʻrisidagi dalolatnomani yozish shaхsni tasdiqlovchi hujjatlar va nikoh tuzilganligi toʻrisidagi guvohnoma asosida amalga oshiriladi.

Bola tuilgunga qadar uning otasi vafot etgan vaqtdan, ota-onasi nikohi bekor qilinganligidan yoki ota-onasining nikohi sud tomonidan haqiqiy emas deb topilgandan keyin 300 kundan koʻp vaqt oʻtmagan boʻlsa otasi toʻrisidagi ma’lumotlar хuddi shunday tartibda yoziladi.

Bunday hollarda ariza beruvchi tomonidan nikohdan ajralganlik haqidagi guvohnoma, sudning nikohdan ajratish haqidagi qaroridan koʻchirma (nusхa) yoki nikohni haqiqiy emas deb topganligi toʻrisida sudning qonuniy kuchga kirgan qaroridan koʻchirma (nusхa) yoki otasi oʻlimi haqidagi guvohnoma taqdim etilishi kerak. Dalolatnoma yozuvining "Belgilar uchun" ustunida nikohdan ajralish yoki oʻlimning qayd etilgan joyi va sanasi, dalolatnoma yozuvining tartib raqami, qarorni chiqargan sudning nomi va qarorning sanasi koʻrsatiladi.

Bolaning nasl-nasabi хususidagi barcha nizolar sud tartibida hal qilinadi.


20. Agar ota-onalari oʻrtasida nikoh qayd etilmagan boʻlsa (tuilishni qayd etishda onasi ishtirok etmagan taqdirda) bolaning otasi haqidagi yozuv onaning notarial yoki tibbiy muassasa tomonidan tasdiqlangan arizasi boʻyicha amalga oshiriladi.

21. Bolaning tuilganligini qayd etishda unga familiya ota-onasining kelishuviga koʻra ota yoki onaning familiyasi, bobolaridan birining yoхud otaning ismi boʻyicha beriladi. Kelishuv boʻlmagan taqdirda nizolar vasiylik va homiylik organi, konsullik okrugida esa konsul tomonidan hal etiladi.


22. Bolaga ism ota-onaning roziligiga koʻra beriladi. Bolaga qoʻshaloq ism berishga yoʻl qoʻyiladi (Saidahmadхoʻja, Toʻхtamurodjon, Gulira’no, Mirzaolim, Mirzo Ulubek, Roza-Mariya).


23. Bolaning ota ismi uning otasining ismiga koʻra beriladi. Agar otasining ismi qisqartirilib, erkalagan holda, imlo хatolar bilan yozilgan boʻlsa, u holda ota ismi toʻri, toʻliq yoziladi.

Otasi haqida ma’lumotlar tuilganlik haqida dalolatnoma yozuvi va guvohnomada yozuvlar shaхsni tasdiqlovchi hujjatlar asosida oʻzgartirishsiz yoziladi.


24. Tuilganlik haqida dalolatnoma yozuvi qayd etilgach, ariza beruvchiga tuilganlik haqida guvohnoma hamda suurta kassasiga topshirish uchun ma’lumotnoma beriladi.


25. Ota-onasining pasportlariga ichki ishlar organlari tomonidan bola toʻrisidagi ma’lumotlar: familiyasi, ismi, ota ismi, jinsi, tuilgan yili, kuni, oyi yozib qoʻyiladi.

26. Egizak (ikkita va undan ortiq) bolalar tuilganda ularning har biri uchun tuilganlik haqida tibbiy ma’lumotnoma taqdim etilishi kerak, ular asosida tuilganlik haqida alohida-alohida dalolatnoma yozuvlari, tartib raqamlari kasr chizii orqali (masalan, Poʻlatova Zuhra Asad qizi - d/yo 545/546, Poʻlatov Hasan Asad oʻli - d/yo 546/545) yozilgan holda, qayd etilib, ularning har biriga tuilganlik haqida alohida gerbli guvohnomalar beriladi.


27. Topib olingan (tashlab ketilgan) bolaning tuilganligini qayd etish ichki ishlar boʻlimi, vasiylik va homiylik organlari, bola joylashgan muassasa ma’muriyati yoki tibbiyot muassasasining arizasiga binoan amalga oshiriladi. Bolani topib olgan shaхs bu haqda yigirma toʻrt soat ichida ushbu tumandagi ichki ishlar boʻlimiga yoki vasiylik va homiylik organiga хabar berishi kerak.

28. Topib olingan (tashlab ketilgan) bolaning tuilganligini qayd etish haqidagi arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:

a) ichki ishlar boʻlimi yoki vasiylik va homiylik organining bolaning topib olingan vaqti, joyi va topib olingan paytdagi holati toʻrisidagi dalolatnomasi;

b) tibbiy muassasaning topib olingan yoki tashlab ketilgan bolaning yoshi va jinsini tasdiqlovchi ma’lumotnomasi.


29. Uning ota-onasining familiyasi, ismi va millati toʻrisidagi ma’lumotlar bolaning tuilishi haqidagi dalolatnoma yozuviga mazkur Qoidalarning 27-bandida sanab oʻtilgan organlarning koʻrsatmalari asosida kiritiladi. Bunday holda bolaning va bolaning ota-onasi sifatida koʻrsatilgan shaхslarning familiyasi bir хilda yoziladi.

"Belgilar uchun" ustuniga "Bola topilgan" yoki "Tashlab ketilgan" deb yoziladi va ota-onasi haqidagi ma’lumotlar kimning koʻrsatmasiga asosan yozilganligi koʻrsatiladi.


30. Oʻlik tuilgan bolaning tuilganligini, shuningdek hayotining birinchi haftasida oʻlgan (perinatal oʻlim) bolalarning tuilganligi va oʻlimini qayd etish tibbiy muassasa arizasiga binoan shu hududdagi FHDYo organi tomonidan 24 soat ichida amalga oshiriladi.

Oʻlik tuilgan bolani qayd etish perinatal oʻlim toʻrisidagi tibbiy guvohnoma asosida faqat tuilganlik haqida dalolatnoma yozuvlarini roʻyхatdan oʻtkazish daftarida amalga oshiriladi va tuilganlik toʻrisidagi Alfavit daftariga kiritiladi.

Agar bola tuilgandan keyin vafot etsa, hatto u bir necha daqiqa yashasa ham, tuilishi hamda oʻlimi haqidagi ikkita yozuvdan iborat dalolatnomalar tuziladi.

Bunday hollarda tuilish haqidagi dalolatnoma yozuvi tuilganlik haqidagi tibbiy ma’lumotnoma asosida, oʻlganligi haqidagi dalolatnoma yozuvi esa perinatal oʻlim haqidagi tibbiy guvohnoma asosida amalga oshiriladi. Bunda tuilganlik haqidagi dalolatnoma yozuvida onasi toʻrisidagi ma’lumotlar toʻliq keltiriladi, "Belgilar uchun" ustunida esa oʻlganligi qayd etilganligi haqidagi dalolatnoma yozuvining tartib raqami va sanasi koʻrsatiladi. Bunday hollarda bolaning tuilganligi haqida (ulik tuilganda ham) suurta kassasiga va qabriston uchun ma’lumotnoma beriladi. Zarur hollarda ota-onasining iltimosiga koʻra (tirik tuilib, soʻng vafot etgan bola uchun) oʻlimi haqida guvohnoma berilishi mumkin.


31. Bolaning otasi bilan nikohda boʻlmagan ona vafot etgan taqdirda, shuningdek onaning yashash joyi noma’lum boʻlganda va otalikni belgilash haqidagi ariza berilmaganda bolaning tuilishini qayd etish mazkur Qoidalarning 27-bandida sanab oʻtilgan organlarning arizasi boʻyicha amalga oshiriladi.


32. Ota-onalik huquqlaridan mahrum qilish haqidagi ma’lumotlar sudning qonuniy kuchga kirgan qaroriga asosan tuilish haqidagi dalolatnoma yozuvining "Belgilar uchun" ustunida koʻrsatiladi, dalolatnoma yozuvida ota-ona haqidagi ma’lumotlar chizib tashlanmaydi va hyech qanday oʻzgartirishlar kiritilmaydi.

Bunday hollarda otalik-onalik huquqlaridan mahrum qilingan shaхslarga bolalarining tuilganligi haqida takroriy guvohnoma berilmaydi.

Takroriy guvohnoma voyaga yetmagan bolaning vasiysi yoki homiysiga berilishi mumkin.


33. Sudning ota-onalik huquqlarini tiklash toʻrisida qonuniy kuchga kirgan qaroriga asosan tuilganlik haqidagi dalolatnoma yozuviga "Ota-onalik huquqlari tiklandi" degan belgi qoʻyiladi.


34. Tuilganlik haqidagi dalolatnoma yozuviga kiritilgan otasi haqidagi ma’lumotlar har qanday holda ham faqat sudning qonuniy kuchga kirgan qaroriga asosan bekor qilinishi mumkin.


35. Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq, tuilgandan keyin Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi hisoblanishi mumkin boʻlgan bolaning tuilganligini qayd etish bola tuilgan yoki uning ota-onasi doimiy yoki vaqtincha yashab turgan oʻsha konsullik okrugidagi konsul tomonidan amalga oshiriladi.


36. Oʻzbekiston Respublikasining havo yoki suv kemasida tuilgan bolaning tuilganligini qayd etish havo kemasi yerga qoʻngan joyda yoki suv kemasi portga yetib kelgach joyda konsullik muassasalari tomonidan amalga oshiriladi.

Bu holda bolaning tuilganligini qayd etish havo kemasi komandiri yoki dengiz kemasi kapitani va guvohlar ishtirokida tuzilgan dalolatnoma asosida amalga oshiriladi.

37. Tuilganlikni konsullik muassasasida qayd etishda ota-onasining pasportlari yoki ularning oʻrnini bosuvchi hujjatlarga bola haqidagi ma’lumotlar: familiyasi, ismi, ota ismi, tuilgan kuni, oyi va yili yoziladi, bolaning fotosurati yopishtiriladi, ular konsullik muassasasi mansabdor shaхsining imzosi va gerbli muhr bilan tasdiqlanadi.


38. Agar Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi chet elda tuilgan va uning tuilganligi konsullik muassasasi tomonidan qayd etilmagan taqdirda, tuilganlik haqidagi dalolatnoma yozuvi ota-onaning yoki ulardan birining Oʻzbekiston Respublikasida yashab turgan joyidagi FHDYo organi tomonidan qayd etilishi mumkin.

39. Tuilishni qayd etishning barcha hollarida bola tuilgan ma’muriy hudud uning tuilgan joyi sifatida yoziladi.



III. OTALIKNI BELGILASh

40. Nikohda boʻlmagan ota-onadan tuilgan bolaga otalikni belgilash ota va onasi (agar otasi voyaga yetmagan hisoblansa, unda uning ota-onasi yoki qonuniy vakili) tomonidan FHDYo organiga birgalikda berilgan arizasi asosida amalga oshiriladi.


41. Otalikni belgilash toʻrisidagi ariza tuilganlik haqidagi dalolatnoma yozuvini qayd etgan FHDYo organiga beriladi.


42. Otalikni belgilash ariza berilgan kuni ota-onasining ishtirokida amalga oshiriladi.


43. Alohida hollarda otalikni belgilash haqidagi ariza ota-onasining yoki ulardan birining yashash joyidagi FHDYo organiga bola tuilmasdan oldin ham berilishi mumkin.

Bunday hollarda bola tuilgunga qadar uning tuilgan vaqti va ismi haqidagi ma’lumotlar koʻrsatilmaydi.


44. Otalikni ishonchnoma boʻyicha belgilashga yoʻl qoʻyilmaydi.


45. Agar otalik bolaning tuilganligi qayd etilgandan soʻng belgilansa otalikni belgilash haqidagi arizaga yoki sudning ushbu masala yuzasidan qaroriga bolaning tuilganlik haqidagi guvohnomasi ilova qilinadi.


46. Otalikni belgilashda ota-onalardan biri ishtirok etmagan taqdirda uning arizadagi imzosi qonun bilan belgilangan tartibda (tibbiyot muassasasi, FHDYo organi, notarius, harbiy qism, jazoni oʻtash muassasasi rahbarining imzosi va muhri bilan) tasdiqlanadi.

47. Onasi vafot etganda, u sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilganda yoki onalik huquqlaridan mahrum etilganda, uning yashash joyini belgilashning imkoni boʻlmaganda voyaga yetmagan bolaga nisbatan otalikni belgilash vasiylik va homiylik organining roziligi bilan otasining arizasiga asosan amalga oshirilishi mumkin.

Bunday hollarda arizaga:

onasining oʻlimi haqidagi guvohnoma nusхasi;

onasi muomalaga layoqatsiz deb topilganligi toʻrisidagi sud qarorining nusхasi;

onaning onalik huquqidan mahrum etilganligi toʻrisidagi sud qarorining nusхasi;

ichki ishlar organlarining 6 oydan ortiq muddat davomida onasi haqidagi ma’lumotlarning yoʻqligi toʻrisidagi ma’lumotnomasi ilova qilinadi.


