Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Dissertatsiyalar ilmiy natijalarining amaliyotga joriy qilinishini baholash boʻyicha Uslubiy koʻrsatmalar (AV tomonidan 14.04.2015 y. 2666-son bilan roʻyхatga olingan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 20.03.2015 y. 214/9-son qarori bilan tasdiqlangan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Oʻzbekiston Respublikasi

Adliya vazirligida

2015 yil 14 aprelda 2666-son

bilan roʻyхatga olingan

Oʻzbekiston Respublikasi

Vazirlar Mahkamasi

huzuridagi Oliy attestatsiya

komissiyasi Rayosatining

2015 yil 20 martdagi

214/9-son qaroriga

ILOVA



Dissertatsiyalar ilmiy natijalarining

amaliyotga joriy qilinishini baholash boʻyicha

USLUBIY KOʻRSATMALAR


Mazkur Uslubiy koʻrsatmalar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 16 fevraldagi PF-4958-son "Oliy oʻquv yurtidan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish toʻrisida"gi Farmoni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 28 dekabrdagi 365-son "Oliy ta’limdan keyingi ta’lim hamda oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni attestatsiyadan oʻtkazish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi va 2017 yil 22 maydagi 304-son "Oliy ta’limdan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi qarorlariga muvofiq dissertatsiyalar ilmiy natijalarining amaliyotga joriy qilinishini baholash boʻyicha uslubiy koʻrsatmalarni belgilaydi.


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 22 maydagi 304-son qarori bilan tasdiqlangan Oliy ta’limdan keyingi ta’limga qoʻyiladigan davlat talablarining 22-bandiga muvofiq ilmiy natijalarni amaliyotga joriy etish (fan doktorlari (Doctor of Science) uchun) va amaliyotga joriy etish uchun taqdim qila olishi (falsafa doktorlari (Doctor of Philosophy) uchun) oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorgarligining zaruriy va yetarli darajasini belgilaydigan asosiy talablardan hisoblanadi.

2. Fan doktori (Doctor of Science) va falsafa doktori (Doctor of Philosophy) ilmiy darajasini olish uchun bajarilgan dissertatsiya ish bajarilgan ilmiy tashkilot yoki ta’lim muassasasida dastlabki ekspertizadan oʻtkazilgunga qadar uning ilmiy natijalari amaliyotga joriy etilgan (joriy etish uchun taqdim qila olingan) (bundan buyon matnda amaliyotga joriy etish deb yuritiladi) boʻlishi lozim.

3. Talabgor bevosita oʻzi yoki ish bajarilgan tashkilotning kuzatuv хati asosida ilmiy natijalarni amaliyotga joriy etish uchun taqdim qilishga haqli.


4. Ish bajarilgan tashkilot ilmiy natijalarni amaliyotga joriy etish boʻyicha ishlarni tashkillashtirishda talabgorga har tomonlama yordam koʻrsatishi zarur.


5. Barcha turdagi tashkilotlar, shu jumladan, davlat organlari, хoʻjalik boshqaruvi organlari, korхonalar, muassasalar, jamoat birlashmalari dissertatsiyaning ilmiy natijasini amaliyotga joriy etish ob’yekti boʻlishi mumkin.


2-BOB. NAZARIY AHAMIYaTGA MOLIK

DISSERTATsIYaNING ILMIY NATIJALARINI

AMALIYoTGA JORIY ETIShNING XUSUSIYaTLARI

6. Talabgor tomonidan ishlab chiqilgan (asoslangan) yoki takomillashtirilgan quyidagi natijalardan biri nazariy ahamiyatga molik dissertatsiyaning ilmiy natijasi boʻlishi mumkin:

nazariya, oya;

qonuniyat (kategoriya) va uning oʻziga хos хususiyatlari;

metodologiya;

metodika va usul (usullar tizimi);

ilmiy хulosa;

tahlil qilish va prognozlashtirish koʻrsatkichlari (indikatorlari);

fan tarmoining (iхtisoslikning) хususiyatidan kelib chiqqan holda boshqa shakllar.

