Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 06.10.2006 y. 212-son "Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi tizimiga kiradigan tashqi savdo tashkilotlari boshqaruvi raislari hamda direktorlari lavozimlarini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi nomenklaturasiga kiritish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

06.10.2006 y.

N 212



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI TAShQI

IQTISODIY ALOQALAR, INVESTITsIYaLAR VA SAVDO

VAZIRLIGI TIZIMIGA KIRADIGAN TAShQI SAVDO

TAShKILOTLARI BOShQARUVI RAISLARI HAMDA

DIREKTORLARI LAVOZIMLARINI OʻZBEKISTON

RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI

NOMENKLATURASIGA KIRITISh TOʻRISIDA


Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasida yagona davlat siyosati oʻtkazilishini ta’minlash hamda Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi tizimiga kiradigan tashqi savdo kompaniyalari rahbarlarining ularga yuklangan vazifalarning samarali bajarilishi uchun shaхsan javobgarligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi tizimiga kiradigan ilovaga muvofiq tashqi savdo tashkilotlari boshqaruvi raislari hamda direktorlari lavozimlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi nomenklaturasiga kiritilsin.

2. Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri (E.M.aniyev) bir hafta muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kompaniyalar rahbarlarining nomenklaturaga muvofiq lavozimlariga tavsiya etilayotgan nomzodlar boʻyicha takliflar kiritsin.


3. Belgilab qoʻyilsinki, ilovaga muvofiq tashqi savdo kompaniyalarining rahbarlari aksiyadorlar umumiy yiilishida lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi, keyinchalik Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori bilan tasdiqlanadi.


4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                           Sh. Mirziyoyev






Vazirlar Mahkamasining

2006 yil 6 oktyabrdagi

212-son qaroriga

ILOVA


Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi

nomenklaturasiga kiritilayotgan lavozimlar

ROʻYXATI

T/r

Tashkilotlar nomi


Lavozimlar nomi


1.

"Oʻztadbirkoreksport" AJ


Boshqaruvi raisi hamda direktorlar

2.

"Oʻzsanoateksport" AJ


Boshqaruvi raisi hamda direktorlar.

"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2006 yil, 41-son, 413-modda.