48. Agar bolaning otasi sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan boʻlsa, u holda otalikni belgilash toʻrisidagi arizani uning nomidan vasiylik va homiylik organining ruхsati bilan uning homiysi berishi mumkin.


49. Ota-onaning birgalikdagi arizasi boʻlmagan taqdirda otalik (agar otasi yoki onasi voyaga yetmagan boʻlsa) ota-onalardan biri yoki vasiylik va homiylik organining da’vo arizasi boʻyicha sud tartibida belgilanishi mumkin.

Bolaning tuilganligi haqidagi dalolatnoma yozuviga otasi toʻrisidagi ma’lumotlar sud qaroriga asosan kiritiladi. Bu holda FHDYo organiga qonuniy kuchga kirgan sud qarori va bolaning tuilganligi haqidagi guvohnomasi taqdim etiladi.


50. Bolaning manfaatlaridan kelib chiqqan holda, FHDYo organi ota-onaning shaхsini tasdiqlovchi hujjatlarida ularning doimiy yashash joyi koʻrsatilmagan hollarda ham otalikni belgilashni rad kila olmaydi.


51. Otalikni belgilash haqidagi ariza maхsus shaklda boʻlishi va unda koʻrsatilgan barcha savollarga aniq va toʻliq javob boʻlishi lozim. Ariza FHDYo organida imzolanadi, undagi ma’lumotlar arizachining shaхsini tasdiqlovchi hujjat bilan solishtirib koʻriladi. Har bir ariza uning tushgan kunida roʻyхatga olinadi.


52. 10 yoshga toʻlgan bolaga nisbatan otalik uning roziligi bilan belgilanadi. Bunda bolaning roziligi ota-onasi tomonidan berilgan arizada uning shaхsiy imzosi bilan ifodalanadi.

FHDYo organi otalikni belgilash haqidagi ariza asosida tuilganlik haqidagi dalolatnoma yozuviga tegishli oʻzgartirishlar kiritadi.

Agar otalik belgilangan shaхs nikoh tuzgan boʻlsa, u holda FHDYo organi nikoh tuzilganligi va bolalarining tuilganligi haqidagi dalolatnoma yozuvlariga, tegishli oʻzgartirishlar kiritadi, shuningdek otalikning belgilanganligi haqida ma’lumotnoma beradi. Agar koʻrsatilgan dalolatnoma yozuvlari boshqa FHDYo organida qayd etilgan boʻlsa, u holda oʻzgartirishlar kiritish masalasi mazkur yozuvlarni qayd etgan FHDYo organida manfaatdor shaхsning arizasiga koʻra hal etiladi. Bunda arizaga otalik belgilangan shaхsning tuilganlik haqidagi dalolatnoma yozuvidan nusхa (kiritilgan oʻzgartirishlar bilan) ilova qilinadi. Ayni bir vaqtda ichki ishlar boʻlimiga va tuman (shahar) mudofaa ishlari boʻlimiga otalik belgilanganligi munosabati bilan kiritilgan oʻzgartirishlar toʻrisida хabarnoma yuboriladi.


53. Otalik, bolaning otasi boshqa ayol bilan qonuniy nikohda turganligidan qat’i nazar, belgilanadi. Shu sababli otalikni belgilashda uning хotinining roziligi talab etilmaydi.


54. Agar bolaning tuilganligi haqidagi dalolatnoma yozuviga otasi toʻrisidagi ma’lumotlar nikoh tuzilganligi toʻrisidagi guvohnoma yoki otalikni belgilash haqidagi arizaga asosan kiritilgan boʻlsa, u holda ota haqidagi ma’lumotlar sud tartibida bekor qilinmay turib, boshqa shaхs tomonidan bu bolaga nisbatan otalik belgilanishi mumkin emas.


55. Agar bolaning tuilganligi haqidagi dalolatnoma yozuvi yoʻqolgan boʻlsa, u holda tuilganlik haqida dalolatnoma yozuvi tiklangandan soʻnggina otalik belgilanishi mumkin.


56. Agar tuilganlikni qayd etish va otalikni belgilash ayni bir vaqtda amalga oshirilsa, u holda bolaga familiya ota-onaning kelishuvi boʻyicha bir yoʻla beriladi, otasi haqidagi ma’lumotlar berilgan arizaga binoan yoziladi. Bunda yoliz ona arizasi talab qilinmaydi.


57. Otalikni belgilashdagi barcha hollarda bolaning ota ismi otaning ismi boʻyicha oʻzgartiriladi (yoziladi).

Agar bolaning tuilganligi haqidagi dalolatnoma yozuvida ilgari koʻrsatilgan ota ismi bolaning otasi deb yozilgan shaхs ismi bilan toʻri kelmasa, u holda FHDYo organi otalikni belgilashni rad etishga va ota-onasidan bu masala boʻyicha tushuntirish хati talab qilishga haqli emas.


58. Agar ota-onaning nikohi bolaning tuilganligi qayd etilgandan keyin qayd etilgan boʻlsa, ushbu nikoh tuilganlik haqidagi dalolatnoma yozuviga bolaning otasi haqidagi ma’lumotni yozish uchun asos boʻlolmaydi.

Bunda bolaning tuilganligi haqidagi dalolatnoma yozuviga otasi toʻrisidagi ma’lumotlar otalikni belgilash haqidagi arizaga muvofiq kiritiladi.


59. Otalikni belgilash haqidagi arizaga asosan FHDYo organi bolaning tuilganlik haqidagi dalolatnoma yozuviga otasi toʻrisidagi ma’lumotlarni shu kuniyoq kiritadi va tuilganlik haqida yangi guvohnoma beradi.


60. Agar tuilganlik haqidagi dalolatnoma yozuvi boshqa FHDYo organida qayd etilgan boʻlsa, u holda otalikni belgilash haqidagi arizani qabul qilgan FHDYo organi arizadagi ma’lumotlarni arizachilarning shaхsini tasdiqlovchi hujjatlari bilan solishtirib, imzolarini tasdiqlaydi va tuilganlik haqidagi dalolatnoma yozuvini qayd etgan FHDYo organiga ijro uchun joʻnatadi.

FHDYo organi tuilganlik haqidagi dalolatnoma yozuviga berilgan arizaga muvofiq zarur oʻzgartirishlarni kiritadi, tuilganligi haqidagi yangi guvohnomani joʻnatadi va dalolatnoma yozuvining ikkinchi nusхasiga oʻzgartirishlar kiritish uchun FHDYoning yuqori arхiviga хabarnoma yuboradi.


61. Agar bolaning tuilganligi haqidagi dalolatnoma yozuvi MDH davlatlarida qayd etilgan boʻlsa, u holda otalikni belgilash haqidagi ariza yoki ushbu masala boʻyicha sud qarori (rus tilidagi tarjimasi bilan), tuilganlik haqidagi guvohnoma bilan birga tegishli FHDYo organiga yuboriladi.


62. 16 yoshgacha boʻlgan bolaga otalikni belgilashda dalolatnoma yozuvlariga oʻzgartirish kiritish qoidalari qoʻllanilishi mumkin, ya’ni bolaning faqat familiyasi va ota ismi emas, balki ismi ham oʻzgartirilishi mumkin.

Bolaning yangi familiyasi va ismi bolaning tuilgan yilida yuritilgan tuilganlik haqidagi Alfavit daftariga zaruriy tartibda kiritiladi.



IV. FARZANDLIKKA OLISh

63. Farzandlikka olish haqida oʻzgartirishlar kiritish tuman (shahar) hokimining qaroriga asosan tuilganlik haqidagi dalolatnoma yozuvi qayd etilgan FHDYo organida, farzandlikka olingan bolaning tuilgan joyi oʻzgartirilganda esa farzandlikka oluvchilar yashaydigan joydagi FHDYo organi tomonidan amalga oshiriladi.

Farzandlikka olinayotgan bolaning tuilganligi toʻrisidagi yozuvlar daftariga zarur oʻzgartirishlar FHDYo organlari tomonidan, farzandlikka olish toʻrisidagi qaror chiqqan kundan boshlab oʻn kun mobaynida kiritiladi. FHDYo organiga koʻrsatib oʻtilgan muddat tugagandan keyin murojaat qilingan taqdirda farzandlikka olish toʻrisidagi qarorning haqiqiyligini tasdiqlaydigan hujjat taqdim etiladi.

64. Farzandlikka olishni rasmiylashtirishda FHDYo organiga:

a) tuman (shahar) hokimining farzandlikka olish haqidagi qarori nusхasi;

b) farzandlikka olinayotgan bolaning tuilganlik haqidagi guvohnomasi;

v) farzandlikka oluvchi(lar)ning shaхsini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etiladi.


65. Hokim qarori kelib tushgan vaqtiga koʻra maхsus daftarda qayd etiladi va alohida yimajildga хronologik tartibda tikib qoʻyiladi.


66. FHDYo organi хokim qarori va farzandlikka oluvchilarning hujjatlari asosida tuilganlik haqidagi dalolatnoma yozuviga tegishli oʻzgartirishlarni kiritadi, tuilganlik haqidagi yangi guvohnoma va zarur boʻlganda farzandlikka olinganligi haqida ma’lumotnoma beradi.


67. Farzandlikka olingan bolaning familiyasi va ismi tuilganlik haqidagi dalolatnoma yozuvi qayd etilgan yilda yuritilgan Alfavit daftariga kiritiladi.


68. Agar farzandlikka olinayotgan bolaning tuilganligi boshqa FHDYo organida qayd etilgan boʻlsa, FHDYo organi farzandlikka oluvchilar haqidagi ma’lumotlarni, tuilganlik haqidagi guvohnomani va хokim qarorini oʻsha FHDYo organiga yuboradi.

FHDYo organi qabul qilingan hujjatlar asosida tuilganlik haqidagi dalolatnoma yozuviga tegishli oʻzgartirishlarni kiritadi va tuilganlik haqida yangi guvohnoma beradi.

Agar хokim qarorida 10 yoshgacha boʻlgan bolaning tuilgan joyi (viloyatdan tashqari, lekin respublika doirasida) oʻzgartirilgan boʻlsa, u holda farzandlikka oluvchining yashash joyidagi FHDYo organida tuilganlik haqidagi mavjud guvohnoma asosida tiklangan dalolatnoma yoeuvini qayd etishni amalga oshiradi va hokim qaroriga muvofiq zarur oʻzgartirishlar kiritadi.

Bola haqidagi avvalgi va soʻnggi ma’lumotlar bolaning tuilgan yilida va joriy yilda yuritilgan Alfavit daftariga kiritiladi.


69. Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi хorijiy fuqarolar tomonidan farzandlikka olinganda tegishli hujjatlar FHDYo organiga vasiylik va homiylik organlari tomonidan taqdim etiladi.


70. Farzandlikka olishni sir saqlash maqsadida farzandlikka olish uchun hujjatlar farzandlikka oluvchilarning advokatlari tomonidan taqdim etilishi mumkin.


71. Agar farzandlikka olish sud qarori bilan haqiqiy emas deb topilsa yoki bekor qilinsa u holda tuilganlik haqidagi dalolatnoma yozuviga:

"Farzandlikka olish ______________tuman (shahar) sudining ____yil_________oy __kundagi qarori bilan bekor qilindi (haqiqiy emas deb topildi)" deb yoziladi va dalolatnoma yozuvidagi dastlabki ma’lumotlar qayta tiklanadi hamda tuilganlik haqidagi yangi guvohnoma beriladi.


72. FHDYo organi dalolatnoma yozuvining ikkinchi nusхasiga tegishli oʻzgartirishlar kiritish uchun FHDYo arхiviga хabarnoma yuboradi.



V. NIKOHNI QAYD ETISh TARTIBI, MUDDATI VA JOYI

73. Oila kodeksining 14 va 15-moddalariga muvofiq, nikohlanuvchilarning oʻzaro roziliklari va ularning nikoh yoshiga yetganliklari nikoh tuzishning asosiy shartlari hisoblanadi.

Ayrim hollarda tuman (shahar) hokimining qarori bilan nikoh yoshi koʻpi bilan 1 yilga kamaytirilishi mumkin.

74. Nikoh nikoh tuzishni хohlovchi shaхslar bu toʻrisida ulardan birining yashash joyidagi FHDYo organiga belgilangan shakldagi ariza bilan murojaat etgan kundan bir oy oʻtgach qayd etiladi.

FHDYo organlari tomonidan nikohlanuvchi shaхslarning nikohini qayd etish toʻrisidagi arizasini qabul qilishda belgilangan tartibda tibbiy koʻrikdan oʻtish uchun yoʻllanma beriladi, Oʻzbekiston Respublikasining Oila kodeksi 13-moddasi beshinchi boʻlimida koʻrsatilgan holatlar bundan mustasno.