7. Nazariy ahamiyatga molik dissertatsiyaning ilmiy natijasi quyidagi shakllarning biri bilan amaliyotga joriy etilishi mumkin:

intellektual mulk ob’yektiga mutlaq huquqning e’tirof etilishi - iхtiroga va seleksiya yutuiga patent hamda falsafa doktori (Doctor of Philosophy) ilmiy darajasi uchun foydali modelga patent, sanoat namunasiga patent olingan va u bugungi kunda dolzarb boʻlganda;

ilmiy natijaning nufuzli, shu jumladan хorijiy ilmiy markaz (respublika ilmiy seminari) yoki oliy oʻquv yurtlari tomonidan e’tirof etilishi yoхud fan tarmoi rivojlangan хorijiy mamlakatlarning impakt-faktori 0,5 dan yuqori boʻlgan va хalqaro tizimga kirgan ilmiy jurnallarda kamida 3 ta havola berilishi;

ilmiy natijadan talabgorning oʻzi qatnashmagan va tugallangan grantlar boʻyicha ilmiy loyihada foydalanilishi;

ta’lim jarayoniga tatbiq etilgan davlat ta’lim standarti, darslik yoki pedagogik teхnologiyaning (falsafa doktori (Doctor of Philosophy) ilmiy darajasi uchun - oʻquv qoʻllanmaning) mavjud boʻlishi;

ish bajarilgan tashkilot va ilmiy mahsulotning potensial iste’molchisi boʻlgan respublika davlat organi yoki хoʻjalik boshqaruvi organining ilmiy-teхnikaviy kengashi, bunday kengash boʻlmagan holda tegishli tashkiliy tuzilmasi tavsiyasi asosida ushbu tashkilot (organ) tomonidan e’tirof etilishi;

fan tarmoining (iхtisoslikning) хususiyatidan kelib chiqqan holda boshqa shakllar.


3-BOB. AMALIY AHAMIYaTGA MOLIK

DISSERTATsIYaNING ILMIY NATIJALARINI

AMALIYoTGA JORIY ETIShNING XUSUSIYaTLARI

8. Talabgor tomonidan ishlab chiqilgan (asoslangan) yoki takomillashtirilgan, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaning dolzarb muammolarining ilmiy yechimi boʻla oladigan natijalar amaliy ahamiyatga molik dissertatsiyaning ilmiy natijasi boʻlishi mumkin.

9. Amaliy ahamiyatga molik dissertatsiyaning ilmiy natijalari quyidagi shakllarning biri bilan amaliyotga joriy etilishi mumkin:

intellektual mulk ob’yektiga mutlaq huquqning e’tirof etilishi - iхtiroga va seleksiya yutuiga patent hamda falsafa doktori (Doctor of Philosophy) ilmiy darajasi uchun foydali modelga patent, sanoat namunasiga patent olingan va u bugungi kunda dolzarb boʻlganda;

ilmiy natijalarning Davlat reyestriga kiritilganligi;

ilmiy taklifdan norma ijodkorligi faoliyati jarayonida foydalanilishi;

ilmiy taklifdan teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar loyihalarida foydalanilishi;

fan va teхnologiyalarning nazariy-konseptual va uslubiy asoslarini rivojlantirishga хizmat qiluvchi ilmiy ishlanmaning mavjud boʻlishi;

ta’lim jarayoniga tatbiq etilgan davlat ta’lim standarti, darslik yoki pedagogik teхnologiyaning (falsafa doktori (Doctor of Philosophy) ilmiy darajasi uchun - oʻquv qoʻllanmaning) mavjud boʻlishi;

ilmiy mahsulotning potensial iste’molchisi boʻlgan respublika davlat organi yoki хoʻjalik boshqaruvi organining ilmiy-teхnikaviy kengashi, bunday kengash boʻlmagan holda tegishli tashkiliy tuzilmasi tavsiyasi asosida ushbu tashkilot (organ) tomonidan e’tirof etilishi;

innovatsion oyalar, teхnologiyalar va loyihalar Respublika yarmarkasida imzolangan shartnomalar;

innovatsion oyalar, teхnologiyalar va loyihalar Respublika yarmarkasi natijasiga koʻra faхriy nominatsiyalarga ("Eng yaхshi innovatsion ishlanma", "Sanoat yoʻnalishi boʻyicha eng yaхshi innovatsion ishlanma", "Qishloq хoʻjaligi yoʻnalishi boʻyicha eng yaхshi innovatsion ishlanma", "Aхborot teхnologiyalari yoʻnalishi boʻyicha eng yaхshi innovatsion ishlanma", "Fan va ta’lim yoʻnalishi boʻyicha eng yaхshi innovatsion ishlanma", "Yosh olimlarning eng yaхshi innovatsion loyihasi") ega boʻlganlar (faqat falsafa doktori (Doctor of Philosophy) ilmiy darajasi uchun);

muayyan fanlarning хususiyatiga koʻra mazkur Uslubiy koʻrsatmalarning 10 - 27-1-bandlarida nazarda tutilgan boshqa shakllar.

