Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 08.10.2014 y. 283-son "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Vazirliklar va idoralarning byudjetdan tashqari jamgʻarmalariga mablagʻlar ajratishni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida" 2010 yil 2 apreldagi 62-son qaroriga qoʻshimcha kiritish haqida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

08.10.2014 y.

N 283



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING "VAZIRLIKLAR

VA   IDORALARNING   BYuDJETDAN   TAShQARI

JAMARMALARIGA  MABLALAR  AJRATIShNI

TARTIBGA SOLISh ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA"

2010 YIL 2 APRELDAGI 62-SON QARORIGA

QOʻShIMChA KIRITISh HAQIDA



Vazirliklar va idoralarning byudjetdan tashqari jamarmalariga mablalar ajratishni tartibga solish, ulardan foydalanish samaradorligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Vazirlar Mahkamasining "Vazirliklar va idoralarning byudjetdan tashqari jamarmalariga mablalar ajratishni tartibga solish chora-tadbirlari toʻrisida" 2010 yil 2 apreldagi 62-son qaroriga 1-ilovaga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2010 y., 4-son, 14-modda) quyidagi mazmundagi 32-band qoʻshilsin:

32.

Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi ("Yergeodezkadastr" davlat qoʻmitasi)


Yerdan хoʻjasizlik bilan foydalanilganligi yoхud u ishdan chiqarilganligi, хoʻjalik ichki yer tuzish loyihalaridan oʻzboshimchalik bilan chetga chiqilganligi, davlat yer kadastrini yuritish qoidalari buzilganligi, chegaralovchi va cheklovchi belgilar yoʻq qilinganligi yoki shikastlanganligi uchun Oʻzbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik toʻrisidagi kodeksiga muvofiq solinadigan jarimalar summasi


40

2. Vazirliklar va idoralar bir oy muddatda idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar ushbu qarorga muvofiqlashtirilishini ta’minlasinlar.


3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                            Sh. Mirziyoyev



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2014 yil 13 oktyabr, 41-son, 508-modda