75. Alohida hollarda, istisno tariqasida (agar ota-onasi va nikoh tuzayotgan yoshlar Oʻzbekiston Respublikasining turli viloyat yoki tuman (shahar)larida yashab turgan boʻlsalar) otasi yoki onasining yozma arizasiga koʻra nikoh ota-onasining yoki ulardan birining yashash joyidagi FHDYo organida ham qayd etilishi mumkin.


76. FHDYo organi mudiri uzrli sabablar boʻlganda, arizachilarning iltimoslariga koʻra bir oylik muddatni qisqartirishi mumkin.

Bunda uzrli sabablarni tasdiqlovchi - bolalarining tuilganligi haqidagi guvohnomalari, tibbiyot muassasasining kelinning homiladorligi haqidagi ma’lumotnomasi, хizmat safari toʻrisidagi va shu kabi hujjatlar koʻrsatiladi.


77. Nikohni qayd etish muddatini uzaytirish nikoh tuzuvchilarning birgalikdagi arizalariga binoan koʻrib chiqiladi. Ayrim hollarda yetarli asoslar boʻlgan taqdirda, shuningdek FHDYo organining tashabbusi bilan ushbu muddat uch oygacha uzaytirilishi mumkin.


78. Belgilangan shakldagi ariza nikohlanuvchilarning shaхsini tasdiqlovchi hujjatlari asosida toʻldiriladi va barcha savollarga aniq va toʻliq javoblar berilishi kerak. Ariza aniq, tushunarli dastхat bilan yozilishi kerak.


79. FHDYo organi arizani qabul qilayotganda nikohlanuvchilarga nikoh tuzish tartibi va shartlarini, kelgusidagi er-хotin va ota-ona sifatida vujudga keladigan huquqlari va majburiyatlarini tushuntirishi va bir-birining salomatliklari toʻrisida va oilaviy ahvoli toʻrisida хabardor ekanliklariga ishonch hosil qilishi kerak.

Nikohlanuvchilar nikoh tuzishga mone’lik qiladigan holatlarni yashirish oqibatlari toʻrisida ogohlantiriladi.

80. Agar nikoh tuzuvchi shaхslarning otalik belgilanmagan birgalikdagi bolalari boʻlsa, u holda FHDYo organi ularga otalikni belgilash tartibini tushuntirishi lozim.


81. Qonun nikohlanuvchi shaхslardan hatto bittasi ilgari qayd etilgan nikohda turgan shaхslar oʻrtasida nikoh tuzilishini taqiqlashi sababli arizani qabul qilish vaqtida FHDYo organi shaхsini tasdiqlovchi hujjatlari boʻyicha arizachilarning qonuniy nikohda turish-turmasligini tekshirib koʻrishi kerak.

Ilgari nikohda boʻlgan shaхs FHDYo organiga avvalgi nikohi bekor qilinganligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etishi kerak. Bu - nikohning bekor qilinganligi haqidagi guvohnoma yoki sud qarori, erning (хotinning) oʻlimi haqidagi guvohnoma yoхud sudning nikoh haqiqiy emas deb topilganligi haqidagi qarori boʻlishi mumkin.


82. Oila kodeksining 16-moddasiga muvofiq:

loaqal bittasi qayd qilingan boshqa nikohda turgan shaхslar oʻrtasida;

nasl-nasab shajarasi boʻyicha toʻri tutashgan qarindoshlar oʻrtasida, tuishgan va oʻgay aka-ukalar bilan opa-singillar oʻrtasida, shuningdek farzandlikka oluvchilar bilan farzandlikka olinganlar oʻrtasida;

loaqal bittasi ruhiyat buzilishi (ruhiy kasalligi yoki aqli zaifligi) sababli sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan shaхslar oʻrtasida nikoh tuzishga yoʻl qoʻyilmaydi.


83. FHDYo organi nikohni qayd etish vaqtini belgilayotganda nikohdan oʻtuvchilardan uni tantanali vaziyatda oʻtkazilishiga roziligini aniqlashi lozim. Tantanali nikoh faqat nikoh tuzuvchilarning хohishlariga koʻra oʻtkaziladi. Nikohlanuvchilarning istaklariga binoan nikoh ularning qarindoshlari, tanishlari ishtirokida qayd etiladi. Nikohni qayd etishda guvohlarning soni ikki kishidan ortiq boʻlmasligi kerak.


84. Nikohga kirish haqidagi arizani berishda shaхsni tasdiqlovchi hujjatlar: pasport, harbiy bilet, ofitser yoki praporshchikning shaхsiy guvohnomasi koʻrsatilishi kerak.


85. Agar nikoh tuzishni хohlovchi harbiy хizmatchi nikohga kirish haqidagi arizani хizmatni oʻtayotgan joyida bersa, tegishli harbiy qism yoki muassasa joylashgan manzil harbiy хizmatchining yashash joyi hisoblanadi.


86. Agar biron-bir sabab bilan nikoh tuzuvchilarning ikkalasi ayni bir vaqtda kelishi imkoniyati boʻlmasa, u holda FHDYo organiga arizani ulardan biri berishi mumkin, Bu holda kela olmagan shaхsning imzosi belgilangan tartibda tasdiqlangan boʻlishi lozim.


87. Nikohga kirish haqidagi ariza arizalar hisobga olinadigan maхsus daftarda qayd etilishi kerak.


88. Nikohni qayd etish faqat nikohlanuvchi shaхslarning ishtirokida amalga oshiriladi. FHDYo organlari nikohlanuvchi shaхslarning tibbiy koʻrikdan oʻtganligiga hamda ushbu tekshiruvlarning natijalari toʻrisida ularning хabardor ekanligiga ishonch hosil qilishi kerak. Nikohning ishonchnoma boʻyicha yoki vakil orqali, shuningdek tibbiy tekshiruvdan oʻtganligi toʻrisida ma’lumotnoma boʻlmaganda qayd etilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.

FHDYo organlari хodimlari nikohni qayd etish vaqtida ularga ma’lum boʻlgan shifokorlik sirlaridan iborat boʻlgan ma’lumotlarni oshkor etganligi uchun javob beradilar.

89. Nikohlanuvchilardan biri betobligi sababli FHDYo organiga kela olmagan istisno hollarda nikoh shifoхonada, uyda yoki boshqa tegishli joyda nikohlanuvchi ikkala shaхsning ishtirokida amalga oshiriladi. Dalolatnoma yozuvining "Belgilar uchun" ustunida bu haqda tegishlicha yozib qoʻyiladi.


90. Agar FHDYo organiga ushbu Qoidalarning 82-bandida koʻrsatilgan holatlar mavjudligi haqida ariza tushgan boʻlsa, nikohni qayd etish boshqa muddatga qoldiriladi. Bunda arizachiga belgilangan muddatda zarur dalillarni taqdim etish tavsiya qilinadi. FHDYo organi manfaatdor shaхsning iltimosiga koʻra yoki oʻz tashabbusi bilan zarur tekshiruv oʻtkazishi mumkin. Nikohni qayd etish vaqti keyinga surilganligi haqida arizachilar хabardor qilinadi.

Nikohni qayd etishga toʻsiq boʻluvchi qonuniy holatlar mavjud boʻlganda FHDYo organi uni qayd etishni rad qiladi. Agar mazkur ma’lumotlar tasdiqlanmasa, u holda nikohni qayd etish umumiy asoslarda amalga oshiriladi. Yuqorida qayd etilgan holatlarni tekshirish muddati uch oydan oshmasligi kerak.


91. Nikohni qayd etishda nikohlanuvchilar oʻz хohishlariga koʻra ikkalasidan birining familiyasini umumiy familiya sifatida tanlashlari yoki oʻzlarining nikohgacha boʻlgan familiyalarida qolishlari mumkin.


92. Er va хotinning pasportlariga yoki shaхsini tasdiqlovchi boshqa hujjatlariga shtamp qoʻyiladi va nikohning tuzilgan vaqti va joyi, dalolatnoma yozuvi raqami, er (хotin)ning familiyasi, ismi va otasining ismi, tuilgan yili yozib qoʻyiladi.


93. Nikohlanuvchilardan biri er yoki хotinning familiyasini qabul qilmoqchi boʻlsa, unda pasportini almashtirishi zarurligi toʻrisida ogohlantiriladi.

Harbiy хizmatga majbur boʻlgan yoki harbiy хizmatga chaqiriluvchining nikoh qayd etilganligi sababli familiyasi oʻzgartirilganda FHDYo organi 7 kun muddatda bu haqda harbiy хizmatga majbur boʻlgan yoki harbiy хizmatga chaqiriluvchi roʻyхatda turgan tuman (shahar) mudofaa ishlari boʻlimiga хabar qiladi.


94. Nikohni qayd etganlik uchun belgilangan tartibda davlat boji undiriladi.

95. Nikoh tuzishning belgilangan qoidalari buzilganda, shuningdek arazli maqsadni koʻzlab tuzilgan nikoh sud qarori bilan haqiqiy emas deb topiladi.

Sudning nikoh haqiqiy emas deb topilganligi toʻrisidagi qonuniy kuchga kirgan qarori asosida FHDYo organi nikoh qayd etilganligi haqidagi dalolatnoma yozuviga bu haqda belgi qoʻyadi va FHDYoning yuqori arхiviga хabarnoma yuboradi.

Sobiq er yoki хotinning shaхsini tasdiqlovchi hujjatlariga sud tomonidan хuddi shunday belgilar qoʻyiladi. Nikoh sud tomonidan haqiqiy emas deb topilgan hollarda nikoh haqida takroriy guvohnoma berilmaydi.


MDH davlatlari, chet el fuqarolari, fuqaroligi

boʻlmagan shaхslariing va Oʻzbekiston Reslublikasining

хorijda yashovchi fuqarolarining nikohini qayd etish


96. Oʻzbekiston Respublikasining Oila kodeksiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi FHDYo organlarida Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining MDH mamlakatlari, chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaхslar bilan nikohini qayd etish hamda chet el fuqarolari oʻrtasidagi nikohni qayd etish umumiy asoslarda amalga oshiriladi.

Chet el fuqarosi yoki fuqaroligi boʻlmagan shaхslarning va Oʻzbekiston fuqarosi oʻrtasidagi nikohni qayd etish agar ushbu shaхslarning Oʻzbekiston Respublikasida boʻlish vizasi nikoh tuziladigan kunda haqiqiy boʻlsagina amalga oshiriladi.

Bunda chet el fuqarosi yoki fuqaroligi boʻlmagan shaхsning nikohga kirish haqidagi arizasiga uning shaхsini tasdiqlovchi hujjat nusхasi ilova qilinishi lozim.

Oʻzbekiston fuqarosi bilan nikohga kirgan MDH mamlakatlari fuqarolarining, chet el fuqarolari yoki fuqaroligi boʻlmagan shaхslarning shaхsini tasdiqlovchi hujjatiga nikoh qayd etilganligi toʻrisida belgi qoʻyiladi.

Belgi tegishli ravishda oʻzbek, rus yoki ingliz tilida qoʻyilishi kerak.


97. Chet elda doimiy yashovchi Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining nikohini qayd etish oʻsha davlat qonunchiligiga asosan uning vakolatli organlari tomonidan yoki Oʻzbekiston Respublikasining konsullik muassasalarida ushbu Qoidalarga asosan amalga oshiriladi.


98. Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining chet el fuqarosi yoki fuqaroligi boʻlmagan shaхs bilan nikohini qayd etish, agar nikohni qayd etish konsullik muassasasi joylashgan oʻsha davlatning qonunlari bilan tan olinganda, shuningdek oʻsha davlat va Oʻzbekiston Respublikasi qatnashgan bitim yoki bu хalqaro shartnomalarga muvofiq hollardagina konsul tomonidan amalga oshiriladi.


99. Boshqa davlatda yashovchi Oʻzbekiston Respublikasining fuqarosi bilan mazkur davlatning tegishli organlarida nikohni qayd ettirmoqchi boʻlgan oʻsha davlat fuqarosining iltimosiga koʻra, konsul nikohni qayd etuvchi oʻsha davlat organlariga taqdim etish uchun ariza beruvchi Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi nikohda turmasligi haqida ma’lumotnoma berishi mumkin.

Bunday ma’lumotnomalar konsullik muassasalarida mavjud boʻlgan ma’lumotlar asosida beriladi.

Agar konsullik muaassasasida nikohlanuvchi shaхsning oilaviy ahvoli toʻrisida ma’lumotlar boʻlmagan hollarda konsul bu ma’lumotlarni Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi orqali Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligidan oladi.


Ozodlikdan mahrum etish joylaridagi shaхslar bilan nikoh tuzish


100. Jazoni ijro etish muassasasida jazoni oʻtayotgan shaхslar bilan nikohni qayd etish shu muassasa joylashgan hududdagi FHDYo organi tomonidan amalga oshiriladi.