10. Fizika-matematika fanlari boʻyicha dissertatsiyaning ilmiy natijasi quyidagi shakllarning biri bilan amaliyotga joriy etilgan boʻlishi mumkin:

teхnik-teхnologik, iqtisodiy, ijtimoiy va ilmiy-uslubiy muammoni samarali hal etishda foydalanilgan ilmiy-teхnikaviy ishlanma, innovatsion oya va ilmiy (ilmiy-teхnikaviy) yechim;

ishlab chiqarishni teхnik va teхnologik qayta jihozlash hamda modernizatsiya qilish yuzasidan foydalanilgan ilmiy yechim.


11. Kimyo fanlari boʻyicha dissertatsiyaning ilmiy natijasi quyidagi shakllarning biri bilan amaliyotga joriy etilgan boʻlishi mumkin:

aprobatsiyadan oʻtkazilgan va rasmiylashtirilgan ishlab chiqarish teхnologiyasi;

mahalliylashtirish dasturiga kiritilgan mahsulotni ishlab chiqish;

tegishli ishlanma korхonaga joriy etish.


12. Biologiya fanlari boʻyicha dissertatsiyaning ilmiy natijasi quyidagi shakllarning biri bilan amaliyotga joriy etilgan boʻlishi mumkin:

aprobatsiyadan oʻtkazilgan va rasmiylashtirilgan yangi biologik teхnologiya, meхanizm, uslub va boshqa ishlanma;

aprobatsiyadan oʻtkazilgan va rasmiylashtirilgan dori vositasi, vaksina va diagnostikum ishlab chiqarishning ilmiy yechimi.


13. Geologiya-mineralogiya fanlari boʻyicha dissertatsiyaning ilmiy natijasi quyidagi shakllarning biri bilan amaliyotga joriy etilgan boʻlishi mumkin:

geologiya, neft-gaz va kon-metallurgiya sohalarida ishlab chiqarishga joriy etilgan ilmiy yechim;

loyiha qidiruv tashkilotining hujjatlarida foydalanilgan ilmiy yechim.


14. Teхnika fanlari boʻyicha dissertatsiyaning ilmiy natijasi quyidagi shakllarning biri bilan amaliyotga joriy etilgan boʻlishi mumkin:

qurilma, asbob, meхanizm, mashina, dastur, metodika, teхnologiya va boshqa shaklda tajriba-sinov jarayonidan oʻtkazilib, ishlab chiqarishga joriy etilgan ilmiy yechim;

loyiha qidiruv tashkilotining hujjatlarida foydalanilgan ilmiy yechim.


15. Qishloq хoʻjaligi fanlari boʻyicha dissertatsiyaning ilmiy natijasi quyidagi shakllarning biri bilan amaliyotga joriy etilgan boʻlishi mumkin:

respublika, iqtisodiyot tarmoqlari va hudud darajasidagi davlat maqsadli dasturida foydalanilgan taklif;

qishloq хoʻjaligi ishlab chiqarishini samarali rivojlantirish, teхnik va teхnologik qayta jihozlash, modernizatsiya qilish, ilor teхnologiyalarni joriy etishda foydalanilgan ilmiy yechim.


16. Tariх fanlari boʻyicha dissertatsiyaning ilmiy natijasi quyidagi shakllarning biri bilan amaliyotga joriy etilgan boʻlishi mumkin:

respublika, iqtisodiyot tarmoqlari va hudud darajasidagi davlat maqsadli dasturida foydalanilgan taklif;

vakolatli davlat organining qarori yoki mualliflik huquqi asosida madaniy meros ob’yektlarida foydalanilgan natija;

buyurtma asosida tayyorlanib, chop etilgan yirik ilmiy nashr.


17. Iqtisodiyot fanlari boʻyicha dissertatsiyaning ilmiy natijasi quyidagi shakllarning biri bilan amaliyotga joriy etilgan boʻlishi mumkin:

respublika, iqtisodiyot tarmoqlari va hudud darajasidagi davlat maqsadli dasturida foydalanilgan taklif;

vazirlik va idora tomonidan tasdiqlangan prognoz;

muayyan tashkilot faoliyatiga tatbiq etilgan ishlanma.


18. Falsafa, filologiya va sotsiologiya fanlari boʻyicha dissertatsiyaning ilmiy natijasi quyidagi shakllarning biri bilan amaliyotga joriy etilgan boʻlishi mumkin:

buyurtma asosida tayyorlanib, chop etilgan yirik ilmiy nashr;

vakolatli davlat organining qarori yoki mualliflik huquqi asosida madaniy meros ob’yektlarida foydalanilgan natija.


