Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 12.06.2012 y. 170-son "Vazirlar Mahkamasining "Vazirliklar va idoralarning byudjetdan tashqari jamgʻarmalariga mablagʻlar ajratishni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida" 2010 yil 2 apreldagi 62-son qaroriga oʻzgartirish kiritish haqida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

12.06.2012 y.

N 170



VAZIRLAR MAHKAMASINING

"VAZIRLIKLAR VA IDORALARNING

BYuDJETDAN TAShQARI JAMARMALARIGA

MABLALAR      AJRATIShNI      TARTIBGA

SOLISh  ChORA-TADBIRLARI  TOʻRISIDA"

2010 YIL 2 APRELDAGI 62-SON QARORIGA

OʻZGARTIRISh KIRITISh HAQIDA



Vazirliklar va idoralarning byudjetdan tashqari jamarmalariga mablalar ajratishni tartibga solish, ulardan foydalanish samaradorligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Vazirlar Mahkamasining "Vazirliklar va idoralarning byudjetdan tashqari jamarmalariga mablalar ajratishni tartibga solish chora-tadbirlari toʻrisida" 2010 yil 2 apreldagi 62-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2010 y., 4-son, 14-modda) 1-ilovaning 19-bandiga ilovaga muvofiq oʻzgartirish kiritilsin.


2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                             Sh. Mirziyoyev






Vazirlar Mahkamasining

2012 yil 12 iyundagi

170-son qaroriga

ILOVA



Vazirlar Mahkamasining

"Vazirliklar va idoralarning byudjetdan

tashqari jamarmalariga mablalar ajratishni

tartibga solish chora-tadbirlari toʻrisida"

2010 yil 2 apreldagi 62-son qaroriga

1-ilovaga kiritilayotgan oʻzgartirish


Vazirliklar va idoralarning byudjetdan tashqari jamarmalariga yoʻnaltirilayotgan davlat bojlari, yiimlar va soliq boʻlmagan toʻlovlardan, ma’muriy va moliyaviy jazolardan ajratmalar miqdorlarining 19-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

T/r

Vazirliklar

va idoralarning nomi


Shakllantirish manbai


Ajratmalar

miqdori

(foizlarda)


19.

Davlat zaхiralarini boshqarish qoʻmitasi

Mas’ul saqlovchilardan davlat zaхiralari bilan ishlash tartibini buzganlik uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda undiriladigan jarimalar va penyalar summasi*


100

Davlat zaхirasi moddiy boyliklarini qarzga olishda, shuningdek "Oʻzdavzaхira" qoʻmitasi tomonidan mahsulotlarni yangilash tartibida (shu jumladan vaqti-vaqti bilan) sotishda undiriladigan qoʻshimcha toʻlov**


40

        

*) Davlat zaхirasining mahsulotlari va tovarlari uchun hisob-kitob qilish tartibi toʻrisidagi yoʻriqnomaning (Adliya vazirligida 1997 yil 2 aprelda 319-son bilan roʻyхatdan oʻtkazilgan) 29, 30, 33, 35, 36, 37-bandlarida belgilangan.

**) Davlat zaхirasining mahsulotlari va tovarlari uchun hisob-kitob qilish tartibi toʻrisidagi yoʻriqnomaning (Adliya vazirligida 1997 yil 2 aprelda 319-son bilan roʻyхatdan oʻtkazilgan) 15-bandida belgilangan.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2012 yil, 23-24-son, 264-modda


"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami", 2012 yil, 6-son, 42-modda