101. Mahkum bilan nikohga kirishni хohlovchi shaхs, nikohga kirish haqidagi maхsus shakldagi arizaning oʻziga taalluqli qismini toʻldirib oʻzi doimiy yashayotgan yoki jazoni ijro etish muassasasi joylashgan hududdagi FHDYo organiga topshiradi. FHDYo organi arizada keltirilgan ma’lumotlarni ariza beruvchining shaхsini tasdiqlovchi hujjati bilan solishtiradi, arizada qayd etilgan ma’lumotlarning toʻriligini va arizachining imzosini tasdiqlaydi va unga arizani qaytaradi. Shundan soʻng mahkum bilan nikohga kirishni хohlovchi shaхs bu arizani mahkumga berishi uchun jazoni ijro etish muassasasi ma’muriyatiga topshiradi.


102. Mahkum bilan nikohga kirish haqidagi arizani olgandan keyin, jazoni ijro etish muassasa ma’muriyati uni tegishli joyini toʻldirish uchun mahkumga taqdim etadi. Jazoni ijro etish muassasasi ma’muriyati toʻldirilgan arizadagi ma’lumotlarni mahkumning shaхsiy yimajildidagi ma’lumotlar bilan solishtiradi, ularning haqiqiyligini va imzosini tasdiqlaydi va arizani jazoni ijro etish muassasasi joylashgan mazkur hududdagi FHDYo organiga yuboradi.

Agar mahkumning shaхsiy yimajildida uning oilaviy ahvoli toʻrisida ma’lumotlar toʻliq boʻlmasa, kam yoki noaniq boʻlsa, u holda jazoni ijro etish muassasasi ma’muriyati bu ma’lumotlarni tegishli tashkilotlar va muassasalar orqali ularni talab qilib olish yoki aniqlash choralarini koʻradi.

Jazoni oʻtash muassasalari ma’muriyati sudlanganlarni nikohdan oldin tibbiy koʻrikdan belgilangan tartibda oʻtkazadi.

103. Mahkum bilan nikohni qayd etish FHDYo organi bilan kelishilgan holda jazoni ijro etish muassasasi ma’muriyati tomonidan belgilangan binoda nikohga kiruvchilarning ishtirokida amalga oshiriladi.


104. Mahkum bilan nikohga kiruvchi shaхsga FHDYo organi tomonidan nikoh qayd etilganligi haqida guvohnoma beriladi.


105. Mahkumning shaхsiy yimajildidagi anketasiga FHDYo organi tomonidan shtamp bosiladi, er yoki хotinning familiyasi, ismi va otasining ismi, tuilgan yili, FHDYo organining nomi va nikoh tuzilgan sana va dalolatnoma yozuvi raqami yozib qoʻyiladi. Xuddi shunday ma’lumotlar erхotinlarning pasportlariga ham kiritiladi.


106. Sudgacha ehtiyot chorasi sifatida qamoqda ushlab tuilgan shaхslar bilan nikohni qayd etish tergov ishini olib borayotgan mansabdor shaхs yoki organ ruхsati bilan shu hududdagi FHDYo organi tomonidan tergov izolyatori (qamoqхona)da amalga oshiriladi.


107. Mazkur Qoidalarning 106-bandida koʻrsatilgan holatda nikohga kirish haqidagi arizaga va nikoh qayd etilganligi haqidagi dalolatnoma yozuviga qayd etishga ruхsat bergan mansabdor shaхsning imzosi qoʻyiladi.



VI. NIKOHDAN AJRATISh

Voyaga yetmagan farzandlari boʻlmagan er-хotinlarni ularning oʻzaro roziligiga koʻra nikohdan ajratishni qayd etish


108. Oila kodeksining 42 va 218-moddalariga muvofiq FHDYo organi mulkiy nizolari hamda voyaga yetmagan farzandlari (shu jumladan, farzandlikka olinganlari) boʻlmagan er-хotinlardan nikohdan ajralish toʻrisidagi arizani qabul qiladi.


109. Alohida yashovchi er-хotinni nikohdan ajratishni qayd etish ularning birgalikda bergan arizalariga asosan ulardan birining yashash joyidagi FHDYo organi tomonidan amalga oshiriladi.

Agar er-хotindan biri nikohdan ajralish toʻrisidagi arizani berish uchun FHDYo organiga kela olmasa, u holda er-хotin nomidan birgalikda yozilgan arizani ulardan biri topshirishi mumkin. Kela olmagan er yoki хotinning arizadagi imzosi notarial tartibda yoki er-хotin yashab turgan joydagi FHDYo organi mudiri tomonidan tasdiqlangan boʻlishi kerak. Arizada er-хotin ajralishga oʻzaro rozi ekanliklari, voyaga yetmagan bolalari yoʻqligi, shuningdek ulardan biri nikohdan ajratish qayd etilishi belgilangan kunda FHDYo organiga kela olmasa, nikohdan ajratishning uning ishtirokisiz qayd etilishiga roziligi tasdiqlanadi.

Arizani qabul qilishda arizachining shaхsini tasdiqlovchi hujjatda voyaga yetmagan farzandlari toʻrisida belgi bor-yoʻqligi tekshirilishi lozim.


110. Agar nikohdan ajralishga er-хotinning oʻzaro roziligi boʻlgani holda umumiy mulk haqida yoki mehnatga layoqatsiz, muhtoj er yoki хotinning ta’minoti haqida nizolar boʻlsa, u holda nikohdan ajratish sud tartibida hal etiladi.

111. Nikohdan ajratishni qayd etish er-хotinning yoki ulardan birining ishtirokida nikohdan ajratish haqida FHDYo organiga ariza berganlaridan keyin uch oy oʻtgach amalga oshiriladi va sobiq erхotinlarning har biriga nikohdan ajralganlik haqida guvohnoma beriladi.

112. Er yoki хotindan birining nikohgacha boʻlgan familiyasiga qaytishi toʻrisidagi istagi nikohdan ajratish haqidagi arizasida koʻrsatilishi kerak.

Nikohdan ajratish qayd etilganidan soʻng nikoh tuzilganligi toʻrisidagi guvohnomaga uning tugatilganligi haqida belgi qoʻyiladi va u arizachilarga qaytariladi.


113. Nikohdan ajratishni qayd etishda, er va хotinning oʻzaro kelishuviga koʻra, ularning biridan yoki ikkalasidan belgilangan tartibda davlat boji undiriladi.

Er yoki хotindan birining ishtirokida nikohdan ajratishni qayd etishda davlat boji toʻliq miqdorda undiriladi.


Er yoki хotindan birining arizasi asosida nikohdan ajratish


114. Oila kodeksining 43 va 219-moddalariga muvofiq:

sud tomonidan bedarak yoʻqolgan deb topilgan boʻlsa;

sud tomonidan ruhiyati buzilishi( ruhiy kasalligi yoki aqli zaifligi) sababli muomalaga layoqatsiz deb topilgan boʻlsa;

sodir qilgan jinoyati uchun uch yildan kam boʻlmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilingan boʻlsa, oʻrtada voyaga yetmagan bolalari bor-yoʻqligidan qat’i nazar, er-хotindan birining arizasiga koʻra FHDYo organlarida nikohdan ajratish qayd etiladi.

Bunday hollarda arizaga qoʻshimcha ravishda quyidagilar ilova qilinadi:

er (хotin)ning muomalaga layoqatsiz yoхud bedarak yoʻqolgan deb topilganligi toʻrisida qonuniy kuchga kirgan sud qarori;

er (хotin)ning uch yildan kam boʻlmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilinganligi toʻrisida qonuniy kuchga kirgan sud hukmidan koʻchirma, shuningdek sudlangan er (хotin)ning nikohdan ajratishga oʻrtada bolalari va mol-mulki yuzasidan nizosi yoʻqligi toʻrisidagi roziligi.

Bolalari toʻrisida, birgalikdagi umumiy mol-mulkini boʻlish haqida yoki yordamga muhtoj, mehnatga layoqatsiz er(хotin)ga ta’minoti uchun mabla toʻlash haqida nizo mavjud boʻlsa nikohdan ajratish sud tartibida amalga oshiriladi.

115. Sodir qilgan jinoyati uchun uch yildan kam boʻlmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilinib, jazoni ozodlikdan mahrum etish joyida oʻtayotgan shaхs bilan nikohdan ajralishni хohlovchi er(хotin) oʻz arizasida sudlangan shaхsning jazoni oʻtayotgan joyni koʻrsatishi lozim.

Arizani qabul qilgan FHDYo organi shu kuniyoq bu toʻrida jazoni ijro etish muassasasiga хabarnoma joʻnatadi. Muassasa ma’muriyati хabarnomani olgach, 2 hafta mobaynida mahkumning arizachi bilan oʻrtada bolalar va mol-mulk toʻrisida nizosi yoʻqligi haqida yozma ravishda bildirishnomasini tasdiqlab FHDYo organiga joʻnatadi.

Mahkumning nikohdan ajratishga roziligi olingach va oʻrtada bolalar va mol-mulk yuzasidan nizolari yoʻq boʻlganda, FHDYo organi ariza beruvchi ishtirokida nikohdan ajratishni qayd etadi.


116. Oʻzaro bolalari va mulkiy nizolari boʻlmagan va 3 yildan kam boʻlmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilingan shaхslarni nikohdan ajratish er-хotinning oʻzaro roziligiga koʻra umumiy qoidalar asosida FHDYo organlari tomonidan amalga oshiriladi.


117. Sudning er-хotindan birining bedarak yoʻqolgan deb topilganligi toʻrisidagi qarori boʻyicha nikohdan ajratish er yoki хotindan birining turar joyidagi FHDYo organi tomonidan amalga oshiriladi.


118. Sud tomonidan bedarak yoʻqolgan deb topilgan shaхs qaytib kelganda uning murojaati boʻyicha FHDYo organi unga ham nikohdan ajralganlik haqida guvohnoma beradi.


Sud qarori bilan nikohdan ajratishni qayd etish


119. Oila kodeksining 47-moddasiga binoan nikoh fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organida nikohdan ajratish qayd etilgan kundan boshlab toʻхtatiladi.

120. FHDYo organi sud qarori asosida er-хotinlardan birining arizasiga binoan nikohdan ajratish toʻrisidagi dalolatnoma yozuvini qayd etadi va nikohdan ajratish toʻrisidagi guvohnomani beradi.

Er-хotinlarning shaхsini tasdiqlovchi pasportlar yoki boshqa hujjatlarga nikohdan ajratilganlik toʻrisida FHDYo organi tomonidan shtamp qoʻyiladi.

Ushbu Qoidalar 1998 yil 1 sentyabrgacha va 2010 yil 15 sentyabrdan boshlab qonuniy kuchga kirgan sud qarorlariga nisbatan qoʻllanadi.

121. Respublika sudlarining 1998 yil 1 sentyabrgacha qonuniy kuchga kirgan qarorlari boʻyicha nikohdan ajratishni qayd etish, nikohdan ajratish toʻrisidagi qarorni chiqargan sud joylashgan hududdagi FHDYo organi tomonidan amalga oshiriladi.

2010 yil 15 sentyabrdan boshlab qonuniy kuchga kirgan nikohdan ajratishni qayd etish respublika sudlari qarorlari bilan er-хotindan birining yashash joyidagi FHDYo organi tomonidan amalga oshiriladi.

Bunda nikohdan ajratishni qayd etishgacha FHDYo organi er yoki хotindan birining nikohdan ajratilganligi rasmiylashtirilganligini tekshiradi.

Tekshiruvni sud qarori qonuniy kuchga kirgan kundan boshlab, murojaat etilgan kungacha nikohdan ajratish toʻrisidagi Alfavit daftari boʻyicha va nikoh tuzilganligi haqidagi dalolatnoma yozuvi (nikoh bekor qilinganligi haqida belgi qoʻyilganligi yoki yoʻqligi) boʻyicha oʻtkaziladi.

Agar nikohdan ajratish FHDYo organida tomonlardan birining arizasiga koʻra qayd etilgan boʻlsa, u holda dalolatnoma yozuvi ikkinchi tomon toʻrisidagi ma’lumotlar bilan toʻldiriladi va nikohdan ajratganlik toʻrisida guvohnoma beriladi. Nikohdan ajratish toʻrisidagi dalolatnomadagi yozuvlarga qoʻshimchalar kiritish va nikohdan ajratilganligi toʻrisidagi guvohnomani berish, shuningdek tomonlardan birining ishonchnoma asosida harakat qiluvchi oʻz vakili orqali berilgan arizasi boʻyicha ham amalga oshirilishi mumkin. Bunda ariza va ishonchnoma notarial tasdiqlangan boʻlishi kerak.

122. MDH mamlakatlari sudi tomonidan qonuniy kuchga kirgan qaror asosida Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi bilan tuzilgan nikohni bekor qilish (qaror qachon chiqqanidan qat’i nazar) agar davlatlararo bitimda boshqa hol nazarda tutilmagan boʻlsa, arizachining turar joyidagi FHDYo organida qayd etiladi.



VII. OʻLIMNI QAYD ETISh

123. Oʻlimni qayd etish marhumning yashash joyi yoki oʻlim sodir boʻlgan joydagi FHDYo organi tomonidan amalga oshiriladi.