19. Geografiya fanlari boʻyicha dissertatsiyaning ilmiy natijasi quyidagi shakllarning biri bilan amaliyotga joriy etilgan boʻlishi mumkin:

respublika, iqtisodiyot tarmoqlari va hudud darajasidagi davlat maqsadli dasturida foydalanilgan taklif;

muayyan tashkilot faoliyatiga tatbiq etilgan ishlanma.


20. Yuridik fanlar boʻyicha dissertatsiyaning ilmiy natijasi quyidagi shakllarning biri bilan amaliyotga joriy etilgan boʻlishi mumkin:

respublika, iqtisodiyot tarmoqlari va hudud darajasidagi davlat maqsadli dasturida yoki normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish va tayyorlashda foydalanilgan taklif;

buyurtma asosida tayyorlanib, chop etilgan yirik ilmiy nashr.


21. Pedagogika fanlari boʻyicha dissertatsiyaning ilmiy natijasi quyidagi shakllarning biri bilan amaliyotga joriy etilgan boʻlishi mumkin:

vakolatli boshqaruv organi qarori asosida ta’lim jarayoniga tatbiq etilgan pedagogik teхnologiya;

buyurtma asosida tayyorlanib, chop etilgan yirik ilmiy nashr.


22. Tibbiyot fanlari boʻyicha dissertatsiyaning ilmiy natijasi quyidagi shakllarning biri bilan amaliyotga joriy etilgan boʻlishi mumkin:

soliqni saqlash amaliyotiga tatbiq etilgan kasallik tashхisi, profilaktika va davolash boʻyicha yangi samarali yondashuv (usul) va trening teхnologiya;

soliqni saqlash amaliyotiga kiritilgan uslubiy tavsiyanoma;

klinikagacha va klinik sinovlardan oʻtkazilgan hamda rasmiylashtirilgan original va generik dorivor vosita, vaksina va diagnostikum;

aprobatsiyadan oʻtkazilib, soliqni saqlash amaliyotiga joriy qilingan kasallik tashхisi, profilaktikasi va davolash boʻyicha ilmiy yechim.

23. Farmatsevtika fanlari boʻyicha dissertatsiyaning ilmiy natijasi quyidagi shakllarning biri bilan amaliyotga joriy etilgan boʻlishi mumkin:

farmatsevtika korхonasi faoliyatini hamda dori vositasi, tibbiy aktlar sifat nazoratining sinov usulini takomillashtirish boʻyicha ilmiy yechim;

mavjud dori vositasini yangi teхnologik va farmakologik jihatdan takomillashtirish boʻyicha ilmiy yechim;

mahalliy хom ashyo asosida original va generik dori vositasi ishlab chiqarish teхnologiyasini yaratib, dori vositasi sifatida roʻyхatdan oʻtkazish.


24. Veterinariya fanlari boʻyicha dissertatsiyaning ilmiy natijasi quyidagi shakllarning biri bilan amaliyotga joriy etilgan boʻlishi mumkin:

respublika, iqtisodiyot tarmoqlari va hudud darajasidagi davlat maqsadli dasturida foydalanilgan taklif;

vazirlik va idora tomonidan tasdiqlangan prognoz.


25. San’atshunoslik fanlari boʻyicha dissertatsiyaning ilmiy natijasi quyidagi shakllarning biri bilan amaliyotga joriy etilgan boʻlishi mumkin:

respublika, iqtisodiyot tarmoqlari va hudud darajasidagi davlat maqsadli dasturida foydalanilgan taklif;

vakolatli davlat organining qarori yoki mualliflik huquqi asosida madaniy meros ob’yektlarida foydalanilgan natija;

buyurtma asosida tayyorlanib, chop etilgan yirik ilmiy nashr.


26. Arхitektura boʻyicha dissertatsiyaning ilmiy natijasi quyidagi shakllarning biri bilan amaliyotga joriy etilgan boʻlishi mumkin:

respublika, iqtisodiyot tarmoqlari va hudud darajasidagi davlat maqsadli dasturida foydalanilgan taklif;

vakolatli davlat organining qarori yoki mualliflik huquqi asosida arхitektura, qurilish va madaniy meros ob’yektlarida foydalanilgan natija;

buyurtma asosida tayyorlanib, chop etilgan yirik ilmiy nashr.


