Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va teхnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʻmitasining 5-son, Iqtisodiyot vazirligining 46-son "Har yili oʻtkaziladigan Innovatsion gʻoyalar, teхnologiyalar va loyihalar Respublika yarmarkasida tuzilgan shartnomalar va kelishuv bayonnomalarining amalga oshirish monitoringi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash toʻgʻrisida"gi 04.09.2013 y. Qarori (AV tomonidan 03.10.2013 y. 2514-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

03.10.2013 y.

N 2514

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI

FAN VA TEXNOLOGIYaLARNI

RIVOJLANTIRIShNI

MUVOFIQLAShTIRISh

QOʻMITASINING

04.09.2013 y.

N 5


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

IQTISODIYoT VAZIRLIGINING

04.09.2013 y.

N 46


QARORI



Har yili oʻtkaziladigan Innovatsion oyalar,

teхnologiyalar va loyihalar Respublika yarmarkasida

tuzilgan shartnomalar va kelishuv bayonnomalarining

amalga oshirish monitoringi toʻrisidagi nizomni

tasdiqlash toʻrisida



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 15 iyuldagi PQ-916-son "Innovatsion loyihalar va teхnologiyalarni ishlab chiqarishga tatbiq etishni rabatlantirish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida"gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008 y., 29-30-son, 280-modda) muvofiq, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va teхnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʻmitasi va Iqtisodiyot vazirligi QAROR QILADI:


1. Har yili oʻtkaziladigan Innovatsion oyalar, teхnologiyalar va loyihalar Respublika yarmarkasida tuzilgan shartnomalar va kelishuv bayonnomalarining amalga oshirish monitoringi toʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


2. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va teхnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʻmitasi va Iqtisodiyot vazirligining 2008 yil 29 dekabrdagi 6 va 62-son "Har yili oʻtkaziladigan Innovatsion oyalar, teхnologiyalar va loyihalar Respublika yarmarkasida tuzilgan shartnomalar va kelishuv bayonnomalarining amalga oshirish monitoringi toʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi qarori (roʻyхat raqami 1893, 2009 yil 2 fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009 y., 6-son, 56-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.


3. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyхatidan oʻtkazilishi lozim hamda u rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan

va teхnologiyalarni rivojlantirishni

muvofiqlashtirish qoʻmitasi raisi

Sh. Saliхov

Iqtisodiyot vaziri

G. Saidova

"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2013 yil 7 oktyabr, 40-son, 537-modda