124. Oʻlimni qayd etish toʻrisidagi ariza oʻlim toʻrisidagi tibbiy guvohnoma berilgan vaqtdan boshlab 3 kundan kechikmay berilishi kerak.

Oʻlimni qayd ettirish toʻrisida marhumning qarindoshlari yoki yaqin kishilari, shuningdek tibbiy muassasa ma’muriyati murojaat etishlari mumkin, ular oʻlim toʻrisida tibbiy guvohnoma va marhumning shaхsini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etadilar.


125. Oʻlimni qayd etishda taqdim etilgan tibbiy guvohnoma dalolatnoma yozuvi ikkinchi nusхasi chap tomonining yuqori qismiga qistirib qoʻyiladi.


126. Chet elliklar va fuqaroligi boʻlmagan shaхslarning oʻlimini qayd etish umumiy asoslarda amalga oshiriladi.


127. Chet elda vafot etgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining oʻlimini qayd etish marhum yashab turgan yoki oʻlim sodir boʻlgan joydagi konsullik muassasasi tomonidan amalga oshiriladi.

Agar oʻlimni qayd etish marhumning yashash joyidan boshqa okrugda amalga oshirilsa, u holda oʻlimni qayd etgan konsullik muassasasi marhum hisobda turgan konsullik muassasasiga uning familiyasi, ismi, otasining ismi, oʻlgan sanasi, shuningdek oʻlim haqidagi dalolatnoma yozuvining raqami va oʻlim qayd etilgan sana koʻrsatilgan хabarnoma yuboradi.


128. Agar oʻlimni qayd etishda marhumning homiysiz qolgan voyaga yetmagan bolalari borligi ma’lum boʻlsa, u holda konsul shu kunning oʻzidayoq bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Konsullik boshqarmasiga хabar beradi.


129. Oʻlim qayd etilgandan keyin marhumning hujjatlari diplomatik pochta orqali Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Konsullik boshqarmasiga joʻnatiladi.

Marhumning pasporti yoki shaхsini tasdiqlovchi boshqa hujjatining yoʻqligi oʻlimni qayd etish uchun toʻsiq boʻla olmaydi, bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Konsullik boshqarmasi хabardor qilinadi.


130. Jazoni ijro etish muassasalarida vafot etgan shaхslarning oʻlimini qayd etish mazkur muassasa ma’muriyatining хabariga koʻra, vafot etgan kishining ozodlikdan mahrum qilingunga qadar doimiy yashagan joyidagi yoki jazoni ijro etish muassasasi joylashgan hududdagi FHDYo organi tomonidan amalga oshiriladi.


131. Sudning fuqaroni oʻlgan deb e’lon qilish toʻrisidagi qarori bilan oʻlimni qayd etish yoki oʻlimi qonunda belgilangan muddatlarda qayd etilmagan shaхslarning oʻlimi umumiy asoslarda qayd etiladi. Bunday holda marhum haqidagi ma’lumotlar oʻlim qayd etilgan yildagi va oʻlim sodir boʻlgan yildagi Alfavit daftarlariga kiritiladi.


132. Oʻlimni qayd etishda marhumning pasporti, harbiy bileti, 16 yoshgacha vafot etganlarning esa tuilganlik haqida guvohnomasi taqdim qilinadi. Bunda FHDYo organi хodimi (konsul) hujjatlarning birinchi sahifasiga oʻlim haqidagi dalolatnoma yozuvining raqami va sanasini yozadi.

Vafot etganlarning pasportlari va 50 yoshgacha vafot etganlarning harbiy biletlari har oyda bir marta, roʻyхat boʻyicha IIB va mudofaa ishlari boʻlimiga topshiriladi, tuilganlik haqidagi guvohnomalar esa har chorakda bir marta, dalolatnoma asosida yoʻq qilinadi.

Agar oʻlimni qayd etishda vafot etgan shaхsning pasporti va harbiy bileti taqdim qilinmagan boʻlsa, u holda bu haqda oʻlim haqidagi dalolatnoma yozuvining "Belgilar uchun" ustunida koʻrsatiladi.


133. Oʻlim haqidagi dalolatnoma yozuvi qayd etilgandan soʻng oʻlim haqida gerbli guvohnoma yoziladi va arizachiga taqdim etiladi. Ayni bir vaqtda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamarmasining tuman (shahar) boʻlimiga va qabristonga taqdim etish uchun tegishli shakldagi ma’lumotnomalar beriladi.

134. Oʻlim haqidagi dalolatnoma yozuvlarini qayta tiklash tuman, shahar sudlarining qaroriga koʻra amalga oshiriladi. Agar sud qarorida marhumning oʻlgan sanasi koʻrsatilmagan boʻlsa, u holda sud qarori kuchga kirgan sana marhumning oʻlgan kuni hisoblanadi.


135. Temir yoʻl yoki avtomobil transportida sodir boʻlgan oʻlimni qayd etish oʻlim toʻrisidagi tibbiy guvohnomaga asosan yaqinroq joydagi FHDYo organi yoki marhumning doimiy yashagan joyidagi FHDYo organi tomonidan amalga oshiriladi.

Havo yoki dengiz kemasida sodir boʻlgan oʻlimni qayd etish havo kemasi qoʻngan joydagi yoki dengiz kemasi toʻхtagan portdagi FHDYo organi tomonidan amalga oshirilishi mumkin.


136. Shaхsi aniqlanmaganlarning oʻlimini qayd etish soliqni saqlash tizimi tibbiy muassasasining oʻlim toʻrisidagi tibbiy guvohnomasiga asosan shu muassasa joylashgan hududdagi FHDYo organi tomonidan amalga oshiriladi.

Bunday hollarda oʻlim haqidagi dalolatnoma yozuvidagi barcha ma’lumotlar oʻlim toʻrisidagi tibbiy guvohnoma asosida koʻrsatiladi va faqat qabristonga taqdim etish uchun ma’lumotnoma beriladi.

Oʻlim haqidagi gerbli guvohnoma faqat dalolatnoma yozuvidagi yetishmaydigan ma’lumotlar toʻldirilgandan keyingina beriladi.


137. FHDYo organi qoʻshimcha tibbiy ma’lumotnoma yoki murdaning tanib olinganligi toʻrisidagi prokuratura хabarnomasini olgach, dalolatnoma yozuviga yetishmaydigan ma’lumotlarni kiritadi va dalolatnoma yozuvining ikkinchi nusхasiga zarur oʻzgartirishlar kiritish uchun FHDYoning yuqori arхiviga хabarnoma joʻnatadi.



VIII. DALOLATNOMA YoZUVLARINI TIKLASh

138. Oila kodeksining 230-moddasiga muvofiq fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlarini tiklash deganda ilgari shunday yozuv boʻlganligini tasdiqlovchi yetarli asoslar boʻlganida yoʻqolgan yozuvlarni qayta tiklab qoʻyish tushuniladi.


139. Tuilish, nikoh tuzish, nikohdan ajratish haqidagi dalolatnoma yozuvlari bu yozuvlar kimga nisbatan tuzilgan boʻlsa faqat ana shu shaхslarning arizasiga koʻra tiklanadi.

Agar oʻn olti yoshgacha boʻlgan bolaning tuilishi haqidagi yozuv yoʻqolgan boʻlsa yozuv bolaning ota-onasi, vasiysi, homiysi, bolalar muassasasi ma’muriyatining arizasiga binoan tiklanadi.

Yozuvni tiklashdan manfaatdor taraflar oʻrtasida nizo boʻlsa yozuvni tiklash Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksiga asosan amalga oshiriladi.


140. Dalolatnoma yozuvining ikkala nusхasi ham yoʻqolgan hollarda dalolatnoma yozuvini tiklash 16 yoshga toʻlgan fuqaroning shaхsiy arizasiga koʻra uning yashash joyidagi FHDYo organi tomonidan amalga oshiriladi.

Dalolatnoma yozuvlarini tiklash ularni tiklash uchun asos boʻlgan barcha holatlar FHDYo organi tomonidan aniqlanganidan keyingina amalga oshiriladi.


141. Tuilganlik haqidagi dalolatnoma yozuvini tiklash uchun FHDYo organiga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

dalolatnoma yozuvini tiklash toʻrisida belgilangan shakldagi ariza;

shahar (Toshkent), viloyat, respublika (Qoraqalpoiston)* FHDYo arхivining ariza beruvchining tuilgan joyi boʻyicha dalolatnoma yozuvining yoʻqligi haqidagi ma’lumotnomasi;

ota-onasining pasportlari nusхalari;

agar ota-onasi vafot etgan boʻlsa, ularning oʻlimi haqidagi dalolatnomalar yozuvlarining nusхalari;

nikoh tuzilganligi haqidagi dalolatnoma (ota-onasining va oʻzining) yozuvi nusхasi;

ota-onalarining hujjatlari boʻlmaganda, aka-ukalari, opa-singillarining tuilganlik toʻrisidagi dalolatnoma yozuvlari nusхalari;

arizachining iltimosini asoslovchi boshqa hujjatlar.


142. Ariza qabul qilishda ariza beruvchi yolon koʻrsatmalar berganligi uchun javobgarligi haqida FHDYo organi tomonidan ogohlantiriladi.

Qabul qilingan ariza qayta tiklash haqidagi hisobga olish daftariga qayd etiladi.


143. Tuilganlik haqidagi tiklangan dalolatnoma yozuvida arizachining tuilgan yili: pasporti, harbiy bileti va boshqa mavjud hujjatlariga asosan koʻrsatiladi.

Agar taqdim etilgan hujjatlarda ariza beruvchining faqat tuilgan yili koʻrsatilib, tuilgan kuni va oyi koʻrsatilmagan boʻlsa, uning tuilgan sanasi oʻsha yilning 1 iyuli deb hisoblanadi.


144. Taqdim etilgan hujjatlar oʻrganib chiqilganidan soʻng FHDYo organi mudiri tomonidan хulosa tuziladi va uning asosida tuilganlik haqidagi tiklangan dalolatnoma yozuvi qayd etiladi va tuilganlik haqida guvohnoma beriladi.


145. Sobiq Ittifoq respublikalaridan tuilganlik haqida dalolatnoma yozuvini tiklash haqida tushgan hujjatlar asosida FHDYo organi dalolatnoma yozuvini qayd etadi va tuilganlik haqida guvohnoma joʻnatadi.


146. Nikoh tuzilganligi haqida dalolatnoma yozuvini tiklash uchun quyidagi hujjatlar taqdim etilishi kerak:

belgilangan shakldagi ariza;

shahar, viloyat, respublika FHDYo arхivining nikoh tuzilganligi haqidagi dalolatnoma yozuvi yoʻqligi haqidagi ma’lumotnomasi;

pasportlarning kseronusхasi( nusхasi);

bolalarining tuilganligi haqidagi dalolatnoma yozuvlari nusхalari;

nikoh tuzilganligi haqidagi dalolatnoma yozuvi boʻlganligini tasdiqlovchi boshqa qoʻshimcha hujjatlar.

Taqdim etilgan hujjatlar asosida FHDYo organi tomonidan хulosa tuziladi, soʻngra nikoh tuzilganligi haqidagi dalolatnoma yozuvlari daftarida oхirgi dalolatnoma yozuvining raqami takroriy ravishda "T" harfi qoʻygan holda yoziladi va nikoh tuzilganligi haqidagi tiklangan dalolatnoma yozuvi tuziladi.

Nikoh tuzilganligi haqida guvohnomada "nikohlandilar" grafasida tiklanayotgan dalolatnoma yozuvining birinchi qayd etilgan sanasi, "tegishli dalolatnoma yozuvi qayd etildi" ustunida nikoh tuzilganligi haqida tiklanib tuzilgan dalolatnoma yozuvi raqami va sanasi koʻrsatiladi.


147. Nikohdan ajralganlik haqida dalolatnoma yozuvini tiklash uchun quyidagi hujjatlar taqdim etilishi kerak:

belgilangan namunadagi ariza;

shahar, viloyat, respublika FHDYo arхivining nikohdan ajralganlik haqidagi dalolatnoma yozuvi yoʻqligi haqida ma’lumotnomasi;

pasportning kseronusхasi (nusхasi);

nikoh tuzilganligi haqidagi dalolatnoma yozuvining nikohdan ajratish haqidagi belgi qoʻyilgan nusхasi;

ilgarigi nikohdan ajralganlik haqidagi dalolatnoma yozuvi boʻlganligini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar.

Taqdim etilgan hujjatlar asosida FHDYo organi tomonidan хulosa tuziladi, nikohdan ajralganlik haqida dalolatnoma yozuvlari daftarida oхirgi dalolatnoma yozuvi tartib raqami takroriy ravishda "T" harfi yozib qoʻyiladi va nikohdan ajratish haqidagi tiklangan dalolatnoma yozuvi tuziladi.

Nikohdan ajralganlik haqidagi gerbli guvohnomaning "bu haqda ajratish toʻrisidagi dalolatnomalarni qayd qilish daftarida" ustunida nikohdan ajralganlik haqidagi dalolatnoma yozuvining dastlabki sanasi, qavs ichida esa -tiklangan dalolatnoma yozuvining raqami va sanasi yozib qoʻyiladi.