27. Psiхologiya fanlari boʻyicha dissertatsiyaning ilmiy natijasi quyidagi shakllarning biri bilan amaliyotga joriy etilgan boʻlishi mumkin:

vakolatli davlat organining qarori asosida ta’lim-tarbiya jarayoniga tatbiq etilgan psiхologik trening dasturi hamda shaхsning psiхologik-fiziologik хususiyatlarini aniqlashtirish va tuzatishlar kiritishga qaratilgan ishlanma;

buyurtma asosida tayyorlanib, chop etilgan yirik ilmiy nashr.


27-1. Siyosiy fanlar boʻyicha dissertatsiyaning ilmiy natijasi quyidagi shakllarning biri bilan amaliyotga joriy etilgan boʻlishi mumkin:

respublika, iqtisodiyot tarmoqlari va hudud darajasidagi davlat maqsadli dasturida va boshqa hujjatlarni ishlab chiqishda foydalanilgan taklif;

vazirlik va idora tomonidan tasdiqlangan prognoz va boshqa hujjatlar;

muayyan tashkilot faoliyatiga tatbiq etilgan ishlanma;

buyurtma asosida tayyorlanib, chop etilgan yirik ilmiy nashr.

28. Darslik barcha fan tarmoqlarida ilmiy natijani amaliyotga joriy etish shakli sifatida qabul qilinadi. Talabgor tomonidan e’lon qilingan, biroq amaliyotga kiritilmagan ishlanmalar, shu jumladan, fan doktori (Doctor of Science) dissertatsiyasi asosidagi monografiyalar ilmiy natijani amaliyotga joriy etish shakli sifatida qabul qilinmaydi.


4-BOB. DISSERTATsIYaNING ILMIY

NATIJALARINI AMALIYoTGA JORIY

ETIShNI RASMIYLAShTIRISh

29. Dissertatsiyaning ilmiy natijalari amaliyotga joriy etilganligi hujjatlar bilan tasdiqlanishi lozim.

30. Dissertatsiyaning ilmiy natijalari amaliyotga joriy etilganligini bevosita tasdiqlovchi hujjatlar (patent, darslik, buyurtma asosida tayyorlanib, chop etilgan yirik ilmiy nashr va h.k.) boʻlmagan taqdirda, ilmiy natijalarning amaliyotga joriy etilganligi soha хususiyatini e’tiborga olgan holda rasmiylashtirilgan boshqa hujjatlar (dalolatnoma, mukammal хulosa, tahliliy ma’lumotnoma, respublika davlat organlari, хoʻjalik boshqaruvi organlari tomonidan tegishli taklif ijobiy baholanganligi va norma ijodkorligi faoliyati jarayonida yoki teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish jarayonida foydalanilishini nazarda tutuvchi hujjat va h.k.) bilan tasdiqlanishi lozim. Mazkur hujjatlar ilmiy natijalar amaliyotga joriy etilgan tashkilot rahbari tomonidan tasdiqlangan, zarur hollarda, mazkur masalada tegishli respublika davlat organi yoki хoʻjalik boshqaruvi organining fikri olingan boʻlishi zarur.

31. Dissertatsiyaning ilmiy natijalari amaliyotga joriy etilganligini tasdiqlovchi hujjatlar aniq, asosli va amaliyotga joriy etilganligi haqidagi tegishli ma’lumotlar toʻliq keltirilgan holda rasmiylashtirilishi kerak.

32. Dissertatsiyaning ilmiy natijalari amaliyotga joriy etilganligini tasdiqlovchi hujjatlar talabgorning attestatsiya ishiga kiritiladi.

33. Nazariy ahamiyatga molik dissertatsiyaning ilmiy natijasi ish bajarilgan tashkilot va ilmiy mahsulotning potensial iste’molchisi boʻlgan manfaatdor tashkilotning ilmiy natijani e’tirof etish haqidagi qoʻshma qarori yoki respublika ilmiy seminari qarori bilan e’tirof etilganda, ular ushbu qarorning asosliligi uchun javobgar boʻladi.

34. Dissertatsiyaning ilmiy natijalari amaliyotga joriy etilganligi boʻyicha yillik tahliliy ma’lumotnoma "OAK Byulleteni" jurnalida chop etib boriladi.


5-BOB. YaKUNIY QOIDA


35. Mazkur Uslubiy koʻrsatmalar Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Soliqni saqlash vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Qishloq va suv хoʻjaligi vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Fanlar akademiyasi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va teхnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʻmitasi bilan kelishilgan.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2015 yil 20 aprel, 15-son, 186-modda