Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 30.11.2012 y. 193/7-son "Dissertatsiya va avtoreferatlarni rasmiylashtirish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida"gi qarorni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida"gi Qarori (AV tomonidan 19.12.2012 y. 1386-1-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

19.12.2012 y.

N 1386-1




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI

OLIY ATTESTATsIYa KOMISSIYaSI

RAYoSATINING

30.11.2012 y.

N 193/7


QARORI



"Dissertatsiya va avtoreferatlarni rasmiylashtirish

qoidalarini tasdiqlash toʻrisida"gi qarorni

oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻrisida


(2012 yil 29 dekabrdan kuchga kiradi)



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 24 iyuldagi PF-4456-son "Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash va attestatsiyadan oʻtkazish tizimini yanada takomillashtirish toʻrisida"gi Farmoniga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012 y., 30-son, 346-modda) asosan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosati QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2004 yil 24 iyundagi 106/4-son "Dissertatsiya va avtoreferatlarni rasmiylashtirish qoidalarini tasdiqlash toʻrisida"gi qarori (roʻyхat raqami 1386, 2004 yil 16 iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004 y., 28-son, 328-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.


2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyхatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.



Rais                                                                                             G. Baхadirov



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2012 yil, 51-son, 582-modda