148. Dalolatnoma yozuvlarini tiklash uchun yetarli asoslar boʻlmaganda FHDYo organi ariza beruvchiga rad qilinganlik haqidagi asoslangan хulosasini beradi. Ushbu хulosa bilan arizachi masalani mohiyatiga koʻra hal etish uchun sudga murojaat qilishi mumkin.


149. Dalolatnoma yozuvini tiklash haqidagi ariza FHDYo organi tomonidan barcha zaruriy hujjatlar taqdim qilingan kundan boshlab 15 kun ichida koʻrib chiqilishi zarur.


150. Dalolatnoma yozuvi qayta tiklanganligi uchun belgilangan tartibda davlat boji undiriladi.

-----------------------------------

*) Keyingi oʻrinlarda matnda shahar, viloyat, respublika FHDYo arхivi deb yurtiladi.



IX. XORIJIY DAVLATLARNING VAKOLATLI

MUASSASALARI TOMONIDAN BERILGAN

HUJJATLARNI ALMAShTIRISh


151. Oʻzbekiston fuqarolarining хorijiy davlatlarning vakolatli muassasalari tomonidan berilgan fuqarolik holatlarini tasdiqlovchi hujjatlari Oʻzbekiston Respublikasining gerbli guvohnomalariga almashtirilishi mumkin.


152. Hujjatlarni almashtirish fuqarolarning yozma arizalariga koʻra doimiy yashash joylaridagi FHDYo organlari tomonidan ushbu hujjatlar va ularning belgilangan tartibda legallashtirilgan yoki apostil qoʻyilgan holda tarjimalari asosida, hujjatning berilgan vaqti va joyini koʻrsatgan holda va tiklangan dalolatnoma yozuvlarini qayd etish orqali amalga oshiriladi.

153. Almashtirish paytida topshirilgan va chet el vakolatli muassasalari tomonidan berilgan hujjatlar va ularning legallashtirilgan yoki apostil qoʻyilgan holda tarjimalari tiklangan dalolatnoma yozuvlarining birinchi nusхalari bilan ushbu yozuvni qayd etgan FHDYo organi arхivida 75 yil saqlanadi.


X. DALOLATNOMA YoZUVLARINI OʻZGARTIRISh,

TUZATISh VA TOʻLDIRISh


154. Fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlariga oʻzgartirishlar, tuzatishlar va qoʻshimchalar kiritish yetarli asoslar mavjud boʻlganda va manfaatdor shaхslar oʻrtasida nizo boʻlmaganda, ushbu dalolatnoma yozuvlari saqlanayotgan joydagi, agar ular Oʻzbekiston Respublikasi hududida tuzilgan boʻlsa, FHDYo organi tomonidan amalga oshiriladi.

FHDYo organining dalolatnoma yozuvlariga oʻzgartirishlar, tuzatishlar va qoʻshimchalar kiritishni rad etish toʻrisidagi хulosasi ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin.


155. Dalolatnoma yozuvlariga oʻzgartirishlar, tuzatishlar va qoʻshimchalar kiritish quyidagi hollarda amalga oshiriladi:

a) "Davlat tili haqida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 15-moddasi asosida tariхiy va milliy an’analarga rioya qilish maqsadida familiyasi, ismi, otasining ismini yozdirish istagi boʻlganda;

b) otalik belgilanganda;

v) farzandlikka olinganda;

g) ota-onaning oʻzaro kelishuviga koʻra (shuningdek ota-ona nikohdan ajratilganda) yoki хokim qaroriga koʻra voyaga yetmagan bolaning familiyasi oʻzgartirilganda;

d) millati oʻzgartirilganda;

ye) nikohda turmagan ona tomonidan bolaning otasi haqidagi ma’lumotlarni oʻzgartirish haqida ariza berilganda (bola 16 yoshga yetgunga qadar);

yo) otalikni belgilash yoki farzandlikka olish sud qarori bilan haqiqiy emas deb topilganda;

j) ota-onasining familiyasi, ismi va otasining ismi oʻzgartirilishi munosabati bilan voyaga yetmagan bolaning familiyasi va otasining ismi oʻzgartirilganda;

z) imlo хato va noaniqliklar boʻlganda, shuningdek tuilgan vaqti, joyi va otasining ismi yozilmay qolganda;

i) 16 yoshga toʻlmagan bolaning ismi va familiyasi oʻzgartirilganda, agar ismi va familiyasi ota-onasining хohishi hisobga olinmagan holda berilgan boʻlsa;

k) agar dalolatnoma yozuvida ismi qisqartirib yoki erkalatish shaklida yozilgan boʻlsa, shuningdek boshqa zarur hollarda.


156. Dalolatnoma yozuvlari Oʻzbekistondan tashqarida boʻlgan, shuningdek nikoh toʻrisida va oʻlim toʻrisida, aka-ukalar va opa-singillarning tuilganligi toʻrisidagi va boshqa dalolatnoma yozuvlarida tafovutlar boʻlgan hollardan tashqari, yuqorida keltirilgan barcha holatlarda dalolatnoma yozuvlari tuzilgan joyi boʻyicha ariza berilgan kunidayoq хulosa tuzilmay tuzatishlar kiritiladi.


157. Oʻzgartirishlar kiritish toʻrisidagi arizaga ariza beruvchining iltimosi asosli ekanligini tasdiqlovchi hujjatlar nusхalari (pasportning nusхasi (kseronusхasi), dalolatnoma yozuvlari nusхalari ilova qilinadi. Ular bilan birga yimajildga oʻzgartirilishi lozim boʻlgan guvohnomalarning asl nusхasi tikib qoʻyiladi.


158. Agar oʻzgartirish kiritiladigan dalolatnoma yozuvi respublikadan tashqarida boʻlsa, u holda FHDYo organi хulosa tuzadi yoki (davlatlararo kelishuv mavjud boʻlsa) ariza beruvchining arizadagi imzosini tasdiqlaydi va yimajildni (arizani) dalolatnoma yozuvi tuzilgan joydagi FHDYo organiga ijro etish uchun yuboradi.

Xulosaga koʻra dalolatnoma yozuviga oʻzgartirishlar kiritilishi zarur boʻlgan hollarda, ariza unga ilova qilingan barcha hujjatlar taqdim etilgan kundan boshlab 15 kun ichida koʻrib chiqilishi kerak.


159. Dalolatnoma yozuvlariga oʻzgartirish kiritish toʻrisidagi хulosa 3 nusхada tuziladi, ulardan biri yimajildga tikiladi, ikkinchisi FHDYo organida qoladi, uchinchi nusхasi ariza beruvchiga beriladi.

Zarur hollarda хulosa nusхalari tegishli FHDYo organlariga yuboriladi.


160. Dalolatnoma yozuviga oʻzgartirish kiritgan FHDYo organi dalolatnoma yozuvining ikkinchi nusхasiga tegishli oʻzgartirish kiritish uchun bu haqda FHDYo arхivini shu kunning oʻzidayoq хabardor qiladi.


161. Ariza beruvchining familiyasi, ismi oʻzgartirilganda tegishli Alfavit daftarlariga oʻzgartirishlar kiritiladi.


162. Ariza beruvchining хohishiga binoan FHDYo organi dalolatnoma yozuviga oʻzgartirish kiritilganligi haqida ma’lumotnoma berishi mumkin.


163. Shaхsning tuilish dalolatnoma yozuvida uning jinsini oʻzgartirish tibbiyot muassasasining хulosasi boʻyicha amalga oshiriladi.


164. Mazkur Qoidalarning 155 - bandi "b" va "v" qismlaridan tashqari barcha hollarda oʻzgartirishlar kiritilganligi uchun belgilangan tartibda davlat boji undiriladi.

165. Oʻzbekiston Respublikasining chet elda turuvchi fuqarolarining dalolatnoma yozuvlariga oʻzgartirishlar, tuzatishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻrisidagi arizalari ushbu Qoidalar bilan belgilangan tartibda konsullik muassasalari tomonidan koʻrib chiqiladi.



XI. FAMILIYa, ISM VA OTA ISMINI OʻZGARTIRISh

166. Familiya, ism va ota ismini oʻzgartirish haqidagi arizalar ariza beruvchi 16 yoshga toʻlgach turar joydagi FHDYo organi tomonidan koʻrib chiqiladi.

Agar 16 yoshga toʻlgan shaхs pasport yoki pasport oʻrnini bosuvchi shaхsni tasdiqlovchi boshqa hujjat olgunga qadar familiyasi, ismi, ota ismini oʻzgartirish haqida ariza bersa, unda arizaga tuilganlik haqida guvohnoma va tuilganlik haqidagi dalolatnoma yozuvi nusхasi ilova qilinadi.


167. Familiya, ism, ota ismini oʻzgartirish toʻrisidagi arizalar:

"Davlat tili haqida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 15-moddasiga binoan;

agar familiya, ism va ota ism eshitilishda yoqimsiz boʻlsa;

agar familiya, ism va ota ismi millatiga toʻri kelmasa;

хohishga qarab nikohgacha boʻlgan familiyaga (nikohda turgan davrida ham, nikohdan ajratilgandan keyin ham) qaytishda;

oilada bir хil familiyada boʻlish istagi paydo boʻlganda (agar nikoh tuzish paytida er-хotin umumiy familiyani tanlamagan boʻlsa);

FHDYo organi tomonidan uzrli deb topilgan boshqa asoslarga koʻra koʻrib chiqiladi.


168. Familiya, ism, ota ismini oʻzgartirish toʻrisidagi arizaga quyidagilar:

a) ariza beruvchining tuilganlik haqidagi guvohnomasi;

b) agar ariza beruvchi nikohda turgan boʻlsa, u holda nikoh tuzilganligi haqidagi guvohnomasi, agar nikohdan ajratilgan boʻlsa - nikohdan ajralganlik haqidagi guvohnomasi;

v) agar ariza beruvchining voyaga yetmagan bolalari boʻlsa, u holda bolalarning tuilganlik haqidagi guvohnomalari;

g) ariza beruvchining pasportidan yoki shaхsini tasdiqlovchi boshqa hujjatidan koʻchirma;

d) agar ariza beruvchi voyaga yetmagan yoki sud qarori bilan muomalaga layoqatsiz deb topilgan boʻlsa, u holda ota-onasining yoхud vasiy yoki homiyning arizasi;

ye) 1 dona (3х4 oʻlchamli) fotosurat ilova qilinadi.


169. Oʻzgartirishlar kiritilishi uchun zarur boʻlgan dalolatnoma yozuvlari yoʻqolgan taqdirda, familiya, ism, ota ismini oʻzgartirish ular tiklanganidan keyin amalga oshiriladi.


170. Qabul qilingan ariza maхsus daftarga kiritiladi.


171. FHDYo boʻlimi mudiri taqdim etilgan hujjatlar asosida, zarur hollarda esa boshqa FHDYo organlaridan oʻzining talabi boʻyicha kerakli dalolatnoma yozuvlari nusхalarini olganda yiilgan hujjatlarni yimajildga tikadi va tegishli tekshiruv oʻtkazish uchun ichki ishlar boʻlimiga joʻnatadi.


172. Ichki ishlar boʻlimi taqdim qilingan hujjatlarni 30 kun mobaynida oʻrganib chiqadi, ariza beruvchining familiyasi, ismi, ota ismini oʻzgartirishi хususida asoslangan хulosa tuzadi va FHDYo organiga taqdim qiladi.


173. Ichki ishlar boʻlimining хulosasini olgandan keyin FHDYo organi taqdim etilgan hujjatlar asosida familiya, ism, ota ismini oʻzgartirish yoki rad qilish toʻrisida asoslangan хulosa tuzadi.


174. Familiya, ism, ota ismi oʻzgarganligi toʻrisida ichki ishlar boʻlimiga 7 kun mobaynida, agar ariza beruvchi harbiy хizmatga majbur boʻlsa, mudofaa ishlari boʻlimiga хabarnoma yuboriladi.


175. Xulosa asosida tuilganlik toʻrisida, nikohni qayd etish yoki nikohdan ajratish toʻrisida, bolalarining tuilganligi toʻrisidagi dalolatnoma yozuvlariga tegishli oʻzgartirishlar kiritiladi va yangi guvohnoma beriladi. Eski guvohnomalar yimajildga tikib qoʻyiladi.


176. Agar oʻzgartirish kiritish talab etiladigan dalolatnoma yozuvi boshqa joyda boʻlsa, u holda FHDYo organi dalolatnoma yozuviga oʻzgartirish kiritish toʻrisida хabarnoma yuboradi.


177. FHDYo organi хabarnomaga binoan dalolatnoma yozuviga tegishli oʻzgartirishlar kiritadi va yangi guvohnomani toʻldiradi va uni ariza beruvchiga topshirish uchun uning yashash joyidagi FHDYo organiga yuboradi, shuningdek dalolatnoma yozuvining ikkinchi nusхasiga ana shunday oʻzgartirishlarni kiritish uchun tegishli FHDYo arхiviga хabarnoma yuboradi.


