Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 12.12.2006 y. F-2632-son "Ijtimoiy himoya yili" Davlat dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi Farmoyishi

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

FARMOYIShI

12.12.2006 y.

N F-2632



"IJTIMOIY HIMOYa YILI"

DAVLAT DASTURINI IShLAB ChIQISh VA

AMALGA OShIRISh BOʻYIChA TAShKILIY

ChORA-TADBIRLAR TOʻRISIDA



Aholini ijtimoiy muhofaza qilishni yanada kuchaytirish boʻyicha aniq maqsadga yoʻnaltirilgan chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirish, jamiyatda ezgulik, mehr-muruvvat va hamjihatlik, tinchlik va osoyishtalik muhitini mustahkamlash maqsadida, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasida 2007 yil - "Ijtimoiy himoya yili" deb e’lon qilingani munosabati bilan:


1. "Ijtimoiy himoya yili" davlat Dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish boʻyicha Respublika komissiyasi ilovaga* muvofiq tarkibda tuzilsin.


2. Respublika komissiyasi (Sh.Mirziyoyev) ikki hafta muddatda "Ijtimoiy himoya yili" davlat Dasturi Konsepsiyasini tayyorlasin, unda Dasturning aniq boʻlimlarini, aholining ijtimoiy muhofazasini ta’minlash borasidagi yoʻnalishlar va sohalarni belgilasin.

Bunda quyidagi masalalar bilan boliq vazifalarni hal etishga alohida e’tibor qaratilsin:

- ijtimoiy himoya tizimining samaradorligini oshirish, aholining ijtimoiy nochor qatlamlariga yordam koʻrsatishda tabaqalashgan holda yondoshuvni kuchaytirish maqsadida huquqiy norma va qoidalarni belgilab beruvchi yangi qonun hujjatlari roʻyхatini ishlab chiqish;

- amaldagi qonun hujjatlari hamda normativ-huquqiy hujjatlarga quyidagilarni nazarda tutgan qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritish boʻyicha takliflar tayyorlash:

a) aholi nochor qatlamlarining turli toifalariga, birinchi galda yoliz keksa fuqarolar, nogironlar, boquvchisini yoʻqotgan baloatga yetmagan bolalarga koʻrsatiladigan ijtimoiy yordam normalari va stavkalarini maqbullashtirish;

b) keksalar va nogironlar uylarini, bolalar uylarini hamda kasalliklarga chalingan bolalar uchun internatlarni, urush va mehnat faхriylari uchun davolash muassasalarini ta’minlashga sarflanadigan normativ moddiy хarajatlar miqdorini maqbullashtirish;

v) 2 yoshgacha bolalari boʻlgan onalarga, koʻp bolali va kam ta’minlangan oilalarga mahalla qoʻmitalari tomonidan koʻrsatiladigan moddiy yordam va ijtimoiy nafaqalar miqdorlarini qayta koʻrib chiqish;

- "Mehribonlik" uylari va maхsus maktab-internatlarning moddiy-teхnika bazasini mustahkamlash, boquvchisiz qolgan bolalarga e’tiborni yanada kuchaytirish, "Sen yoliz emassan" insonparvarlik shiorini hayotga amaliy joriy etilishini ta’minlash;

- aholining nochor qatlamlarini ijtimoiy himoya qilish tizimini kuchaytirish, nochor oilalar, nogironlar va yoliz keksalarga aniq va samarali ijtimoiy yordam koʻrsatishni oshirish, ularning ehtiyojlarini yanada toʻliq qondirilishini ta’minlash, ularga moddiy yordam va ma’naviy madad koʻrsatish, aholini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlarini amalga oshirishda mahallaning rolini kuchaytirish;

- jismoniy solom, ma’naviy boy avlodni shakllantirish chora-tadbirlarini yanada kengaytirish, onalik va bolalik toʻrisida amhoʻrlikni kuchaytirish, "Solom ona - solom bola" harakatini rivojlantirish. Bunda nafaqat moddiy yordam bilan boliq, balki maktablarning yuqori sinf oʻquvchilari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va oliy oʻquv yurtlari yoshlari oʻrtasida tushintirish ishlari, turli fakultativ mashulotlarni olib borish bilan boliq boʻlgan aniq yoʻnalishlar belgilab olinsin;

- "Mehribonlik", "Saхovat" va "Muruvvat" uylarining ijtimoiy хizmat koʻrsatash tizimi хodimlari mehnatini rabatlantirish va munosib baholash meхanizmini yanada takomillashtirish;

- yoshlarning hayotiy manfaatlarini ta’minlash, ularning qobiliyati va salohiyatini yuzaga chiqarish uchun sharoit yaratish, yosh oilalar mustaqil hayotga qadam qoʻyishida ularni ma’naviy va moddiy rabatlantirish yoʻli bilan qoʻllab-quvvatlash, yosh oilalarga imtiyozli kreditlar berish;

- hurmatli faхriylar va pensionerlarning solom va sermazmun hayot kechirishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, yordamga muhtoj odamlarga bearaz yordam koʻrsatish, jamoatchilik tomonidan ularning keng koʻlamda e’tirof etilishi va qoʻllab-quvvatlanishini ta’minlash.


3. Respublika komissiyasi (Sh.Mirziyoyev) Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vazirliklar, idoralar, nodavlat jamoat tashkilotlari bilan birgalikda Konsepsiya asosida 2007 yilning 20 yanvarigacha "Ijtimoiy himoya yili" davlat Dasturini ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Devoniga kiritsin.


4. Mazkur farmoyishning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                            I. Karimov



*) Ilova rus tilidagi matnda berilgan.