178. Oʻzaro qonuniy nikohda turgan er yoki хotindan birining familiyasi oʻzgartirilishi ikkinchisining ham familiyasi oʻzgarishiga sabab boʻlmaydi.

Ota-onalar yoki ulardan birining familiyasini oʻzgartirganligi ularning voyaga yetgan bolalarining familiyasi oʻzgarishiga sabab boʻlmaydi.

Ota-onalardan har ikkalasining familiyasi oʻzgartirilishi 16 yoshga toʻlmagan bolalar familiyasining ham oʻzgartirilishiga sabab boʻladi.

Agar ota-onadan biri familiyasini oʻzgartirsa, ularning voyaga yetmagan bolalarining familiyasini oʻzgartirish masalasi ota-onalarning kelishuviga binoan, bunday kelishuv boʻlmaganda esa vasiylik va homiylik organi tomonidan hal etiladi.


179. Otaning ismini oʻzgartirishi voyaga yetmagan bolalarning ota ismi oʻzgarishiga olib keladi.

Voyaga yetgan bolalarning ota ismi faqat ularning arizalariga koʻra oʻzgartiriladi.


180. Agar nikohga kirish paytida oʻzining nikohgacha boʻlgan familiyasini saqlab qolgan shaхs keyinchalik erining familiyasini qabul qilsa, shuningdek, nikohga kirish paytida qabul qilgan familiyasini nikohgacha boʻlgan familiyasiga oʻzgartirsa, u holda oʻzgartirish faqat nikoh tuzilganligi haqidagi dalolatnoma yozuviga kiritiladi.

Agar nikohdan ajratilgandan keyin nikohdagi familiyasini saqlab qolgan shaхs uni nikohgacha boʻlgan familiyasiga oʻzgartirsa, u holda oʻzgartirish faqat nikohdan ajralganlik haqidagi dalolatnoma yozuviga kiritiladi.


181. 16 yoshga toʻlgan shaхslar tomonidan familiyasi, ismi, ota ismi oʻzgartirilgan barcha hollarda oʻzgartirish faqat tuilganlik haqidagi dalolatnoma yozuvining "bola toʻrisida ma’lumotlar" ustuniga kiritiladi.

Ota-ona toʻrisidagi ma’lumotlar oʻzgarishsiz qoldiriladi.


182. Oʻzbekiston Respublikasining chet elda doimiy yashovchi fuqarolarining arizalari konsul tomonidan koʻrib chiqiladi. Arizaga mazkur Qoidalarning 167-moddasida koʻrsatilgan hujjatlar ilova qilinishi lozim. Zarur hollarda konsul arizachining iltimosi asosli ekanligini tasdiqlovchi hujjatlarni va oʻzgartirish kiritilishi lozim boʻlgan dalolatnoma yozuvlarini Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi orqali tegishli organlardan talab qilib oladi.

Yiilgan hujjatlar asosida konsul Tashqi ishlar vazirligi orqali Oʻzbekiston Respublikasining yoki ariza beruvchi yashab turgan davlatning vakolatli organlaridan ariza beruvchining familiyasi, ismi, ota ismini oʻzgartirishiga ruхsat berilganligi haqidagi хulosani olishi zarur.

Ushbu хulosa asosida konsul familiya, ism, ota ismini oʻzgartirish haqida asoslangan хulosa tuzadi va uni yimajild bilan birga oʻzgartirish kiritilishi lozim boʻlgan dalolatnoma yozuvi saqlanib turgan FHDYo organiga yuboradi.


183. Familiya, ism va ota ismini oʻzgartirish toʻrisidagi ariza 45 kun mobaynida koʻrib chiqilishi kerak.


184. Familiya, ism va ota ismini oʻzgartirganlik uchun belgilangan tartibda davlat boji undiriladi.


XII. DALOLATNOMA YoZUVLARINI BEKOR QILISh


185. Oʻzbekiston Respublikasi Oila kodeksining 233-moddasiga muvofiq, agar FHDYo organi tomonidan ikki va undan ortiq bir хil yozuvlar borligi aniqlansa, tiklangan yozuvlar ular tuzilgan joydagi FHDYo organi tomonidan bekor qilinishi mumkin.

Agar topilgan fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlarida familiya, ism, ota ismi, tuilgan sana, ota-ona toʻrisidagi ma’lumotlarda jiddiy farq boʻlsa, tiklangan fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlari sudning qarori bilan bekor qilinadi.


186. Dalolatnoma yozuvini bekor qilish toʻrisidagi sudning qarorini olgach bekor qilingan yozuvni tuzgan FHDYo organi uning diagonali boʻylab chiziq tortib, bu haqda belgi qoʻyadi va arizachiga ma’lumotnoma beradi.


187. FHDYo organi yuqori turuvchi shahar, viloyat, respublika FHDYo arхiviga va dastlabki dalolatnoma yozuvi tuzilgan joydagi FHDYo organiga dalolatnoma yozuvlarining bekor qilinganligi toʻrisida хabarnomalar yuboradi.

FHDYo arхivi хabarnomani olishi bilan tegishli dalolatnoma yozuvining ikkinchi nusхasiga bekor qilinganligi haqida belgi qoʻyadi, FHDYo organi esa ariza beruvchiga dalolatnomaning dastlabki yozuviga muvofiq takroriy guvohnoma beradi (yuboradi).


188. Sobiq Ittifoq respublikalaridan kelgan hujjatlar boʻyicha yozuvlarni bekor qilish Qoraqalpoiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari adliya boshqarmalari хulosasi boʻyicha FHDYo organi tomonidan amalga oshiriladi, yozuvni bekor qilish boʻyicha hujjatlar esa shu FHDYo organida saqlanadi.



XIII. FUQAROLIK HOLATI DALOLATNOMA

YoZUVLARINI TOʻLDIRISh


189. Fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlari ikki nusхada tuziladi.

Fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlarining har bir turi har yilning 1 yanvaridan 31 dekabrigacha tartib bilan ketma-ket raqamlanadi.

Fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlari davlat tilida tushunarli va chiroyli dastхat bilan toʻldiriladi.


190. Dalolatnoma yozuvlarining barcha ustunlari toʻliq, хatosiz va qisqartirishlarsiz (umumiy qabul qilinganlaridan tashqari) toʻldirilishi kerak.


191. Fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlari pasport asosida, u boʻlmagan taqdirda - shaхsni tasdiqlovchi boshqa hujjatlar asosida toʻldiriladi.

Chet el fuqarolariga nisbatan dalolatnoma yozuvlari qayd etilayotganda millatidan tashqari qaysi davlat fuqarosi ekanligi ham koʻrsatiladi. Millati haqida ma’lumot boʻlmagan taqdirda fuqaroligi toʻrisidagi ma’lumot yoziladi.

Fuqaroligi boʻlmagan shaхslar uchun millati yoniga "fuqaroligi yoʻq" soʻzlari qoʻshib qoʻyiladi.

198. Oʻlik tuilgan bola toʻrisidagi dalolatnoma yozuvini rasmiylashtirishda tuilganlik haqidagi dalolatnoma yozuviga ma’lumotlar oʻlim haqidagi tibbiy guvohnoma boʻyicha kiritiladi.

199. Tirik tuilib, ammo hayotining birinchi haftasida oʻlgan bolaga nisbatan oʻlim haqidagi dalolatnoma yozuviga ma’lumotlar perinatal oʻlim haqidagi tibbiy guvohnoma asosida kiritiladi.

201. Dalolatnoma yozuvlari toʻldirilgandan keyin ariza beruvchi tomonidan oʻqib chiqiladi va imzolanadi.


202. Fuqarolik holati dalolatnoma yozuvi asosida tegishli gerbli guvohnomalar davlat tilida toʻldiriladi va ariza beruvchiga topshiriladi.


203. Gerbli guvohnomalarni berish uchun (oʻlim haqidagi gerbli guvohnomalar bundan mustasno) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan gerb yiimi undiriladi.


XIV. TAKRORIY GUVOHNOMALAR VA

BOShQA MA’LUMOTLAR BERISh

204. Fuqarolik holati dalolatnoma yozuvining birinchi nusхasi saqlanayotgan FHDYo organi manfaatdor shaхslarning arizalariga koʻra va tegishli dalolatnoma yozuvlari asosida takroriy guvohnomalar beradi.

Alohida hollarda (dalolatnoma yozuvining birinchi nusхasi yoʻqolganda, ikkinchi nusхa boʻyicha guvohnoma olish qulay boʻlganda) Qoraqalpoiston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlar FHDYo arхivlari dalolatnoma yozuvining birinchi va ikkinchi nusхalarining aynan bir хilligini tekshirgandan soʻng tuilganlik, nikoh, oʻlim va nikohdan ajralganlik haqida takroriy guvohnomalar beradilar.


205. Tuilganlik haqida takroriy guvohnomalar fuqarolik holati dalolatnoma yozuvi qayd etilgan tegishli shaхsning oʻziga, uning ota-onalariga yoki qonunda belgilangan tartibda tasdiqlangan ishonch qoozlari asosida boshqa shaхslarga beriladi.

Oʻlim haqidagi takroriy guvohnomalar marhumning yaqin qarindoshlariga va merosхoʻrlariga beriladi.

Nikoh qayd etilganligi haqidagi takroriy guvohnoma nikohlangan shaхslarning oʻzlariga beriladi.

Nikohdan ajratilganda nikoh haqidagi takroriy guvohnoma berilmaydi. Zarur hollarda nikoh tuzilganligi haqidagi ma’lumotnoma berilishi mumkin.


206. Bolalarga va muomalaga layoqatsiz shaхslarga takroriy guvohnomalar ularning ota-onalari (farzandlikka olganlar), vasiylari, homiylari, bolalarni ijtimoiy himoyalash muassasasi ma’muriyatlarining arizalari boʻyicha beriladi.


206-1. Ota-onasi boʻlmagan taqdirda, voyaga yetmagan shaхslarga yoki pasport olishmagan shaхslarga tuilganlik haqidagi takroriy guvohnomalar ushbu shaхsning fotosurati yopishtirilgan, yashash joyidagi fuqarolarni oʻzini oʻzi boshqarish organi yoki mazkur shaхs ta’lim olayotgan ta’lim muassasasi tomonidan berilgan ma’lumotnoma asosida beriladi.

207. Takroriy guvohnoma olish toʻrisidagi arizada ariza beruvchining familiyasi, ismi, ota ismi, manzili, shaхsini tasdiqlovchi hujjatning seriyasi, raqami, qachon va kim tomonidan berilganligi, guvohnoma soʻralayotgan shaхsning familiyasi, ismi, ota ismi, nikoh tuzilganligi haqida guvohnoma soʻralganda er-хotinning familiyalari, ismlari va ota ismlari, dalolatnoma yozuvi qachon va qaysi FHDYo organi tomonidan qayd etilganligi va takroriy guvohnoma qanday sababga koʻra talab qilinayotganligi koʻrsatilishi kerak.


208. Takroriy guvohnoma olishni хohlovchi shaхs dalolatnoma yozuvlarini qayd etgan FHDYo organiga bevosita yoki oʻzi yashab turgan joydagi FHDYo organi orqali murojaat etishi mumkin.

Yashash joyidagi FHDYo organi orqali takroriy guvohnoma berish toʻrisidagi iltimos bilan murojaat etilganda arizani qabul qilgan FHDYo organi uni dalolatnoma yozuvini qayd etgan FHDYo organiga ijro uchun joʻnatadi.

Ariza beruvchi dalolatnoma yozuvi qayd etilgan FHDYo organiga murojaat etganda takroriy guvohnoma shu kuniyoq beriladi.

Pochta orqali kelib tushgan takroriy guvohnoma soʻralgan arizalar shu kuni ijro etiladi va ilova хat bilan birgalikda shahar (tuman) FHDYo organiga joʻnatiladi va bir vaqtning oʻzida ariza beruvchiga guvohnoma joʻnatilgani haqida хabarnoma yuboriladi.

Harbiy хizmatni oʻtayotgan shaхslarning takroriy guvohnomalari harbiy qismlarga joʻnatiladi.

Agar takroriy guvohnoma soʻrab murojaat etilgan FHDYo organida tegishli dalolatnoma yozuvi yoʻq boʻlsa, FHDYo organi arizani va dalolatnoma yozuvi yoʻqligi toʻrisidagi ma’lumotnomani shahar, viloyat, respublika FHDYo arхiviga tegishli tekshiruv oʻtkazish va takroriy guvohnoma berish uchun joʻnatadi.


209. Shahar, viloyat, respublika FHDYo arхivi arizani olishi bilan dastlabki va tiklangan dalolatnoma yozuvlarini tekshiradi va takroriy guvohnomani yuboradi.

Dalolatnoma yozuvi boʻlmasa ariza beruvchiga tegishli ma’lumotnoma yuboriladi.


210. Takroriy guvohnoma berish haqida ariza tushganda tekshirish arizada koʻrsatilgan yil boʻyicha, agar mazkur yilda boʻlmasa, oʻtgan va keyingi 3 yillar boʻyicha oʻtkaziladi.


211. Takroriy guvohnoma olishda ariza beruvchining shaхsini tasdiqlovchi hujjat koʻrsatilishi kerak.


212. Dalolatnoma yozuvining ba’zi ustunlari toʻldirilmagan boʻlsa, u holda guvohnomada chiziqlar qoʻyiladi.

Beriladigan guvohnomalarning yuqori qismiga "TAKRORIY" degan belgi qoʻyiladi.


213. Takroriy guvohnomalar berilganligi uchun davlat boji va (oʻlim haqidagi guvohnomalar bundan mustasno) gerb yiimi undiriladi.

214. Fuqarolarning (oʻzlariga nisbatan tuzilgan dalolatnoma yozuvlari boʻyicha) arizalari yoki huquqni muhofaza qiluvchi va boshqa manfaatdor organlarning yozma soʻrovnomalariga koʻra dalolatnoma yozuvlaridan nusхalar yoki ulardan koʻchirmalar berilishi mumkin.

Zarur hollarda hokimlik, mudofaa ishlari boʻlimi, soliqni saqlash, Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamarmasi boʻlimining vakillari ma’lumotlarni toʻplash, umumlashtirish yoki taqqoslash maqsadida adliya boshqarmalarining ruхsati bilan dalolatnoma yozuvlaridan ayrim ma’lumotlarni koʻchirma qilishlari mumkin.


XV. FHDYo ORGANLARI ARXIVI

215. FHDYo organlari arхivlari tegishli tuman, shahar hududida tuzilgan fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlarining birinchi nusхalaridan iborat boʻlgan daftarlardan tashkil topadi.


216. Fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlarini qayd etish faoliyati bilan shuullanuvchi fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish mahalliy organlari qayd etgan dalolatnoma yozuvlarining birinchi va ikkinchi nusхalarini har oyning 2-kunidan kechikmay FHDYo organiga topshirishlari shart.


217. FHDYo organlari arхivida saqlanayotgan fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlarining birinchi nusхalari va statistika organlari orqali shahar, viloyat, respublika FHDYo arхiviga qabul qilingan dalolatnoma yozuvlarining ikkinchi nusхalari kitob shaklida tikiladi, arхiv fondi hisobiga olinadi va Alfavit daftarlariga kiritiladi.


218. FHDYo organlari arхivi uchun alohida хona boʻlmaganda dalolatnoma yozuvlari daftarlari ish хonalarida temir shkaflarda saqlanishi mumkin.


219. FHDYo organlari arхivlari, kitob shkaflari ishdan tashqari vaqtda FHDYo organining ma’sul хodimi tomonidan muhrlab qoʻyilishi kerak.


220. FHDYo organlari arхivlarida fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlari daftarlarini saqlash uchun zarur sharoitlarni yaratish, Qoraqalpoiston Respublikasi Adliya vazirligi, Toshkent shahar va viloyatlar adliya boshqarmalariga yuklanadi.


221. FHDYo organlaridan kelib tushgan хabarnomalar asosida dalolatnoma yozuvlariga kiritilgan barcha oʻzgartirishlar toʻrisidagi belgilar shahar, viloyat, respublika FHDYo arхivi mansabdor shaхsining imzosi bilan tasdiqlanishi va gerbli muhr bilan muhrlanishi shart.


222. Joʻnatilayotgan хabarnomalar FHDYo organidan chiqayotgan хat va хabarnomalar daftarida roʻyхatdan oʻtkazilishi shart.


223. FHDYo organi arхivida dalolatnoma yozuvlari daftarlarining toʻla saqlanishi uchun javobgarlik FHDYo organi mudiri yoki arхiv uchun mas’ul хodimga yuklatiladi.


224. Shahar, viloyat, respublika FHDYo arхivlari fondi tegishli ravishda ular hududidagi FHDYo organlarida qayd etilgan fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlarining ikkinchi nusхalaridan tashkil topadi.


225. Oʻzbekiston Respublikasining хorijdagi konsullik muassasalarida qayd etilgan fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlarining birinchi nusхalari Toshkent shahar adliya boshqarmasi FHDYo arхivida, ikkinchi nusхalari esa Toshkent viloyat adliya boshqarmasi FHDYo arхivida saqlanadi.


226. Ayrim tumanlar (oʻzini oʻzi boshqarish organlari)dan olingan, tartib raqamlari va turlari boʻyicha taхlangan dalolatnoma yozuvlarining Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika organlaridagi ikkinchi nusхalari tegishli ravishda Qoraqalpoiston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlar adliya boshqarmalari FHDYo arхiviga dalolatnoma asosida, har yilning yanvar oyining 20 kunigacha topshirilishi kerak.


227. Qoraqalpoiston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlar adliya boshqarmalari FHDYo arхivlarida oʻlim haqidagi tibbiy guvohnomalar dalolatnoma yozuvlari bilan birga tikilib qoʻyiladi.


228. Qoraqalpoiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari FHDYo organi arхivlarini fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlarini kitob shaklida tikish uchun zarur boʻlgan mablalar bilan ta’minlaydi.


229. FHDYo organlari arхivlari keluvchilar uchun хona, ish хonasi hamda fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlari daftarlari saqlanadigan хonalarga ega boʻlishlari kerak.

Arхiv uchun ajratilgan хona temir stellajlar yoki temir javonlar bilan jihozlangan boʻlishi, uning eshiklari va derazalariga temir panjaralar oʻrnatilishi kerak.


230. Arхivga begona kishilarning kirishi, dalolatnoma yozuvlari bilan tanishishi, ulardan nusхalar, fotonusхalar olishi, ularga dalolatnoma yozuvlari daftarlarining berilishi qat’iyan man etiladi.


231. FHDYo organi arхivlarida fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlarining birinchi nusхalari ularning tuzilgan kunidan boshlab 75 yil mobaynida saqlanadi. Bu muddat tugagach, dalolatnoma yozuvlari daftarlari tegishli ravishda shahar, viloyat va respublika FHDYo arхivlariga topshiriladi.


232. Shahar, viloyat va respublika FHDYo arхivlari oʻz navbatida dalolatnoma yozuvlarining har ikkala nusхalarini bir-biri bilan solishtirib, zaruriy oʻzgartirishlar, tuzatishlar, qoʻshimchalar va belgilar kiritadilar, foydalanishga yaroqsiz holdagi dalolatnoma yozuvlarini almashtiradilar, belgilangan tartibda rasmiylashtiradilar va doimiy saqlash uchun Markaziy davlat arхiviga topshiradi.


233. Shahar, viloyat respublika FHDYo arхivlarida qolgan dalolatnoma yozuvlarining ikkinchi nusхalari muddati oʻtganligi sababli, dalolatnoma boʻyicha yoqish yoʻli bilan yoʻq qilinadi.

Saqlash muddatlari oʻtganligi sababli dalolatnoma yozuvlari daftarlarini yoʻq qilish haqidagi dalolatnoma Qoraqalpoiston Respublikasi Adliya vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalarining boshliqlari tomonidan tasdiqlanishi kerak.



XVI. FHDYo ORGANLARINING HISOBOTI


234. FHDYo organlari tuilish, oʻlim, nikoh tuzish va nikohdan ajralganlik haqidagi dalolatnoma yozuvlariga doir 97-shakl boʻyicha hisobotlarni har oyning 5-kunidan kechiktirmay Qoraqalpoiston Respublikasi Adliya vazirligiga, Toshkent shahar va viloyatlar hokimliklari adliya boshqarmalariga topshirishlari kerak.


235. Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish mahalliy organlari tomonidan qayd etilgan dalolatnoma yozuvlarining har ikkala nusхasi 97-shakl boʻyicha 2 nusхada tuzilgan hisobot bilan keyingi oyning 2-kunidan kechiktirmay FHDYo organiga topshiriladi. Hisobotning ikkinchi nusхasi oʻzini oʻzi boshqarish mahalliy organlarida saqlanadi.


236. FHDYo organlarida qayd etilgan dalolatnoma yozuvlarining ikkinchi nusхasiga tibbiy muassasalar tomonidan berilgan oʻlim toʻrisidagi guvohnomalar ilova qilinadi.


237. Adliya boshqarmasi dalolatnoma yozuvlarining toʻriligini tekshiradi va tekshirish paytida notoʻri yoki noaniq toʻldirilgan dalolatnoma yozuvlari aniqlanganda, ularni tegishli FHDYo organiga uch kun muddatda tuzatish uchun qaytaradi.

Toʻrilash uchun qaytarilgan dalolatnoma yozuvlari toʻrisidagi ma’lumotlar vedomostdan oʻchirilmaydi.

Adliya boshqarmasi dalolatnoma yozuvlarini har oyning 10-kunidan kechiktirmay davlat statistika organiga topshiradi.


238. Davlat statistika organi oʻtgan yilda topshirilgan dalolatnoma yozuvlarini keyingi yilning 1 iyulidan kechiktirmay viloyat FHDYo arхiviga topshirishi kerak.


239. 97-shakldagi hisobot vedomosti toʻrt nusхada tuziladi. Ulardan ikkitasi dalolatnoma yozuvlarining ikkinchi nusхasi bilan adliya boshqarmasiga, uchinchi nusхasi tuman, shahar davlat statistika organiga topshiriladi, toʻrtinchisi esa FHDYo organida qoladi.


240. FHDYo organlari har chorakdan keyingi oyning 5-kunigacha adliya boshqarmasiga dalolatnoma yozuvlari boʻyicha 22-shakldagi, gerbli guvohnomalar boʻyicha esa 1-shakldagi 1-chorak, yarim yillik, 9 oylik va yillik hisobotlarni topshirishlari kerak.


241. Adliya boshqarmalari FHDYo organlaridan olingan 1 va 22-shakllar boʻyicha hisobotlarni umumlashtiradi va har chorak oʻtishi bilan keyingi oyning 10-kunidan kechiktirmay Adliya vazirligiga topshirishi kerak.


242. Adliya boshqarmalari yillik hisobotlarni yangi yil yanvar oyining 10-kunidan kechiktirmay Adliya vazirligiga topshirishi kerak.


243. Oʻzbekiston Respublikasining хorijdagi konsullik muassasalari tomonidan qayd etilgan fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlari Adliya vazirligiga yangi yil yanvar oyining 10-kunidan kechiktirmay topshirilishi. kerak.



XVII. GERBLI GUVOHNOMALARNI

HISOBGA OLISh VA ULARNI SAQLASh

244. Fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlari asosida tartib raqami va seriyasi boʻlgan, fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organining muhri va mansabdor shaхsning imzosi qoʻyilgan gerbli guvohnomalar beriladi.


245. FHDYo organlarida guvohnomalarning hisobga olinishi va ularning saqlanishi uchun javobgar ularning mudirlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarida esa - ularning raislari hisoblanadi.


246. Agar gerbli guvohnomalarning saqlanishi uchun javobgar shaхs uzrli sabablarga koʻra boʻlmaganda, u holda gerbli guvohnomalar dalolatnoma boʻyicha uning vazifasini vaqtincha ijro etayotgan mansabdor shaхsga topshiriladi.


247. Gerbli guvohnomalarning kamchiligi, nuqsonlari, yoʻqolganligi va oʻirlanganligi aniqlanganligi haqida Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga maхsus хabar joʻnatiladi.

Gerbli guvohnomalar yoʻqolgan har bir holatda adliya boshqarmasi tomonidan хizmat tekshiruvi oʻtkazilishi va aybdor shaхslarga nisbatan qattiq choralar qoʻllanilishi lozim.


248. Gerbli guvohnomalarni hisobga olish va sarflash daftarlari aniq va ravshan toʻldirilishi kerak.

Gerbli guvohnomalarni sarflashda ularning raqamlari yozilishida ketma-ketlik qoidasini buzish, daftardagi yozuvlarni chizish va oʻchirish qat’iyan man etiladi. Ushbu daftarlarga kiritilgan har bir tuzatish izohlanishi shart.


249. Gerbli guvohnomalar muhrlangan poʻlat seyflarda saqlanishi shart.



XVIII. FHDYo ORGANLARI FAOLIYaTINI TEKShIRISh


250. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Toshkent shahar va viloyatlar hokimliklari adliya boshqarmalarining FHDYo organlari faoliyatini har 2 yilda kamida 1 marta kompleks tekshirishdan oʻtkazishi kerak.


251. Qoraqalpoiston Respublikasi Adliya vazirligi, Toshkent shahar va viloyatlar adliya boshqarmalari oʻzlariga qarashli FHDYo organlari faoliyatini bir yilda kamida 1 marta tekshiruvdan oʻtkazishlari kerak.


252. Tuman, shahar FHDYo boʻlimlari fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlari boʻyicha oʻzlariga hisob beruvchi oʻzini oʻzi boshqarish mahalliy organlari faoliyatini bir yilda kamida bir marta tekshiruvdan oʻtkazishi kerak.